scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA TIBBIYOT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

Xo'janazarov, Absalom Ziyadullayevich

Abstract

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda sohaga oid qabul qilingan bir qator nomativ-huquqiy hujjatlarning amalga tadbiq etilishi, aholining reproduktiv salomatligi hamda genofondi ahvolini yaxshilash borasidagi ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil etilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 256 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17789419 MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TIBBIYOT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR Xo‘janazarov Absalom Ziyadullayevich, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda sohaga oid qabul qilingan bir qator nomativ-huquqiy hujjatlarning amalga tadbiq etilishi, aholining reproduktiv salomatligi hamda genofondi ahvolini yaxshilash borasidagi ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: tibbiy xizmat, sog‘liqni saqlash tarmog‘idagi islohotlar, aholi salomatliligi, aholi genofondi, tibbiy buyumlar. Аннотация. В этой статье проанализированы внедрение принятых ряд нормативно-правовых документов по отрасли, работы по улучшению состояния генофонда, а также репродуктивного здоровья населения в нашей стране за последние годы. Ключевые слова: медицинская служба, реформы в системе здравоохранения, здоровье населения, генофонд населения, медицинская изделия. Abstract. This article analyzes the implementation of a number of regulatory documents adopted by the industry, work to improve the state of the gene pool, as well as the reproductive health of the population in our country in recent years. Keywords: medical service, reforms in the healthcare system, public health, gene pool of the population, medical products. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 257 So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati tubdan oshirilib, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish uchun umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, shu bilan birga, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarur bo‘lgan sharoitda tibbiyot sohasini boshqarishning innovatsion modelini joriy etish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi. O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi [1, C.19-23]. O‘zbekistonda aqlli tibbiyotni rivojlantirish boshlanadi. Bu Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Innovatsion rivojlanish vazirligi jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan, kasalliklarni ilk bosqichda aniqlashni va masofadan profilaktikasini ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, «Aqlli tibbiyot» va «Yagona tibbiyot axborot markazi» konsepsiyalarini joriy qilish orqali sog‘liqni saqlash tizimining tezlashtirilgan rivojlanishiga ko‘maklashishi ma’lum qilinmoqda [2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ2863-sonli Qarori [3] ga muvofiq, sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlarining faoliyati uchun qulay shartsharoitlar yaratish, ular faoliyatini tartibga solish va lisenziyalash tizimini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va turlarini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 258 O‘tgan davr mobaynida sog‘liqni saqlashning xususiy sektori tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan 126 taga ko‘paydi. Stomatologiya va kosmetologiya tashkilotlaridan tashqari xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar, shuningdek, olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ularning ehtiyot qismlari va zarur materiallar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etildi [4]. Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etilishi qishloq va olis tumanlarda xususiy tibbiyotni jadal rivojlantirish imkonini berdi. Sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmlarini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyot sohasiga investisiyalarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi [5]. 2019–2025 yillarda O‘zbyekiston Ryespublikasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsyepsiyasi ishlab chiqildi. Konsyepsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 1. Kasalliklarning va ko‘pchilik hollarda byevaqt o‘lim va nogironlikka olib kyeladigan vaziyatlarning oldini olish va ularni davolash natijalarini yaxshilash orqali kutilayotgan umr ko‘rish davrini oshirish; 2. Tibbiy yordamdan tyeng foydalanishni, aholini moliyaviy jihatdan himoya qilishni va ryesurslarni adolatli taqsimlashni ta’minlash uchun sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini isloh qilish; 3. Konsepsiya vazifalarini bajarish va respublika aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash uchun sog‘liqni saqlashning boshqaruv organlari GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 259 salohiyatini kuchaytirish, ularning rahbarlari roli va javobgarligini oshirish [6, B. 70-71]. Farmasevtika tarmog‘ida tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi, farmasevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Shu bilan birga, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2017 yil 1 avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida «O‘zmedeksport» respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolarn o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi boshlandi [7, B.169-172]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 31 oktyabridagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 343 nomdagi dori vositalari, shu jumladan 98 nomdagi mahalliy va 201 nomdagi chet el dori vositalari, 44 nomdagi tibbiy buyumlar, jumladan, 18 mahalliy va 26 nomdagi chet el tibbiy buyumlari ro‘yxati tasdiqlangan [8]. O‘zbekistonda mahalliy farmasevtika sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, istiqlolning dastlabki yillarida atigi ikki korxona tomonidan 30 ga yakin dori vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 146 farmasevtika korxonalari tomonidan 2200 dan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan [7, B.170-172]. 2017 yil 25 dekabrda Prezidentimiz «2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Qarorga imzo chekkani ham yuqoridagi fikrimiz dalilidir [9]. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 260 Ushbu hujjat, aytish mumkinki, davlatimizning kelajagimiz, xalqimiz nasli, «palagimiz tozaligi»ni o‘ylab tashlagan muhim qadamlaridan yana biri bo‘ldi. Aslida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini, shu jumladan quyidagilarni tashkil etish belgilandi: − markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalarida reproduktiv salomatlik va xavfsiz onalik, pyerenatal diagnostika kabinetlari (onalar skriningi), shuningdek, bolalar bo‘limlari; bolalar stasionar muassasalarida tez tibbiy yordam pediatriya brigadalari va shoshilinch postlarni kengaytirish hisobidan bolalarga kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish; − Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan maktab yoshidagi bolalarni o‘rganishning zamonaviy usul va dasturlaridan keng foydalanish, «Maktab yoshidagi bolalar sog‘lig‘iga nisbatan xulqini tekshirish» (HBSC) Yevropa hamkorlik tarmog‘iga hamda Bolalar semirishini epidemiologik nazorat qilish yevropa tarmog‘iga (COSI) O‘zbekistonning qo‘shilishi onalar va bolalarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik, shu jumladan, mikrojarrohlik yanada takomillashtirish; − «Ona va bola» yirik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bosqichma-bosqich, shu jumladan samarasi past va tor ixtisosdagi davlat tibbiyot tashkilotlarini birlashtirish orqali tashkil etish [1, C.15-20] va h.k. Eng muhimi aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish joriy etilib, bemorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnik asbob uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Respublikadagi shifoxonalar to‘la qayta ta’mirlanib, jahon andozalariga mos tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilmoqda. Mana shu tufayli yurtimizda «Sog‘lom ona sog‘lom bola» konsepsiyasi hamda Ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish milliy modeli yaratildi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 261 Shunday qilib, so‘nggi yillar mobaynida uzoq muddatli samaraga millatimizning genofondini yaxshilashga, oilada tibbiy madaniyatni, aholi hayoti sifatini oshirishga hamda uzoq umr ko‘rishiga erishish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan izchil chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Хужаназаров А.З., Алламуратов Ш.А. Реформы в системе здоровья Узбекистана в последние годы //Наука, техника и образование. – 2021. – №. 1 (76). – С. 19-23. 2. Ochilova O.R. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda xalq tabobatining o‘rni.: Tarix fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD) ... diss. – Qarshi, 2022. 3. “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.04.2017 yildagi PQ-2863-son // https://lex.uz/docs/3150309 4. Хужаназаров А.З., Алламуратов Ш.А. Система здравоохранения в Узбекистане: проблемы и реформы //Бюллетень науки и практики. – 2021. – Т. 7. – №. 2. 5. “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shartsharoitlarni yaratish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 29.12.2017 yildagi PQ-3450-son // https://lex.uz/uz/docs/3480494 6. Хужаназаров А.З., Алламуратов Ш.А. Тиббиётга назар: муаммо ва ечимлар //Взгляд в прошлое. – 2019. – №. 24. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma / nashr uchun mas’ul ijodiy guruh: I.U.Majidov, B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, Sh.I.Mustafoqulov - T.: «Ma’naviyat», 2019. 8. «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.10.2016 yildagi PQ-2647-son // https://lex.uz/docs/3060639 9. «2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.12.2017 yildagi PQ-3440-son // https://lex.uz/docs/3471720 09 August 2019