scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTEGRATION IN THE COMPLEX OF NATURAL SCIENCES: IDENTIFYING THE INTERSECTION POINTS OF PHYSICS, CHEMISTRY AND BIOLOGY

E.Khayitov; S.Abduvafoyeva

Abstract

This article provides a scientific analysis of the integration processes among the natural sciences – physics, chemistry and biology – highlighting their interconnections and intersection points. Using interdisciplinary fields such as biophysics, biochemistry and physical chemistry as examples, the importance of studying natural phenomena in a comprehensive and holistic manner is emphasized. The paper also discusses the role of the integrative approach in developing students’ scientific thinking, systematic reasoning and practical skills.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1127 TABIIY FANLAR MAJMUASIDA INTEGRATSIYA: FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA KESISHUV NUQTALARINI ANIQLASH. E.Xayitov, S.Abduvafoyeva Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy fanlar – fizika, kimyo va biologiya fanlari o’rtasidagi integratsiya jarayonlari, ularning o’zaro bog’liqligi hamda kesishuv nuqtalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Biofizika, biokimyo va fizik kimyo kabi fanlararo yo’nalishlar misolida tabiiy hodisalarni kompeks o’rganishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida integratsion yodashuvning o’quvchilarda ilmiy tafakkur, tizimli fikrlash va amaliy ko’nikmalarni shakillantirishdagi roli ochib berilgan. Kalit so’zlar: tabiiy fanlar, integratsiya, fizika, kimyo, biologiya, biofizika, biokimyo, fizika kimyo, fanlararo yodashuv. ИНТЕГРАЦИЯ В КОМПЛЕКСЕ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК: ВЫЯВЛЕНИЕ ТОЧЕК ПЕРЕСЕЧЕНИЯ ФИЗИКИ, ХИМИИ И БИОЛОГИИ Е.Хаитов, С.Абдувафоева Каттакурганский государственный педагогический институт Аннотация: В данной статье научно проанализированы процессы интеграции между естественными науками – физикой, химией и биологией, их взаимосвязь и точки пересечения. На примере таких междисциплинарных направлений, как биофизика, биохимия и физическая химия, раскрыта значимость комплексного изучения природных явлений. Также показана роль интеграционного подхода в формировании у обучающихся научного мышления, системного анализа и практических навыков. Ключевые слова: естественные науки, интеграция, физика, химия, биология, биофизика, биохимия, физическая химия, междисциплинарный подход. INTEGRATION IN THE COMPLEX OF NATURAL SCIENCES: IDENTIFYING THE INTERSECTION POINTS OF PHYSICS, CHEMISTRY AND BIOLOGY E.Khayitov, S.Abduvafoyeva Kattakurgan State Pedagogical Institute Abstract:This article provides a scientific analysis of the integration processes among the natural sciences – physics, chemistry and biology – highlighting their interconnections and intersection points. Using interdisciplinary fields such as biophysics, biochemistry and physical chemistry as examples, the importance of studying natural phenomena in a comprehensive and holistic manner is emphasized. The paper also discusses the role of the integrative approach in developing students’ scientific thinking, systematic reasoning and practical skills. Keywords: natural sciences, integration, physics, chemistry, biology, biophysics, biochemistry, physical chemistry, interdisciplinary approach. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1128 Hozirgi zamon ta’lim tizimida fanlararo integratsiya muhim didaktik yondashuv sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, tabiiy fanlar — fizika, kimyo va biologiya — bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning kesishgan nuqtalarida yangi bilimlar, texnologiyalar va tushunchalar shakllanadi. Shu bois bu fanlar majmuasida integratsiyani ta’minlash o‘quvchilarda tabiat hodisalarini yaxlit holda idrok etish, ilmiy tafakkurni rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Fanlararo integratsiya tushunchasi ilmiy ta’limda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab faol rivojlana boshladi. Olimlarning ta’kidlashicha, integratsiya — bu turli fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonidir. Tabiiy fanlar majmuasi — bu inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, tabiatdagi jarayon va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini o‘rganadigan fanlar yig‘indisidir. Unga asosan fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya, ekologiya kabi fanlar kiradi. Bu fanlar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va sabab–oqibat bog‘liqliklarini anglash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Pedagog olim V. I. Vernadskiy o‘z asarlarida tabiatni yaxlit tizim sifatida o‘rganish zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, “tabiatdagi barcha jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni faqat fanlararo yondashuv orqaligina to‘liq tushunish mumkin”ligini ta’kidlagan. O‘zbekistonlik metodist olima M. X. To‘xtayeva ham shu o’rinda tabiiy fanlarni integratsiyalashni “o‘quvchilarda ilmiy tafakkur va ekologik madaniyatni shakllantirishning eng samarali vositasi” sifatida ko‘rsatadi. Tabiat hodisalari murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni to‘liq tushunish uchun alohida fanlarning chegarasidan chiqish zarur. Fizika, kimyo va biologiya tabiiy fanlarning uch asosiy yo‘nalishi bo‘lib, ularning har biri tabiatning muayyan tomonini o‘rganadi. Fizika — energiya va materiya harakatining umumiy qonuniyatlarini, kimyo — moddalarning tarkibi va ularning o‘zaro ta’sirini, biologiya esa tirik tizimlarning tuzilishi va faoliyatini tadqiq etadi. Shunga qaramay, bu fanlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Masalan, biologik jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun kimyoviy reaksiyalar va fizik qonunlarni bilish muhimdir. Shu bois tabiiy fanlar majmuasida integratsiya o‘quvchilarga hodisalarni yaxlit tizim sifatida anglash imkonini beradi. Tabiiy fanlarning kesishuv nuqtalari asosan fanlararo yo‘nalishlar orqali namoyon bo‘ladi. Ular orasida eng muhimlari — biofizika, biokimyo va fizik kimyodir. Biofizika — tirik organizmlarda kechadigan fizik jarayonlarni o‘rganadi. Masalan: yurak faoliyati elektr impulslar asosida boshqariladi; asab tizimida axborot uzatish elektr signallari yordamida amalga oshadi; muskul qisqarishida mexanik ish energiya o‘zgarishlari bilan bog‘liq; hujayra membranalarida ion oqimlari va potensiallar fizikaning elektromagnit qonunlariga asoslanadi; suyak tayanch vazifasini bajaradi. Biokimyo — tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy reaksiyalarni o‘rganadi. U biologik jarayonlarning molekulyar asoslarini tahlil qilib, hayot faoliyatining kimyoviy mexanizmlarini tushuntiradi. Masalan: fermentlar yordamida modda almashinuvi, energiya almashinuvida ATP molekulasining roli, DNK va RNK sintezi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvi kabi jarayonlar. Fizik kimyo — moddalar xossalarining fizik asoslarini o‘rganadi. Bu yo‘nalish kimyoviy reaksiyalarning tezligi, energiya sarfi, muvozanat holati kabi masalalarni tahlil qiladi. Ushbu qonuniyatlar biologik tizimlarda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan: o‘pka alveolalaridagi gaz almashinuvi diffuziya qonunlariga asoslanadi; termodinamika qonunlari hujayra energetikasini ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1129 tushunishga yordam beradi; osmos hodisasi o‘simlik va hayvon hujayralarida suv muvozanatini ta’minlaydi. Integratsiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. Fanlararo integratsiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish — o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishning samarali vositasidir. Integratsion yondashuv yordamida o‘quvchilar: • tabiatni yaxlit tizim sifatida anglaydi; • bir hodisani turli fanlar nuqtai nazaridan tahlil qilishni o‘rganadi; • nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunadi; • ilmiy tafakkur, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, fotosintez mavzusini o‘rganishda: 1. fizika nuqtai nazaridan — yorug‘lik energiyasi, kvantlar va energiya o‘zgarishlari; 2. kimyo nuqtai nazaridan — karbonat angidrid va suvdan glyukoza hosil bo‘lish reaksiyasi; 3. biologiya nuqtai nazaridan — xloroplastlar va fermentlarning ishtiroki tahlil qilinadi. Shu tarzda o‘quvchilar hodisaning mohiyatini chuqurroq anglaydi va bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rganadi. Integratsiyaning zamonaviy fan va texnologiyalardagi roli. O‘quvchilarda ilmiy tafakkur, ijodkorlik va mustaqil fikrlash rivojlanadi. Nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik mustahkamlanib, tabiiy fanlarga qiziqish ortadi, o‘quv jarayoni hayotiy misollar bilan boyiydi. Fanlararo loyihaviy va tadqiqot ishlari samarali tashkil etiladi. Bugungi kunda ilm-fan rivoji aynan fanlararo integratsiyaga tayanadi. Masalan: biotexnologiya — biologiya, kimyo va fizika yutuqlarining uyg‘unlashuvi natijasidir; tibbiyot fizikasida radiatsion diagnostika, lazer terapiyasi va ultratovush texnologiyalari keng qo‘llaniladi; atrof-muhit muhofazasi sohasida kimyoviy analizlar, biologik monitoring va fizik modellashtirish usullari birgalikda ishlatiladi. Xulosa o’rnida aytish joizki integratsiya nafaqat ta’limda, balki ilmiy-amaliy sohalarda ham yangi innovatsiyalarni yaratishga asos bo‘lmoqda. Ta’limdagi integratsiyaning kesishuv nuqtalarini aniqlash va o’zlashtiruvchilarga to’liq va ishonchli ma’lumotlarni olishda hamda ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish va ta’lim samaradorligini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega. Fanlar kesishgan nuqtalarda yangi bilimlar, yangi fanlar va innovatsion texnologiyalar vujudga keladi — bu esa zamonaviy ta’limning strategik yo‘nalishidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. D. sharipova, D. P.Xodiyeva, M.K.Shirinov "Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi" . Toshkent - 2018 2. M. I. Nuriddinov " tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi " . Cho'lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2005. 3.Tabiatshunoslik fanini o'qitishda ta'lim integratsiyasi va inovatsiyasinomli maqolalar. 4. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.T.I., T," O'zbekiston" , 1996y 5. Pulatov Anvarbek Abdullayevich, Muxsinova Musallamhon Qosimjin qizi "Tabiiy fanlarni o'qitishda integratsiyalangan darslarning ahamiyati".