scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABOUT THE DIFFERENT MEANING OF DIFFERENT COLORS

Xalmuratova, Iroda

Abstract

This article presents interesting insights about the fact that colors can be conditionally divided into two groups: achromatic and chromatic; that colors convey various meanings; and that these colors hold great importance for artists and potters.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1135 TURLI RANGLARNING TURFA MA’NOLARI XUSUSIDA Xalmuratova Iroda Saparboyevna Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, badiiy kulolchilik mutaxassisligi 1 – bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo’lish mumkinligi, ranglarning turli ma’nolarni ifodalashi, bu ranglarning rassomlar va kulollar uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida qiziqarli fikrlar bildiriladi. Kalit so‘zlar: Rassom, dizayner, kulol, ranglar, ranglarning ramziy ma’nolari,xususiyatlari, axromatik ranglar, xromatik ranglar, D.N.Kardovckiy. Аннотация: В данной статье приводятся интересные мысли о том, что цвета можно условно разделить на две группы: ахроматические и хроматические; что цвета выражают различные значения; и что эти цвета имеют большое значение для художников и гончаров. Ключевые слова: художник, дизайнер, гончар, цвета, символические значения цветов, их особенности, ахроматические цвета, хроматические цвета, Д.Н. Кардовский. Annotation: This article presents interesting insights about the fact that colors can be conditionally divided into two groups: achromatic and chromatic; that colors convey various meanings; and that these colors hold great importance for artists and potters. Keywords: artist, designer, potter, colors, symbolic meanings of colors, their characteristics, achromatic colors, chromatic colors, D.N. Kardovskiy Ma’lumki, ranglar yorug’lik nuri tovlanishidan hosil bo’ladi. Shu sabab narsalarning rangi quyosh charaqlab turgan kunduz kuni va quyosh botayotgan oqshom paytida turlicha jilolanadi. Darvoqye, rassomlar uchun rang faqat o’z fikrlari va tuyg’ularini emas, balki asarlaridagi qahramonlarning yani odamlarning ichki dunyosini, ruhiyatini, quvonch va iztiroblarini, tabiatini, xarakterini ifodalaydigan ramzdir. Ranglarning ma’nolari, siru sinoatlarini bilish rassomlar uchun qanchalik muhim bo’lsa, shoir, yozuvchi, fotograf, dekorator, rejissyor, dizayner, arxitektor, tikuvchi, kulol kabi boshqa ijodkorlar uchun ham shunchalik ahamiyatga ega. Ranglarning ramziy ma’nolari, xususiyatlari, sirlari haqida ko’plab izlanishlar amalga oshirilgan.Kurinadiki, ranglar dunyosining o’zi bir fandir. Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, ko’zimiz ko’ra oladigan hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo’lish mumkin. Oqdan to’q qoragacha bo’lgan ranglar axromatik ranglarga, ( oq,kulrang, qoramtir, qora, to’q qora), qolganlari esa xromatik ( qizil, sariq, ko’k va h.k) ranglarga kiradi. Quyida biz yuqorida qayd etib o’tganimiz ranglarning ayrimlari ifodalaydigan ma’nolarga to’xtalishni lozim topdik. Jumladan: Qora rang – aslida ranglarning inkoridir. Qora boshqa barcha ranglarni “yutib” yuborgani kabi inkor va umidsizlikni o’zida ifoda etadi, oqning ziddi hisoblanadi va salbiy asosga ega. Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi o’jar, isyon bilan hammasidan voz kechishni istaydi. Biroq, qora rangning ijobiy sifatlari ham yo’q emas: masalan, nikoh to’ylarida kuyovning qora kostyum-shimda bo’lishi yoki qora kostyum-shimning rasmiy marosimlarda kiyilishi bu rangning obro’- e’tibor, tantanavorlik ramzi ekanligini ham ifodalaydi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1136 Oq rangtozalik, musaffolik, iffat, yorug’lik, donishmandlik, haqiqat va ezgu iroda ramzidir. Bular oq rang sifatlarining bir jihati. Biroq boshqa jihatdan u motam, o’lim, qo’rqoqlikni o’zida ifodalaydi. Yaponiya va Xitoyda aynan oq rang motam va qayg’u rangi hisoblanadi. Shu sababli oq rangni yoqtiruvchilar ham ma’lum ruhiy qiyinchilikni boshdan kechirishayotgan bo’ladi, ammo ular o’z muammolarini ko’pincha “Alloh irodasi”ga yo’yishadi. Shu sababli aksariyat dinlarda oq rangli kiyim kiyish an’ana tusini olgan. Qizil rang - insonga eng kuchli hissiy ta’sir ko’rsatadi. Qizil bu faoliyat ko’rsatishga, harakatga intilish, muvaffaqiyatga erishish, impuls, g’alabaga intilish, tiriklik va quvvatning barcha shakllari. Bir so’z bilan aytganda, qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. Qizilning manbai-olov, u issiqlik va haqorat beradi, shuningdek, u muhabbat rangi hisoblanadi. Ko’k rang – ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o’zida yyuksaklik va chuqurlikni ifoda etdi. U an’analarga, azaliy qadriyatlarga , oqilfaoliyat ona g’oyalarga sodiqlik, muntazamlik va mushoh+adakorlikka moyillik beradi. Ruhshunoslarning kuzatishlaricha, ranglar inson asablarini tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Yashil rang – faoliyat, maqsadga intiluvchanlik, iroda, tirishqoqlik, qat’iyat, chidamlilik, qarshilik, o’z “men”iga yuqori baho berish kabi xususiyatlarni ifodalaydi. Yashil - tiriklik, o’sish va umid ramzi, bahor fasli chechaklari rangidir. Sariq rang – ochiqlik, faollik, ozodlikka, shonshuhrat va kuch – quvvatga intilish rangi. Sariq quyosh va yoz faslining rangi. U kelajakka umidvorlikni o’zida ifodalaydi. Sariq oltin rangi bo’lganligi uchun shon - shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi ham hisoblanadi. Kul rang – u na oq, na qora, o’rtaliqdagi neytral, chegara rangdir. KImki, bu rangga ko’proq moyil bo’lsa, demak, u o’zini hamma narsadan to’sib, chegaralab olishni, har qanday majbutiyatlardan xalos bo’lib, hyech narsada ishtirok etmaslikni istaydi. Kul rang kiyingan odam boshqalarning o’zi haqida bilishlarini istamaydi. Ko’rinadiki, bu rang sirlarni yashirish xususiyatiga ega ekan. Jigarrang – eng ziddiyatli ranglardan biri. Bir jihatdan, zamin, mo’l - ko’lchilik, onalik tuyg’usini ifodalaydi. U jismoniy ehtiyoj va sezgilarni o’zida aks ettiradi. Kimki jigarrangda kiyinishni xush ko’rsa, u bir tomondan, o’z tanasi ehtiyojlariga jiddiy e’tibor beradi, boshqa tomondan, atrofdagi insonlarga nisbatan ta’sirchan va talabchandir. Binafsharang – eng ikkiyoqlama rang sifatida qaraladi.Unda qizil va ko’k ranglarning qo’zg’ovchi va bosib turuvchi sifatlari birlashadi. Demak, binafsharangdagi asosiy ziddiyatli sifat ham ana shundandir. Shuningdek, bu rang tenglashtiruvchi va tenglik rangidir. U o’lchov, mezon, bosiqlik va muvofiqlik, ilm va oqillik, ilohiyot va donishmandlik, qudrat rangidir. Binobarin, ranglarning ma’nolari, siru sinoatlarini bilish rassomlar uchun qanchalik muhim bo’lsa, ana shu sohani o’rganishga endigina kirishayotgan o’quvchi va talaba – yoshlarga bu borada atroflicha tushuncha va bilim berishning ilg’or usul va metodlarini ishlab chiqib, uni amaliyotga tatbiq etish shu kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Negaki, rus rassomi va pedagogi D.N.Kardovckiy ”San’atni o’rganayotganlar tasvirlashning yo’llari va usullari, ya’ni narsalarning rangi, shakli, nisbatlari yorug’ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo’ysunishga majburdirlar”,- deb yozganida yuz karra haqli edi2. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Aбдирасулов С., Толипов Н., Oрипова Н. Рангтасвир.-Tошкент, “Узбекистон” HMIU, 2006. Б.- 16. 2. КардовскийД.Н.Об искусстве. Воспоминания, статьи,письма.- Mосква, 1960.С..-128.