«XAVFLI GURUHLAR ORASIDA OIV-INFEKSIYASINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI»
Abstract
OIV-infeksiyasi (inson immun tanqisligi virusi) bugungi kunda butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Xavfli guruhlar orasida infeksiya yuqish holatlari yuqori darajada saqlanib qolayotgani, profilaktika choralari yetarli darajada samarali olib borilmayotgani ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham OIV-infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari yildan-yilga ortib bormoqda, ayniqsa giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar, OIV bilan kasallangan bemorlar bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganlar va migratsiya jarayonida bo‘lgan aholining ayrim qatlamlari orasida yuqish xavfi yuqori.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 9 «XAVFLI GURUHLAR ORASIDA OIV-INFEKSIYASINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI» Kirgizboyeva Xonzoda Abilqosimqizi e-mail: [email protected] Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti farmatsiya, menejment va tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi Annotatsiya OIV-infeksiyasi (inson immun tanqisligi virusi) bugungi kunda butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Xavfli guruhlar orasida infeksiya yuqish holatlari yuqori darajada saqlanib qolayotgani, profilaktika choralari yetarli darajada samarali olib borilmayotgani ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham OIV-infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari yildan-yilga ortib bormoqda, ayniqsa giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar, OIV bilan kasallangan bemorlar bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganlar va migratsiya jarayonida bo‘lgan aholining ayrim qatlamlari orasida yuqish xavfi yuqori. Kalit so‘zlar: Epidemiologiya, profilaktika choralari, xavfli guruhlar, tibbiy profilaktika, skrining va diagnostika, migratsiya, epidemiologik nazorat, profilaktik tadbirlar samaradorligi Аннотация: ВИЧ-инфекция (вирус иммунодефицита человека) на сегодняшний день является одной из самых актуальных проблем, стоящих перед системой здравоохранения во всем мире. Высокий уровень заражения среди групп риска и недостаточная эффективность профилактических мероприятий делают эту проблему еще более значимой. В Республике
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 10 Узбекистан также наблюдается ежегодный рост показателей заболеваемости ВИЧ-инфекцией, особенно среди потребителей наркотических веществ, лиц, страдающих заболеваниями, передающимися половым путем, а также среди отдельных категорий населения, находящихся в миграционных процессах. Ключевые слова: Эпидемиология, профилактические меры, группы риска, медицинская профилактика, скрининг и диагностика, миграция, эпидемиологический контроль, эффективность профилактических мероприятий. Abstract: HIV infection (Human Immunodeficiency Virus) is currently one of the most urgent problems facing the global healthcare system. The high rate of infection among high-risk groups and the insufficient effectiveness of preventive measures make this issue even more significant. In the Republic of Uzbekistan, there is also an annual increase in HIV infection rates, especially among drug users, individuals suffering from sexually transmitted diseases, and certain segments of the population involved in migration processes. Keywords: Human Immunodeficiency Virus (HIV), epidemiology, preventive measures, risk groups, medical prevention, screening and diagnosis, migration, epidemiological control, effectiveness of preventive measures. Kirish qismi. Mazkur holat aholining OIV haqida bilim va xabardorlik darajasini oshirish, xavfli guruhlar orasida epidemiologik kuzatuv va profilaktika ishlarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Xavfli guruhlar orasida OIV infeksiyasining epidemiologik xususiyatlari va mazkur kasallikning jamoat orasida tarqalishini
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 11 o‘rganish kasallikni oldini olishning yangi va samaraliroq usullarini taklif qilish bu kasallik rivojining oldini oladi. Asosiy qism G`arb mamlakatlarida “gey”lar (ingliz tilida gay — beso‘qolboz)yashash tarsi bilan yashovchi odamlarda tanilgan OITS bugungi kunda ham Amerika Qo‘shma Shtatlarida, ham butun dunyo bo‘ylab tobora ko‘proq ayollarning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Hozirgi kunda OIV-infektsiyasi XXI asrning dolzarb muammosiga aylangan, dunyo bo‘yicha tarqalib, ko‘pchilik davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun katta xavf tug‘dirmoqda. OIV-infektsiyasining so‘nggi terminal bosqichi-OITSpirovardida o‘lim bilan tugaydi. Kasallik manbai bemor odam yoki virus tashuvchi. 1990 yilga kelib OIV-3 turi aniqlanganigi haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Hozirda OIV infektsiyasi bilan yashovchilarning soni jami 35 millionga yetgan. Global miqyosda statistika yanada hayratlanarli bo‘lib, jami 2024yilda butun dunyo bo‘yicha OIV-infeksiyasini yuqtirganlar soni 40,8 millionni tashkil qilgan. OIV/OITS bilan kasallangan bemorlarning 53 foizini ayollar va qizlar tashkil etgan bo`lsa qolgan 17 foizini erkaklar tashkil qiladi. Respublikamizdagi kasallanish ko‘rsatkichlarini jinslar bo‘yicha tarqalganligi oldingi yillarda kasallik asosan erkaklar o‘rtasida ko‘p uchragan, oxirgi yillarda esa ayollar o‘rtasida ortib bormoqda va bu kasallikning bolalar orasida ko‘payishiga olib kelmoqda. 1987-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida OIV-infeksiyasi bilan kasallanganlarning jinslar kesimida retrospektiv epidemiologik tahlili (%)
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 12 Immun tizimning faoliyati buzilishi natijasida OITS kasalligida turli() o‘smalar, OIVpaydo bo‘ladi va organizm ularga qarshi kurashish xususiyatini yo‘qotganligi sababli oddiy infektsiyalar ham organizmda to‘xtovsiz ko‘payadi, kasallik surunkali shaklga o‘tadi va pirovardida o‘lim bilan tugaydi. Insonni tashqi ko‘rinishiga qarab uning OIV bilan zararlangan yoki zararlanmaganligini aytib bo‘lmaydi. Shu tariqa inson sog‘lom ko‘rinishi va o‘zini yaxshi his qilishi mumkin, va shu bilan bir qatorda u OIV bilan kasallangan bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pchilik OIV bilan kasallangan insonlar o‘zlaridagi kasallikni bilishmaydi. Shu o‘rinda OIV infektsiyasining tashxisoti murakkab jarayon bo‘lib, u klinik, epidemiologik va laboratoriya tekshiruv ma’lumotlariga asoslanadi. OIV-infektsiyasini aniqlashda laboratoriya tekshiruvlari asosiy o‘rin tutadi. OIV bilan kasallanishni erta aniqlash shu shaxs uchun o‘z vaqtida choratadbirlarni boshlash imkonini beradi. Bundan tashqari oilani rejalashtirish, kasb tanlashda muhim ahamiyatga ega. 78,9 83,8 90,5 80,880,4 81,4 81,6 78,3 76,3 65,959,9 54,055,3 52,452,553,755,4 55,455,357,056,7 57,0 58,0 60,861,5 62,8 21,1 16,2 9,5 19,219,6 18,4 21,7 23,7 34,1 40,1 46,044,7 47,647,546,3 44,644,6 44,7 43,043,3 43,042,0 45,5 39,238,5 37,2 0 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 Erkaklar Ayollar
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 13 2020 yilda OIV infeksiyasi aniqlanganlarning ijtimoiy kelib chiqishi (%) O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 2024 yildagi OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarning “xavfli guruh”larga mansubligi to‘g‘risida o‘tkazilgan epidemiologik so‘roq va surishtiruv natijalariga ko`ra oxirgi yillar mobaynida olib borilayotgan tadqiqot natijalari asosida xavfli guruhlar asosan viloyatlar kesimidan Samarqand, Surxondaryo, Toshkent yetakchi o‘rinni egallaydi. Izoh: GMIOQQ – giyohvand moddalarni in’eksiya orqali qabul qiluvchilar
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 14 MREIXKSH – moddiy ra‘gbatlantirish evaziga intim xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar JAYBYK – jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan kasalligi bor ayollar MM - mehnat migratlari JIEM – jazoni ijro etish muassasasidagi ayollar Bugunga kelib OIV infeksiyasini tarqalishini bartaraf etishga imkon bermayotgan omillar: Aholini OIV infeksiyasi haqida to`liq ma`lumotga ega emasligi, OIV infeksiyali bemorlar umrining oxirigacha virusni yuqtirish xavfini saqlab qolishi, virusning genetik o‘zgaruvchanligi (mutatsiya) tufayli dunyo miqyosida kasallikning oldini olishga qodir samarali vaksinaning yo‘qligi, kasallikni chaqiruvchi virusga samarali ta’sir etuvchi davolash vositalarining hozircha topilmaganligi, kasallik asosan xulq-atvori buzuq xavfli guruhlar orasida (giyohvand moddalarni tomir orqali qabul qiluvchi, moddiy rag‘batlantirish evaziga intim xizmat ko‘rsatuvchilar) tarqalishiga moyilligi va ular bilan samarali ishlash imkoni qiyinligi, mehnat migrantlarining tobora ko‘payib borayotganligi va aholining bu kasallik haqida yetarlicha bilimga ega emasligi ko‘rsatilmoqda. Bu esa o`z navbatida axoli orasida xavfli guruxlarning tarqalishiga sababchi bo`lib kelmoqda. OIVga ixtiyoriy maslahat va tibbiy tekshiruvdan o‘tish qamrovini oshirish va kasallik oldini olishning yangi uslublarini tatbiq etish, shu jumladan, olis hududlar va aholi gavjum joylarda ko‘chma laboratoriyalardan foydalanish, OIV masalalari bo‘yicha individual va konfidensial maslahatlar berish uchun, ommaviy axborot vositalarida OIV infeksiyasi mavzusini yoritishning zamonaviy yondashuvlaridan foydalanish, umumta’lim maktablari, kollejlar va oliy ta’lim
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 15 muassasalari o‘quv dasturlariga OIV infeksiyasi masalalarini kiritish kasallikning xavfli guruxlari tarqalishini oldini olishda vositachi bo`ladi. Xulosa OIV infeksiyasining tarqalishi sabablari va sharoitlarini hududlar bo‘yicha muntazam tahlil etish, milliy an’ana va ma’naviy-axloqiy asoslarni inobatga olgan holda aholining keng qatlamlari orasida mazkur kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlar ishlab chiqish. OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan bolalarni quruq sut aralashmalari bilan uzluksiz ta’minlash tizimini yaratish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1 Abdullaeva, M.M. OIV bilan yashovchi shaxslar orasida profilaktika tadbirlarini takomillashtirish yo‘llari. — Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilmiy to‘plam, 2023. 2 Bekmurodov, I. Yoshlar o‘rtasida OIV tarqalishining oldini olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni. — “Sog‘lom jamiyat”, №4, 2023, 33–38-betlar. 3 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST). Global HIV & AIDS statistics — Fact sheet. — Geneva: WHO, 2024. 4 Karimov, A., & Shodmonova, N. OIV-infeksiyasining epidemiologik xususiyatlari va ijtimoiy omillar. — “Tibbiyot jurnali”, №2, 2022, 45–51-betlar.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 16 5 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. OIVinfeksiyasining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha milliy dastur (2021–2025 yillar). — Toshkent, 2021. 6 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. OITSning oldini olish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. — Toshkent, 2022. 7 World Health Organization. Consolidated Guidelines on HIV Prevention, Testing, Treatment, Service Delivery and Monitoring. — Geneva: WHO, 2021.