TELEKOMMUNIKATSIYADA "NETWORK SLICING" TERMINOLOGIYASINING O'ZBEK TILIDAGI ILMIY TARJIMAVIY TAHLILI
Abstract
Hozirgi kunda telekommunikatsiyada rivojlanib borayotgan “Network Slicing” tadqiqot sohasi bo‘yicha bizning mintaqamizning olimlari ham qiziqish bildirmoqda va tilshinoslik tarafdan “tarmoqni tilimlash” manosini beruvchi bu iborani ilmiy-texnik manodagi terminologiyasini o‘rganish va qo‘llanish, ilm jamiyati va soha korxonalari orasida to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishiga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, ushbu ishda jahon adabiyotlarini tahlil qilish orqali terminologiyasi organilgan.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 500 TELEKOMMUNIKATSIYADA “NETWORK SLICING” TERMINOLOGIYASINING O‘ZBEK TILIDAGI ILMIY TARJIMAVIY TAHLILI Allamuratova Z.J.1, Muxammedinov K.K.2 1Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘I; 2Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17801551 Annotatsiya. Hozirgi kunda telekommunikatsiyada rivojlanib borayotgan “Network Slicing” tadqiqot sohasi bo‘yicha bizning mintaqamizning olimlari ham qiziqish bildirmoqda va tilshinoslik tarafdan “tarmoqni tilimlash” manosini beruvchi bu iborani ilmiy-texnik manodagi terminologiyasini o‘rganish va qo‘llanish, ilm jamiyati va soha korxonalari orasida to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishiga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, ushbu ishda jahon adabiyotlarini tahlil qilish orqali terminologiyasi organilgan. Kalit so‘zlar: Network slicing, 5G/IMT2020, virtual tarmoq Аннотация. В условиях стремительного развития технологий “Network Slicing” в телекоммуникационной отрасли учёные нашего региона также проявляют интерес к данной исследовательской области. Изучение терминологической природы выражения, передающего значение «сетевое разрезание», а также корректность его применения способствует формированию единого научно-технического понимания среди исследователей и отраслевых специалистов. С учётом этого в настоящей работе проведён анализ мировой научной литературы с целью систематизации и уточнения соответствующей терминологии. Ключевые слова: сетевое разделение, 5G/IMT2020, виртуальная сеть Telekommunikatsiya sohasida keng tadqiqodlar markazlaridan birida bo‘lgan “Network slicing” tushunchasi bugungi kunda zamonaviy telekommunikatsiya arxitekturasining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, u jismoniy infratuzilma ustida bir nechta mantiqiy, virtual tarmoq bo‘laklarini yaratish imkoniyatini taqdim etadi [1]. Ingliz tilida “slice” so‘zi oddiy lug‘aviy ma’noda “tilim”, “kesim”, “bo‘lak” kabi mazmunlarni anglatadi, biroq texnik kontekstda u fizik bo‘linma emas, balki virtualizatsiya yordamida ajratilgan, mustaqil boshqariladigan tarmoq bo‘lagini ifodalaydi [2]. Ko‘plab rivojlangan davlatlarda “network slicing” atamasi asosan “tarmoqni tilimlash” metaforasi bilan ifodalanadi[3,7,8,9]. Rus tilidagi adabiyotlarda esa ikkita chiziq yonma-yon ketadi: bir tomondan, termin transliteratsiya qilinib “setevoy slaysing” yoki “setevoy slays” deb ishlatiladi; ikkinchi tomondan, slicing natijasi ko‘pincha “setevoy segment” bilan tenglashtiriladi. Masalan, “Analiticheskiy obzor modeley i metodov setevogo slaysinga” va unga o‘xshash maqolalarda “Setevoy segment, ili slays” degan ibora berilib, network slice “ma’lum vazifa yoki xizmat sinfi uchun yaratilgan dinamik logik skvoznoy tarmoq” sifatida tariflanadi [10]. “Internet Inside” jurnalida va MSK-IX tarmog‘i sharhlarida ham network slice
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 501 “setevoy segment, ili slays” deb izohlanadi; ya’ni bir tomondan inglizcha metafora “tilim”, ikkinchi tomondan esa klassik tarmoq terminologiyasidagi “segment”ga bog‘lanadi[11]. 5G/IMT2020 bo‘yicha tahliliy hujjatlarida tarmoq arxitekturasi “logicheskiye segmenti (setevoy slaysing)” ga bo‘linishi qayd etilib, slicing jarayon sifatida, segment esa natija - mantiqiy tarmoq bo‘lagi sifatida talqin qilinadi[12]. Slice atamasi rus adabiyotlarida segment deb berilishining asosiy sababi shundaki, segment termini yillar davomida tarmoqlarni bo‘linma darajasida talqin qilishning asosiy vositasi bo‘lib kelgan. Klassik tarmoq nazariyasida segment odatda L2 broadcast domeni, VLAN yoki IP - quyi tarmoqni anglatar edi, ya’ni u topologik bo‘linishni ko‘rsatardi [6]. Natijada yangi texnologiya “slicing” paydo bo‘lganda unga eng yaqin ma’no beruvchi termin sifatida aynan segment tanlangan, bu esa ko‘plab ilmiy ishlarda shu tarjimaning ustuvorlashuviga olib kelgan. Shuning uchun mahalliy akademik muhitda ham slice o‘rniga segment qo‘llanishi til amaliyoti nuqtai nazaridan tabiiy hol sanaladi. O‘zbek tilidagi axborot-kommunikatsiya adabiyotlarini ko‘rsak, tarmoq arxitekturasini bo‘lish uchun “segment” atamasi allaqachon standartlashgan termin sifatida qo‘llanadi. Masalan, kompyuter tarmoqlari va optimallashtirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarda “tarmoq segmenti” oxirgi nuqtalar orasidagi bog‘lanish uchastkasi, tugunlararo bo‘lim yoki bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi qism sifatida ta’riflanadi hamda QoS marshrutizatsiyasi va tarmoqni sinflarga ajratish masalalarida asosiy birlik sifatida ishlatiladi [13]. Boshqa darslik va texnik materiallarda ham kommutatorlar “bir nechta qurilmalarni bitta tarmoq segmenti sifatida bog‘laydigan qurilmalar” deb tasvirlanadi, ring-topologiyali kalitlar uchun har bir port “alohida jismoniy tarmoq segmenti” sifatida ko‘riladi; bu esa segmentni tarmoqning jismoniy yoki mantiqiy bo‘lagi sifatida barqaror tushunishga olib keladi. So‘nggi yillarda SDON haqidagi ba’zi tarjima maqolalarda “tarmoq tilimi” iborasi network slicing uchun qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, u hali darsliklarda mustahkamlangan normativ termin emas, tarmoqni formal model sifatida ta’riflovchi ilmiy maqolalarda esa aynan “tarmoq segmenti”, “tarmoqni segmentlash” atamalari ishlatiladi va ular bir fizik infratuzilma ustida bir nechta mantiqiy segmentlarni yaratish hamda boshqarish jarayonini ifodalaydi - mazmunan network slicing g‘oyasiga juda yaqin. Shu sababli, o‘zbek ilmiy amaliyotida “segment” (tarmoq segmenti, tarmoqni segmentlash) terminini tayanch birlik sifatida olish, zarur joylarda esa “tarmoq tilimi” iborasini izohlovchi metafora sifatida ishlatish eng mantiqiy va mavjud adabiyotlarga mos yondashuv hisoblanadi. Shunga qaramay, slice va segment o‘rtasida mazmuniy farqlar mavjud bo‘lib, ularni ilmiy kontekstda farqlash muhim ahamiyatga ega [2]. Segment faqat tarmoqning topologik bo‘lagini ifodalaydi, slice esa uchdan uchga virtual tarmoqni, ya’ni RAN, transport va asosiy qatlamlarini o‘z ichiga olgan, Xizmat darajasi kelishuvi (SLA) asosida boshqariladigan, orkestratsiya qilinadigan murakkab tuzilmani anglatadi [4]. Shuning uchun slice atamasining segment bilan almashtirilishi faqat umumiy, soddalashtirilgan mazmunlarda mos keladi, ammo chuqur texnik mazmunda u yetarli emas. Slice SLA, Xizmat sifati (QoS), kechikish, xavfsizlik, izolyatsiya, monitoring va tarmoq hayotiy siklini boshqarish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi, segment esa bu darajadagi boshqaruvni ifodalab bera olmaydi [5]. Biroq shu bilan birga slice atamasining segment ko‘rinishida qo‘llanishi tarixan shakllangan va til amaliyotida hali ham saqlanayotgan yondashuv bo‘lib, ko‘plab kontekstlarda slice tushunchasining umumiy mazmunini anglashga yordam beradi. Ayniqsa, xizmatlarning mantiqiy ajratilishi, trafik bo‘linishi, turli xizmat toifalariga alohida tarmoq maydoni ajratilishi
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 502 kabi jarayonlarda segment atamasi “slice”ga ma’lum darajada mos keladi [6]. Masalan, 5G tizimida eMBB, URLLC yoki mMTC kabi xizmatlar uchun alohida bo‘limlar tashkil etilishi texnik jihatdan slicing, ma’nodosh tarzda esa segmentlashni eslatadi [1]. Shu bilan birga slicing terminining texnik mazmuni chuqurlashganda segment atamasi to‘liq mos kelmaydi. Masalan, slice dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq va tarmoq xizmatlarini virtualizatsiyalash yordamida orkestratsiya qilinishi, dinamik ravishda kengaytirilishi, xizmatga yo‘naltirilgan boshqaruv modeliga egaligi, tarmoq qatlamlarining barchasini qamrab olishi kabi jarayonlar ishlatilganda segment uni ifodalay olmaydi [2]. Segmentning mazmuni mahalliy bo‘linma bilan cheklangan bo‘lsa, slice butun tarmoq bo‘ylab izolyatsiyani ta’minlaydigan uchdan uchga mexanizmdir. Shu sababli segment atamasi slicing terminining faqat soddalashtirilgan yoki umumlashtirilgan talqinida qo‘llanilishi mumkin, ammo uning to‘liq texnik mazmunini ifodalash uchun “mantiqiy tarmoq tilimi” yoki “virtual tarmoq bo‘lagi” kabi atamalar ko‘proq mos keladi. Shuning uchun ilmiy matnlarda slice o‘rnida segment ishlatish muqobildir, lekin uning qaysi holatlarda to‘g‘ri va qaysi holatlarda noto‘g‘ri ekanini aniq belgilab olish talab etiladi. Bu terminlarni kontekstga mos ravishda qo‘llash ilmiy aniqlikni ta’minlaydi va tarmoq arxitekturasining zamonaviy talqinlari bilan klassik terminologiya o‘rtasida muvozanatni yaratadi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. 3GPP, TR 28.801: Study on management and orchestration of network slicing for next generation networks, 2018. 2. 3GPP, TS 28.530: Management and orchestration; Concepts, use cases and requirements for network slice management, 2021. 3. R. Baffert, “5G Network Slicing: Fonctionnement, Avantages et Défis,” Innotip, fransuz tilidagi onlayn maqola, 22-Dec-2024. (Onlayn, murojaat qiling.: 15Nov-2025). 4. Ericsson, Network Slicing: Enabling Differentiated Connectivity, White Paper, Ericsson, 2020. 5. Huawei, Network Slice Categories and Service Level Agreements, Huawei Technical White Paper, 2020. 6. Cisco Systems, Network Segmentation Principles, Cisco Technical Documentation, 2021. 7. IBM, “Découpage du réseau 5G dans MaaS360,” IBM MaaS360 rasmiy hujjati, fransuz tilida. (Onlayn, murojaat qiling.: 15-Nov-2025). 8. Google, “5G ağ dilimi,” Android 5G Slicing hujjati, turk tilida. (Onlayn, murojaat qiling.: 15-Nov-2025). 9. Wray Castle, “5G’de ağ dilimleme nedir?,” blog posti, turk tilida, 02-Sep-2024. (Onlayn, murojaat qiling.: 15-Nov-2025). 10. Д. Бехруз, “Аналитический обзор моделей и методов сетевого слайсинга,” ilmiy maqola, Cyberleninka elektron bazasi, 2020.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 503 11. Ченгиз Алаэттиноглу, “Сетевой сегмент, или слайс,” Журнал «Интернет изнутри», 2021. 12. MSK-IX, “Виртуализация как инструмент современных технологий,” yangiliklar maqolasi, 2020. 13. Amirsaidov U.B., Tarmoqlarni optimallashtirish, o’quv qo’llanma, “Metodist nashriyoti”, 2024. -156b