Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 143 “TARBIYA” KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI Kodirova Saodat Аbduraximovna Navoiy davlat universiteti dotsenti, filolgiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17801785 Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy xalqlar madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan maqol va hikmatli so‘zlar asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajriba va donishmandlikning o‘ziga xos ko‘zgusi ekanligi, bu maqollarda “tarbiya” tushunchasi alohida o‘rin tutib, u nafaqa tshaxsiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab jarayon sifatida talqin qilinishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan. Lingvokulturologik yondashuvda “tarbiya” konseptining ma’nosi milliy mentalitet, urf-odat va madaniy an’analar bilan chambarchas bog‘liqligi, “tarbiya” atrofidagi madaniy-mazmun maydonini hosil qilishi nuqtayi nazaridan o‘rganishda bir necha nazariy yondashuvlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. “Tarbiya” konseptining axloqiy me’yorlari qadimgi maqollar va ularning zamonaviy adabiyotdagi yangi versiyalari ochib berilgan. Tayanch so‘zlar: tarbiya, konsept, leksik-semantik, lingvomadaniy, leksik maydon, tahlil, qadriyat, folklor, talqin. Аннотация. В данной статье представлена информация о том, что пословицы и мудрые изречения, являясь неотъемлемой частью культурного наследия тюркских народов, являются своеобразным зеркалом жизненного опыта и мудрости, накопленных веками, и что понятие «воспитание» занимает в них особое место и трактуется как сложный процесс, имеющий как личностное, так и общественное значение. В лингвокультурологическом подходе представлена информация о нескольких теоретических подходах к изучению понятия «воспитание» с точки зрения его тесной связи с национальным менталитетом, обычаями и культурными традициями, формирования культурно-содержательного пространства вокруг понятия «воспитание». Нравственные нормы понятия «воспитание» раскрываются в древних пословицах и их новых вариантах в современной литературе. Ключевые слова: воспитание, концепт, лексико-семантический, лингвокультурологический, лексическое поле, анализ, значение, фольклор, интерпретация. Abstarct. This article presents information on the fact that proverbs and wise sayings, which are an integral part of the cultural heritage of the Turkic peoples, are a kind of mirror of life experience and wisdom accumulated over the centuries, and that the concept of "upbringing" occupies a special place in these proverbs, and is interpreted as a complex process that has both personal and social significance. In the linguoculturological approach, information is provided on several theoretical approaches to studying the meaning of the concept of "upbringing" from the point of view of its close connection with the national mentality, customs and cultural traditions, and the formation of a cultural-content space around "upbringing". The moral norms of the concept of "upbringing" are revealed in ancient proverbs and their new versions in modern literature. Keywords: upbringing, concept, lexical-semantic, linguistic and cultural, lexical field, analysis, value, folklore, interpretation.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 144 Kirish. “Tarbiya”–o‘zbek xalqining ma’naviy madaniyati, dunyoqarashi va ijtimoiy qadriyatlar tizimida markaziy o‘rin tutadigan konseptlardan biridir. Bu tushuncha faqat ta’lim berish, axloq o‘rgatish bilan cheklanmaydi; u fuqarolik mas’uliyati, insonparvarlik, ma’naviy poklik, kattaga hurmat, kichikka izzat, milliy tartib-qoida va urf-odatlarni o‘z ichiga olgan umumiy lingvomadaniy tizim hisoblanadi. “Tarbiya” konseptining lingvokulturologik talqini tildagi ifoda shakllari orqali millatning tafakkuri, qadriyatlar iyerarxiyasi va ijtimoiy munosabatlar tizimini ochib beradi. Asosoiy qism. “Tarbiya” konseptining leksik-semantik strukturasi. “Tarbiya” so‘zi arabcha “rabba” (tarbiya qilmoq, ulg‘aytirmoq, boshqarmoq) fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida ma’naviy va axloqiy yuksalish, insonni yetishtirish jarayonini anglatadi. Tilda u quyidagi semalarga ega: 1.Axloqiy tarbiya: yaxshi tarbiya olgan bola, odobsiz bola; 2. Ma’naviy tarbiya: ruhiy poklik, vijdonlilik; 3. Jismoniy tarbiya: tana tarbiyasi; 4. Ijtimoiy tarbiya: xalqparvarlik, jamiyatda o‘zini tutish madaniyati. Bu so‘z tarkibiy jihatdan ham lug‘aviy, ham konseptual leksema hisoblanadi. U bilan bog‘liq leksemalar sinonim va omonimlar qatorida ko‘p uchraydi: odoblilik, axloq, ahloqiylik, intizom, tarbiyatli, tarbiyaviy va h.k. “Tarbiya” konseptining lingvomadaniy belgilar sistemasi. Lingvokulturologik yondashuvda “tarbiya” konseptining ma’nosi milliy mentalitet, urf-odat va madaniy an’analar bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, o‘zbek madaniyatida tarbiyalilikning belgilaridan biri kattaga hurmat va kichikka mehr-shafqat hisoblanadi: “Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda”. Paremiologik birliklarda bu konsept to‘la ifodalanadi. Kulturemalar (madaniy ma’noga ega birliklar): xijolat, hayo, odob, itoat, izzat, kamtarlik, muomala, ko‘ngilva boshqalar “tarbiya” atrofidagi madaniy-mazmun maydonini hosil qiladi. “Tarbiya” konseptining kognitiv xususiyatlari. I.S.Merzlyakovaning fikricha, tilda “tarbiya” konsepti kognitiv modellar orqali ham namoyon bo‘ladi. Ushbu modellarda freym: tarbiya → bola → ota-ona → muomala → odob → javobgarlik → jamiyat; ssenariy: bolaning yoshligidan ulg‘ayguniga qadar “tarbiya” orqali ijtimoiylashuvi, ma’naviy va axloqiy kamolotga yetishini anglatadi. Bu modellarda inson kamolotining har bir bosqichi “tarbiya” bilan bog‘liq, bu esa xalq mentalitetidagi insonni tarbiyalash jarayonining muqaddasligini anglatadi. Tarbiya tushunchasining xalq og‘zaki ijodidagi ifodasi. Folklorda, ayniqsa, maqol va matallarda “tarbiya” konsepti bevosita va bilvosita shakllarda ifodalanadi: 1-jadval. Maqol Ma’nosi “Tarbiyali bola – elga yarar.” Tarbiyali inson jamiyat uchun foydali shaxs. “Ota tarbiyasi yot emas.” Tarbiya asosi ota-onada, uning ta’siri chuqur. “Odob – tarbiyaning ko‘zgusi.” Odob – insonning ko‘rinishi va ichki dunyosi. Bu maqollar orqali xalq “tarbiya”ni madaniyatning asosiy o‘zagi, axloqiy-estetik meros sifatida qabul qiladi. “Tarbiya” konseptining millatlararo farqlari. Qiyosiy lingvomadaniy tahlil shuni ko‘rsatadiki, “tarbiya” konsepti turli madaniyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan:o‘zbek madaniyatida – tarbiya ko‘proq “odob”, “hamiyat”, “urf-odat” bilan bog‘lansa, Gʻarb
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 145 madaniyatida – “education” yoki “upbringing” tushunchasi orqali ko‘proq intellektual o‘sish va shaxsiy rivojlanishni anglatadi. Janubiy Sharq mamlakatlarida – tarbiya “insonning uydagina emas, jamiyatdagi javobgarligi”ga ham bog‘langan (masalan, Yaponiyada – “giri”, Koreyada – “ye”). Demak, “tarbiya” – milliy tilda shakllangan, xalqning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini o‘zida mujassam etuvchi kompleks konsept hisoblanadi. U faqat til birligi emas, balki kulturemalar majmuasi, mental-axloqiy qadriyatlar tizimi, insonni voyaga yetkazishdagi ilmiy va falsafiy mafkuraning ifodasi hisoblanadi. Lingvokulturologik yondashuv “tarbiya” so‘zi zamiridagi semantik, kognitiv va madaniy tarmoqlarni ochib beradi. Tarbiya konsepti atrofidagi leksik maydon. “Tarbiya” konsepti o‘zbek tilida juda keng va chuqur ma’noga ega bo‘lib, uning leksik maydoni turli xil so‘zlar, iboralar va frazeologizmlarni o‘z ichiga oladi. Bu maydon tarbiyaning jamiyat, oila, shaxs rivojlanishidagi o‘rnini aks ettiradi. D.Sh.Rahmatullayevanig fikriga ko‘ra, “tarbiya” konseptining yadrosini quyidagi so‘zlar tashkil etadi: Tarbiya –shaxsni kamol toptirishga qaratilgan maqsadli va tizimli jarayon. Bu so‘zning o‘zi juda keng ma’noga ega bo‘lib, axloqiy, jismoniy, intellektual, estetik tarbiya kabi turlari mavjud. Odob –tarbiyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonning xulq-atvori, muomala madaniyatini anglatadi. Axloq – jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlari va qoidalari yig‘indisi. Tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri axloqli insonni shakllantirishdir. Ma’naviyat – insonning ichki dunyosi, ruhiy boyligi, qadriyatlar tizimi. Tarbiya ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Ma’rifat – bilim, ilm-fan, ma’rifiy ong. Tarbiya bilim olish va dunyoqarashni kengaytirish bilan uzviy bog‘liq. Kamolot – insonning har tomonlama rivojlanishi, yetuklik darajasi. Tarbiyaning pirovard maqsadi insonni kamolotga yetkazishdir. Tarbiya konsepti bilan ma’nodosh yoki uning turli qirralarini ifodalovchi so‘zlar ham bu leksik maydonga kiradi. Masalan: Ta’lim – bilim berish, o‘rgatish jarayoni. Tarbiya ta’limdan ajralmasdir. Ustoz/Murabbiy –tarbiyachi, o‘qituvchi. Ibrat –namuna, o‘rnak. Nasihat – o‘git, maslahat. Pandu nasihat –tarbiyaga oid o‘gitlar. Qadriyatlar –jamiyat yoki shaxs uchun muhim bo‘lgan g‘oya, tamoyillar. “Tarbiya” konsepti bilan bog‘liq ko‘plab iboralar va frazeologizmlar ham ko‘plab kuzatiladi, ular tarbiya jarayonining murakkabligi va ahamiyatini ifodalaydi: Tarbiya bermoq: birovni tarbiyalamoq. Tarbiya olmoq: tarbiyalanmoq. Qulog‘iga quymoq: takror-takror aytib, yodlatmoq (tarbiya maqsadida). Besh barmoqday bilish: mukammal bilish (tarbiya natijasida erishilgan bilim). “Tarbiya” konsepti atrofidagi leksik maydon uning turli yo‘nalishlarini ham qamrab oladi: Axloqiy tarbiya: insonda yaxshi xulq-atvor, odob-axloqni shakllantirish. Jismoniy tarbiya: sog‘lom turmush tarzi, jismoniy rivojlanish. Aqliytarbiya: intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 146 Estetiktarbiya: go‘zallikni his qilish, san’atga muhabbat uyg‘otish. Mehnat tarbiyasi: mehnatga munosabatni shakllantirish. Huquqiy tarbiya: qonunlarga hurmat, huquqiy ongni oshirish. Zero, “tarbiya” konsepti atrofidagi leksik maydon insonning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va komil inson bo‘lib yetishishi bilan bog‘liq barcha jabhalarni qamrab oluvchi boy va serma’no tizimni tashkil etadi. Jahon adabiyotshunosligi va folklorshunosligida “tarbiya” tushunchasining lingvokulturologik talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlar so‘nggi o‘n yilliklarda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. A.S.Ptashkin bu yo‘nalishni til va madaniyatning o‘zaro chambarchas bog‘liqligini o‘rganish, xususan, milliy qadriyatlar, mentalitet va dunyoqarashning lingvistik vositalarda qanday aks etishini tahlil qilishga qaratilganligini alohida ta’kidlaydi. Lingvokulturologiya fanlararo yondashuv bo‘lib, u madaniyatning tildagi ifodasini o‘rganadi va bu orqali muayyan tushunchaning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib beradi. Natijalar va muhokama. Adabiyotshunoslikda “Tarbiya” konseptining talqini jahon adabiyotshunosligida tarbiya konsepti, asosan, badiiy matnlardagi qahramonlarning shakllanishi, ularning dunyoqarashi va axloqiy me’yorlarining ifodasi sifatida tahlil qilinadi. Bu tadqiqotlarda yozuvchilarning tarbiyaga oid qarashlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asarlardagi aksi, shuningdek, tarbiya jarayonining til birliklari orqali berilishi o‘rganiladi. Masalan, rus adabiyotshunosligida A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, F.M. Dostoyevskiy kabi buyuk yozuvchilarning asarlaridagi axloqiy-didaktik g‘oyalar va ularning til orqali ifodasi lingvokulturologik aspektda tahlil etilgan. Xususan, L.N.Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanidagi qahramonlarning ma’naviy rivojlanish yo‘llarini o‘rganish orqali rus jamiyatining tarbiyaga oid qarashlari yoritilgan. Bu asarlardagi didaktik elementlar, personajlarning hayotiy tanlovlari va ularning natijalari orqali jamiyatdagi axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning til orqali qanday ifodalanishi ko‘rsatiladi. Bu haqda L.A.Novikovning “Об изучении языка художественной литературы” (2001) asarida batafsil ma’lumot berilgan bo‘lib, unda badiiy tilning madaniyatni aks ettirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, ingliz adabiyotshunosligida Jeyn Ostinning romanlaridagi axloqiy tarbiya va ijtimoiy odob normalarining til orqali ifodasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham diqqatga sazovor. Ostin asarlarida jamiyatdagi xulq-atvor qoidalari, oilaviy qadriyatlar va shaxsiy rivojlanish masalalari dialoglar, personajlarning ichki monologlari va syujet chiziqlari orqali aks etadi. “The Oxford Handbook of English Literature and Theology ” (2005) kitobida S.Robertson 18-asr romanlarining ma’naviy-tarbiyaviy funksiyasi, xususan, tarbiyaning til va adabiyot orqali o‘rgatilishi masalalari keng yoritilgan. Folklorshunoslikda “Tarbiya” konseptining talqini. Folklorshunoslikda esa “tarbiya” konsepti, asosan, xalq og‘zaki ijodi namunalari – ertak, maqol, hikmat, doston va afsonalardagi didaktik va axloqiy g‘oyalarning talqini orqali ochib beriladi. Bu tadqiqotlarda xalqning asrlar davomida shakllangan tarbiyaviy tajribasi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarining lingvistik va madaniy kodlardagi ifodasiga e’tibor qaratiladi. Masalan, nemis folklorshunosligida aka-uka Grimmlar to‘plagan ertaklardagi axloqiy-didaktik motivlar va ularning bolalar tarbiyasidagi o‘rni lingvokulturologik nuqtai nazardan o‘rganilgan. Bu ertaklar orqali bolalarga yaxshilik va yomonlik, adolat va nohaqlik kabi tushunchalar yetkaziladi, ulardagi qahramonlarning xatti-harakatlari orqali to‘g‘ri xulq-atvor namunalari ko‘rsatiladi. Jek Zipesning “The Brothers Grimm: From Enchanted Forests to the Modern World” asarida Grimm ertaklarining ijtimoiy va madaniy konteksti, shuningdek, ularning tarbiyaviy ahamiyati chuqur tahlil qilingan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 147 Xitoy folkloridagi maqol va naqllarning tarbiyaviy funksiyasi ham keng o‘rganilgan. Ulardagi odob-axloq, hurmat, mehnatsevarlik, oqillik kabi qadriyatlarning til orqali ifodasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xitoy maqollarining qisqa va lo‘ndaligiga qaramay, ular chuqur madaniy va tarbiyaviy ma’noga ega bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan donishmandlikni aks ettiradi. Bu haqda “Cultural Heritage: A Comprehensive Guide to Chinese Proverbs in Mandarin” (2010) kitobida keng ma’lumotlar keltirilgan[9]. Unda xitoy maqollarining madaniy asoslari va ularning tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Bu tadqiqotlar “tarbiya” tushunchasining turli millatlar madaniyatida qanday universal va o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ularda til birliklari (so‘z, ibora, grammatik qurilmalar) orqali milliy mentalitet va madaniyatning tarbiyaviy jihatlari aks ettiriladi. Zero, jahon adabiyotshunosligi va folklorshunosligida “tarbiya” tushunchasining lingvokulturologik talqini nafaqat til va madaniyat o‘rtasidagi murakkab aloqalarni tushunishga yordam beradi, balki turli madaniyatlardagi tarbiyaviy paradigmalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham ochib beradi. Bu tadqiqotlar odatda adabiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi til materiallarini madaniy kontekstda tahlil qilish orqali amalga oshiriladi, bu esa til va milliy ruhning uzviyligini yaqqol namoyon etadi. “Tarbiya” konseptining lingvokulturologik talqinini o‘rganish turli madaniyatlardagi tarbiyaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradi. Tarbiya tushunchasining turli madaniy kontekstlardagi talqini xilma-xil, har bir madaniyatning o‘ziga xos qadriyatlari, tarixi va ijtimoiy tuzilmalari bilan bevosita bog‘liq. Bu talqinlar tarbiyaning maqsadlari, metodlari va ahamiyati haqidagi turlicha qarashlarni aks ettiradi. Sharq madaniyatlarida, xususan, Islom, konfutsiy ta’limoti va buddizm qadriyatlariga asoslangan jamiyatlarda tarbiya markaziy o‘rin tutadi. Bu yerda tarbiya ko‘pincha axloqiy poklik, jamoaga xizmat qilish, keksalarga hurmat, itoatkorlik va bilim olishga intilish kabi tamoyillarga asoslanadi. Islom madaniyatida tarbiya (“tarbiya” yoki “ta’lim” tushunchalari bilan ifodalanadi) insonni Allohga yaqinlashtirish, axloqiy jihatdan komil qilishga qaratilgan. Qur’on va hadislardagi ko‘rsatmalar, ulamolarning nasihatlari va islomiy qadriyatlar tarbiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Bolalarga yoshlikdan imon, ibodat, odob-axloq va oilaviy qadriyatlar singdiriladi. Masalan, Sharq mumtoz adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy, Jomiy, Sa’diy Sheroziy kabi adiblarning asarlarida ota-onaga hurmat, ustozga ehtirom, halollik va mehnatsevarlik kabi tarbiyaviy g‘oyalar asosiy o‘rin tutadi. Ularning “Axloqi Muhsiniy”, “Guliston”, “Bo‘ston” kabi asarlari asrlar davomida Sharq xalqlari uchun tarbiya kitobi bo‘lib xizmat qilgan. Konfusiy ta’limotida tarbiyaning asosiy maqsadi insonparvarlik, urf-odatlar, odob, adolat va hikmat kabi qadriyatlarni singdirish orqali jamiyatning barqarorligini ta’minlashdir. Oila va jamiyatdagi iyerarxiya, kattalarga hurmat, ota-onaga itoatkorlik tarbiyaning asosiy unsurlaridan hisoblanadi. Xitoy maqollari va aforizmlarida bu qadriyatlarning aksi juda keng tarqalgan. Gʻarb madaniyatida, xususan, qadimgi Yunoniston va Rimdan meros qolgan an’analar, so‘ngra xristianlik va ma’rifatchilik davri g‘oyalari ta’sirida tarbiya tushunchasi rivojlangan. Bu yerda individualizm, tanqidiy fikrlash, shaxsiy erkinlik va fuqarolik mas’uliyati kabi tamoyillarga ko‘proq e’tibor beriladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 148 Qadimgi Yunonistonda tarbiya “Paydeyya” (παιδεία) tushunchasi insonni har tomonlama, ruhan va jismonan rivojlantirishni, uning intellektual va axloqiy qobiliyatlarini kamol toptirishni nazarda tutgan. Bunda ritorika, falsafa, musiqa va gimnastika kabi fanlar va mashg‘ulotlar muhim rol o‘ynagan. Aristotel va Platon kabi faylasuflarning asarlarida jamiyat va davlat uchun mukammal fuqaroni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. Zamonaviy Gʻarbda tarbiya, asosan, ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Maktab va oliygohlar shaxsiy rivojlanish, kreativlik, mustaqil fikrlash va jamiyatda faol ishtirok etishga undaydi. Zamonaviy Gʻarb adabiyotida esa qahramonlarning shaxsiy tanlovlari, o‘zini o‘zi anglashi va jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishiga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, Rene Dekartning ratsionalizm g‘oyalari shaxsni mustaqil fikrlashga undagan bo‘lsa, Jan-Jak Russoning “Emil, yoki tarbiya haqida” asarida bolaning tabiiy rivojlanishiga va erkinligiga asoslangan tarbiya konsepsiyasi ilgari surilgan Xulosa. Ko‘p xalqlarda tarbiya odatda og‘zaki an’analar, hikoya, afsona va marosimlar orqali amalga oshiriladi. Bu madaniyatlarda tabiatga hurmat, ajdodlar ruhiga e’tiqod, jamoaviy birdamlik va hayotning siklik tabiatiga moslashish tarbiyaning asosiy elementlari hisoblanadi. Bolalar qabilaning bilimi va ko‘nikmalarini kattalardan o‘rganib, o‘zini jamoaning ajralmas qismi deb his qiladi. Demak, “tarbiya” tushunchasi har bir madaniyatda o‘ziga xos rangbaranglikka ega. Uning talqini jamiyatning qadriyatlari, e’tiqodlari, ijtimoiy tuzilmalari va tarixiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Bu xilma-xillik tarbiyaning universal insoniy ehtiyoj ekanligini, ammo uning ifodasi va amalga oshirilishi madaniy jihatdan farq qilishini ko‘rsatadi. ADABIYOTLAR 1. Cultural Heritage: A Comprehensive Guide to Chinese Proverbs in Mandarin // https://dearasia.co.uk/chinese-proverbs-guide-2/ 2. Zipes J. The Brothers Grimm: From Enchanted Forests to the Modern World, Second Edition/ Palgrave Macmillan, 2002. – 331 p. 3. Джўраев Х.Р, Толипов Ў.Қ., Сафарова Ғ.Р, Тўрақулов Х.О, Иноятова М.Э, Диванова М.С. Педагогик атамаларлуғати. – Тошкент: Фан, 2008. – Б. 122 4. Мерзлякова И. С. Понятие лингвокультурного концепта и его методологическое значение для изучения национальной культуры // Гуманитарный вектор. Серия: Педагогика, психология. 2008. №2. URL:https://cyberleninka.ru/article/n/ponyatielingvokulturnogo-kontsepta-i-ego-metodologicheskoe-znachenie-dlya-izucheniyanatsionalnoy-kultury (дата обращения: 21.07.2025) 5. Новиков Л.А. Об изучении языка художественной литературы.– М.: РУДН, 2001. С. 176–212. 6. Турғунбоев К, Тешабоев А. Педагогика назарияси ва тарихи. Ўқув қўлланма. – Андижон: “Андижоннашриёт-матбаа” МЧЖ 2010. – 20 бет.