O'ZBEKISTON TARIXINI O'QITISHDA IJODIY VA KREATIV O'QUV TOPSHIRIQLARINING PEDAGOGIK MOHIYATI, ASOSIY DIDAKTIK VAZIFALARI VA TASNIF TIZIMI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlarining didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida I.Ya. Lerner, M.I. Maxmutov, J. Guilford va E. Torrens kabi olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, "ijodiy topshiriq" va "kreativ topshiriq" tushunchalarining farqli va o‘xshash jihatlari yoritilgan. Maqolada ushbu topshiriqlarning tasnif tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini, kognitiv moslashuvchanligini va nostandart yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 41 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17801713 O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘QITISHDA IJODIY VA KREATIV O‘QUV TOPSHIRIQLARINING PEDAGOGIK MOHIYATI, ASOSIY DIDAKTIK VAZIFALARI VA TASNIF TIZIMI Sattarov Kamoliddin Fazliddin o‘g‘li University of Business and Science Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti dekani [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlarining didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida I.Ya. Lerner, M.I. Maxmutov, J. Guilford va E. Torrens kabi olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, "ijodiy topshiriq" va "kreativ topshiriq" tushunchalarining farqli va o‘xshash jihatlari yoritilgan. Maqolada ushbu topshiriqlarning tasnif tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini, kognitiv moslashuvchanligini va nostandart yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston tarixi, didaktika, ijodiy topshiriqlar, kreativlik, divergent tafakkur, muammoli ta’lim, tarixiy empatiya, kognitiv faoliyat, pedagogik texnologiyalar. АННОТАЦИЯ В данной статье исследуются дидактические возможности современных педагогических подходов, в частности, творческих и креативных учебных заданий в преподавании истории Узбекистана. В ходе исследования проведен
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 42 сравнительный анализ научных взглядов таких ученых, как И. Я. Лернер, М. И. Махмутов, Дж. Гилфорд и Е. Торренс. Освещены отличительные и сходные аспекты понятий «творческое задание» и «креативное задание». В статье разработана система классификации этих заданий и обоснована их роль в развитии исторического мышления, когнитивной гибкости и навыков нахождения нестандартных решений у учащихся. Ключевые слова: История Узбекистана, дидактика, творческие задания, креативность, дивергентное мышление, проблемное обучение, историческая эмпатия, когнитивная деятельность, педагогические технологии. ABSTRACT This article investigates the didactic potential of modern pedagogical approaches, particularly productive and creative learning tasks, in teaching the History of Uzbekistan. The study includes a comparative analysis of the scientific views of scholars such as I. Ya. Lerner, M. I. Makhmutov, J. Guilford, and E. Torrance, highlighting the distinct and similar aspects of the concepts "creative task" and "creativity task." The paper develops a classification system for these tasks and substantiates their role in developing students’ historical thinking, cognitive flexibility, and non-standard problem-solving skills. Keywords: History of Uzbekistan, didactics, creative tasks, creativity, divergent thinking, problem-based learning, historical empathy, cognitive activity, pedagogical technologies. KIRISH: Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati o‘quvchilarni nafaqat bilim oluvchi ob’ekt, balki mustaqil fikrlovchi, tarixiy jarayonlarni tahlil qila oladigan va innovatsion g‘oyalar yarata oladigan sub’ekt sifatida shakllantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi qarorlari va “Uchinchi Renessans”
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 43 poydevorini yaratish g‘oyasi tarix ta’limi oldiga ham yangi didaktik vazifalarni qo‘ymoqda. An’anaviy tarix o‘qitish metodikasi ko‘p hollarda reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, o‘quvchidan sanalar, shaxslar va voqealarni yodlashni talab qiladi. Biroq, globallashuv va axborot asrida tarixiy faktlarni shunchaki bilish yetarli emas; ularni interpretatsiya qilish, tarixiy voqelikka shaxsiy munosabat bildirish va o‘tmish saboqlarini bugungi kun muammolari yechimiga tatbiq etish (transfer) ko‘nikmasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlari ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi – "ijodiy" va "kreativ" topshiriqlar o‘rtasidagi pedagogik-psixologik chegaralarni aniqlash, ularning didaktik funksiyalarini tahlil qilish hamda O‘zbekiston tarixi darslarida qo‘llashning samarali modellarini ishlab chiqishdan iborat. Muammo shundaki, amaliyotda ko‘pincha "ijodiy" va "kreativ" tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilsa-da, ular o‘quvchining kognitiv faoliyatida turli xil operatsiyalarni bajarishni talab etadi. METODLAR. Mazkur tadqiqotda nazariy va empirik tahlil usullaridan foydalanildi. 1. Qiyosiy-tahliliy metod: I.Ya. Lerner, M.I. Maxmutov, Ya.A. Ponomaryov, V.A. Kan-Kalik, A.N. Luk, J. Guilford va E. Torrens kabi mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy asarlari o‘rganilib, ularning ijodiy va kreativ faoliyatga oid qarashlari qiyoslandi. 2. Pedagogik modellashtirish: O‘zbekiston tarixi fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy va kreativ topshiriqlarning namunaviy modellari shakllantirildi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 44 3. Tasniflash (Klassifikatsiya): Topshiriqlar o‘quvchining aqliy faoliyat darajasi (reproduktivdan produktivga o‘tish) va kutilayotgan natija (yangi bilim yoki yangi yondashuv) asosida tizimlashtirildi. 4. Kontent-tahlil: Mavjud o‘quv-metodik adabiyotlar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinib, "Ijodiy topshiriq" va "Kreativ topshiriq" atamalarining ishchi ta’riflari sintez qilindi. NATIJALAR. Tadqiqot davomida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tarix ta’limida qo‘llaniladigan nostandart topshiriqlarni ikki yirik guruhga ajratish maqsadga muvofiq: Ijodiy topshiriqlar va Kreativ topshiriqlar. Quyida har bir yo‘nalish bo‘yicha olingan natijalar va ilmiy asoslar keltirilgan. "Ijodiy topshiriq" tushunchasining ilmiy-pedagogik talqini. Olimlarning qarashlarini tahlil qilish natijasida "ijodiy topshiriq"larning asosiy mohiyati o‘quvchini bilimlarni yangi vaziyatda qo‘llashga va subyektiv yangilik yaratishga undash ekanligi aniqlandi: • I.Ya. Lerner (Didaktika asoslari) fikricha, bu topshiriqlar o‘quvchini bilimlarni transfer qilishga (ko‘chirishga) o‘rgatadi. • M.I. Maxmutov (Muammoli ta’lim) nazariyasiga ko‘ra, ijodiy topshiriq mustaqil fikrlashning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib, muammoli vaziyatni yechish orqali amalga oshiriladi. • V.A. Kan-Kalik va Ya.A. Ponomaryov ta’kidlashicha, bunday topshiriqlar o‘quvchining ichki "Men"ini namoyon etishga, hissiy-emotsional kechinmalarni ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda mualliflik ta’rifi: “Ijodiy topshiriqlar — bu talabaning o‘zlashtirgan bilimlarini yangicha shaklda qo‘llashga, mavjud tarixiy fakt va hodisalarga shaxsiy munosabat bildirishga, yangi g‘oya va xulosalarni yaratishga undaydigan, mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan topshiriqlardir.”
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 45 O‘zbekiston tarixi fani misolida Ijodiy topshiriqlar tasnifi: Topshiriq turi Pedagogik maqsadi Aniq misollar Rekonstruktivbadiiy Tarixiy davr muhitini his qilish (tarixiy empatiya). Tarixiy shaxs nomidan xat yozish (masalan, Zahiriddin Muhammad Boburdan farzandiga maktub). Teatrlashtirilgan Voqealarni harakatda va hissiyotda anglash. Tarixiy voqeani sahnalashtirish (Jaloliddin Manguberdi jangini teatr ko‘rinishida ifodalash). Proyektiv-rolli O‘zini tarixchi yoki tadqiqotchi sifatida sinash. “Agar men tarixchi bo‘lsam...” mavzusida insho yozish; Tarixiy gazeta yaratish (“XIX asr Turkiston yangiliklari”). Badiiy-estetik Obrazli tafakkurni rivojlantirish. Tarixiy shaxs portreti (Alisher Navoiy haqida badiiy tasvir); Tarixiy voqea asosida she’r yoki hikoya yozish. "Kreativ topshiriq" tushunchasining kognitiv tahlili. Agar ijodiy topshiriqlar ko‘proq badiiy va hissiy yondashuvni talab qilsa, "Kreativ topshiriqlar" asirida takidlanishicha divergent tafakkur (J. Guilford) va aqliy moslashuvchanlikka asoslanadi. • J. Guilford nazariyasiga ko‘ra, kreativlik – yagona to‘g‘ri javob emas, balki ko‘plab yechimlarni topish qobiliyatidir. • E. Torrens kreativlikni originallik (noodatiylik), moslashuvchanlik va tafsilotlarni kengaytirish (elaborasiya) mezonlari bilan baholaydi. • A.N. Luk va I.Ya. Lernerning ushbu yo‘nalishdagi fikrlari o‘quvchini voqealarga "tashqaridan" yoki "teskari" nigoh bilan qarashga o‘rgatish zarurligini tasdiqlaydi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda mualliflik ta’rifi: “Kreativ topshiriqlar — bu talabaning tarixiy bilim va ko‘nikmalarini noodatiy vaziyatlarda
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 46 qo‘llashga, muammoli sharoitda yangicha yechim topishga, alternativ g‘oyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, shaxsiy yondashuv va mustaqil qaror qabul qilishni talab qiladigan topshiriqlardir.” O‘zbekiston tarixi fani misolida Kreativ topshiriqlar tasnifi: Topshiriq turi Pedagogik maqsadi Aniq misollar Alternativ tarix Voqealar rivojining sabab-oqibat bog‘liqligini chuqur tahlil qilish. “Agar Amir Temur Yevropaga yurishini davom ettirganida dunyo siyosiy xaritasi qanday bo‘lardi?” Tarixiy transfer O‘tmish tajribasini bugungi kunga ko‘chirish. “Amir Temur XXI asrda prezident bo‘lsa, qanday islohotlar qilgan bo‘lardi?”; Jadidchilik va zamonaviy islohotlar qiyosiy tahlili. Innovatsion loyihalash Tarixiy sharoitda texnik va ijtimoiy yechim topish. “Xiva xonligi davrida mavjud resurslardan foydalanib qanday texnologiya yaratgan bo‘lardingiz?” Interfaolvizualizatsiya Murakkab ma’lumotni zamonaviy, ixcham tilda yetkazish. Tarixiy jarayonni “mem” yoki komiks orqali ifodalash; Tarixiy shaxs bilan virtual intervyu ssenariysi. MUHOKAMA. Olingan natijalar va tasnif tizimi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tarixini o‘qitishda ijodiy va kreativ topshiriqlarning didaktik vazifalari bir-birini to‘ldiradi, ammo aynan bir xil emas. Didaktik farqlar va o‘ziga xosliklar. Tahlillarimiz shuni ko‘rsatdiki, ijodiy topshiriqlar ko‘proq konvergent tafakkur elementlarini (mavjud bilimlarni birlashtirib, yangi obraz yaratish) o‘z ichiga olsa, kreativ topshiriqlar sof divergent xarakterga ega
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 47 (mavjud qoliplarni buzish va kutilmagan yechim taklif qilish). Masalan, “Manguberdi jasorati haqida hikoya yozish” (Ijodiy) o‘quvchidan tarixiy faktlarga sodiqlikni va badiiy mahoratni talab qiladi. Ammo “Manguberdi g‘alaba qozonishi uchun qanday strategik xatoni to‘g‘rilashi kerak edi?” (Kreativ) degan savol o‘quvchidan harbiytahliliy va tanqidiy fikrlashni talab qiladi. Pedagogik samardorlik omillari. Ushbu topshiriqlarni dars jarayoniga tatbiq etish quyidagi didaktik vazifalarni hal etadi: 1. Motivatsion funksiya: Zerikarli ma’ruza o‘rniga o‘quvchi jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. "Mem"lar yaratish yoki "intervyu" olish zamonaviy yoshlarning qiziqishlariga mos keladi. 2. Kognitiv rivojlanish: I.Ya. Lerner ta’kidlaganidek, bilimni yangi vaziyatda qo‘llash – o‘zlashtirishning eng yuqori darajasidir. Alternativ ssenariylar tuzish o‘quvchida tarixiy determinizm (hamma narsa oldindan belgilangan degan qarash) o‘rniga multivariativlik tushunchasini shakllantiradi. 3. Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish: V.A. Kan-Kalik aytganidek, subyektiv qarashni ifodalash muhim. O‘quvchi Jadidlar g‘oyasini shunchaki yodlamaydi, balki ularni bugungi islohotlar bilan solishtirib, o‘zining shaxsiy fuqarolik pozitsiyasini aniqlaydi. Muammolar va yechimlar. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha kreativlikni shunchaki "chiroyli rasm chizish" deb tushunishadi. J. Guilford va E. Torrens nazariyalari asosida shuni aytish mumkinki, kreativlik bu – shakl emas, balki fikrning originalligidir. Shu bois, baholash mezonlarida "to‘g‘ri javob" emas, balki "asoslangan original yondashuv" ustuvor bo‘lishi kerak. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot va tahlillar asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Terminologik aniqlik: "Ijodiy topshiriq" – bu o‘quvchining ichki potensialini ro‘yobga chiqarish va badiiy-estetik mahsulot yaratishga qaratilgan
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 48 faoliyatdir. "Kreativ topshiriq" esa muammoli vaziyatda nostandart, innovatsion va intellektual yechim topishga yo‘naltirilgan aqliy jarayondir. 2. Metodik zarurat: O‘zbekiston tarixi darslarida har ikki turdagi topshiriqlarning integratsiyasi zarur. Ijodiy topshiriqlar tarixni "his qilish"ga (affektiv soha), kreativ topshiriqlar esa tarixni "tahlil qilish va prognozlash"ga (kognitiv soha) xizmat qiladi. 3. Tavsiyalar: 3.1 Tarix darsliklari va metodik qo‘llanmalarga mustaqil ishlash uchun "Alternativ tarix", "Tarixiy loyiha" va "Tarixiy transfer" ruknlari ostida kreativ topshiriqlar kiritish. 3.2 O‘qituvchilar malakasini oshirishda E. Torrensning kreativlik testlari metodikasidan foydalangan holda topshiriqlar tuzish texnologiyasini o‘rgatish. 3.3 O‘quvchilarning ijodiy ishlarini baholashda standart andozalardan voz kechib, fikrning originalligi va mantiqiy asoslanganligiga urg‘u berish. Ushbu yondashuv O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratuvchi, mustaqil fikrlovchi va kreativ salohiyatli yosh avlodni tarbiyalashda muhim pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. (2020-yil 23-sentyabr). Ta’lim to‘g‘risida (O‘RQ–637-son). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2017-yil 7-fevral). O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida (PF–4947-son). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati. 3. Guilford, J. P. (1967). The Nature of Human Intelligence. New York: McGrawHill. 4. Torrance, E. P. (1974). Torrance Tests of Creative Thinking. Scholastic Testing Service.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 49 5. Лернер, И. Я. (1981). Дидактические основы методов обучения. Москва: Педагогика. 6. Махмутов, М. И. (1975). Проблемное обучение: Основные вопросы теории. Москва: Педагогика. 7. Пономарев, Я. А. (1976). Психология творчества. Москва: Наука. 8. Лук, А. Н. (1978). Психология творчества. Москва: Наука. 9. Кан-Калик, В. А. (1987). Учителю о педагогическом общении. Москва: Просвещение. 10. Shamsutdinov, R. (2018). Vatan tarixi: Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. Toshkent: Sharq. 560 b.