scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DO'STLIK: TUSHUNCHA VA MOHIYAT

Abdug'ofurov Bilolxon

Abstract

Ushbu maqolada Islom ta’limotida do‘stlikning ma’naviy o‘rni, mo‘minlar o‘rtasidagi birodarlikning fazilatlari va Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbatning ahamiyati yoritiladi. Qur’on oyatlari, sahih hadislar va salaf ulamolarining hikmatlari asosida haqiqiy do‘stlikning mohiyati, uning dunyo va oxiratdagi barakasi hamda jamiyatdagi ahamiyati sharhlanadi. Shuningdek, do‘stlikni mustahkamlaydigan amallar – salomni yoyish, birodarga yordam berish, ayb berkitish, manfaatdan holi muhabbat kabi fazilatlar tahlil qilinadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 21 DO’STLIK: TUSHUNCHA VA MOHIYAT Abdug’ofurov Bilolxon Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Ikkinchi bosqich talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17801969 Annotatsiya. Ushbu maqolada Islom ta’limotida do‘stlikning ma’naviy o‘rni, mo‘minlar o‘rtasidagi birodarlikning fazilatlari va Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbatning ahamiyati yoritiladi. Qur’on oyatlari, sahih hadislar va salaf ulamolarining hikmatlari asosida haqiqiy do‘stlikning mohiyati, uning dunyo va oxiratdagi barakasi hamda jamiyatdagi ahamiyati sharhlanadi. Shuningdek, do‘stlikni mustahkamlaydigan amallar – salomni yoyish, birodarga yordam berish, ayb berkitish, manfaatdan holi muhabbat kabi fazilatlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Do‘stlik, birodarlik, Islom axloqi, ayb berkitish, mehr-oqibat, salomlashish, mo‘minlar orasidagi birlik, Ibn Kasir, Imom Shofe’iy. Inson hayotida doʻstlikning oʻrni beqiyosdir. Chunki Alloh taolo insonni yolgʻiz emas, birbiriga suyanchiq va madadkor qilib yaratgan. Qur’onda ham bandalarning o‘zaro mehr-oqibatda, birodarlikda yashashi ulugʻ fazilat sifatida ta’kidlanadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa mo‘minlarning o‘zaro munosabatini bir-biri bilan bog‘langan mustahkam binoga o‘xshatib, mo‘minning mo‘minga doʻst, yordamchi va suyanch bo‘lishini buyurganlar. Shuning uchun doʻstlik faqat dunyoviy munosabat emas, balki qalblarni yaxshilik yo‘lida birlashtiradigan ilohiy ne’matdir. Haqiqiy doʻstlik iymonning jilosi, insonning ma’naviy kamoloti va pok niyatining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ibn Hibbon "Rovzat ul - Uqola" degan kitobda doʻstlik haqida shunday deydi: "Haqiqiy doʻstlik shuki, u foydaga qarab oʻzgarib, moyil boʻlib ketmaydi va man etish uni buza olmaydi". Imom Shofe’iy rohimahulloh dedilar: “Kimki birodari bilan do‘stlik, birodarlikda sodiq bo‘lsa, uning illat va kamchiliklarini ham qabul qilaveradi, nuqson va kamchiliklarini to‘sadi hamda toyilishlarini kechiradi”. Ikki do‘st orasida uzoq davom etgan do‘stlik aloqasi ularning biri ikkinchisidan yoqtirmagan biron xislat ko‘rmaganini anglatmaydi. Balki bu hol u ikkisidagi o‘zaro ulkan hurmat va qalb pokligini va bu munosabat hech qachon parokanda boʻlmasligini anglatadi. Alloh Taolo ham doʻstlik haqida oʻzining kalomida aytadi: “U kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandir, magar Alloh yo‘lida do‘stlashgan taqvodor zotlargina mustasno”. (Zuhruf surasi, 67-oyat.) Ibn Kasir rohimahulloh ushbu oyat tafsirida shunday deydilar: Ya’ni, Allohdan boshqa uchun bo‘lgan har qanday sadoqat va suhbat qiyomat kunida dushmanlik, adovatga aylanadi. Faqat Alloh azza va jalla uchun bo‘lganigina unday emas. Albatta u do‘stlik doimiyligida oxiratda ham bardavomdir. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 22 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘limdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasam, seni yaxshi ko‘raman. Men senga har namozdan keyin “Allohumma, a'inniy ala zikrika, va shukrika, va husni ibadatik” deyishni va buni tark qilmaslikni vasiyat qilaman», dedilar. (Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.) Mo‘minlar bir-birini Alloh uchun yaxshi ko‘rishi ulug‘ fazilat hisoblanadi. Bu muhabbat dunyoviy manfaat, vaqtinchalik kayfiyat yoki o‘tkinchi sabablarga emas, balki iymon, ixlos va xolis qalb bog‘lanishiga tayanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘minlar o‘rtasidagi mehrning mustahkam bo‘lishi uchun bu muhabbatni izhor qilishni targ‘ib qilganlar. Miqdom ibn Ma’diy Karib roziyallohu anhuning rivoyatida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam birodarini yaxshi ko‘rsa, yaxshi ko‘rganini unga bildirib qo‘ysin», deganlar. (Bu hadisni Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.) Bu hadisdan ko‘rinadiki, yaxshi ko‘rishni aytish – faqat odob emas, balki mo‘minlar orasidagi muhabbatning ortishiga, qalblarning birlashishiga va dushmanlikning yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan amal sanaladi. Anas roziyallohu anhudan kelgan rivoyatda esa bu amal qanday bajarilishi o‘z aksini topgan. Bir sahoba aytadi: «Ey Allohning Rasuli, men falon kishini yaxshi ko‘raman». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Yaxshi ko‘rishingni unga bildirib qo‘ygin», deb buyurdilar. U sahoba borib: «Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman», deganda, o‘sha kishi: «Alloh uchun yaxshi ko‘rganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», deb javob qildi. (Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan.) Bu holat mo‘minlarning o‘zaro mehr - muhabbati Allohning roziligi uchun bo‘lganida qalblar qanday uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbat – dunyo ila oxiratni yoritadigan nurdir. Yana bir hadisda Yazid ibn Nu’ama Zabbiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bir odam bir odam bilan do‘stlashsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi». (Termiziy rivoyati) Bu hadis ham do‘stlikning mustahkamlanishida mehr, e’tibor va insonni qadrlashning naqadar muhim ekanini o‘rgatadi. Hafs ibn G‘iyos aytadi: Sufyon Savriy Mujammiʼ Taymiyning oldiga kirdi. Sufyonning izorida yirtiq joyi bor edi. Buni ko‘rgan Mujammi’ to‘rt dirham olib, Sufyonga uzatib: « Bitta izor sotib ol », dedi. Sufyon: « Menga izor kerak emas », dedi. Mujammiʼ: « To‘g‘ri aytding, sening ehtiyojing yo‘qdir, lekin mening ehtiyojim bor », dedi. Sufyon pulni olib, izor sotib oldi. Shundan keyin Sufyon: «Mujammiʼni Alloh mukofotlasin, menga kiyim olib berdi. Amallarim ichida nuqsonsiz ekaniga ko‘nglim eng xotirjam bo‘ladigani — Mujammiʼ Taymiyga muhabbatimdir», deb aytar edi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 23 Mujammiʼ Taymiyning Sufyonga bo‘lgan e’tibori ham ana shunday sof birodarlikning yorqin namunasi edi. Zero, mo‘min mo‘minga mehr bilan qarasa, uning ehtiyojini o‘z ehtiyojidan ustun qo‘ysa, bu ikki qalb orasida Allohning roziligi uchun shakllangan nurli bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu holat mo‘minlarning o‘zaro mehr - muhabbati Allohning roziligi uchun bo‘lganida qalblar qanday uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Alloh roziligi uchun bo‘lgan muhabbat – dunyo ila oxiratni yoritadigan nurdir. Aytiladiki: "So‘ralmasa ham e’tibor ko‘rsatish eng yaxshi ishdir. Manfaat ko‘zlanmagan do‘stlik chin do‘stlikdir. Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish esa ishlarning eng buyugidir". Bu hikmatda uch muhim ma’no bor: 1. So‘ralmasdan e’tibor ko‘rsatish — mo‘minning oliy axloqi. Yaxshilikni so‘rab emas, o‘zi tashabbus ko‘rsatib qilish eng fazilatli amaldir. 2. Manfaatdan holi do‘stlik — haqiqiy do‘stlikdir. Biror narsaga erishish uchun do‘st bo‘lish – vaqtinchalik, Alloh roziligi uchun bo‘lish – doimiy. 3. Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish — iymonning eng oliy darajasi bo‘lib, amal va qalbning eng yuksak fazilatlaridan sanaladi. Bu borada bir hadisni keltirsak: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizlar moʻmin boʻlmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. Bir birlaringizni yaxshi koʻrmaguningizcha moʻmin boʻla olmaysizlar. Sizlarga shunday amalni ko‘rsatmaymi, uni qilsangiz, bir-biringizni yaxshi koʻrib qolasizlar? O‘rtalaringizda salomni yoyingiz!” (Muslim rivoyat qilgan) Demak, inson haqiqiy moʻmin boʻlishligi uchun birodarlarini yaxshi koʻrishi kerak ekan. Bunga olib boruvchi yoʻl esa salomlashish ekan. Agar inson birodarini koʻrganda salom berib, tabassum bilan qarar ekan, albatta narigi insonning qalbida unga nisbatan birodarlik va doʻstlik muhabbati uygʻonadi, qalbidan gʻilli - gʻashlar ketadi. Agar har bir inson shunday muomalada boʻlsa, jamiyat oʻz oʻzidan isloh boʻladi. Bir hadis bilan so’zimizni nihoyalaymiz: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir moʼmindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambagʼalning ishini yengillatsa, Аlloh uning bu dunyoyu oxiratidagi ishlarini yengillatadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Аlloh uning aybini bu dunyo-yu oxiratda berkitadi. Modomiki, banda oʼz birodarining yordamida ekan, Аlloh ham uning yordamida boʼladi". (Imom Muslim rivoyati.) Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, islom do‘stlik va birodarlikni inson hayotidagi eng ulug‘ ma’naviy qadriyatlardan biri sifatida qaraydi. Qur’on oyatlari, hadislar va ulamolar hikmatlari shuni ko‘rsatadiki, mo‘minlar o‘rtasidagi muhabbat dunyoviy manfaatlarga emas, balki Alloh roziligiga asoslangandagina haqiqiy va barqaror bo‘ladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 24 Bunday do‘stlik nafaqat insonlar o‘rtasidagi mehrni mustahkamlaydi, balki jamiyatni poklik, adolat va o‘zaro hurmatga chorlaydigan nurli kuch sifatida xizmat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birodarga yordam berish, ayb berkitish, salomni yoyish, va Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rishga oid ko‘rsatmalari mo‘minlarning qalblarini uyg‘unlashtiradi, ularni yuksak axloqqa yetaklaydi. Imom Shofe’iy, Ibn Hibbon, Ibn Kasir kabi allomalarning fikrlari ham haqiqiy do‘stlikning sobitligi, sadoqati va manfaatdan holi bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Shunday ekan, Alloh yo‘lida bo‘lgan do‘stlik insonni dunyoda izzat, oxiratda najotga eltuvchi ulug‘ ne’matdir. Mo‘min kishi birodarining ehtiyojini o‘z ehtiyojidan ustun qo‘yib, unga mehr va e’tibor bilan muomala qilsa, Alloh taolo ham unga o‘z yordamini beradi. Demak, chin dildan, ixlos bilan qurilgan do‘stlik jamiyatni isloh qiluvchi, qalblarni poklaydigan va mo‘min hayotiga baraka olib kiradigan bebaho fazilatdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qurʼoni Karim, Zuxruf surasi 67oyat, 494bet. 2. Ismoil ibn Umar ibn Kasir, Tafsir Ibn al - Kasir, 7-jild, 237-bet. 3. Mulla Ali Qori, Mirqot al-Mafotih, 9jild, 221 - 222 - betlar, "Dar al - kutub al -ilmiyya”, Bayrut nashriyoti. 4. Muhammad ibn Abdulloh al-Xatib at-Tabriziy, Mishkot ul - Masobih, 749 - bet, "Dar Ibn Hazm”, Bayrut nashriyoti . 5. Xoniy al-Haj, Solihlar gulshani, 97 -bet, Ğofur Ğulom nashriyoti.