scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TAHLILIY JANRDA EKSPRESSIVLIK VA MADANIY NUTQIY BAHO

Madiyarov Babur Allambergenovich

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada tahliliy publitsistika janrlarida — korrespondensiya, maqola, taqriz va sharhlarda ekspressivlik va madaniy nutqiy bahoning o‘rni hamda ularning ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tahliliy janrning axborot va tahlil uyg‘unligini ta’minlovchi lingvostilistik xususiyatlarini ochib beradi. Maqolada tahliliy janrning ta’sirchanlik manbai sifatida ekspressivlikning faolligi, madaniy baho esa jurnalist nutqida milliy dunyoqarash va axloqiy me’yorlarning ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shu orqali tahliliy janrda fikr, his va bahoning uyg‘unligi orqali tilning estetik va ijtimoiy qiymati ochib beriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 169 TAHLILIY JANRDA EKSPRESSIVLIK VA MADANIY NUTQIY BAHO Madiyarov Babur Allambergenovich o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17802038 Annotatsiya. Mazkur maqolada tahliliy publitsistika janrlarida — korrespondensiya, maqola, taqriz va sharhlarda ekspressivlik va madaniy nutqiy bahoning o‘rni hamda ularning ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tahliliy janrning axborot va tahlil uyg‘unligini ta’minlovchi lingvostilistik xususiyatlarini ochib beradi. Maqolada tahliliy janrning ta’sirchanlik manbai sifatida ekspressivlikning faolligi, madaniy baho esa jurnalist nutqida milliy dunyoqarash va axloqiy me’yorlarning ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shu orqali tahliliy janrda fikr, his va bahoning uyg‘unligi orqali tilning estetik va ijtimoiy qiymati ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Tahliliy janr, korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, ekspressivlik, madaniy nutqiy baho, publisistik uslub, frazeologizm, metafora, ritorik so‘roq, milliy dunyoqarash, jurnalistik baho, ta’sirchanlik. Abstract. This article examines the role of expressiveness and cultural-evaluative meaning in analytical journalistic genres, including correspondence, articles, reviews, and commentaries. The study explores how analytical discourse integrates information and interpretation, revealing both factual content and the author's evaluative stance. The findings show that expressiveness in analytical genres functions not merely as a stylistic embellishment but as a key instrument for shaping public opinion, conveying attitudes, and deepening the interpretation of events. Cultural-evaluative elements embedded in language further reinforce national worldview, moral norms, and social values within the journalistic narrative. Through the interaction of logic, analysis, and emotionality, analytical genres demonstrate a complex communicative nature in which expressiveness and cultural evaluation jointly contribute to the text’s impact, clarity, and social relevance. Keywords: Analytical genre, correspondence, article, review, commentary, expressiveness, cultural evaluation, journalistic discourse, stylistic devices, phraseology, metaphor, rhetorical question, media language, emotionality. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari nafaqat axborot tarqatish, balki jamoatchilik fikrini shakllantirishning muhim vositasiga aylandi. Shu jarayonda tilning vazifasi ikki qirraga ega: bir tomondan u ma’lumotni yetkazish orqali obyektiv voqelikni aks ettirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchida muayyan munosabat va fikr uyg‘otish vositasiga aylanadi. Ana shu ikki asosiy vazifani eng samarali amalga oshiradigan til vositalaridan biri — tahliliy janrdir. Tahliliy janr jurnalistika va publisistikaning eng muhim va ilmiy-ma’naviy jihatdan yetuk turlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — voqea va hodisalarni tahlil etish, sabab–oqibat bog‘lanishini ochib berish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga ilmiy-ijtimoiy yondashuvni shakllantirishdir. Tahliliy janrlar ichiga korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh kabi turlari kiradi. Ular ichida, ayniqsa, korrespondensiya janri matbuot tilida alohida o‘rin tutadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 170 Korrespondensiya — bu ma’lum voqea yoki hodisani joyidan yorituvchi, faktlar asosida tahlil va xulosa chiqaruvchi janrdir. Uning asosiy vazifasi — voqelikni axborot va tahlil uyg‘unligida bayon etishdir[8]. Bu janrning o‘ziga xosligi shundaki, u axborotlilik va tahliliylikni birlashtiradi. Ya’ni korrespondensiya voqea haqidagi ma’lumotni joyidan yetkazish bilan birga, uning mazmun-mohiyatini izohlaydi, tahlil qiladi va baholaydi. Shu boisdan korrespondensiya tili publisistik uslubning intellektual va ta’sirchan shakli hisoblanadi. Rus tilshunosi V.G. Kostomarovning fikricha, korrespondensiya janri jurnalistikaning axborot va tahlilni uyg‘unlashtirgan shakli bo‘lib, unda voqealar faqat tasvirlanibgina qolmay, balki ular orqali jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti ochib beriladi. Shu tariqa korrespondensiya jurnalistik nutqning tahliliy va baholashga yo‘naltirilgan ilmiy-publisistik ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi[4]. G.Y. Solganik korrespondensiya janrining lingvostilistik tabiatini sharhlar ekan, uni fakt va fikr uyg‘unligini ta’minlovchi til shakli sifatida ta’riflaydi. Uning ta’kidlashicha, korrespondensiyada voqea va hodisalar haqidagi ma’lumotlar faqat bayon etilibgina qolmay, balki ularga nisbatan jurnalistning shaxsiy munosabati ham ochiq ifodalanadi[5]. Demak, bu janrda axborot berish va munosabat bildirish bir vaqtning o‘zida amalga oshadi. Shu bois korrespondensiya tili nafaqat voqelikni tasvirlash, balki uni baholash, tahlil qilish va jamiyat nuqtai nazaridan yoritishga xizmat qiladi. Matbuot tili janrlarini tasnifini yoritgan olim A. Abdusadov korrespondensiya tilining uslubiy tizimi haqida so‘z yuritar ekan, unda qo‘llaniladigan uslubiy vositalarning mazmun bilan uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratadi. Olimning ta’kidlashicha, korrespondensiya janridagi leksik boylik, troplar, iqtiboslar va pretsedent birliklar tahliliy mazmun bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Til vositalari matnning ichki mantiqiy izchilligini ta’minlab, jurnalistik tahlil va fikr yuritish jarayoniga xizmat qilishi lozim. Ular faqat ifodaviy bezak vazifasini emas, balki ma’lumotni anglatish, xulosani kuchaytirish va o‘quvchi ongida ta’sirli taassurot uyg‘otish vazifasini bajaradi[1]. Abdusadovning bu mulohazasi korrespondensiya tilidagi ekspressivlik va mantiqiy yaxlitlik o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishini anglatadi. Jurnalist uslubiy resurslarni to‘g‘ri tanlagan holda matnning tahliliy mohiyatini ochadi, fikrni ta’sirchan va ishonarli shaklda bayon etadi. Shu tariqa korrespondensiya tili nafaqat axborot yetkazish vositasi, balki tahliliy tafakkurni ifoda etuvchi intellektual nutq namunasi sifatida ham namoyon bo‘ladi. D. Teshabayeva korrespondensiya janrida ekspressivlikning asosiy vazifasiga to‘xtalar ekan, uni ekspressivlikning ta’sir vositasi sifatida izohlaydi. Olimaning ta’kidlashicha, korrespondensiyada ekspressivlik frazeologizmlar, xalq maqollari, mazmunli til birliklari qo‘llash orqali yuz bergan voqeaga munosabatni ochiq va ta’sirchan ifodalab, o‘quvchida hissiy taassurot uyg‘otishga xizmat qiladi; ya’ni ekspressivlik orqali jurnalist voqeaga bo‘lgan subyektiv munosabatini bayon etadi, o‘quvchida esa shu voqelikka nisbatan muayyan hissiyot, ehtiros va fikriy munosabat paydo bo‘ladi[3]. Bunday ta’sirchanlik tilning emotsional va baholovchi imkoniyatlaridan foydalanish orqali ta’minlanadi. Masalan: “Boqimanda bo‘lib qolayotgan, ‘olma pish, og‘zimga tush’, deb o‘tirgan ‘tepsa, tebranmas’lar-chi?” (Uza.Uz, 19.04.2023) kabi ifodadagi “boqimanda bo‘lib qolayotgan”, “olma pish, og‘zimga tush”, “tepsa, tebranmas” iboralari axborotni oddiy bayondan chiqarib, unga hissiy va baholovchi rang bag‘ishlaydi. Natijada matn nafaqat voqeani tasvirlaydi, balki o‘quvchi ongiga va qalbiga ta’sir o‘tkazuvchi ifodaviy kuch kasb etadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 171 Korrespondensiya janridagi matnlarda tilning ifoda va tasvir vositalaridan samarali foydalanish hamda uning badiiy imkoniyatlarini maqsadga muvofiq qo‘llash muhim uslubiy talab sanaladi. Ayniqsa, tanqidiy mazmundagi korrespondensiyalarda materialning ta’sirchanligini va ifodaviy kuchini oshirish uchun turli obrazli ifodalar, frazeologik birliklar, maqol va iboralar, shuningdek, mulohaza va munozara ruhini kuchaytiruvchi so‘roq gaplardan keng foydalaniladi: “Buni qarangki, ‘qahramon’imiz dastlab 2020 yilda o‘g‘irlik ko‘chasiga kirgan ekan.” (Uza.Uz, 24.05.2023). Bu yerda “qahramon” so‘zi ironiya sifatida qo‘llangan — odatda ijobiy ma’noni anglatadigan ushbu so‘z salbiy harakat, ya’ni o‘g‘irlik bilan bog‘lanib, tanqidiy ma’no kasb etgan. Matnlarda maqol va iboralardan o‘rinli foydalanish orqali ifodaning ta’sirchanligi va ma’noning semantik ko‘lami sezilarli darajada boyiydi. Bunday til vositalarining qo‘llanilishi nafaqat fikrning kuchini oshiradi, balki o‘quvchida chuqur taassurot uyg‘otib, matnning badiiy va uslubiy qiymatini ham yuksaltiradi. Masalan:“Ota-onangga nima qilsang, bolangdan qaytadi...” (Kun.Uz, 20.09.2024). Bu holat ijtimoiy hayotdagi sabab-oqibat bog‘lanishining tabiiy ko‘rinishi sifatida talqin etiladi. Maqola — publisistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda ilg‘or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo‘jaligidagi kamchiliklar esa tanqid qilinadi[8]. Professor A. Abdusadov ta’kidlaganidek, maqola publisistikaning tahliliy yo‘nalishiga mansub bo‘lib[2], u jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni yoritish, ularni ilmiy-nazariy jihatdan baholash hamda o‘quvchini ijtimoiy faollikka undash vazifasini bajaradi. Olimning fikricha, maqola janri faqat axborot berish vositasi emas, balki jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, inson ongi va ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ijtimoiy-intelektual mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois u maqolani “fikrga yo‘naltirilgan janr” sifatida baholaydi. Bu ta’rifdan kelib chiqadiki, maqolada tahlil, mulohaza va munosabat uyg‘unligi orqali jurnalist voqelikni nafaqat aks ettiradi, balki unga faol ta’sir ko‘rsatadi. D. Teshabayeva fikricha, maqola gazeta publisistikasining yetakchi va ta’sirchan janrlaridan biri[7] bo‘lib, u ommaviy axborot vositalari tizimida muhim o‘rin tutadi. Mazkur janr jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni yoritish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda o‘quvchini mulohaza va munozaraga undash orqali jamoatchilik fikrini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Olimaning qayd etishicha, maqola o‘z tabiatiga ko‘ra nafaqat axborot manbai, balki gazeta o‘quvchisining ruhiy dunyosi, ijtimoiy kayfiyati va ehtiyojlarini ifodalovchi uslubiy jihatdan mukammal janrdir. Shu bois maqolalarning sarlavhalari alohida estetik va ma’noviy ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’sirchan va ekspressiv til vositalari asosida yaratiladi. Bunday sarlavhalar nafaqat o‘quvchi diqqatini jalb etadi, balki maqolaning g‘oyaviy yo‘nalishi, mazmun mohiyati va muallif pozitsiyasini ochib berishga xizmat qiladi. Shu tariqa, sarlavha maqolaning umumiy ta’sirchanlik darajasini belgilaydigan muhim uslubiy komponent sifatida namoyon bo‘ladi. Publisistik maqolalar sarlavhalarida tilning obrazli va ekspressiv imkoniyatlari keng qo‘llaniladi. Muallif ta’sirchanlikni oshirish uchun xalq maqollari, metafora, ironiya, ritorik savol, parcellatsiya va frazeologizmlardan foydalanadi. Bu vositalar sarlavhani nafaqat axborot manbai, balki ekspressiv ta’minlaydi: “O‘zboshimchalik fuqaroga qimmatga tushdi. Daraxtlarni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 172 kesishdan saqlaning, uning jarimasi ‘chaqadi’.” (Xs.Uz, 15.01.2025). Majoziy ma’noda aytilgan ibora bo‘lib insonlarni nojoiz hatti-harakatlardan qaytarish qaratilgan. Sarlavha qisqa, ta’sirchan, mazmunan tanqidiy va ifodaviy vazifani bajaradi. Muallif hech qanday ochiq ayblov bildirmagan holda “qog‘ozlarda qolish” iborasi orqali tanqidiy ma’no berilgan: “Qog‘ozlarda qolgan murojaat…” (Uza.Uz, 03.06.2025). Maqolalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — ularda sarlavhalarning ta’sirchan va ifodaviy shaklda, ko‘p hollarda sarlavhaosti izoh bilan berilishidir. Bu usul orqali matnning axborot va ekspressiv qiymati oshadi, ya’ni sarlavhada ifodalangan asosiy g‘oya sarlavhaosti izoh orqali kengaytiriladi, mazmun jihatdan boyitiladi va ta’sirchanlik darajasi yuksaladi. Bu holat maqolaning uslubiy mukammalligini ta’minlovchi muhim belgilaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: “Mintaqa 2050” sarlavhasiga: “Markaziy Osiyo 25 yildan so‘ng: rivojlanish, integratsiya, chaqiriqlar. Mintaqani nima kutmoqda? Ekspertlar fikri.” (Gazeta.Uz, 04.05.2025) Ikki qismdan iborat bo‘lgan qo‘shma gap shaklida kelishi, ifodaviylik “afs us” va “saboq” so‘zlarining semantik zidligi orqali vujudga keladi — biri salbiy, ikkinchisi ijobiy ma’no kasb etgan: “Kecha afsus bo‘ldi, ertaga saboq bo‘lsin” (Gazeta.Uz, 24.08.2024). Nominativ qo‘shma konstruktsiya shaklida keltirilgan to‘liq bo‘lmagan jumlalar baholovchi funksiyaga ega bo‘lib, yoshlarga nisbatan ijobiy munosabatni ifodalaydi: “O‘zbekiston yoshlari – ‘yangi tarix yaratadigan oltin avlod’.” (Uza.Uz, 30.06.2025) Sintaktik jihatdan sarlavhalarda qisqa, takrorlanuvchi va ritorik savollar ishlatiladi: “Maqsadi bitta — qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?” (Uza.Uz, 16.06.2025) Bog‘lovchi takrori (“ham … ham”) sintaktik ritm yaratadi va voqelikka ijobiy baho beradi: “Aholi bundan mamnun. Ham arzon, ham xavfsiz.” (Uza.Uz, 26.05.2022) Taqriz tili — tahliliy publisistik janr sifatida voqea, asar yoki ilmiy tadqiqot haqida fikr bildirish, uni tahlil qilish va baholashga qaratilgan janrdir. “Taqriz qilinyongan asar haqida, uning yutuq va kamchiliklari qay darajada ko‘rsatilishidan qat’i nazar, neytral til vositalaridan ham foydalanilgan holda fikr yuritiladi[9]”. Taqriz izohli birikmalar sintaktik jihatdan sifatlovchi guruhlar bo‘lib, asosiy obyektni aniqlab, baholash vazifasini bajaradi. Masalan: “Mamlakatimiz Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlab, ona diyorimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonning buyuk kelajagi yo‘lidagi ulug‘vor yangilanishlar, zamondoshlarimizning yorqin siymolari aks ettirilgan, yuksak mahorat bilan yozilgan eng sara materiallar uchun ‘Eng ulug‘, eng aziz’ an’anaviy tanlovi e’lon qilingan edi.” (Uza.Uz, 20.08.2024). Taqrizning grammatik belgilaridan biri — qisqalik, aniqlik va ta’sirchanlikdir: “Fotoqog‘ozda ishlashning o‘ziga xos uslubini yaratgan rassom.” (Uza.Uz, 18.07.2023). Taqriz janrida ekspressivlik va baholovchilik lingvostilistik jihatdan bir butun tizimni tashkil etadi. Ular orqali muallifning fuqarolik pozitsiyasi, ilmiy tafakkuri va hissiy munosabati ifodalanadi. Shu sababli taqriz janrida tilning ilmiy mantiqiyligi bilan birga, publisistik ta’sir va ifodaviylik uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Bu uyg‘unlik janrning o‘ziga xos belgisi bo‘lib, uning o‘quvchiga ta’sir etish quvvatini oshiradi. Sharh — tahliliy publisistika janrlaridan biri bo‘lib, muayyan voqea, hodisa, qaror yoki hujjatni izohlash, tahlil qilish va tushuntirish maqsadida yoziladigan materialdir. Uning asosiy vazifasi — o‘quvchiga ma’lumotni chuqurroq anglatish, mazmun va sabab-oqibat munosabatini ochib berish, shuningdek, muallif nuqtai nazarini asosli tarzda bayon etishdir[1]. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 173 Sharh matnida asosiy e’tibor axborotni aniq va ishonchli yetkazishga qaratilgan bo‘lgani sababli, axborotni kuchaytiruvchi leksik birliklar ko‘p qo‘llaniladi. Shu bilan birga, ekspressivlikni kuchaytiruvchi vositalar boshqa janrlarga nisbatan cheklangan miqyosda namoyon bo‘ladi. Axborotni kuchaytirish maqsadida “natijada”, “bundan tashqari”, “ayniqsa”, “shuningdek”, “asosan” kabi bog‘lovchi va ta’kidlovchi birliklar ishlatiladi. Masalan: “Islohotlar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratildi, ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohasida.” (Uza.Uz, 10.06.2025). Bu so‘zlar matnning izchilligini saqlab, holis va izohli axborot berilishini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdusaidov A. Gazeta janrlarining til xususiyatlari. Filol. fan. dokt. ... dis. avtoreferati. – Toshkent, 2005. 2. Abdusaidov A. Publitsistika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2012. 3. Bakieva G.X., Teshabayeva D.M. Mediamakonda matn (Monografiya). – Toshkent, 2019. – B. 73. 4. Kostomarov V.G. Yazykovoy vkus epokhi. Iz nablyudeniy za rechevoy praktikoy massmedia. — Sankt-Peterburg: Zlatoust, 1999. 5. Solganik G.Ya. Publitsisticheskiy stil: Teoreticheskiye problemy yazyka SMI. — Moskva: Vysshaya shkola, 1973. – S. 118. 6. Teshabayeva D.M. Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi (O‘zbekiston Respublikasi OAV misolida). Filol. fan. dokt. ... diss. – Toshkent, 2012. – B. 167. 7. Teshabayeva D.M., Bakieva G.X., Isroil M.I., Toshmuhamedova L.I., Nuritdinova M.Ch. Jurnalistika. III jild. Medialingvistika va tahrir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 8. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. III jild. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2007.