scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TILSHUNOSLIKDA ASSOTSATIV MAYDON TUSHUNCHASI

Mo'minova Shaxnozaxon Uchqun qizi

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy-madaniy assotsativ maydon tushunchasining mohiyati, uning shakllanish manbalari hamda lingvokulturologik tahlil imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bu tushuncha asosida ingliz tilidagi “spirituality” va o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” leksemalarining milliy-madaniy mazmunini o‘rganish istiqbollari haqida so‘z yuritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 193 TILSHUNOSLIKDA ASSOTSATIV MAYDON TUSHUNCHASI Mo‘minova Shaxnozaxon Uchqun qizi Navoiy davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17802283 Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy-madaniy assotsativ maydon tushunchasining mohiyati, uning shakllanish manbalari hamda lingvokulturologik tahlil imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bu tushuncha asosida ingliz tilidagi “spirituality” va o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” leksemalarining milliy-madaniy mazmunini o‘rganish istiqbollari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: assotsatsiya, vijdon,e’tiqod,tafakkur, ong,farosat, ilm, odamiylik, g‘oya, madaniyat, qadriyatlar, tarbiya, oila, muomala, jamiyat, xulq-atvor, yurish-turish, odob-axloq. Abstract. This article discusses the essence of the concept of a national-cultural associative field, the sources of its formation, and the possibilities of linguo-cultural analysis. Also, based on this concept, the prospects for studying the national-cultural content of the lexemes "spirituality" in English and Uzbek are discussed. Keywords: association, conscience, belief, thought, consciousness, insight, science, humanity, idea, culture, values, upbringing, family, behavior, society, behavior, conduct, ethics. Bugungi globallashuv jarayonida har bir millat o‘zining ma’naviy-ruhiy olamini, qadriyat tizimini va dunyoqarashini til orqali ifoda etish imkoniyatiga ega. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatning ruhiy ko‘zgusi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, til birliklarini madaniy, assotsiativ va konseptual asosda tahlil etish lingvokulturologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Assotsatsiya atamasi ( lotincha “association”- aloqadorlik, bog‘lanish, aloqa) ko‘pincha kimyo, biologiya, astronomiya, botanika yoki psixologiya yo‘nalishlarida ishlatilib, ma'lum bir holat, ikki yoki undan ortiq sezgi shakllarining (g‘oyalar, fikrlar, motor-sezgi) o‘zaro bog‘likligidir. Psixologik nuqtai nazaridan olib qaraganda bu bog‘liqlik biri ikkinchisini mantiqan taqozo etadigan shartli refleks [1]. Ya'ni inson ongida gavdalanadigan mantiqiy bog‘liklikdir. Ammo tilshunoslikda assotsatsiya hodisasi so‘z va unga bog‘liq bo‘lgan, ma'no jihatidan yaqin yoki o‘xshash elementlardan tarkib topgan birikmalar yig‘indisi. Bu atamaning tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, assotsativ olam haqida tasavvurlar miloddan avvalgi davrlardan buyon insonni o‘ylantirib kelmoqda. Olamda barcha hodisalar bir birini taqozo etishi haqidagi qonuniyat Aristotel va Plato davridan o‘rganilgan. 18asrga kelib J.Lokk ilmiy jihatdan tadqiq eta boshladi. Ammo vaqtlar o‘tishi bilan, assotsatsiyalar nafaqat insonning ongi, psixologiyasida, balki tilshunoslikda ham gavdalanishiga amin bo‘lishdi. Bunga sabab esa inson tafakkuridagi voqelik, hissiyot hamda faktlar albatta uning tilida ham namoyon bo‘lishi edi. Lingvistik assotsatsiya esa F.de Sossyur, A.Potebnya, Sh. Bally tomonidan o‘rganilib, til birliklarida 2 xil bog‘lanish bor degan xulosa kelindi: sintagmatik va assotsativ. Olimning yozishicha bu eng asosiy paradigmatik aloqa bo‘lib, so‘zlar bundan tashqari o‘xshashlik, qarama-qarshilik kabi bir nechta bog‘liqliklarga ham ega. Ammo 20asrga kelib olimlar bir biri bilan assotsativ maydon hosil qilgan so‘zlar ma'noviy ya'ni semantik bog‘liklikka ega ekanligini ham tushunishdi. Masalan, “kema” tasavvurda paydo bo‘lsa, uning ortidan darhol u suzadigan “dengiz” tasvirlanadi; dengiz — INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 194 “bo‘ron”ni, bo‘ron — “to‘lqin”ni, to‘lqin — “qirg‘oqdagi shovqin”ni, qirg‘oq — “toshlar”ni yodga soladi va hokazo [2]. Tilshunoslikda so‘zlar odatda ularning umumiy ma’nolariga qarab guruhlarga bo‘linadi. Masalan, “harakat” umumiy ma’nosi “yurmoq”, “uchmoq”, “yugurmoq” kabi fe’llarni birlashtiradi. “Kiyim” umumiy ma’nosi esa palto, shim, ko‘ylak kabi so‘zlarni birlashtiradi. Paronimlarda esa asos orqali ma’no umumiyligi bo‘ladi. Lekin ba’zan so‘zlar o‘zaro nafaqat ma’noviy, balki dunyodagi obyektlar o‘rtasidagi real aloqalar — tematik yaqinlik, sabab-oqibat munosabatlari yoki oddiy assotsiatsiyalar orqali ham bog‘lanadi. Tilshunos T.V. Sliva ana shunday murakkab aloqalarni hisobga olib, assotsiativ-semantik guruh tushunchasini yaratgan. Bu guruh o‘zaro sabab-oqibat bilan bog‘langan, bir-biriga yaqin ma’nodagi tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar majmuasidir [3]. Bundan tashqari Yu. Karaulovning fikricha, an’anaviy leksik-semantik paradigmadagi birliklar yadro ma’nosini umumlashtiruvchi integral semalarni o‘zida mujassam etadi, periferiyadagi ma’nolar esa farqlovchi semalarni tashkil qiladi. Assotsiativ-semantik guruhlarda leksemalar “yadro–periferiya” modeli bo‘yicha tuziladi: asosiy so‘zning mazmuniy yadrosi (kauzema) paradigmadagi boshqa leksemalarning periferik semalari (refleksema) bilan bog‘lanadi. Refleksema tarkibida yadro sifatida namoyon bo‘ladigan semalar kauzema tizimida periferik o‘rin egallashi mumkin [4]. T.V. Sliva bu jarayonga “fasllar” kabi yopiq leksiksemantik guruh misolida yondashadi va kun qismlarini bildiruvchi leksemalar ham xuddi shunday yopiq tizim bo‘lishiga qaramay, ular hozirgacha yetarlicha o‘rganilmaganini ta’kidlaydi. Kun to‘rt asosiy bo‘limga ajralgani bois tegishli leksemalar ham to‘rttadir: “ertalab”, “tushdan keyin”, “kechqurun”, “tun”. Tahlil natijasida ularning umumiy semantik maydonida “vaqt” archesemasi, “kun qismi” gipersemasi va “quyosh chiqishi”, “shafaq”, “tun ortidan kelishi” kabi farqlovchi semalar ajratiladi [5]. Tashqi muhitdagi voqeliklar inson ongida bir-biri bilan aloqador obyektlar, voqeahodisalar hamrohligida aks etgani bois ular assotsativ tarzda biri ikkinchisini yodga tushiradi. Nafaqat tashqi olamdagi obyektlar, balki insonning ichki kechinmalari, tajribalari va yig‘ilgan bilimlar ham uning til boyligiga bevosita ta’sir qiladi va aloqadorlik asosida assotsativ maydon hosil qiladi. M.Bettler va R.Rapplaring fikriga ko‘ra “bir vaqtlar birgalikda his qilingan obyektlar qoidaga ko‘ra xayolan bir-biriga bog‘liq obyektlarga aylanadi. Shu bois ulardan biri haqidagi o‘y tabiiyki, boshqasi haqida ham avvalgidek birin-ketinlik yoki birga mavjudlik tartibida o‘y surishga olib keladi” [6]. Masalan, ma’naviyat sozi ongda odob, axloq, iymon, vijdon, insoniylik, ezgulik, yaxshilik kabi birliklar bilan bog‘lanib turadi. Shu boisdan leksik birliklar umumiy belgi asosida xotirada muayyan guruhlarga birlashib turadi. Albatta, mazkur jarayon yashab turgan muhit asosida shakllnadi, rivojlanadi va milliy-madaniy assotsatsiyani aks ettiradi. Milliy-madaniy leksika ma’naviyatni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Chunki u xalqning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, qadriyatlari va dunyoqarashini o‘zida aks ettiradi. Ma’naviyat leksikasi orqali biz xalqning ma’naviy olamini, uning ichki dunyosini anglaymiz, o‘ziga xos xususiyatini milliy-madaniy assotsativ birliklar sifatida saqlaymiz. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz deganda uyat, or-nomus, andisha, halollik, odamiylik kabi so‘z va birikmalar aytiladi.‘ ‘Uyat” so‘zi inson ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi. Uyatsiz odam jamiyatda hurmat qozona olmaydi. O‘zbek xalqida uyat bilan bog‘liq ko‘plab maqollar mavjud. Masalan, ‘‘Uyat - odamning ziynati”, ”Uyat o‘limdan qattiq”. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, uyat INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 195 tushunchasi selanganda u bilan bog‘liq misollar o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari tizimida muhim o‘rin tutadi. ”Or-nomus” tushunchalari o‘zbek xalqi uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Or-nomusli inson har qanday vaziyatda ham o‘z qadr-qimmatini saqlaydi. Bu tushunchalar o‘zbek xalqining ma’naviy kuchini ifodalaydi. ‘‘Halollik”, ”rostgo‘ylik”, ”adolat” kabi so‘zlar milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ham hisoblanadi. Bu so‘zlar o‘zbek tilida ham keng qo‘llaniladi va xalq ma’naviyatida muhim o‘rin tutadi. Yuqoridagi misollar shuni ko‘rsatadiki, leksik birliklar milliy madaniyat va ma’naviyatni aks ettiruvchi muhim vositadir. Lingvoma'naviyatshunoslik tadqiqotlari orqali biz til va ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqlik mexanizmlarini chuqurroq anglab yetishga va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga hissa qo‘shishga xizmat qiladi. Shu boisdan mazkur mavzuni milliy-madaniy assotsatsiya asosida o‘rganish, tahlil qilish mavzuning mohiyatini yanada ochiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.M.Akhmad.THE RESEARCH OF ASSOCIATIONS IN LINGUISTICS 2015.-215 b. 2. Соссюр, Ф. де. Курс общей лингвистики / Ф. де Соссюр. – Екатеринбург: Изд-во Уральского ун-та, 1999. – 426 b. 3. Слива Т.В. Ассоциативно-семантическая группа как форма парадигматической организации лексики (на материале названий сезонов в русском языке) / Т.В. Слива. – К., 2011. – 272 b. 4. Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность / Ю. Н. Караулов. – Москва, 1987. – 263 b. 5. Слива Т.В. Ассоциативно-семантическая группа как форма парадигматической организации лексики (на материале названий сезонов в русском языке) / Т.В. Слива. – К., 2011. – 272 b. 6. Wettler Manfred and Rapp Reinhard. Computation of word associations based on the coocrrence of words in large corporations.-1996-102 b.