OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA RIVOJIDA OILA VA TASHKILOTNING O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning mohiyati, mazmuni va samarali shakllari tahlil qilingan. Oila va bog‘cha o‘rtasidagi uzviy aloqa bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim omil hisoblanishi ilmiy asoslangan. Shuningdek, hamkorlikning innovatsion shakllari, zamonaviy metodlar va ota-onalar pedagogik savodxonligini oshirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirishda “oila–bog‘cha” tizimining yagona tarbiyaviy makon sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 63 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17802298 OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA RIVOJIDA OILA VA TASHKILOTNING O‘RNI Yusupova Maʼmura Mirzashirinovna Xalqaro Nordik Universiteti magistri ANNOTATSIYA Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning mohiyati, mazmuni va samarali shakllari tahlil qilingan. Oila va bog‘cha o‘rtasidagi uzviy aloqa bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim omil hisoblanishi ilmiy asoslangan. Shuningdek, hamkorlikning innovatsion shakllari, zamonaviy metodlar va ota-onalar pedagogik savodxonligini oshirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirishda “oila–bog‘cha” tizimining yagona tarbiyaviy makon sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: oila, hamkorlik, maktabgacha ta’lim, rivojlanish, tarbiya, pedagogik savodxonlik. ANNOTATSIYA В данной статье анализируется роль сотрудничества между семьёй и дошкольной образовательной организацией в развитии детей дошкольного возраста. Научно обоснована значимость тесной связи «семья–детский сад» в формировании всестороннего развития ребёнка. Рассматриваются инновационные формы взаимодействия, современные методы и механизмы повышения педагогической компетентности родителей. Результаты
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 64 исследования показывают важность создания единого воспитательного пространства. Ключевые слова: семья, сотрудничество, дошкольное образование, развитие, воспитание, педагогическая компетентность. ANNOTATION This article analyzes the role of cooperation between parents and preschool educational institutions in the development of preschool children. The importance of the “family–preschool” connection in ensuring the child’s holistic development is scientifically substantiated. Innovative forms of cooperation, modern methods, and mechanisms for improving parents’ pedagogical literacy are examined. Research results highlight the necessity of creating a unified educational environment. Keywords: family, cooperation, preschool education, development, upbringing, parental competence. KIRISH Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish nafaqat pedagoglar faoliyatiga, balki oila bilan bo‘lgan hamkorlik darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Bola hayotidagi eng birinchi tarbiyaviy muhit — oila bo‘lib, aynan shu muhitda shaxsning dastlabki xarakteri, odatlari, xulq-atvori shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi esa oilaning tarbiyaviy funksiyalarini to‘ldiruvchi ikkinchi asosiy maskandir.[2] O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda so‘nggi yillardagi davlat dasturlarida oila va ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu esa bolalar rivojida yagona tarbiyaviy makon yaratish zarurligini ko‘rsatadi.[1]
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 65 ASOSIY QISM Dunyoga kelgan ilk kunlardanoq bola psixikasining shakllanishi, shaxsiy fazilatlari va xulq-atvori oila muhitiga bevosita bog‘liq. Mashhur rus psixologi L. S. Vygotskiyning “ijtimoiy tajriba bola rivojining asosiy omilidir” degan fikri aynan oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitning muhimligini ko‘rsatadi. Vygotskiyga ko‘ra, bola kattalar bilan muloqotda bo‘lar ekan, ularning nutqi, madaniyati va qadriyatlari orqali shaxs sifatida shakllanadi. Jahon psixologi U. Bronfenbrenner oila va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni ekologik yondashuv asosida tahlil qilib, bolaning rivoji turli mikro-muhitlar uyg‘unligida samarali kechishini ta’kidlaydi. Uning “Ekologik sistemasiyaga ko‘ra bola o‘sishi faqat bog‘chada emas, balki oila, mahalla, jamiyat bilan bog‘liq omillarda to‘liq ro‘y beradi” degan fikri hamkorlikning psixologik ildizlarini ko‘rsatadi. [3] Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida ota-onalar faolligining ta’siri XXI asrda psixologlar bolaga nisbatan ko‘proq e’tibor, to‘g‘ri rag‘bat va ota-ona ishtiroki uning: emotsional barqarorligi, o‘zini qadrlashi, ijtimoiy moslashuvi, nutq va fikrlash jarayonlari rivojida hal qiluvchi omil ekanini isbotlagan. Amerikalik pedagog olima Diana Baumrind ota-onalar xulqining 3 asosiy tarbiya uslubini aytib o‘tadi 1. Avtoritar uslub — ko‘proq buyruq va bosim. 2. Demokratik uslub — mehr, intizom va tushunish uyg‘unligi 3. Erkin qo‘yilgan uslub — nazoratning pasayishi. Baumrindning tadqiqotlariga ko‘ra, demokratik tarbiya modeli qo‘llanilgan oilalarda bolalar mustaqil, tashabbuskor, ijtimoiy faol,
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 66 yuqori o‘qish motiviga ega bo‘ladi. Bu esa bog‘cha tarbiyachilari uchun ham muhim metodik xulosa: ota-onalarga to‘g‘ri tarbiya uslubini o‘rgatish — bola rivojida yaxshilanishga olib keladi. Oila – bog‘cha hamkorligining ilmiy-metodik asoslari Pedagog olima N. Sayfullayeva tadqiqotlarida oila va bog‘cha hamkorligini “tarbiyaviy jarayonning uzviy bo‘lagi” sifatida ta’riflaydi va bu hamkorlikni quyidagi tamoyillarga asoslashni taklif qiladi: Izchillik tamoyili – oiladagi tarbiya bilan bog‘chadagi tarbiya bir-biriga zid bo‘lmasligi kerak.[4] Hamkorlik tamoyili – tarbiyachi va ota-ona bir maqsad sari harakat qiladi Faollik tamoyili – ota-onalar farzand tarbiyasida passiv bo‘lmasligi lozim. Ochiqlik tamoyili – pedagoglar oilani muntazam axborot bilan ta’minlaydi. Aynan shu tamoyillar asosida tashkil qilingan “oila–bog‘cha” tizimi bolada “ikki xil tarbiya” emas, balki yagona tarbiyaviy makon hosil qiladi. Hamkorlikning samaradorligini oshiruvchi innovatsion yondashuvla Zamonaviy pedagogika oliylari va metodistlar tomonidan bolalar rivojida quyidagi innovatsion yondashuvlar samarali deb topilgan: “Oilaviy portfolio” tizimi Pedagog olima L. Smirnova tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning oiladagi faoliyati, qiziqishlari va yutuqlarini aks ettiruvchi portfolio tarbiyachiga bola shaxsini chuqur tushunishda yordam beradi. “Ota-onalar klubi” modeli Bu modelda ota-onalar tarbiyachilar bilan birgalikda: psixologik treninglar, qiziqarli mashg‘ulotlar, moderatorli suhbatlar o‘tkazishadi. Psixolog olim A. Leontyevning fikricha, “jamoaviy ishtirok kattalar ongida tarbiyalanuvchiga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytiradi”“Uydagi ta’lim muhiti”ni tashkil etish; Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola bog‘chada olgan ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun uyda quyidagi sharoitlar bo‘lishi kerak: kitoblar burchagi,rasm chizish materiallari, o‘yinchoqlarni saralab joylashtirish,rivojlantiruvchi
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 67 o‘yinlar.Finlandiya pedagogi Pasi Sahlbergning fikriga ko‘ra, “bolaning o‘yin muhiti qanchalik boy bo‘lsa, uning tafakkur faoliyati shunchalik faol bo‘ladi”. Hamkorlikning amaliy natijalari (tajribalar asosida), Maktabgacha ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar shuni ko‘rsatadiki: Ota-onalar muntazam bog‘cha bilan hamkorlik qilgan guruhlarda bolalarning ijtimoiy moslashuvi 40–60% yuqori bo‘ladi. Uy va bog‘cha o‘rtasidagi integratsiyalashgan ta’lim jarayoni bolalarda nutq rivojlanishini 30% tezlashtiradi.Psixologik treninglar o‘tkazilgan oilalarda bolalarning agressiv xulqi 2 baravar kamayadi (psixolog A. Bandura tadqiqotlari asosida).Bularning barchasi oilaviy tarbiya va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy natijalarini ilmiy isbotlaydi. Oila – bolaning birlamchi tarbiya Makoni, Oila bolaga quyidagilarni beradimuhabbat, mehr va emotsional qo‘llab-quvvatlash;ijtimoiy xulq me’yorlari;nutq va tafakkurning dastlabki rivoji;ma’naviy qadriyatlar va milliy urf-odatlar;sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari.Oila tarbiyasidagi barqarorlik maktabgacha yoshdagi bolada o‘ziga ishonch, ijtimoiy faollik, ijodkorlik va mustaqillik kabi sifatlarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari Bog‘cha bolaning:intellektual rivojlanishi,nutq o‘sishi,jismoniy va psixologik salomatligi,ijtimoiy moslashuvi kabi jarayonlarni pedagogik asosda olib boradi. Pedagogik jarayon ilmiy metodlar asosida yo‘lga qo‘yilgani sababli tarbiya sifati tizimli bo‘ladi.[5] Oila va bog‘cha hamkorligining shakllari Zamonaviy hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: An’anaviy shakllar: ota-onalar yig‘ilishlari; ochiq darslar; suhbatlar va seminarlar uyga beriladigan maslahatlar. Ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish; Bugungi kunda otaonalarning farzand tarbiyasiga oid bilimlarini yangilab borish dolzarb ahamiyatga ega. Shuning uchun bog‘chalarda quyidagi ishlar tashkil etilmoqda: pedagog va psixologlar
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 68 tomonidan ma’ruzalar;“Farzand tarbiyasida 10 ta muhim qoidalar” mavzusida treninglar ota-onalar uchun metodik qo‘llanmalar;bolalarning individual rivojlanish xaritasi bilan tanishtirish. Pedagogik savodxonlik ortishi:oiladagi nizolar kamayishiga,bolaning psixologik barqarorligiga,ta’lim jarayonida yuqori natijalar ko‘rsatishga yordam beradi. Yagona tarbiyaviy makon – bola rivojining kafolatiOila va bog‘cha uyg‘unligi mavjud bo‘lgan taqdirda bola:ijtimoiy ko‘nikmalarni tez egallaydi o‘qishga qiziqish ortadi;emotsional muvozanatli bo‘ladi; jarayonlar o‘rtasida ziddiyat sezmaydi.Demak, tarbiyadagi izchillik bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim omillardan biridir. XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati beqiyosdir. Bola rivoji, shakllanishi, ijtimoiylashuvi va ta’lim jarayoniga moslashuvi ushbu ikki muhitning uyg‘unligiga bog‘liq. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, oila – dastlabki tarbiya makoni, bog‘cha esa ilmiy-metodik asosda tashkil etilgan tarbiyaviy ta’lim makonidir. Ularning hamkorligi esa yagona tarbiyaviy makon yaratib, bolada barqaror rivojlanish uchun mustahkam zamin bo‘ladi. Shu sababli, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan tizimli, muntazam va innovatsion shakllarda ishlashi zarur. Bu nafaqat ta’lim sifatini, balki yosh avlodning kelajakdagi muvaffaqiyatini ham belgilaydi.[6] ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi, 2030-yilgacha. 3. G‘afforova T., Maktabgacha pedagogika. — Toshkent: TDPU, 2022. 4. Usmonxo‘jayeva M., Oilada bolalar tarbiyasi. — Toshkent, 2021. 5. Psixologiya asoslari: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi. — Toshkent, 2020. 6. UNESCO. Early Childhood Development Guidelines, 2019.