SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 69 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17803766 MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Bekbergenov G‘ayrat Shuxratovich Ma’mun universiteti o‘qituvchisi E-mail:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish jarayonida tadbirkorlikning tutgan o‘rni hamda ularning iqtisodiy tizimdagi asosiy funksiyalari tahlil qilingan. Kichik biznesning bozor sharoitlariga tez moslashuvchanligi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi roli, aholining bandligi va daromadlarini oshirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, globallashuv jarayonida kuchayib borayotgan raqobat sharoitida kichik tadbirkorlikning iqtisodiy inqirozlarga bardoshlilik darajasi, texnologik modernizatsiyaga moslashuvchanligi va milliy iqtisodiyotning izchil rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida kichik biznes subyektlarining ko‘payib borishi, ularga yaratilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi ham tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, bozor iqtisodiyoti, bandlik, raqobatbardoshlik, investitsiya, modernizatsiya, iqtisodiy xavfsizlik, innovatsion tadbirkorlik, soliq imtiyozlari. Mamlakatimizda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiyotning “harakatlantiruvchi kuchi”ga aylanishi natijasida mazkur sohaning har tomonlama taraqqiy etishi, eng asosiysi esa uning inqirozlarga qarshi boshqaruv
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 70 mexanizmlari hamda iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Iqtisodiy nuqtai nazardan kichik biznes – mahalliy bozor uchun ayrim tovar va xizmatlarni taqdim etish orqali daromad olish faoliyati bilan shug‘ullanadigan qatlamni ifodalaydi. Kichik biznesning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ular bozordagi o‘zgarishlarga tez moslasha olish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati, qisqa muddatlarda aholining ehtiyojiga zarur tovar va xizmatlarni yetkazib bera olish, dastlabki kapital hajmining nisbatan kichikligi, qisqa fursatda yangi ish o‘rinlarini yaratish va bandlik muammosini yumshatishga ko‘maklashish, shuningdek, tadbirkorning faoliyatda bevosita ishtiroki kabi xususiyatlardir. Tadbirkolik – aholining katta qismi uchun mehnatni qo‘llaydigan soha va daromad manbai bo‘lib, malakasi va tajribasi yetarli bo‘lmagan, moslashuvchan ish jadvalini istovchi ko‘plab ishchi kuchlarini band etadi. Ayollar, ilk bor ish izlayotgan yoshlar, ma’lumoti hamda tajribasi yuqori bo‘lmagan shaxslar ko‘pincha aynan shu sohada ish topa oladilar. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotganlarning ko‘pchiligi uchun emas, balki ularning oilasi uchun ham asosiy daromad manbai bo‘lishi kichik biznesning milliy farovonlikni oshirishdagi ahamiyatidan dalolat beradi. Kichik tadbirkorlik aholida ish yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, bozor iqtisodiy munosabatlariga moslashish darajasini yuksaltirishda samarali vosita sanaladi. U fuqarolarga nafaqat o‘z mehnati, balki mulkidan, jumladan ishlab chiqarishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanish imkonini beradi hamda o‘rta sinf – jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor qatlam shakllanishiga zamin yaratadi. Ushbu soha butun iqtisodiy tizimning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste’mol talabidagi o‘zgarishlarga eng tez moslasha oladi, iqtisodiy vaziyatdagi tebranishlarga mos ravishda faoliyat yo‘nalishini tez va deyarli asoratsiz o‘zgartira oladi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 71 Kichik biznes iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtiradi. Yakka shaxs uchun esa u band bo‘lish va daromad olish, ish faoliyati bilan shaxsiy hayotni uyg‘unlashtirish, shaxsiy qobiliyat va iste’dodini yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Birinchidan, u rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ham muhim soha bo‘lib, uning faoliyati nafaqat kichik biznesning, balki butun milliy iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ichki bozorning iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlanishi, aholiga turli xizmatlar ko‘rsatilishi, eksport salohiyatining ortishi, aholining bandligi va real daromadlarining ko‘payishi masalalari ham ushbu tarmoqning barqaror rivojiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, globallashuv jarayonida jahon bozorida raqobat yanada kuchaymoqda. Bunday sharoitda aynan kichik biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga qaraganda kamroq kapital talab etadi, ixchamligi bilan ajralib turadi, bozor konyunkturasidagi o‘zgaruvchan talab va davriy iqtisodiy inqirozlarga tez moslashadi, ishlab chiqarish quvvatlarini tezkor modernizatsiya qilish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda jahon bozorida iste’mol mahsulotlari konyunkturasi o‘rtacha har 9 oyda yangilanadi. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining izchil rivojida naqadar muhim omil ekani yaqqol ko‘rinadi. Yirik korxonalarga butlovchi qismlar va materiallar yetkazib beruvchi tarmoqlarning shakllanishi rag‘batlantirilmoqda. Bu esa sanoatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini yaratadi, tashqi bozorlarga tovar va texnologiyalar eksportini ko‘paytiradi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar umumiy hajmidagi ulushining barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. Bu barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va mulkiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida yil sayin kichik biznes subyektlari soni
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 72 ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon bozorida raqobat tobora keskinlashayotgan hozirgi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratish hamda uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mustаqillik yillаridаn boshlаb mаmlаkаtimiz bozor iqtisodiyotigа bosqichmаboschiq o‘tish yo‘lidа kichik biznes vа xususiy tаdbirkorlik sohаsini muntаzаm qo‘llаb-quvvаtlаshni dаvom ettirib kelmoqdа. Stаtistik mа’lumotlаrgа yuzlаnsаk, Mamlakatda 2010-yilda jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 229 904 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 725 857 taga yetgan, ya’ni 2010-yilga nisbatan 2025-yilda 3,2 barobar oshgan. So‘nggi yillarda KBS sonining jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar sonidagi ulushi qariyb 90%ga teng bo‘lib, 2010-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 12%ga ortgan (1-rasm). 1-rasm. 2010-2025 yillar kesimida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlardagi ulushi[1] Ro‘yxatdan o‘tgan barcha tadbirkorlik subyektlari uzoq muddat faoliyatini davom ettiradi, deb bo‘lmaydi. Chunki o‘z iqtisodiy xavfsizligini ta’minlamagan yoki bunga yetarli e’tibor qaratmagan har qanday kichik biznes yoki xususiy tadbirkorlik faoliyati muqarrar ravishda kasodga uchraydi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 73 Umuman olganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muvaffaqiyatli faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularning iqtisodiy mustaqilligi qonuniy kafolatlanishi zarur. Ya’ni davlat va nodavlat tuzilmalarining asossiz tekshiruv va aralashuvlariga, shuningdek, ortiqcha monitoringlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Ushbu taqiq amalda samarali ishlasa, mamlakat iqtisodiyotining “drayveri” sifatida qaralayotgan kichik biznes sohasi barcha tarmoqlarda ijobiy rivojlanish dinamikasini ta’minlaydi. Natijada aholining yangi turdagi mahsulot va xizmatlarga, shuningdek, bandlikka bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, iqtisodiy o‘sish kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida, hukumat zimmasiga yuklangan xalq farovonligini ta’minlash majburiyatini bajarishda strategik qarorlarning naqadar aniq va to‘g‘ri ijro etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim vazifalaridan biri – iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tizimdagi xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Shu jihatdan qaraganda, davlat boshqaruvi tizimida axborot texnologiyalari asosida tashkil etiladigan monitoring mexanizmlari va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish institutlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy holatini baholash, uning dinamikasini kuzatish va ilmiy-amaliy asosda metodik ta’minotni shakllantirish zarur. Bu jarayon indikatorlarga tayangan holda amalga oshiriladi hamda davlatning tahliliy hisobotlari va ilmiy nashrlarda o‘z ifodasini topadi. Shu orqali hukumat qisqa muddatli (taktik), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (strategik) qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hududlarning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar turli ichki va tashqi sabablarga borib taqaladi. Tashqi omillarni mintaqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqara olmaydi, faqat ularga moslashishi mumkin. Ichki omillar esa boshqarilishi mumkin bo‘lib, ular ustidan nazorat o‘rnatish orqali hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim xavfsizligini ta’minlash ehtimoli ortadi. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishini ta’minlashda Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu organ faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimizda
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 74 raqobatni qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini mustahkamlash imkonini berdi. Darhaqiqat, bunday asoslar iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq shakllantirilgan edi. Xususiylashtirish, davlat mulkini qisqartirish va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar esa mamlakatda raqobatni kuchaytirish va sog‘lom iqtisodiy muhitni barpo etish uchun zamin yaratdi. XULOSА VА TАKLIFLАR. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror taraqqiyotni maqsad qilgan davlatlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari zarur: -samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolsiz va eskirgan ishlab chiqarish tarmoqlarini to‘xtatish; -tarkibiy o‘zgarishlar uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish; -iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash; -mavjud ilmiy-texnik salohiyatning eng muhim unsurlarini saqlab qolish; -iqtisodiyot tarkibidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish va ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish; -korxonalarni bozor sharoitiga tezroq moslashishiga ko‘maklashish; -ekologik xavfsizlikni ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida ko‘rib, uni strategik darajada muhim masala sifatida qarash lozim. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.02.2023 yildagi PF-21son 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2011. – 176 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent, 2024. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Rasmiy statistika ma’lumotlari. – Toshkent, 2025. – URL: https://stat.uz 5. Porter M.E. The Competitive Advantage of Nations. – New York: Free Press,
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 75 1990. – 896 p. 6. Birch D.L. Job Creation in America: How Our Smallest Companies Put the Most People to Work. – New York: Free Press, 1987. – 293 p. 7. Acs Z.J., Audretsch D.B. Innovation and Small Firms. – Cambridge, MA: MIT Press, 1990. – 212 p. 8. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1934. – 255 p. 9. Williamson O.E. The Economic Institutions of Capitalism. – New York: Free Press, 1985. – 450 p. 10. Toshmatov Sh. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. – Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2021. – 504 b. 11. O‘zbekiston Respublikasi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2020. 12. www.stat.uz