Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 100 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17804116 UDK: 616.34-053.2-07-08 BOLALARDA GISTAMIN INTOLERANSINING KLINIK KO‘RINISHLARI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH XUSUSIYATLARI TAHLILLARI Аxmedova I.M Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0009-0000-4698-4437 Berdiboyev R.D Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0009-0009-6175-9807 Sultanxodjayeva Sh.S Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0009-0008-8383-7530 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada adabiyot maʼlumotlari tahliliga asosan gistamin intoleransining etiopatogenezi, epidemiologiyasi, mumkin bo‘lgan diagnostika algoritmlari va bolalardagi diagnostik qiyinchiliklari haqida sharh beriladi. Gistamin intoleransiga xos bo‘lgan aniq klinik belgi yoki test mavjud emas. Shunga qaramay, surunkali gastrointestinal simptomlar, diamin oksidaza yetishmovchiligi ko‘rsatkichlari, gistamin bilan provokatsiya testlarining ijobiy natijalari va gistamin miqdori kamaytirilgan dieta asosida simptomlarning yaxshilanishi — bu holat
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 101 gistamin intoleransining ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Bolalarda gistamin intoleransi ko‘pincha allergiyalar va ichak kasalliklari bilan birga uchraydi, bu esa tashxis qo‘yishda qo‘shimcha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Hozircha bolalar bilan bog‘liq ilmiy asoslar yetarli emasligi sababli gistamin intoleransining epidemiologiyasini aniqlash, diagnostik algoritmlarni tasdiqlash va davolash imkoniyatlarini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab qilinadi. Kalit so‘zlar: gistamin intoleransi, diamin oksid-daza (DAO), psevdoallergiya, past gistaminli dietа АНАЛИЗ ОСОБЕННОСТЕЙ КЛИНИЧЕСКИХ ПРОЯВЛЕНИЙ, ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ ГИСТАМИНОВОЙ НЕПЕРЕНОСИМОСТИ У ДЕТЕЙ АННОТАЦИЯ В данной статье, на основе анализа литературных данных, представлен обзор этиопатогенеза, эпидемиологии, возможных диагностических алгоритмов и диагностических трудностей при гистаминовой непереносимости у детей. Для гистаминовой непереносимости не существует специфических клинических признаков или диагностических тестов. Однако хронические гастроинтестинальные симптомы, показатели дефицита диаминоксидазы, положительные результаты провокационных тестов с гистамином и улучшение состояния при низкогистаминовой диете значительно повышают вероятность этого состояния. У детей гистаминовая непереносимость часто сочетается с аллергиями и кишечными заболеваниями, что усложняет постановку диагноза. В связи с недостаточной доказательной базой, касающейся детского возраста, необходимы дополнительные исследования для определения эпидемиологии, подтверждения диагностических алгоритмов и оценки терапевтических подходов при гистаминовой непереносимости.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 102 Ключевые слова: гистаминовая непереносимость, диаминоксидаза (DAO), псевдоаллергия, низкогистаминовая диета. ANALYSIS OF CLINICAL MANIFESTATIONS, DIAGNOSIS, AND TREATMENT FEATURES OF HISTAMINE INTOLERANCE IN CHILDREN ABSTRACT This article provides a review of the etiopathogenesis, epidemiology, potential diagnostic algorithms, and diagnostic challenges of histamine intolerance in children based on literature analysis. There are no specific clinical signs or tests for histamine intolerance. However, chronic gastrointestinal symptoms, indicators of diamine oxidase deficiency, positive histamine provocation test results, and symptom improvement with a low-histamine diet significantly increase the likelihood of this condition. In children, histamine intolerance is often associated with allergies and intestinal diseases, which complicates the diagnostic process. Due to the lack of sufficient pediatric-specific evidence, further research is required to define the epidemiology, validate diagnostic algorithms, and explore treatment strategies for histamine intolerance. Keywords: histamine intolerance, diamine oxidase (DAO), pseudoallergy, lowhistamine diet. Kirish Gistamin intoleransi (HIT) — bu organizmda yig‘ilgan gistamin miqdori va uning parchalanish imkoniyati o‘rtasidagi nomutanosiblik sifatida ta’riflanadi [1]. Bu klinik atama oziq-ovqat orqali qabul qilingan gistamin miqdori yuqori bo‘lmagan holatlarda, uni parchalash jarayoni kamayganida yuzaga keladigan, immun tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan patologiyani bildiradi [1,2]. Shu sababli, ba’zi insonlar oziq-ovqat orqali olingan gistaminni to‘g‘ri parchalay olmaydilar va bu ularning hatto odatiy yoki past
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 103 miqdordagi gistaminga ham sezuvchan bo‘lib qolishlariga olib keladi. So‘nggi o‘n yillikda bu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar sezilarli darajada jadallashdi va gistamin intoleransiyasi haqida olimlar hamda keng jamoatchilik orasida xabardorlik ortib bormoqda [3]. Biroq, hozirgacha bolalarda gistamin intoleransiyasi haqida birorta ham sharh maqola chop etilmagan. Chunki bolalar bilan bog‘liq tadqiqotlar soni juda oz bo‘lgani sababli ushbu sharhda kattalar ishtirokidagi tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga ham asoslanilgan. Shunga qaramay, gistamin intoleransiyasi bolalar klinikasi uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola gistamin intoleransiyasining etiopatologiyasi, epidemiologiyasi, mumkin bo‘lgan diagnostika algoritmlari va diagnostikadagi qiyinchiliklar haqida bayoniy sharh berishni maqsad qilingan. Shuningdek, bolalar va kattalar o‘rtasidagi farqlarga ham e’tibor qaratilgan. Pediatrik populyatsiyada gistamin intoleransining epidemiologiyasi Hisob-kitoblarga ko‘ra, gistamin intoleransining (HIT) tarqalishi butun dunyo bo‘ylab taxminan 1% ni tashkil qiladi va bu bemorlarning taxminan 80% ini kattalar tashkil etadi [1]. Bolalarda esa kamroq tashxis qo‘yilishi mumkin, chunki ular ehtimol baliq, pishloq yoki kolbasa kabi gistaminga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kattalarga qaraganda kamroq iste’mol qiladilar, shuningdek, simptomlar HIT tashxisi uchun yetarlicha aniq bo‘lmasligi mumkin. Shunga qaramay, bolalardagi HITning haqiqiy tarqalishi kattalar populyatsiyasidagi darajaga yaqin bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu holat HITning ko‘p qirrali simptomlari va turli organ tizimlari bilan bog‘liqligi sababli, uning tarqalishi kam baholanayotganini ko‘rsatadi [1]. Bolalarni o‘z ichiga olgan bir tadqiqotda surunkali qorin og‘rig‘idan shikoyat qilgan bolalarning taxminan 8 foizida gistaminga boy ovqatlarni iste’mol qilish tarixi mavjud bo‘lgan va ularning qon zardobida DAO (diaminooksidaza) konsentratsiyasi pasayganligi aniqlangan [14]. Pediatrik populyatsiyada gistamin intoleransi ko‘proq erkaklarda kuzatilgan bo‘lib, bu holat kattalar populyatsiyasidan farq qiladi [13, 14, 15]. Biroq, bu taxminlar kattaroq guruhlarda tasdiqlanishi zarur.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 104 Bundan tashqari, HIT tashxisi qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal yosh haqida ham savollar mavjud. Hozirgi vaqtda HIT bilan kasallangan eng yosh bemor 15 oylik bola deb hisoblanadi [16]. Biroq, boshqa bir tadqiqotda 6 oylik bemorda HIT simptomlari kuzatilgani haqida xabar berilgan [13]. HITga moyil bo‘lgan omillar Hozirgacha gistamin intoleransi uchun qulay bo‘lgan ko‘plab omillar aniqlangan. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: › Irsiy omillar – gistamin intoleransi ko‘pincha DAO genidagi yagona nukleotidli polimorfizm (SNP) bilan bog‘liq bo‘lib, natijada hosil bo‘lgan oqsilning ishlab chiqarilishi cheklanadi [4]. › Disbioz – ichak bakterial florasining buzilishi gistamin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin [5]. Ba’zi bakteriyalar gistamin ishlab chiqarishi va ajratishi mumkin, shuningdek, bu ichak mikroflorasining buzilishiga olib keladi. HIT bilan kasallangan bemorlarning ichak florasida bu o‘zgarishlar aniqlangan [6]. › Boshqa surunkali kasalliklar – ayniqsa allergik (atopik dermatit, allergik rinit, astma) [7, 8] va ichak kasalliklari (yo‘g‘on ichak poliplari, oziq-ovqat allergiyalari, seliakiya kasalligi) [9]. Bundan tashqari, HIT surunkali infeksiyali bemorlarda ham tez-tez uchraydi. Gistamin intoleransining belgilari Gistamin odatda inson tanasida mavjud bo‘lgan biogen amin hisoblanadi. U sintez qilinadi va ajratiladi. Gistaminning ekzogen va endogen tarzda to‘planishi turli xil alomatlarga olib kelishi mumkin. U hujayralarga ma’lum gistamin retseptorlari orqali ta’sir qiladi [10]. H1 retseptorlari asosan endoteliy, nafas yo‘llarining silliq mushaklari, teri va teri osti to‘qimalarida joylashgan. H2 retseptorlari shilliq qavat, epiteliy hujayralari, immun hujayralar va silliq mushaklarda, jumladan, me’da shirasining sekretsiyasida ishtirok etadi. H3 retseptorlari asab tizimida. H4 retseptorlari esa immun tizimining turli hujayralarida joylashgan.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 105 Shuning uchun gistaminning ortiqcha miqdordagi klinik belgilari turli organlar va tizimlarga ta’sir qilishi mumkin [11, 12]. Eng keng tarqalgan alomatlarga quyidagilar kiradi: › Teri belgilari – odatda qichima, eritema (ko‘pincha to‘satdan yuzning qizarishi) va shish; › Oshqozon-ichak belgilari – ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, diareya; › Nafas olish belgilari – burun oqishi, burun shilliq qavatining shishishi, nafas qisilishi. Gistaminga boy ovqatlar va gistaminni chiqaradigan ovqatlar Gistamin intoleransi belgilari ekzogen va/yoki endogen gistaminning ortiqcha miqdori hamda organizmning uni yo‘q qilish qobiliyati o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga keladi. HITni keltirib chiqaradigan ovqatlar uch guruhga bo‘linadi: 1. Ko‘p miqdorda gistamin saqlovchi oziq-ovqatlar, 2. Hujayralardan gistamin ajralishini rag‘batlantiruvchi oziq-ovqatlar (gistamin ozod qiluvchilar deb ataladi), 3. Tabiiy DAO (diaminooksidaza) ingibitorlari bo‘lgan ovqatlar [22, 23]. Gistaminga boy oziq-ovqatlarga quyidagilar kiradi: Baliq va dengiz mahsulotlari,pishloqlar,pishgan go‘sht mahsulotlari,tuzlangan karam,yangi xamirturush va ularning ekstraktlari,ayrim meva va sabzavotlar (pomidor, ismaloq, baqlajon). Gistamin ozod qiluvchi oziq-ovqatlar quyidagilardir: Ba’zi meva va sabzavotlar (qulupnay, malina, sitrus mevalari, ismaloq, baqlajon, pomidor, qahva, choy, kakao, shokolad, yong‘oq va tuxum oqi) DAO fermentining tabiiy ingibitorlariga quyidagilar kiradi: Baliq, tuzlangan go‘sht mahsulotlari, tuzlangan karam Bolalarda gistamin intoleransi diagnostikasi Hozirgi vaqtda pediatrik HIT diagnostikasi bo‘yicha sxemani taklif qiluvchi ikkita asosiy nashr mavjud. Hoffman va hammualliflar [14] quyidagi diagnostik mezonlarni taklif etishgan:
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 106 1. Bemor surunkali qorin og‘rig‘i bo‘lishi; 2. Bemor qonida DAO (diaminooksidaza) konsentratsiyasi ≤10 IU/ml; 3. Gistamin miqdori kamaytirilgan dietadan keyin simptomlarning yaxshilanishi; 4. Gistamin bilan provokatsion testda ijobiy natija [14]. Boshqa tomondan, Rosell-Camps va hammualliflar [14] quyidagi mezonlarga asoslangan diagnostik yondashuvni qo‘llagan: 1. Surunkali qorin og‘rig‘idan shikoyat qiluvchi bemorlar; 2. Gistamin kamaytirilgan dietaga ijobiy klinik javob; 3. Qondaa DAO konsentratsiyasi ≤10 IU/ml bo‘lishi mumkin [13]. Tashxisning birinchi bosqichi har ikki tadqiqotda o‘zaro mos keladi. Oshqozonichak tizimiga oid simptomlar bolalarda gistamin intoleransining eng ko‘p uchraydigan belgilaridan hisoblanadi. Ular orasida surunkali va diffuz qorin og‘rig‘i, diareya, qusish va meteorizm mavjud [13,14]. Kattalar populyatsiyasida o‘tkazilgan kuzatuvda esa quyidagi simptomlar aniqlangan: qorin bo‘shlig‘ining kengayishi (92%), ovqatdan keyingi to‘liqlik hissi (73%), diareya (71%), qorin og‘rig‘i (68%) va ich qotishi (55%) [15]. Biroq, diagnostikaning ikkinchi bosqichida muhim tafovutlar mavjud. Bir tadqiqotda gistamin kamaytirilgan parhezga qaramay, bolalarning atigi 50%ida DAO faolligi pasaygan bo‘lsa-da, simptomlarda yaxshilanish kuzatilgan [14] (1-jadval). Boshqa tomondan, Rosell-Camps va hammualliflar tomonidan kuzatilgan bemorlarning barchasida DAO faolligi pasaygan bo‘lib, gistamin kamaytirilgan dietaga ijobiy klinik javob qayd etilgan [13]. Shu sababli, gistamin intoleransini baholashda DAO faolligini o‘lchashdan oldin gistamin kamaytirilgan dietani sinab ko‘rish maqbulroq yo‘l hisoblanadi. Ushbu yondashuv Mainz va hammualliflar [1 ]hamda Comas-Basté va hammualliflar [3] tomonidan kattalar populyatsiyasi uchun taklif qilingan diagnostika sxemalariga ham mos keladi. Biroq, ayrim tadqiqotchilar diagnostika uchun bemorda kamida ikki yoki undan ortiq tipik simptomlar mavjud bo‘lishi lozimligini taklif etishgan. Ushbu mezon
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 107 Hoffman va boshqalarning tadqiqotida bemorlar tomonidan bajarilganmi yoki yo‘q – noma’lum [14], lekin Rosell-Camps va boshqalarning tadqiqotida barcha bemorlar ushbu mezonga mos kelgan [13]. Jadval 1. Bolalarda gistamin intoleransi bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlar RosellKamps va boshqalar [13] va Hoffman va boshqalar [14] ni taqqoslash Klinik natija Bemorlar soni Rosell-Kamps va boshqalar. [13] Hoffman va boshqalar. [14] Qorin og‘rig‘i 16 (100%) 31 (100%) DAO tanqisligi 14 (87,5%) 31 (100%) Erkaklar 11 (68,8%) 17 (54,8%) DAO tanqisligi va gistamin kamaytirilgan dietaga ijobiy javob 14 (100%) 16 (43,2%) Qondagi gistamin darajasi 8 tadan 1 tasi (12,5%) 22 (71,0%) Siydikdagi gistamin darajasi 8 tadan 1 tasi (12,5%) 13 (41,2%) Gistamin intoleransining diagnostikasidagi muammolar Gistamin miqdori kamaytirilgan parhez bolalarda simptomlarni yengillashtirishda samarali bo‘lishi mumkin, ayniqsa DAO yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda [13]. Biroq, DAO yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan barcha bemorlar ham gistamin kamaytirilgan dietaga javob bermaydi [14]. Shunday qilib, bolalar populyatsiyasida DAO konsentratsiyasining pastligi gistamin intoleransiga xos belgilar (ya’ni patognomonik belgi) sifatida baholab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, turli populyatsiyalarda DAO yetishmovchiligining yuqori darajadagi farqlanishi katta yoshdagi bemorlarda ham qayd etilgan [18,19].
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 108 Bundan tashqari, Hoffman va boshqalar [14]tomonidan olib borilgan ikkita tadqiqotlarda faqat yetti bemordan bittasida HIT simptomlari rivojlangan, bu natija ijobiy deb talqin qilingan [14]. Ushbu natijalar boshqa kattalar populyatsiyasida olib borilgan tadqiqotlarga hamohang bo‘lib, gistamin provokatsiyasi testining ishonchliligi pastligini ko‘rsatadi. Shu sababli, bu test HIT tashxisida qo‘llash uchun to‘liq mos kelmaydi deb hisoblanadi [20]. Bundan tashqari, bolalar zardobidagi DAO kontsentratsiyasi na qon zardobidagi, na siydikdagi gistamin darajasi bilan sezilarli bog‘liqlikda emasligi aniqlangan (R² = 0,38 va 0,28, mos ravishda) [14]. Rosell-Camps va hammualliflar [7] tomonidan olib borilgan boshqa tadqiqotda ham shunga o‘xshash natijalar kuzatilgan – o‘tkazilgan sakkiz bemordan faqat bittasida siydik va qondagi gistamin darajasi fiziologik me’yordan yuqori bo‘lgan [7]. Kacik va boshqalar [2] esa tamomila boshqacha diagnostika sxemasini taklif etishgan. Ularda bemorlar zardobdagi IgE kontsentratsiyasi asosida allergik va psevdoallergik guruhlarga bo‘lingan [2]. Past DAO darajalari umumiy va o‘ziga xos IgE kontsentratsiyasining pastligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holatda allergiya ehtimoli yo‘q deb hisoblanadi va ehtimoliy tashxis gistamin intoleransi deb belgilanadi [2]. Biroq, psevdoallergik guruhda (n = 8) DAO darajasi HIT uchun tashxis mezoni sifatida taklif qilingan 10 IU/ml darajadan ancha yuqori (46,40 ± 7,19 IU/ml) bo‘lgan [14]. Avvalgi tadqiqotlardan [13,14] farqli o‘laroq, ushbu psevdoallergik guruhda eng ko‘p uchraydigan simptomlar nafas yo‘llari bilan bog‘liq (75%), teri (50%) va oziqovqat iste’molidan keyin yuzaga kelgan alomatlar (50%) bo‘lgan. Shu bilan birga, ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq simptomlar allergik bo‘lmagan bolalarning atigi 25%ida uchragan bo‘lsa, boshqa tadqiqotlarda bu ko‘rsatkich deyarli 100%ga yetgan [13,14,15]. Umumiy va o‘ziga xos IgE kontsentratsiyasi allergiyani aniqlashda foydali bo‘lishi mumkin, biroq DAO faolligining pasayishi seliakiya kasalligida ham kuzatiladi [21]. Kacik va boshqalar tadqiqotida gistamin kamaytirilgan parhez bilan simptomlar yaxshilangani haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan [2]. Oziq-ovqat