BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASINI QO'LLASHNING METODIK ASOSLAR
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 45 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI QO'LLASHNING METODIK ASOSLAR Termiz davlat Pedagogika institute Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi 1-kurs magistranti Panjiyeva Xaniza Bobir qizi Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ta‘lim texnologiyalari, zaumonaviy ta‘lim, integratsiya, STEAM yondashuvi, kreativlik. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini va turli fanlarga bo‘lgan qobiliyatlarini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishini talab etadi. Jahonda ta’limni modernizatsiya qilish va yangilash yo‘llaridan biri STEAM ta’lim tizimini rivojlantirishdir. Uni amalga oshirishning asosiy maqsadi o‘qituvchi va talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligini hisobga olgan holda STEAM tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish asosida, texnik va tabiiy fanlar ta’limini rivojlantirish orqali bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilar imkoniyatlarini kengaytirishdir. STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi ta’lim bitiruvchilarning martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandSTEAM xalqaro baholash dasturi tadqiqoti o‘quvchilarning quyidagi sohalarda hamda fanlarda ko‘nikmalarni tekshiradi: a) o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha yetuk bilimga egaligi; b) o‘quvchilarning texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘nikmasiga egaligi; v) o‘quvchilarning qurilish hamda muhandislikixtirochilik uquviga egaligi; g) o‘quvchilarning san’atni tushunishi va ijodiy layoqatga egaligi; d) o‘quvchilarning matematik savodxonligini
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 46 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us yuqori darajaga ega ekanligi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ana shu asoslar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish asoslari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o‘rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari «uqib oladilar».Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. O‘sha haqiqatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilimgina haqiqatan ham qadrlidir. Pedagog har bir darsni qiziqarli qilib o‘tishga harakat qilishi lozim. Har bir darsni hayotga bog‘lab va dars yakunida xulosalar chiqarib olishlari uchun talabalarga imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga, ega. Maktab bilan bog‘lash kerak, chunki ular ertaga shu maktab ostonasiga borib bolalarga olgan bilimlarini berishadi. Endi tabiatshunoslik darslarida mavzularni STEAM yondashuvi asosida o‘tish yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tsak. “Tabiatshunoslik” fanini o‘qitishda STEAM texnologiyasini qo‘llasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. 2-sinf tabiiy fanida Yer – sayyora mavzusi berilgan. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar nazariy bilim bilan birga amaliy mashg‘ulot ham o‘tkazishadi. O‘quvchilar yer shari, quyosh modelini yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida aylanishini amaliy bilib oladilar shu bilan birga yer sharining global muammolarini bartaraf etish choralarini o‘ylab topishadi. Biz shu mavzu asosida o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga, ijodkorlikka qobiliyatlarini
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 47 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us ochishimiz ham mumkin. Boshlang„ich ta‟limda STEAM texnologiyalarni o'quv dars mashg'ulotlarida qo‘llashda taalim samarali rivojlanish, o'zgarish, takomillashish, andoza olish xususiyatlarini o'z ichiga olib, ta'lim o'z navbatida rivojlantiruvchi omillarni qo'llash, ilmiy asosdan foydalanish mezonlariga bevosita bog'liq. Shu boisdan, ta'limning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, olinganda maktab ta'limi boshlang'ich sinflarda o'qitishning zamonaviy metodlari, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari misolida o'quv samaradorligi natijalarini olishga qaratilgan ushbu maqola hozirgi kunda mukammal dars o'quv mashg'ulotida ilmiy yondashuv shakllari, texnologiya turlari, injenerlik mahorati, san'at va matematik metodlar asosida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish orqali o'quvchilar o'zlashtirish darajasini oshirish, mehnat, kasbga yo'naltirishning metodik tahlil natijalarini shakllantirish maqolaning metodik vazifasini aks etadi. Jumladan, boshlang'ich ta'limda matematika fani misolida o'quvchilarni STEAM integratsion metod asosidagi o'quv faolligini oshirishdagi bir qator metodlarini keltirib o'tamiz.STEAM texnologiyasi asosida aniq fanlar va tabiiy fanlarni o'qitish, boshlang'ich sinf o'quvchilarining kasbiy va mehnat faoliyatidagi miqdor ko'rsatkichlaridan to'g'ri foydalanish orqali samarali natijalarga erishish tobora yangilanib borayotgan texnologik ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori natijaga erishish va bu orqali iqtisodiy manfaatdorlikka erishish STEAM texnologiyalarining zamonaviy afzalligini aks ettiruvchi xususiyatidir. Hozirgi kun STEAM texnologiyasi ko'rsatkichlaridan samaradorlik ta'lim natijalariga erishish maqsadida foydalanish boshlang'ich ta'lim o'quvchilarida aqliy tafakkurni shakllantirish, kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan mehnat munosabatlarini qiymatini to'g'ri baholash, iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish, iqtisodiy faoliyatni to'g'ri tashkil etish orqali mehnat munosabatlarini to'g'ri boshqarish kabi bir qator ijobiy natijalarga erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti avozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. –“O'zbekiston”, 2016. 2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3931-sonli qarori. 3.Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008 yil. 4.G.Yeldasheva, G.Karimova-Ta'lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasi moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmuasi. Toshkent. 2018 yil.