scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTISODIYOT TARMOQLARIDA MAHSULOT EKSPORTINI SIFATI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAMING ROLI

S.X.Komolov; Z.R.Sultanova

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot eksportining sifati va raqobatbardoshligini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilingan. Аннотация. В данной стате анализируются рол и значение сифровых технологий в повышении качества и конкурентоспособности экспортируемой продуксии в различных отраслях экономики. Abstract. This article analyzes the role and importance of digital technologies in improving the quality and competitiveness of exported products across various economic sectors.

Full text

FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 19 IQTISODIYOT TARMOQLARIDA MAHSULOT EKSPORTINI SIFATI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAMING ROLI Fan va texnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot” kafedarsi katta o‘qituvchi S.X.Komolov, i.f.f.d. (PhD). Fan va texnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot” kafedarsi 2-kurs magstranti Z.R.Sultanova DOI Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot eksportining sifati va raqobatbardoshligini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, eksport sifati, raqobatbardoshlik, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, blokcheyn, eksport salohiyati. Аннотация. В данной стате анализируются рол и значение сифровых технологий в повышении качества и конкурентоспособности экспортируемой продуксии в различных отраслях экономики. Ключевые слова: цифровые технологии, качество экспорта, конкурентоспособност, инновации, сифровая экономика, искусственный интеллект, блокчейн, экспортный потенциал. Abstract. This article analyzes the role and importance of digital technologies in improving the quality and competitiveness of exported products across various economic sectors. Keywords: Digital technologies, export quality, competitiveness, innovation, digital economy, artificial intelligence, blockchain, export potential Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida raqamli texnologiyalar barcha sohalarda, jumladan eksport faoliyatida ham strategik ahamiyat kasb etmoqda. Global raqobat sharoitida mahsulot sifati, tezkor yetkazib berish va shaffof eksport operatsiyalari iqtisodiy o‘sishning asosiy mezonlaridan biriga aylandi. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish nafaqat ichki bozorda samaradorlikni oshirish, balki tashqi bozordagi raqobatbardoshlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika kabi muhim tarmoqlarda raqamli transformatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bu esa mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, eksport jarayonlarini avtomatlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi[1]. Mavzuning dolzarbligi shundaki, raqamli texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish, mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi nufuzini mustahkamlash va eksportdan olinadigan daromadlarni FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 20 ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, raqamli yechimlarni joriy etish orqali sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish va yangi eksport standartlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Shu sababli, iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot eksportining sifatiga raqamli texnologiyalarning ta’sirini o‘rganish va ularni amaliy jihatdan joriy etish masalasi bugungi kun ilmiy-tadqiqot ishlarining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot eksporti sifatiga raqamli texnologiyalarning ta’sirini o‘rganish jarayonida klassik va zamonaviy iqtisodiy nazariyalar muhim ilmiy asos sifatida xizmat qiladi. Jumladan, xorijiy va mahalliy olimlarning quyidagi ilmiy qarashlari ushbu mavzuning metodologik poydevorini tashkil etadi: R. Solouning iqtisodiy o‘sish nazariyasi (Solow Growth Model). R. Solou texnologiyaning iqtisodiy o‘sish va mehnat unumdorligiga ta’sirini matematik model asosida isbotlagan. Uning nazariyasiga ko‘ra: -texnologiya - iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri; -raqamli texnologiyalar esa zamonaviy iqtisodda mehnat va kapital samaradorligini sezilarli oshiradi. Eksport sifatiga bog‘liqligi: raqamli avtomatlashtirish, IoT, AI kabi texnologiyalar ishlab chiqarishni optimallashtirib, mahsulot sifatini yuqori darajada ta’minlaydi. Bu esa Solou ta’kidlagan texnologik omilning amaliyotdagi ifodasidir. Y. Shumpeterning innovatsiya va “ijodiy vayron qilish” nazariyasi. Y. Shumpeter innovatsiyani iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbai sifatida ta’kidlagan. Uning fikriga ko‘ra: - innovatsiya jamiyatdagi eski texnologiyalarni yangi raqamli yechimlar bilan almashtiradi; - ishlab chiqarish va eksport strukturasi yangilanadi. Eksport sifatiga bog‘liqligi: raqamli texnologiyalar - aynan Shumpeter ta’riflagan innovatsiyalar turiga kiradi va ularning joriy etilishi mahsulot sifatini, eksport raqobatbardoshligini va bozor ulushini oshiradi. M. Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi (Competitive Advantage Theory). M. Porter milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshlik ustunliklarini belgilab beradigan “Besh kuch modeli” va “Milliy romb modeli” ni ishlab chiqqan. Raqamli iqtisodiyot va eksportga bog‘liqligi: -raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, -sifatni standartlashtiradi, -logistika va yetkazib berish zanjirlarini optimallashtiradi, -mijozlarga qiymat yaratishni tezlashtiradi. Bu Porter aytgan “ustun strategik afzalliklar”ning zamonaviy shaklidir. O‘zbekistonlik olimlar (X. Abduraxmonov, O. Murodova va boshqalar). Mahalliy tadqiqotchilarning ishlari O‘zbekiston sharoitida raqamlashuv jarayoni va innovatsion rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan. Xususan: X. Abduraxmonov -innovatsion iqtisodiyot, raqamli islohotlar, inson kapitali va mehnat bozoridagi raqamli tendensiyalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 21 O. Murodova - raqobatbardoshlik, eksport siyosatining zamonaviy yo‘nalishlari va raqamli transformatsiyaning amaliyotdagi ta’siri haqida ishlar yozgan. Xususan: X. Abduraxmonov - innovatsion iqtisodiyot, raqamli islohotlar, inson kapitali va mehnat bozoridagi raqamli tendensiyalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. O. Murodova - raqobatbardoshlik, eksport siyosatining zamonaviy yo‘nalishlari va raqamli transformatsiyaning amaliyotdagi ta’siri haqida ishlar yozgan[2]. Mavzuga bog‘liqligi: -ularning tadqiqotlari raqamli iqtisodiyotni milliy sharoitda joriy etish omillarini, -ishlab chiqarish va eksport faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklarini, -iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini ilmiy asoslab beradi. Mazkur olimlarning nazariyalari va tadqiqotlari mazkur mavzu uchun quyidagi jihatlarning ilmiy poydevorini yaratadi: -raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi roli (Solou); -innovatsiyaning eksport raqobatbardoshligiga ta’siri (Shumpeter); -raqobat ustunligini shakllantirishda raqamlashuvning ahamiyati (Porter); raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston sharoitidagi amaliy jihatlari (mahalliy olimlar); Bu yondashuvlar mavzudagi nazariy va amaliy tahlillarni ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotida strategik ahamiyat kasb eta boshladi. Bu sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish mahsulotlar sifati, xavfsizligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash orqali eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ–4910-sonli qarori (“Farmatsevtika tarmog‘ini 2021–2025 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”) ga muvofiq, farmasevtika sohasida raqamlashtirish, avtomatlashtirish va elektron nazorat tizimlarini joriy etish strategik vazifa sifatida belgilangan[3]. Quyida keltirilgan 1-jadvalda “Raqamli texnologiyalar joriy etilishi orqali sifatni oshirish” jarayonini ko‘rishimiz mumkun: Farmatsevtika tarmog‘ida mahsulot sifatini ta’minlashda raqamli nazorat tizimlari, IoT (Internet of Things), blokcheyn va Big Data yechimlarining qo‘llanilishi kengaymoqda. 1-jadval Raqamli texnologiyalar joriy etilishi orqali sifatni oshirish № Raqamli texnologiya Amaliy qo‘llanish sohasi Samaradorlik natijasi 1 IoT sensorlari Ishlab chiqarish jarayonida harorat, namlik va sterillikni nazorat qilish Mahsulotning farmakopeya standartlariga mosligi ta’minlanadi FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 22 № Raqamli texnologiya Amaliy qo‘llanish sohasi Samaradorlik natijasi 2 Blokcheyn texnologiyasi Dori vositalarining haqiqiyligini va ta’minot zanjiri shaffofligini ta’minlash Kontrafakt mahsulotlar ulushi 15% dan 3% gacha kamaydi 3 Big Data analitikasi Talabni bashorat qilish va eksport bozorlarini tahlil qilish Eksport strategiyasini optimallashtirish orqali 10–12% daromad o‘sishi ta’minlanadi 4 ERP va LIMS tizimlari Laboratoriya va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish Sifat nazorati vaqti 30% ga qisqardi, xatolar soni sezilarli kamaydi O‘zbekiston misolida amaliy natijalar. Mahalliy misollar: “Jurabek Laboratories” AJ – 2022 yilda ishlab chiqarish jarayonlariga SCADA va ERP tizimlarini joriy etdi. Bu mahsulot sifati bo‘yicha xalqaro GMP standartiga moslashish imkonini berdi va 2023 yilda eksport hajmi 25% ga o‘sdi. “Nobel Pharmsanoat” va “Zamona Rano Pharm” kompaniyalarida raqamli sinov laboratoriyalari tashkil etildi. Bu laboratoriyalar onlayn real-time nazorat tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, har bir dori partiyasi elektron identifikator orqali kuzatib boriladi. Dori vositalarini raqamli markirovka qilish tizimi (“ASL BELGISI”) - 2021 yildan boshlab Farmatsevtika agentligi tomonidan joriy etilgan. Ushbu tizim orqali 1,2 milliarddan ortiq dori qutilari raqamli tarzda ro‘yxatga olingan, bu esa kontrafakt dori mahsulotlarini bozordan qisqartirishga katta hissa qo‘shdi. Xorijiy misollar: - Hindistonda farmatsevtika eksportida “Digital Quality Assurance System (DQAS)” joriy etilishi natijasida mahsulotning xalqaro sertifikatlariga muvofiqlik darajasi 96% gacha oshgan. - Germaniya va Janubiy Koreyada blokcheyn asosidagi dori ta’minot zanjiri orqali eksport jarayonining shaffofligi 40% ga yaxshilangan va yuborish xatolari deyarli yo‘q darajaga keltirilgan. Ilmiy asos va iqtisodiy samara. Robert Solouning texnologik o‘sish modeli nuqtai nazaridan qaralganda, raqamli texnologiyalar farmasevtika ishlab chiqarishining “texnologik omil”ini kuchaytiradi va mehnat unumdorligini oshiradi. Y. Shumpeterning innovatsiya nazariyasiga ko‘ra, raqamli islohotlar - bu yangi kombinatsiyalar natijasi bo‘lib, “ijodiy razruxa” orqali eski, samarasiz tizimlarning o‘rnini yangi, intellektual boshqaruv tizimlari egallaydi. Maykl Porterning raqobat afzalliklari nazariyasi nuqtai nazaridan esa raqamli farmatsevtika zanjiri - qiymat zanjiridagi raqobat ustunligini ta’minlaydi, chunki u sifat, tezkorlik va xalqaro ishonch omillarini birlashtiradi. Xulosa va tavsiyalar: FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 23 -Raqamli texnologiyalar joriy etilishi natijasida farmatsevtika mahsulotlari sifati xalqaro standartlarga yaqinlashmoqda; -Kontrafakt mahsulotlar ulushi keskin kamaygan; -Eksport hajmi va daromad salohiyati ortib bormoqda; -Korxonalarda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamoqda. Takliflar: 1. Farmatsevtika tarmog‘ida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yagona milliy platforma yaratish; 2. Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda farmatsevtik mahsulotlar uchun raqamli standartlashtirish bazasini shakllantirish; 3. Eksport bozorlarida raqamli sertifikatlash va elektron eksport monitoring tizimini joriy etish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmon (2020 yil 5 oktabr). 2. Mahalliy va xorijiy olimlar, jumladan, R. Solou, Y. Shumpeter, M. Porter, hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar (X.Abduraxmonov, O.Murodova va boshqalar)ning innovatsiya, raqobatbardoshlik va raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha ishlari mazkur mavzuda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ– 4910-sonli qarori (“Farmatsevtika tarmog‘ini 2021–2025 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”). TURIZM INDUSTRIYASI IQTISODIYOTIDAGI UMRA VA XAJ ZIYORATI XIZMATNI KO‘RSATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI Fan va texnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot” kafedarsi katta o‘qituvchi S.X.Komolov, i.f.f.d. (PhD). Fan va texnologiyalar universiteti, Turizm yo‘nalishi 1-kurs, 1/25 gr.talabasi N.D.Raximova DOI Annotatsiya. Mazkur maqolada ziyorat turizmini tashkil etishda elektron platforma va mobil ilovalardan foydalanish, elektron viza, onlayn bronlash va elektron to‘lov tizimlarining joriy etilishi xizmat sifatini oshirish hamda ziyoratchilarga qulay sharoit yaratishga xizmat qilayotgani tahlil etilgan. maqolada Saudiya Arabistonida amalga oshirilayotgan “Smart Hajj” va “Umrah Smart Services” platformalari tajribasi hamda O‘zbekistonda “E-Madina” va “Ziyorat Travel” kabi raqamli xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ziyorat turizmi, raqamli texnologiyalar, umra va haj, elektron xizmatlar, onlayn platforma, turizm industriyasi, innovatsion yechimlar.