scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILAVIY INQIROZLAR, ZO'RAVONLIK VA XAVF GURUHI BOLALARINI ERTA ANIQLASHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Madaminova Saddixon Ibrohimovna

Abstract

Ushbu maqola oilaviy zo‘ravonlik sharoitida o‘sayotgan bolalarda eng ko‘p uchraydigan psixologik buzilish — emotsional beqarorlikning kelib chiqishi, diagnostik mezonlari va Inson ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlari tomonidan qo‘llaniladigan amaliy korreksion modelni yoritadi. ACE modeliga asoslanib, bolalarda emotsional disbalansning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Maqolada (“Hissiyotlar termometri”) kabi terapevtik usullar izohlari bilan berilgan. Amaliy keys taqdim etilib, undagi ma’lumotlarning etik manbasi ham ilmiy talablarga muvofiq tushuntirilgan.

Full text

282 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) OILAVIY INQIROZLAR, ZO‘RAVONLIK VA XAVF GURUHI BOLALARINI ERTA ANIQLASHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI Madaminova Saddixon Ibrohimovna bakalavr, psixolog. O‘zbekiston Respublikasi Qo’qon shahar Inson ijtimoiy xizmatlari markazi. Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17805900 Annotatsiya. Ushbu maqola oilaviy zo‘ravonlik sharoitida o‘sayotgan bolalarda eng ko‘p uchraydigan psixologik buzilish — emotsional beqarorlikning kelib chiqishi, diagnostik mezonlari va Inson ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlari tomonidan qo‘llaniladigan amaliy korreksion modelni yoritadi. ACE modeliga asoslanib, bolalarda emotsional disbalansning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Maqolada (“Hissiyotlar termometri”) kabi terapevtik usullar izohlari bilan berilgan. Amaliy keys taqdim etilib, undagi ma’lumotlarning etik manbasi ham ilmiy talablarga muvofiq tushuntirilgan. Kalit so‘zlar: emotsional beqarorlik, bolalar psixologiyasi, ACEs, travma, psixokorrektsiya, oilaviy zo‘ravonlik. Аннотация. В статье рассматривается одна из наиболее распространённых проблем у детей, растущих в условиях семейного насилия — эмоциональная нестабильность. На основе данных ACE анализируются факторы формирования эмоциональной дисрегуляции. Представлена коррекционная модель, применяемая психологами Центра социальных услуг Узбекистана. Даны пояснения методов «Feelings thermometer» («Термометр эмоций. В статье включён пример клинического кейса с этическим обоснованием происхождения данных. Ключевые слова: эмоциональная нестабильность, травма, ACE, детская психология, семейное насилие, коррекция. Abstract. This article analyzes emotional dysregulation as the most common psychological consequence observed in children exposed to domestic violence. Using ACE frameworks, the paper examines the factors contributing to emotional instability in children. A correctional model applied by psychologists at the Social Services Center of Uzbekistan is presented. Therapeutic tools such as the “Feelings thermometer” are explained with Uzbekbased adaptations. A clinical vignette is included, with ethical clarification regarding data origin. Keywords: emotional dysregulation, ACEs, child psychology, trauma, domestic violence, correctional intervention. 1. Kirish Oiladagi zo‘ravonlik, psixologik bosim, e’tiborsizlik va iqtisodiy stress bolalarda ko‘plab ruhiy buzilishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bular ichida eng keskin namoyon bo‘ladigani — emotsional beqarorlik. Bu holat bolada qayta-qayta yig‘lash, g‘azab portlashlari, qo‘rquv, xavotir va impulsiv xatti-harakatlar ko‘rinishida kuzatiladi. UNICEF (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, zo‘ravonlik guvohi bo‘lgan har 10 boladan 6 nafarida emotsional o‘zini boshqarish buzilgan. 2. Muammoning dolzarbligi — Emotsional beqarorlik Bolada emotsional beqarorlik ACE modeli bo‘yicha: zo‘ravonlik sahnalariga guvoh bo‘lish, 283 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) jismoniy yoki psixologik bosim, ota-onaning ruhiy beqarorligi, mehr yetishmasligi, qo‘rquvning surunkalashuvi natijasida shakllanadi. Bu omillar nevropsixologik o‘zgarishlarga olib keladi (giperarousal). 1. ACE testi (Adverse Childhood Experiences) (Bolalik davridagi salbiy tajribalar) Ko‘rsatma: Har bir savolga HA yoki YO‘Q deb javob beriladi. "HA" = 1 ball. ACEning 10 asosiy indikatori (klassik model) 1. Jismoniy zo‘ravonlik Bolaga urish, turtish, qattiq jazolash sodir bo‘lganmi? 2. Emotsional (psixologik) zo‘ravonlik Bolaga haqorat, kamsitish, baqirish, doimiy tanbeh berish bo‘lganmi? 3. Jinsiy zo‘ravonlik Biror kishi bola tanasiga jinsiy maqsadda teggan, qo‘rqitgan yoki majburlaganmi? 4. Jismoniy e’tiborsizlik Uyda oziq-ovqat, kiyim, issiqlik, xavfsizlik yetishmay qolgan paytlar bo‘lganmi? 5. Emotsional e’tiborsizlik Bola sevgi, qo‘llab-quvvatlash, mehr yetishmasligini his qilganmi? 6. Ota-onaning ruhiy kasalligi Uyda depressiya, ruhiy tushkunlik, og‘ir psixik holatlar bilan og‘rigan kattalar bo‘lganmi? 7. Oila ichida spirtli ichimlik yoki giyohvandlik muammosi Kattalardan biri juda ko‘p ichgan, mast bo‘lgan yoki giyohvandlikka bog‘langanmi? 8. Ota-ona o‘rtasidagi zo‘ravonlik (bola guvohi bo‘lgan) Janjal, baqiriq, urish, uyda zo‘ravonlik sodir bo‘lganmi? 9. Ota-onaning ajralishi yoki tark etishi Ota yoki ona bolani tashlab ketgan yoki ajrashganmi? 10. Oila a’zosining qamoqqa tushishi Uy a’zolaridan biri qamoqda bo‘lganmi? 2. ACE ballari tahlili Ball Xavf darajasi Psixologik izoh 0–1 Past xavf Travma kam. Normal rivojlanish. 2–3 O‘rtacha xavf Tashvish, qo‘rquv, o‘qishdagi pasayish kuzatilishi mumkin. 4+ Yuqori xavf Travma belgilari, xulq buzilishlari ehtimoli yuqori. 6+ Juda yuqori xavf Travma ichiga singib qolgan. Murakkab yondashuv zarur. Ilmiy asos: ACE tadqiqotini Felitti va CDC (1998–2020) davomida 17 ming proband asosida aniqlagan. ACE=5 — bu xalqaro mezonlarga ko‘ra "yuqori xavf" degani. Odatda quyidagi alomatlar kuzatiladi: Uyqu buzilishi Agressiv yoki aksincha haddan tashqari itoatkor xulq 284 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Qorin/bosh og‘rishlar Qo‘rquv va xavotir Maktabda chalg‘ish Bu alomatlar ACE balining yuqoriligi sababli kutiladigan normal travmatik reaksiyalar hisoblanadi. 5. “Hissiyotlar termometri” (Feelings Thermometer) Bu usul bolalarga hissiyotlarini tanish, nomlash va ularni kuchi bo‘yicha baholashga yordam beradi. Hissiyotlar termometri (0–10) Ball Hissiyot holati O‘zbekcha izoh 0 Mutlaqo tinch Hamma narsa yaxshi 1–2 Yengil bezovtalik Biroz noqulay 3–4 Noaniq tashvish Kichik xavotir 5–6 O‘rtacha qo‘rquv / g‘azab Hissiyot boshqarilishi qiyinlashadi 7–8 Kuchli xavotir yoki g‘azab Tanada taranglik 9 Juda kuchli qo‘rquv/g‘azab Yig‘lash, baqirish 10 Nazoratsiz kuchli reaksiya Hissiy portlash yoki “o‘chib qolish” Psixolog bolaning qo‘rquv, xavotir yoki g‘azab darajasini shu termometr orqali baholaydi. 6. Hissiyotlar termometri bilan ishlash uchun 4 qadam 1. Hissiyotni aniqlash “Sen hozir nimani his qilyapsan? Qo‘rqyapsanmi? Xafa bo‘ldingmi?” 2. Termometrdan joy tanlash “Bu hissiyot nechaga o‘xshaydi? 0 – tinch, 10 – juda kuchli.” 3. Hissiyot sababini topish “Nima seni 7 darajagacha olib keldi?” 4. Tinchlantirish texnikasi 4–7–8 nafas olish 5-4-3-2-1 grounding texnikasi Sensor o‘yinlar (slime, shar, suv) Bu bola uchun juda samarali. ACE tadqiqotlariga ko‘ra, 4 va undan ko‘p salbiy tajribaga ega bo‘lgan bolalarda emotsional buzilish ehtimoli 4–6 barobar ortadi. Shu bois Inson ijtimoiy xizmatlari markazlarida bunday bolalar bilan tizimli, ilmiy asoslangan korreksion ishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. 3-bosqich — Ota-onalar bilan psixokorreksion ish Emotsional zo‘ravonlik oqibatlari bo‘yicha psixoedukatsiya, g‘azabni boshqarish texnikalari, “3–10 qoida”: 3 soniya pauza, 10 soniya nafas, oilada tinch muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish 4-bosqich — Multidisiplinar hamkorlik Maktab psixologi bilan monitoring, mahalla ijtimoiy xodimi bilan axborot almashish, shifokor zaruriyatda jalb qilinadi, profilaktika inspektori bilan xavfsizlik choralari ko‘riladi 285 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Xulosa va shaxsiy takliflar Emotsional beqarorlik — oilaviy zo‘ravonlik sharoitida o‘sgan bolalarda eng ko‘p uchraydigan psixologik muammo bo‘lib, vaqtida aniqlanmasa murakkab psixologik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Inson ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlarining “xavfsizlik + emotsional regulyatsiya + ota-onalar bilan ishlash + tizimli monitoring”dan iborat korreksion modeli bolani travmadan chiqarishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Oilaviy zo‘ravonlik va inqiroz bolalar psixikasiga eng kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardandir. Xalqaro modellarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bola xavfini erta aniqlash — uzoq muddatli psixologik oqibatlarni sezilarli kamaytiradi. 1. Ijtimoiy himoya psixologlari uchun ACE skrining testlarini majburiylashtirish zarur. Bu bolalarni erta bosqichda aniqlashni tezlashtiradi. 2. Oilaviy zo‘ravonlik profilaktikasi bo‘yicha bepul ota-ona treninglari muntazam yo‘lga qo‘yilishi kerak. 3. Maktab, mahalla va ijtimoiy himoya o‘rtasida yagona elektron monitoring platformasi ishlab chiqilishi lozim. 4. Psixologlarga travma bo‘yicha chuqurlashtirilgan malaka oshirish kurslari qamrovini kengaytirish ya’ni maktab psixologlari va mahalla ijtimoiy hodimlarini ham Inson ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlari bilan birgalikda o’qitish. 5. Har bir holatda individual yondashuv ustuvor bo‘lishi, bola ovozi — ya’ni uning fikri va hissiyotlari — jarayon markazida turishi kerak. Adabiyotlar 1. UNICEF. (2024). State of the World’s Children: Children and Violence. 2. World Health Organization. (2023). Violence Against Children Global Report. 3. UNFPA. (2023). Child Protection and Family Crisis Report. 4. Bronfenbrenner, U. (1979). The Ecology of Human Development. Harvard University Press. 5. Felitti, V. (1998). Adverse Childhood Experiences Study.