scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KONSTITUSIYASIDA FUQAROLARNING XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH MASALALARI: UNDA ISHTIROK ETUVCHI SUBYEKTLARNING VAZIFALARI

Turayev Sh.E.; Ergashev H.A.

Abstract

The thesis analyzes the tasks of the National Guard and units of the Ministry of Emergency Situations to ensure the safety of citizens in the Constitution.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 20 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us KONSTITUSIYASIDA FUQAROLARNING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI: UNDA ISHTIROK ETUVCHI SUBYEKTLARNING VAZIFALARI Turayev Sh.E. Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra katta o‘qituvchisi Ergashev H.A. Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra o‘qituvchisi Annotatsiya: Tezisda konstitusiyada fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, bu yо‘nalishda Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bо‘linmalari vazifalari tahlil qilingan. Kalit sо‘zlar: konstitusiya, jamoat xavfsizligi, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi, favqulodda holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqalar. Аннотация: В тезисе проанализировани задачи Национальной гвардии и подразделений Министерства по чрезвичайним ситуациям по обеспечению безопасности граждан в Конститусии Ключевие слова: конститусия, обшественная безопасность, личная безопасность граждан, чрезвичайное положение, Министерство по чрезвичайним ситуациям, Национальная гвардия и другие. Annotation: The thesis analyzes the tasks of the National Guard and units of the Ministry of Emergency Situations to ensure the safety of citizens in the Constitution. Key words: constitution, public safety, personal safety of citizens, state of emergency, Ministry of Emergency Situations, National Guard and others. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir sо‘z bilan aytganda, “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuv va bugungi islohotlarning bosh tamoyili bо‘lgan “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 2023-yil 30-aprel kuni о‘tkazilgan О‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinib, joriy yilning 1-may sanasidan kuchga kirdi. Uning moddalari 128 tadan 155 taga kо‘payib, normalari 275 tadan 434 taga, ya’ni 65 foizdan kо‘proqqa oshdi. Konstitusiyada О‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qо‘yilmoqda. О‘zbekiston о‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yо‘l qо‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qо‘llovga muhtoj fuqarolarni qо‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 21 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us oilaning bolalarida ham sog‘-salomat о‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bо‘lishi kerak. Konstitusiyaning 109-moddasi 19-bandida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni kо‘zlab, О‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi”[1] deb belgilab qо‘yilgan. Favqulodda holat – О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bо‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu Konstitusiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yо‘l qо‘yadigan hamda ularning zimmasiga qо‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq О‘zbyekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi.[2] Favqulodda holat О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qо‘llamasdan bartaraf etish mumkin bо‘lmagan holatlar mavjud bо‘lgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi. Bunday holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: – real tashqi xavf, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini va (yoki) hududiy yaxlitligini zо‘rlik bilan о‘zgartirishga urinishlar, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari, shuningdek zо‘ravonlik harakatlari bilan bir vaqtda yuz beradigan, fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga bevosita tahdid soluvchi о‘ta muhim hamda toifalangan ob’yektlarni yoki ayrim joylarni tо‘sish yoki bosib olish, qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tayyorlash (tashkil etish) va ularning faoliyati, millatlararo, konfessiyalara’ro va chegaraviy nizolar; – keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlar amalga oshirilishini talab etadigan yirik halokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar.[3] Favqulodda holat rejimini ta’minlovchi sub’yektlarga quyidagilar kiradi: – Ichki ishlar vazirligi: – Milliy gvardiya; – Davlat xavfsizlik xizmati; – Favqulodda vaziyatlar vazirligi; О‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari. О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli vazirliklar jamoat tartibini, о‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarni hamda aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi ob’yektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish vazifalarini amalga oshiradi. Fuqarolar о‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqqan holda, kiritilgan cheklovlar va favqulodda choralarga bо‘ysunishi talab etiladi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 22 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Bunda asosiy kо‘zlangan maqsad, О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini hamda О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligi himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek favqulodda holatni joriy etish uchun asos bо‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi T-2023. // Lex.uz 2. О‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat tо‘g‘risida” konstitusiyaviy qonuni 2021yil 15-dekabrь, О‘RQ-737-son. // Lex.uz 3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-areldagi “О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 171-son qarori.