scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HUJJATLARDA IMLO VA TINISH BELGILARI ME'YORI VA AHAMIYATI

Normurodova Zarifa Ro'ziqulovna; Xotamova Feruza Xusan qizi

Abstract

Ushbu maqolada rasmiy ish yuritish sohasida imlo qoidalari va tinish belgilari me'yorlariga qat'iy rioya qilishning muhim ahamiyati ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Imlo va punktuatsiya hujjat matnining aniqligi, ravshanligi va bir xil tushunilishini ta'minlash bilan birga turli xil huquqiy, moliyaviy va kommunikativ xatolarning oldini olishda asosiy omil ekanligi tahlil qilindi. Tadqiqotda mazkur me'yorlarning hujjat ishonchliligi va muassasaning til madaniyati darajasini belgilashdagi oʻrni yoritilgan.

Full text

25 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 HUJJATLARDA IMLO VA TINISH BELGILARI MEʼYORI VA AHAMIYATI Normurodova Zarifa Ro‘ziqulovna Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. Xotamova Feruza Xusan qizi Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17806659 Annotatsiya. Ushbu maqolada rasmiy ish yuritish sohasida imlo qoidalari va tinish belgilari meʼyorlariga qatʼiy rioya qilishning muhim ahamiyati ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Imlo va punktuatsiya hujjat matnining aniqligi, ravshanligi va bir xil tushunilishini taʼminlash bilan birga turli xil huquqiy, moliyaviy va kommunikativ xatolarning oldini olishda asosiy omil ekanligi tahlil qilindi. Tadqiqotda mazkur meʼyorlarning hujjat ishonchliligi va muassasaning til madaniyati darajasini belgilashdagi oʻrni yoritilgan. Kirish so‘zlar: punktuatsiya, sharxlash, baholash, til meʼyorlar, hujjatning sifati, orfografiya. THE IMPORTANCE OF ORTHOGRAPHY AND PUNCTUATION NORMS IN DOCUMENTS Abstract. This article scientifically and practically highlights the crucial importance of strictly adhering to spelling and punctuation norms in the field of official business correspondence. It analyzes that orthography and punctuation are key factors in preventing various legal, financial, and communicative errors, while also ensuring the clarity, precision, and uniform interpretation of the document's text. The study illuminates the role of these norms in determining the document's reliability and the level of the institution's language culture. Keywords: punctuation, interpretation, evaluation, language norms, document quality, orthography. ЗНАЧЕНИЕ НОРМ ОРФОГРАФИИ И ПУНКТУАЦИИ В ДОКУМЕНТАХ Аннотация. В данной статье научно-практически освещается исключительная важность строгого соблюдения правил орфографии и норм пунктуации в сфере официального делопроизводства. Анализируется, что орфография и пунктуация являются ключевым фактором в предотвращении различных юридических, финансовых и коммуникативных ошибок, а также обеспечивают точность, ясность и единообразное толкование текста документа. В исследовании освещена роль данных норм в определении достоверности документа и уровня языковой культуры учреждения. Ключевые слова: пунктуация, толкование, оценка, языковые нормы, качество документа, орфография. Hujjat bu har bir tashkilot faoliyatining asosi boʻlib, u yuridik kuchga ega axborot tashuvchisi hisoblanadi. 1 Undagi har qanday soʻz, jumla va hatto har bir belgi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbek tilining imlo (orfografiya) va tinish belgilari (punktuatsiya) meʼyorlariga toʻliq amal qilish esa hujjatning sifatini belgilovchi asosiy talablardan biridir. Ish yuritish jarayonida tayyorlanadigan buyruqlar, shartnomalar, bayonnomalar, xatlar va boshqa rasmiy matnlar faqatgina grammatik jihatdan toʻgʻri bo‘lishi bilan birga fikr aniq, loʻnda va tushunarli boʻlishi shart. 2 1 “Zamonaviy davlat tilida ish yuritish nazariyasi, amiliyoti va boshqaruvni meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash.” Jo‘rayev Z. M.-2011-y B-256 2 M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilov Davlat tilida ish yuritish. Toshkent, 2021. 26 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Imlo va tinish belgilari meʼyorlaridan chekinish nafaqat madaniyatsizlik, balki jiddiy mantiqiy xatolarga, mazmunni notoʻgʻri talqin qilishga va oqibatda yuridik nizolarga ham sabab boʻlishi mumkin. Shu sababli, hujjatlarda imlo va tinish belgilari meʼyorining ahamiyatini chuqur tushunish va unga rioya qilish har bir xodim va mutaxassisning professional mas’uliyatidir. Imlo meʼyorlari soʻzlarni bir xil shaklda va xatosiz yozishni taʼminlaydi. Hujjatlarda imlo xatolarini oldini olish zarur. Chunki birgina harfning oʻzgarishi soʻzning butun maʼnosini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Masalan, kuch va koʻch, qonun va qoʻnun soʼzlari. Hujjatda bunday holat yuzaga kelsa, uning mazmuni shubhali boʻlib qoladi. Shuningdek, shartnoma yoki buyruq matnida nomuvofiqlik yuzaga kelsa, u sud jarayonlarida hujjatnining yuridim kuchiga taʼsir ko‘rsatadi. Toʻgʻri imlo matni bexato va tez oʻqishga, axborotni toʻgʻri idrok etishga yordam beradi. Punktuatsiya ogʻzaki nutqdagi ohang, pauza va urgʻularni yozma nutqda aks ettiradi, shu bilan birga matnning sintaktik qurilishini va mantiqiy bogʻliqligini taʼminlaydi. Nuqta (.) gapning tugaganini, vergul (,) esa gap boʻlaklari yoki qoʻshma gap qismlari orasidagi munosabatni ajratadi. 3 Tinish belgisining oʻrni oʻzgarishi mazmunni tubdan oʻzgartirishi mumkin. 4 Misol uchun,"Jazo oʻlimga, kechirish mumkin emas" va "Jazo oʻlimga kechirish, mumkin emas". Hujjatlarda tinish belgilarning ahamiyati shunday namoyon bo‘ladi. Ikki nuqta (:) izoh berish, tire (-) esa kutilmagan natija yoki tushuntirishni bildirish kabi vazifalarni bajaradi. Ular matnning mantiqiy izchilligini taʼminlaydi. (" ") iqtibos, rasmiy nom yoki shartli nomni belgilashda, qavs ( ) esa qoʻshimcha, izohlovchi maʼlumotni ajratishda juda muhim. Ularning yoʻqligi hujjatni chigal va tushunib bo‘lmas qilib qoʻyadi. Imlo va tinish belgilarini to‘gri qo‘lamaslik bir nacha salbiy oqibatlarga olib keladi. Eng salbiy taʼsiri bu-ish yuritish hujjatlarinig mazmunini xato tushunish harxillikka olib keladi. Bu buyruqni notoʻgʻri bajarish, shartnoma bandlarini turlicha sharhlash va moliyaviy xatolarga sabab boʻladi. Bundan tashqari, xatolar bilan toʻla hujjatlar tashkilotning savodxonligi, nufuzi va professionalizmiga noto‘g‘ri taʼsir ko‘rsatadi, xalqaro va boshqa tashlikilot bilan aloqalarida ishonchni pasaytiradi. Qolaversa, xatoliklar mavjud bo‘lgan matnni tahrirlash, tuzatish kiritish yoki yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni hal qilish uchun qoʻshimcha vaqt va mehnat sarflanadi. Hujjatlarda imlo va tinish belgilarini meʼyorni taʼminlash uchun elektron tahrir vostilaridan foydalnish mumkin. Ular matndagi xatoliklarni tezkor va avtomatik aniqlashga yordam beradi. Har bir ish yuritish hujjatlarini yuborishdan avval maxsus hodimdan tahrirdan o‘tkazish tizimini yo‘la qo‘yish kerak. Xulosa qilib aytganda, hujjatlarda til meʼyoriga amal qilish huquqiy kafolat, kommunikativ aniqlik va tashkilot huquqiy maqomini, obro‘sini belgilovchi asosiy omil boʻlib, bu meʼyorlarga rioya etish har bir xodimning professional mas’uliyati va kasbiy savodxonligini namoyon etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Zamonaviy davlat tilida ish yuritish nazariyasi, amiliyoti va boshqaruvni meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash. Jo‘rayev Z. M. 256-b 2. O‘zbek tilida maruzalar to‘plami. N. Erkaboyeva.688-b 3 Ona tili umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 10-sinf darslik.B.Mengliyev.Sh.Abdurahim. K. Mavlonova. M. Siddiqov. S. Atoyeva. oshkent 2022.B-224. 4 O‘zbek tilida maruzalar to‘plami. N. Erkaboyeva.B688 27 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 3. Ona tili umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 10-sinf darslik.B.Mengliyev.Sh.Abdurahim. K. Mavlonova. M. Siddiqov. S. Atoyeva. oshkent 2022. 224-b 4. M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilov Davlat tilida ish yuritish. Toshkent, 2021.