Full text
52 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 PLASTIK PAKETLAR MUAMMOSI VA ULARNING O‘RNINI BOSUVCHI MUQOBIL MAHSULOTLAR Shuxratova Madinabonu “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabasi. Omonova Navruzoy “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” kafedrasi stejer-o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17807244 Annotatsiya. Ushbu maqolada polietilen paketlarning global miqyosdagi ekologik xavfini xususan mikroplastik hosil bo‘lishi orqali atrof-muhit va inson salomatligiga yetkazayotgan zarari haqida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola, Xalqaro miqyosda global muammo bo‘layotgan plastik chiqindilarning yo‘q qilinishiga oid muammolar va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonun hujjatlarining asoslarini o‘rganadi va uning samaradorligini baholaydi. Yana an'anaviy plastik paketlarga muqobil yechimlar (mato, qog‘oz, bioplastik) ning ekologik va iqtisodiy samaradorligini Hayot Sikli Tahlili (LCA) ma’lumotlari asosida qiyosiy baholashdan iboratdir. Tahlil natijalari bo‘yicha, eng to‘g‘ri yechim qayta-qayta ishlatiladigan (reusable) sumkalarni joriy etish va plastikni parchalovchi zambrug‘lar (Mycoremediation) kabi innovatsion biologik texnologiyalarni rivojlantirishdir. Ushbu sohaga oid islohotlar yurtimizda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi kabi qonun normalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ - 3730 - sonli qarorining ahamiyati o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: Polietilen, mikroplastik, biodegratsiya, eko-sumkalar, aylanma iqtisodiyot, Mycoremediation, O‘zbekiston 2030. Abstract. This research is dedicated to analyzing the global ecological threat posed by polyethylene bags, specifically the harm they cause to the environment and human health through the formation of microplastics. The article examines the issues related to the disposal of plastic waste—a growing global problem—and studies the foundations and assesses the effectiveness of the current legislation in the Republic of Uzbekistan. Furthermore, it comparatively evaluates the ecological and economic efficiency of alternatives to traditional plastic bags (cloth, paper, bioplastics) based on Life Cycle Assessment (LCA) data. According to the analysis results, the most appropriate solutions are the introduction of reusable bags and the development of innovative biological technologies, such as Mycoremediation (plastic-degrading fungi). We can observe that reforms in this area are also reflected in legal norms within our country, such as the "Uzbekistan - 2030" strategy. Keywords: Polyethylene, Microplastics, Biodegradation, Eco-bags, Circular Economy, Mycoremediation, Uzbekistan 2030. Аннотация. Настоящее исследование посвящено анализу глобальной экологической угрозы, которую представляют полиэтиленовые пакеты, в частности, ущерба, наносимого окружающей среде и здоровью человека через образование микропластика. В статье рассматриваются проблемы, связанные с утилизацией пластиковых отходов (становящихся глобальной проблемой), изучаются основы действующего законодательства в Республике Узбекистан и оценивается его эффективность.
53 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Кроме того, проводится сравнительная оценка экологической и экономической эффективности альтернатив традиционным пластиковым пакетам (ткань, бумага, биопластик) на основе данных Анализа Жизненного Цикла (АЖЦ/LCA). Согласно результатам анализа, наиболее подходящими решениями являются внедрение многоразовых сумок и развитие инновационных биологических технологий, таких как микоремедиация (грибы, разлагающие пластик). Мы видим, что реформы в этой области также нашли отражение в правовых нормах нашей страны, например, в стратегии «Узбекистан – 2030». Ключевые слова: Полиэтилен, Микропластик, Биодеградация, Эко-сумки, Циклическая экономика, Микоремедиация, Узбекистан 2030. Kirish So‘nggi yillarda plastik buyumlarning haddan tashqari ko‘payishi global ekologik muammoga aylanib bormoqda. Dastlab, inson hayotini yengillashtirish va tabiiy resurslarni asrash maqsadida yaratilgan plastiklar bugungi kunda aksincha, atrof-muhit va inson salomatligi uchun jiddiy havf tug‘dirmoqda. Biz foydalanadigan bir martalik plastik idishlar va polietilen paketlar yillar davomida parchalanmay, havodan tortib suv manbalarigacha, hatto inson organizmiga ham kirishga ulgirdi. So‘ggi yillarda O‘zbekiston hudida umuman butun dunyoda keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgan ekologiya mavzusida qancha gapirsak shuncha oz, xususan, plastik chiqindilarning yo‘q qilinishi bugungi kunda har bir davlat uchun jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Muammoning dolzarbligi shundan iboratki, hatto har bir mamlakat o‘z qonun normalariga ushbu muammoga doir sanksiyalarni ham kiritmoqda. Bunda birinchi o‘rinda polietilen paketlar (PE – paketlar) muammosi global ekologik inqirozning eng jiddiy manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ma’lumotlariga ko‘ra har yili 5 trilliondan ortiq paket iste’mol qilinadi va ularning parchalanishi uchun 400 yildan ortiq vaqt talab etiladi [1]. Eng muhim tarafi shundan iboratki, polimerlarning tabiatda to‘liq yo‘qolmasdan, mikroskopik zarrachalar ya’ni mikroplastiklarga aylanishi inson qonida [2] va oziqovqat zanjirida aniqlanmoqda, bu esa biotibbiy xavfning mavjudligini tasdiqlaydi. Ushbu maqola, shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 3.2 Atrofmuhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlar qismida o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. U yerda “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash” deb aynan ushbu muammoga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki aynan plastik paketlar muammosi chiqindilarning katta qismini tashkil etadi. Hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3730-sonli Qarori aynan polietilen paketlarning savdo shaxobchalarida bepul berilishiga chek qo‘yilishiga qaratilganligi, ushbu muammo qanchalik mamlakatimizda ekologik barqaror rivojlanishga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotligini ko‘rishimiz mumkin. Asosiy qism. Ushbu tadqiqot davomida polietilen paketlar muammosini tahlil qilishda mavjud ilmiy manbalar, xalqaro hisobotlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosiga tayanadi. Plastik paketlar, asosan, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan – neft va gazdan tayyorlanadi. Global miqyosda polietilen paketlarning iste’moli haqida BMT Atrof – muhit dasturi (UNEP) ma’lumotlari eng muhim manba hisoblanadi.
54 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 UNEP ning hisobotlariga ko‘ra, polietilen paketlarning parchalanish muddatining uzoqligi (400 yildan ortiq) uning tabiatdagi to‘planishini tezlashtiradi va natijada inson hayotida jiddiy havf uyg‘otadi (UNEP,2021). Yevropa Ittifoqi davlatlarida yiliga 3,4 million tonnaga yaqin polietilen paketlar ishlab chiqariladi. Ularning 90 foizdan ortig‘i bir martalik. Polimerlar bilan bog‘liq ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariyalarga asoslanib, plastiklar yo‘qolmaydi, balki kichik zarrachalar – mikroplastiklarga aylanadi. Environment International kabi nufuzli jurnallarda klinik tadqiqotlar ushbu mikroplastiklar inson qoni tarkibida aniqlanganini tasdiqlaydi (Meijer L. et al., 2022), bu esa inson sog‘lig‘iga doir jiddiy muammo ekanligini isbotlaydi. Muqobil yechimlarni baholashda Hayot Sikli Tahlili (LCA) usuli qo‘llaniladi. Xalqaro tadqiqotlar (masalan, UK Environment Agency) bir martalik plastik, qog‘oz va matoli sumkalarni ishlab chiqarish, tashish va yo‘q qilishdagi energiya, suv sarfi hamda uglerod izini qiyoslaydi. Ilmiy izlanishlar tahlilida paxta sumkalarining atrof-muhitga ta’siri faqat ular yuqori chastotada (kamida 131 marta) qayta ishlatilgandagina o‘zini oqlashi qayd etilgan (UK Environment Agency Report, 2011). Bioplastik (PLA) esa parchalanishi uchun maxsus sanoat kompostlash sharoitini talab qilishi bilan cheklanadi. Yaqin kunlarda esa Vengriyaning Makropa Ltd kompaniyasi o‘zining WLC (Waste Light Concrete) nomli dasturi asosida qattiq chiqindilardan tayyorlanadigan betonlarni ishlab chiqib, buni ommaga tadbiq etmoqda. Bu esa qattiq chiqindilar xususan, polietilen paketlarni ham kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘nggi xalqaro maydondagi ilmiy adabiyotlarda esa Mycoremediation (plastikni parchalovchi zamburug‘lar) kabi yangi biologik yechimlar haqida ham ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu kelajakdagi chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Yashil niqob yoki yashil yuvish (Greenwashing) xavfi: Hozirgi kiunda dolzarb masalaga aylanayotgan bozorlarda “Bio paket’ nomi bilan sotilayotgan ko‘plab mahsulotlar “yashil niqob” ostidagi oddiy plastiklar. Ular to‘liq chirimaydi, balki maydalanib, mikrozarrachalarga aylanadi, bu esa ifloslanishni kuchaytiradi. Iste’molchi “Bio” yozuviga ishonib, bunday paketni sotib oladi va ba’zi hollarda tabiatga chiqindini uloqtirishi oqibatida unga ikki maratoba oshirmoqda, albatta, o‘zi bilmagan holda. O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni boshqarish tizimining huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-sonli Qarori bilan yaratilgan. Ushbu hujjat savdo obyektlarida polimer paketlarni bepul berishni taqiqlashni joriy etgan. Buni esa ekologiyaning oqibatlarini oldini olishning bir shakli sifatida ko‘rishimiz mumkin. Natijalar Tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib, ilmiy izlanishlarga tayangan holda ushbu muammoni tahlil qilamiz. O‘tkazilgan tahlil natijasida aniqlanishicha, polietilen paketlar chiqindixonalar, kanallar, quvurlar va qishloq xo‘jaligi yerlarida to‘planib, tuproqning suv o‘tkazishini yomonlashtiradi, bu esa tuproq unumdorligini pasaytiradi va hosilga ta’sir qiladi ya’ni hosil o‘smaydi yoki tezda kasal tegadi. Lekin asosiy ekologik xavf ularning parchalanishiga uzoq vaqt ketishi tufayli ulardan hosil bo‘ladigan mikroplastiklarda ( diametri 5 mmdan kichik) yotadi. Bunday mikroplastiklar dengiz hayvonlaridan tortib, inson qonigacha kirib borishi ilmiy jihatdan isbotlandi, bu esa plastikning nafaqat tashqi ko‘rinishdagi ifloslanishi, balki bio-tibbiy xavf ekanligidan darak beradi. Endi ushbu muammoga yechimlarni tahlil qilamiz. Ushbu polietilen paketlarga qarshi kurashda ko‘rilayotgan yechimlar turli ekologik xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi.
55 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Masalan, qog‘oz paketlar tezda chirisa-da, ularni ishlab chiqarishda birinchi o‘rinda daraxt, suv va energiya miqdori yuqori. Bioplastiklar (masalan, PLA: makkajo‘xori yoki shakarqamish kabi qayta tiklanadigan manbalardan olingan biologik parchalanadigan plastmassa bo‘lgan poliaktik kislotani anglatadi) an’anaviy plastikka nisbatan tezroq parchalanadi, biroq ko‘pincha buning uchun maxsus sanoat kompostlash sharoiti talab etiladi. Shu o‘rinda, qayta ishlatiladigan matoli sumkalar (eko-sumkalar) eng barqaror muqobil sifatida ajralib turadi. Buyuk Britaniya Atrof-muhit agentligi tomonidan o‘tkazilgan Hayot Sikli Tahlili (LCA) shuni ko‘rsatdiki, bitta paxta sumkasining uglerod izi faqatgina u 131 marotaba ishlatilgandagina o‘zini oqlaydi (UK Environment Agency Report, 2011). Demak, yechim materialni almashtirishda emas, balki iste’mol madaniyatini ya’ni “bir martalik” dan “ko‘p martalik” foydalanishga o‘tkazish yotadi. Bunda qiyosiy LCA natijalarini muhokama qiladigan bo‘lsak, qog‘oz yoki bioplastik kabi muqobil materiallarga o‘tish faqatgina vaqtinchalik yechim bo‘la oladi. Eng samarali va o‘zini oqlaydigan yechim - matoli sumka bo‘lib qolmoqda, lekin bu ham iste’molchi tomonidan mas’uliyat bilan ko‘p marta ishlatilishini talab etadi. Bu esa yashil iqtisodiyotga o‘tishda nafaqat materiallarni almashtirish, balki iste’molchi xulq-atvorini o‘zgartirish muhimligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda xalqaro tajribalarni o‘rgansak, har yili butun dunyoda 3 – iyul “Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu esa xalqaro maydonda ekologik inqirozning oldini olishga qaratilgan islohatlarning biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu borada O‘zbekiston tajribasi: PQ – 3730 Qarorining samaradorligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ – 3730-sonli qarori savdo shaxobchalarida polietilen paketlarni bepul berishni taqiqlash orqali to‘g‘ri iqtisodiy mexanizmi yaratildi. Bundan tashqari, qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan paketlarga cheklov qo‘yilishi, ularni qayta ishlashga yaroqsizligi isbotlandi. Biroq, amaliyotda shuni ko‘rish mumkinki, bu choralar qisman natija berdi xolos, kichik savdo nuqtalarida nazoratning kamligi sababli arzon va yupqa paketlar hanuz keng foydalanilmoqda. Xalqaro jarayonda esa bunday global ekologik muammoga olimlar jim qarab o‘tirishmadi, ularning yangi texnologiyalari orqali bunga yechim topishmoqda. Xususan, Gavayi universiteti tadqiqotchilari okeanda yog‘ochni parchalovchi zambrug‘larni plastiklarni yeyishga o‘rgatishdi[4]. Bunday natija plastikni parchalovchi zambrug‘ (Mycoremediation) - plastik muammosiga qarshi kurashda innovatsion yondashuv bo‘lmoqda. Xulosa. Ushbu muammoni o‘rganish davomida plastik idishlar dunyoning har bir burchagiga yetib borishga ulgurganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, plastik idishlarni qayta ishlash jarayonining 97% dan ko‘p qismi hali qayta ishlanmagan. Insonlar qo‘shtirnoq ichidagi qulay hayot deb aytayotgan bu kabi resurslar qanchalik atrof-muhit va inson salomatligiga zarar keltirishini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ushbu tadqiqot doirasida amalga oshirilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda plastik paketlardan foydalanish ko‘lami ekologik xavfsizlik chegarasidan chiqib, bio-tibbiy xavf darajasiga yetgan. Mikroplastiklarning oziq-ovqat zanjiriga kirib borishi va inson salomatligiga ta’siri — chiqindilarni boshqarish siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining PQ-3730-sonli Qarori orqali joriy etilgan bozor mexanizmlari (pullik tarqatish) dastlabki bosqichda o‘z samarasini bergan bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib bu choralar yetarli emasligi ko‘rinib turibdi.
56 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Qiyosiy tahlillar (LCA) shuni tasdiqladiki, yechim faqat materialni o‘zgartirishda (masalan, qog‘ozga o‘tishda) emas, balki “bir martalik iste’mol” modelidan voz kechib, “qayta foydalanish” (reuse) tamoyiliga asoslangan aylanma iqtisodiyotga o‘tishdadir. Tadqiqot natijalari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 3-yo‘nalishi (Ekologik barqarorlik) ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi kompleks chora-tadbirlar taklif etiladi: I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish: To‘liq taqiqni joriy etish: Jahon tajribasidan kelib chiqib, 2026-yildan boshlab qalinligidan qat’i nazar, barcha turdagi tutqichli polietilen paketlarni savdoda bepul yoki pullik tarqatilishini to‘liq taqiqlash va muqobil qadoqlash vositalariga majburiy o‘tish tartibini belgilash. Ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan javobgarligi (EPR): Plastik mahsulot ishlab chiqaruvchilar va importchilar uchun “utilizatsiya yig‘imi” ni joriy etish. Bu tizim aynan atrofmuhitni yaxshilashga xizmat qilganligi uchun kerak deb hisoblaymiz. Ushbu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi shart. II. Iqtisodiy va Moliyaviy Mexanizmlar: Yashil Subsidiyalar: Matoli sumkalar (eko-sumkalar) va tez parchalanuvchi bioplastik xomashyosini import qiluvchi yoki mahalliy sharoitda ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va bojxona to‘lovlaridan 2 yil muddatga imtiyoz berish yoki boshqacha yengillik kiritish. Bu usul orqali tadbirkorlar ushbu muammoga ham befarq bo‘lishmaydi. Davlat Xaridlari (Green Procurement): Davlat muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlar va xaridlarda plastik qadoqlash vositalaridan foydalanishni taqiqlash va faqat ekologik toza mahsulotlarni xarid qilish talabini kiritish. Bu usul biroz qiyin tuyilsa-da, inson salomatligi uchun foydali ekanligini tushuntirish. III. Ijtimoiy va Marketing Yondashuvlari (Green Nudging): “Eko-bonus” Tizimi: Yirik supermarketlar tarmoqlarida xaridorlarni rag‘batlantirishning yangi modelini joriy etish, masalan kassada plastik paket sotib olmagan va o‘z sumkasidan foydalangan xaridorga xarid summasidan ma’lum foiz (masalan, 1-2%) “keshbek” yoki bonus ballar berishni yo‘lga qo‘yish. Ta’limga Integratsiya: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Barqaror rivojlanish va ekologik madaniyat” maxsus kurslarini joriy etish orqali yoshlarda “zero-waste” (chiqindisiz hayot) ko‘nikmalarini shakllantirish. IV. Ilmiy-Innovatsion Yechimlar: Mycoremediation Grantlari: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida mahalliy chiqindi poligonlarida plastikni parchalovchi zamburug‘lar va mikroorganizmlarni qo‘llash texnologiyasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maqsadli grant loyihalarini e’lon qilish. Monitoring Tizimi: Plastik chiqindilarning tuproq va suv resurslariga ta’sirini doimiy baholab borish uchun raqamli monitoring platformasini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hullas, inson o‘z sog‘lig‘i ekologiya bilan chambarchas bog‘langanligini har qadamda uchratish mumkinligini yana bir bor ko‘rishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://share.google/gGzYH9ftUvCCSqi8m 2. https://share.google/apLOF6QuIvDCjclUh
57 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 3. https://youtu.be/caLT7wBgq3o?si=rDOfONCzkKegTRNA 4. https://share.google/nj8HLZumPRj2WKJfh 5. https://xabar.uz/uz/jamiyat/500-somlik-paket-erni-500-yilgacha-zaharlaydi 6. https://www.earthday.org/fact-sheet-single-use-plastics/ 7. https://www.sciencehistory.org/education/classroom-activities/role-playing-games/caseof-plastics/history-and-future-of-plastics/ 8. https://share.google/pAJib13I0GhSnmVnk