O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI:DEMOKRATIK DAVLAT ARXITEKTURASI VA YOSH AVLOD HUQUQIY ONGINI SHAKLLANTIRISHDAGI MODERNIZATSION PARADIGMA
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- demokratik davlat arxitekturasi va yosh avlod huquqiy ongini shakllantirishdagi modernizatsion paradigma o’rganiladi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy islohotlarning huquqiy asosi sanaladi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 2023-yil 30-apreldagi yangi tahririda fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari yaqqol ko’rsatib berilgan. Shuningdek, demokratik davlat qurishda Konstitutsiyaning o’rni, taraqqiyot yo’lida bajarilishi lozim bo’lgan islohotlar va xalqaro tajribada konstitutsiyaviy rivojlanishga ham e’tibor qaratilgan.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 63 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI:DEMOKRATIK DAVLAT ARXITEKTURASI VA YOSH AVLOD HUQUQIY ONGINI SHAKLLANTIRISHDAGI MODERNIZATSION PARADIGMA Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs 0-1a-25 guruh bakalaviriat talabasi Sattorova Shahrinoz O’ktam qizi Annotatsiya:Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidemokratik davlat arxitekturasi va yosh avlod huquqiy ongini shakllantirishdagi modernizatsion paradigma o’rganiladi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy islohotlarning huquqiy asosi sanaladi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 2023-yil 30-apreldagi yangi tahririda fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari yaqqol ko’rsatib berilgan. Shuningdek, demokratik davlat qurishda Konstitutsiyaning o’rni, taraqqiyot yo’lida bajarilishi lozim bo’lgan islohotlar va xalqaro tajribada konstitutsiyaviy rivojlanishga ham e’tibor qaratilgan. Kalit so’zlar:Demokratik davlat, modernizatsion paradigma, islohotlar, taraqqiyot yo’li, xalqaro tajriba. Аннотация: В данной статье изучается Конституция Республики Узбекистан как архитектура демократического государства и модернизационная парадигма в формировании правового сознания молодого поколения. Принятая 8 декабря 1992 года Конституция Республики Узбекистан считается правовой основой национальных реформ. В частности,
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 64 в новой редакции Конституции от 30 апреля 2023 года четко обозначены права и обязанности граждан. Также уделяется внимание роли Конституции в построении демократического государтва, необходимым реформам на пути развития и международному опыту конституционного развития Ключевые слова: Демократическое государство, модернизационная парадигма, реформы, путь развития, международный опыт. Abstract: This article examines the modernization paradigm in shaping the architecture of a democratic state and the legal consciousness of the younger generation within the framework of the Constitution of the Republic of Uzbekistan. The Constitution of the Republic of Uzbekistan, adopted on 8th December 1992, is considered legal foundation of national reforms. The new edition of the Constitution adopted on 30th April 2023, clearly reflects the rights and responsibilities of citizens. Furthermore, the article highlights the role of the Constitution in building a democratic state, essence and stages of reforms and the task that must be fulfilled to ensure the development of the country. Particular attention is paid to the impact of constitutional reforms on the legal consciousness of the youth and the relevance of Uzbekistan’s experience in constitutional development. Key words: Democratic state, modernization paradigm, reforms, development path, international experience. KIRISH Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz ramzi, shu kungacha erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik, huquqiy, ijtimoy davlat quishdagi sa’yharakatlarimiz poydevori hisoblanadi. Fuqarolarning hayotiy ehtiyoj va talablaridan
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 65 kelib chiqqan holda Konstitutsiyamizga yangi islohotlar kiritildi va bu o’z navbatida demokratik davlat qurishdagi qilinayotgan islohotlarning mantiqiy davomi edi. “Harakatlar strategiyasidanTaraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda Bosh qomusimizO’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etishini e’tirof etish joiz 1 . Demokratiya erkinlik, qonun ustuvorligi va fuqarolarning tengligi asosiga quriladi. Bu tamoyillarning barchasi Konstitutsiyada mustahkamlangan, shuning uchun u demokratik tizimning markaziy tayanchi hisoblanadi. Har qanday demokratik islohot Konstitutsiyada belgilangan tamoyillarga, konstitutsiyaviy qonunlar va siyosiy qarorlarga, davlat organlari belgilangan chegaralarda faoliyat olib borishiga asoslanadi. Modernizatsion paradigmabu jamiyat qanday rivojlanishi, qanday bosqichlar orqali taraqqiyotga erishishi haqida ilmiy konsepsiya yoki nazariya. Unga ko’ra jamiyat taraqqiyoti bosqichma-bosqich, ya’ni aniq ketma-ketlikda amalga oshadi. Ya’ni jamiyatlar an’anaviy tuzumdan zamonaviy industrial va postindustrial jamiyatga asta-sekin o’tadi. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy islohotlar modernizatsiyaning asosini tashkil etadi. TADQIQOTNING USULLARI Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining demokratik 8majburiyatlarini va rivojlanish yo’lida bajarilayotgan islohotlarni tahlil qilish uchun analitik-uslubiy tahlil, normativ-huquqiy tahlil, komparativ taqqoslash, shuningdek konseptual nazariy yondashuvlardan foydalanilgan. 1 IIAU O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy Islohotlar va Siyosiy-Huquqiy Maqomi — Akademik maqola / tahliliy resurs. iiau.uz
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 66 MUHOKAMA Barchamizga ma’lumki, inson hayotida shunday narsalar borki u onamiz, vatanimiz kabi yagona va takrorlanmasdir. Biz bu qatorni davom ettirgan holda davlatimiz ramzlari bo’lmish bayrog’imizni, gerbimizni, madhiyamizni va shu bilan bir qatorda Bosh qomusimizKonstitutsiyamizni ham qo’sha olamiz. Bu ramzlarning har biri o’zining tag mohiyatida qadrdon go’shamiz, xalqimizning ezgu amallari va qadriyatlarini jo etgan. Shu bilan birga Konstitutsiyamiz ham har bir fuqaro uchun bayroq, gerb, madhiya kabi muqaddasdir. O’zbekiston Respublikasining dastlabki Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq 11sessiyasida qabul qilangan va har yili 8-dekabr bu kun davlatimiz fuqarolari tomonidan keng nishonlanadi. Dastlab u tuzilishi jihatdan muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat edi. So’ngra 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi orqali qabul qilindi va 1-maydan kuchga kirdi. Yangilangan tahririda 1 bob, 27 modda qo’shildi, shuningdek ayrim moddalarga yanada aniqroq bo’lishi uchun biroz o’zgartirishlar kiritildi. Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyorni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o’zgarishlar uchun asos bo’ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Demokratik davlat qurishda Bosh qomusimiz-Konstitutsiyaning o’rni beqiyos, albatta.Buning isboti sifatida Konstitutsiyamizning Muqaddima qismidagi ushbu jumlalarni asos qila olamiz:”Demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g’oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, … ushbu Konstitutsiyani qabul
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 67 qilamiz va e’lon qilamiz”. Konstitutsiyaga ko’ra, O’zbekiston prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik Respublikahisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo’lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko’rsatib o’tilgan. To’la ishonch bilan aytish mumkinki, O’zbekiston Respiblikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo’lin kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. 2 Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar orqali davlat qurilishida yangi strategic yo’nalish-ijtimoiy davlatni shakllantirish belgilandi. Unda ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari o’rnatildi hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlari uchun konstitutsiyaviy asos yaratildi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi hamda o’zar tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan holda, Oliy Majlis, O’zbekiston Resublikasi Prezidenti va Hukumati o’rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi. Joylarda hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modeli nazarda tutildi. 3 Hozirda davlat tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash va liberallashtirish yo’nalishidagi chuqur o’zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda demkratiyaning asosiy tamoyillariteng huquqlilik, erkin va demokratik saylovlar, hurfikrlilik, siyosiy plyuralizm, ko’ppartiyaviylik, hokimiyatning saylab qo’yilishi 2 https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/1068/926 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2023 yildagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-67-son Farmoni// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 06/23/67/0269-son
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 68 va xalq oldida hisobdorligi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, ozchilik fikrining inobatga olinishi kabilar yanada mustahkamlandi. Bugungi kechakunduzda amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya jarayonlarining tom ma’noda asosiy tashabbuskori bu mamlakatimiz aholishining keng qatlami hisoblanadi. Bularga asos sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 7-dekabrda O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag’ishlangan tabrigida “Hozirgi kunda O’zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari dadil bormoqda. Shu sababli “Yangi O’zbekistonijtimoiy davlat”, degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti-soati yetdi” 4 deya ta’kidlagan ilhombaxsh so’zlarini keltira olamiz. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida inson qadr-qimmati, sha’ni va g’ururi barcha sohalarda asosiy o’rinni egallashi yuqori darajada amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizini tashkil etuvchi “Inson qadri uchun” g’oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo’lgan “Inson-jamiyat-davlat” 5 degan yondashuv Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirilmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar natijadorligini ta’minlash va xalqchil islohotlarni davom ettirish maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan edi: 4 IIAU – “O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va yurtimizning siyosiy-huquqiy maqomi” • Tavsif: O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi yangi yo‘nalishlar, demokratik davlat qurilishi va huquqiy davlat tamoyillari haqida chuqur huquqiy tahlil. iiau.uz+1 5 file:///C:/Users/user/Downloads/JumanovAzamat.pdf
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 69 • birinchidan, “shaxs – jamiyat – davlat” paradigmasini konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash; • ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida shaxs manfaatlarini samarali ta’minlash hamda uning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqish; • uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va mavqeini konstitutsiyaviy asosda belgilash; • to‘rtinchidan,oila, onalik va bolalik institutini rivojlantirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlashning konstitutsiyaviy asoslarini belgilash; • beshinchidan, Konstitutsiyada yoshlarga oid davlat siyosatini ustuvor yo‘nalish sifatida kiritish; • oltinchidan, bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lidan dadil ketayotganini hisobga olib, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida belgilash; • yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish, bolalar mehnatining oldini olish, nogironlar, keksa avlod vakillari huquqlarini ishonchli himoya qilish; • sakkizinchidan, Konstitutsiyaga maxsus ekologik bo‘lim, global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq huquqiy normalarni kiritish; • to‘qqizinchidan, asosiy qadriyat sifatida inson kapitalini rivojlantirishni konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish. 6 6 IIAU – “Konstitutsiyaviy islohot: maqsad – inson qadri va huquqlarini ta’minlash” • Tavsif: Konstitutsiyaviy islohotlarning asosi sifatida “inson qadri” tushunchasi va huquqlarni kengaytirish yo‘nalishlari. iiau.uz
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 70 Shubhasiz barcha harakatlar har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uninf fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni maqsad qilgan holda olib borilmoqda. Davlat taraqqiyotining asosiy omillaridan birima’naviy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom va har tomonlama barkamol yoshlar avlodini tarbiyalashdir. Bugungi kunda mamlakatimizda sog’lom avlodni shakllantirish nafaqat muhim, balki ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Yoshlar va bolalarga qaratilgan e’tibor, aslida, kelajakka qo’yilgan eng qimmatli sarmoyadir. Yangi O’zbekiston sharoitida yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar aynan shu ulkan maqsadni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi esa bu borada mustahkam huquqiy poydevor vazifasini o’tab, yoshlar siyosatining samarali amalga oshirilishini kafolatlamoqda. Misol tariqasida yangilanga tahrirdagi Konstitutsiyamizning 21-moddasini keltira olamiz. Har kimga o’z shaxsini erkin kamol toptirish huquqi kafolatlandi. Bilamizki inson shaxsiyatining kamol topishi to`g`ridan-to`g`ri ta`lim tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 33-moddasida esa davlat tomonidan internet tarmog`idan foydalanish uchun har qanday imkoniyatning yaratilishi qayd etilgan. Rivojlangan XXI asrda ta`lim tizimini hech qachon internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Endi to`g`ridan - to`g`ri 50-51-moddalarga diqqat qaratamiz. Xususan, 50-modda bo`yicha, har kim ta`lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta`lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta`lim tashkilotlari rivojlanishini ta`minlaydi. Davlat maktabgacha ta`lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o`rta ta`lim va boshlang`ich professional ta`lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Maktabgacha ta`lim va tarbiya, umumiy o`rta ta`lim davlat
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 71 nazoratidadir. Ta`lim tashkilotlarida alohida ta`lim ehtiyolariga ega bo`lgan bolalar uchun inklyuziv ta`lim va tarbiya ta`minlanadi. 7 XULOSA Xulosa sifatida aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri demokratik dalat barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish jarayonida tarixiy burilish vazifasini bajarmoqda. Konstitutsiya davlat va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy kelishuv sifatida nafaqat boshqaruv tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi, balki Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining bosh g’oyalarini amalda ro’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Yangi tahrirdagi normalar fuqarolarning huquqlari doirasini kengaytirdi, yoshlarning ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya va shaxsiy rivojlanish bo’yicha konstitutsiyaviy kafolatlarini mustahkamladi. Konstitutsiyaviy modernizatsiya jarayonlari demokratik institutlarning izchil shakllanishi, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlik mexanizmlarining kuchayishi, shuningdek, huquqiy madaniyatni yuksaltirish orqali jamiyatning siyosiy faollashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, yosh avlodning huquqiy ongini rivojlantirishga qaratilgan yangi normalar va davlat siyosati yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi o’rnini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa yurtimizda demokratik qadriyatlarning barqaror shakllanishi hamda inson kapitalni rivojlantirishga katta zamin yaratadi. Umuman olganda, O’zbekiston Konstitutsiyasining yangilanishi davlat arxitekturasining zamonaviy talablar asosida qayta ko’rib chiqilishi, jamiyat ehtiyojlari va global tendendiyalar bilan uyg’unlashtirilganligi bilan ahamiyatlidir. Yangi konstitutsiyaviy paradigmabu nafaqat huquqiy islohotlar majmui, balki yoshlarni demokratik tamoyilar ruhida tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini 7 file:///C:/Users/user/Downloads/YO'TA+0613%20(1).pdf