scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XITOY INVESTITSIYALARINING O'ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

Abdumanonova, Nodirabegim

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida O‘zbekistonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar, xususan infratuzilma, sanoat va energetika sohalaridagi loyihalarning iqtisodiyotga ta’siri nuqtai nazaridan yoritiladi. Shuningdek, Keynesian, monetar va institutsional yondashuvlar asosida Xitoy kapitalining iqtisodiy faollik, bandlik, inflyatsiya va institutsional rivojlanishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan islohotlar va mintaqaviy hamkorlikning istiqbollari bilan yakunlanadi.

Full text

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 84 XITOY INVESTITSIYALARINING O’ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI O’RNI Abdumanonova Nodirabegim Baxtiyor qizi Email:[email protected] Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida O‘zbekistonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar, xususan infratuzilma, sanoat va energetika sohalaridagi loyihalarning iqtisodiyotga ta’siri nuqtai nazaridan yoritiladi. Shuningdek, Keynesian, monetar va institutsional yondashuvlar asosida Xitoy kapitalining iqtisodiy faollik, bandlik, inflyatsiya va institutsional rivojlanishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan islohotlar va mintaqaviy hamkorlikning istiqbollari bilan yakunlanadi. Kalit so’zlar: O‘zbekiston-Xitoy aloqalari, xorijiy investitsiyalar, “Bir makon, bir yo‘l”; neoklassik model, endogen o‘sish nazariyasi, OLI paradigmasi, to‘g‘ridanto‘g‘ri investitsiyalar, infratuzilma loyihalari, Keynesian yondashuv, monetarism, institutsional rivojlanish, iqtisodiy hamkorlik. Аннотация: В статье анализируются исторические корни и современные процессы развития экономического сотрудничества между Узбекистаном и Китаем. В статье рассматривается влияние китайских инвестиций в Узбекистан в рамках инициативы «Один пояс, один путь», в частности проектов в инфраструктуре, промышленности и энергетике, на экономику. SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 85 Также рассматривается влияние китайского капитала на экономическую активность, занятость, инфляцию и институциональное развитие на основе кейнсианского, монетарного и институционального подходов. В заключение рассматриваются реформы, направленные на повышение инвестиционной привлекательности Узбекистана, и перспективы регионального сотрудничества. Ключевые слова: узбекско-китайские отношения, иностранные инвестиции, «Один пояс, один путь», неоклассическая модель, теория эндогенного роста, Парадигма OLI, прямые инвестиции, инфраструктурные проекты, кейнсианский подход, монетаризм, институциональное развитие экономическое сотрудничество. Abstract: This article analyzes the historical roots and modern development processes of economic cooperation between Uzbekistan and China. The article examines the impact of Chinese investments in Uzbekistan within the framework of the “One Belt, One Road” initiative, in particular projects in the infrastructure, industry and energy sectors, on the economy. It also examines the impact of Chinese capital on economic activity, employment, inflation and institutional development based on Keynesian, monetary and institutional approaches. The article concludes with reforms aimed at increasing the investment attractiveness of Uzbekistan and prospects for regional cooperation. Keywords: Uzbekistan-China relations, foreign investments, "One Belt, One Road", neoclassical model, endogenous growth theory, OLI paradigm, direct investment, infrastructure projects, Keynesian approach, monetarism, institutional development, economic cooperation. SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 86 Kirish O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar uzoq qadimiy tarixga ega hisoblanadi. Dovon, Qang‘, Eftaliylar kabi qadimgi davlatlarimiz usha davrlardayoq Xitoy bilan savdo va diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘li bu aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan. Xitoy va Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston o‘rtasidagi uzoq tarixiy savdo, texnologiya almashinuvi hamda madaniy aloqalar bugungi iqtisodiy hamkorlik uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ham Xitoy bilan hamkorlik faol davom etdi. Xitoy O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan eng dastlabki davlatlardan biri bo‘ldi. Shundan so‘ng, 1992-yil 2-yanvarda ikki mamlakat o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar o‘rnatildi. O‘shandan beri Xitoy O‘zbekistonning muhim strategik hamkoriga aylanib, savdo, investitsiya va infratuzilma sohalarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda yetakchi rol o‘ynab kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida xorijiy investitsiyalar, ayniqsa, Xitoy kapitalining o‘rni sezilarli darajada ortib bormoqda. Men ushbu mavzuni tanlashimning sababi shundaki, bugungi kunda Xitoy nafaqat dunyodagi eng yirik investor mamlakatlardan biri, balki O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan ham biri hisoblanadi. Asosiy qism. So‘nggi yillarda Xitoy dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biriga aylandi va bu, asosan, investitsiyalar natijasida amalga oshdi. Xitoy hukumati infratuzilma, sanoat va texnologiyalarni rivojlantirishga katta mablag‘ sarfladi. Shuningdek, "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi orqali boshqa mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga ham investitsiyalar kiritmoqda. Bu mablag‘lar yangi yo‘llar, zavodlar va energetika SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 87 loyihalarini moliyalashtirishga yordam beryapti. Agar Xitoyning investitsiya siyosatini nazariyalar bilan solishtirsak, quyidagilarni ko‘rish mumkin: Neoklassik model bo‘yichaXitoy kapital jamg‘arish va investitsiyalar orqali iqtisodiy o‘sishga erishdi. Lekin, samaradorlik pasayib ketmasligi uchun texnologik innovatsiyalarga ham katta e’tibor qaratmoqda. Endogen o‘sish modeli bo‘yichaXitoy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga katta investitsiyalar kiritib, yangi texnologiyalar yaratishga harakat qilmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘sishni barqaror saqlashga yordam bermoqda. Dunningning OLI modeli bo‘yichaXitoy kompaniyalari boshqa davlatlarda investitsiya qilayotgani sababli, egalik, joylashuv va boshqaruv afzalliklarini hisobga oladi. Xususan, arzon mehnat kuchi va resurslarga ega mamlakatlarga sarmoya yo‘naltirish orqali o‘zining global ta’sir doirasini kengaytirmoqda. Xitoy va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligi so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsiya hamkorlaridan biriga aylandi. Statistika agentligining ma'lumotlariga koʻra, 2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 493,7 trln soʻmni tashkil etgan. Quyidagi jadval Davlatlarning O’zbekistonga kiritgan investetsiyalarining foizi keltirilgan. Xitoy sarmoyalari turli sohalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga yordam bermoqda. Quyida Xitoyning O‘zbekistonga kiritayotgan asosiy investitsiya turlari va ularning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar - sanoat va infratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiyalar(Vahobov,2012). To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar Xitoyning O‘zbekistonga kiritayotgan eng muhim sarmoyalaridan biridir. Bu investitsiyalar asosan yangi zavodlar qurish, infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan. Xususiyatlari: Xitoy SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 88 kompaniyalari O‘zbekistonda zavodlar, energetika ob’ektlari va yo‘l infratuzilmasini barpo etmoqda. Investitsiyalar uzoq muddatli bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va texnologiya almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Xitoyning "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusida muhim ishtirokchilardan biri hisoblanadi, bu esa infratuzilma rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda. Toshkent va Samarqandda Xitoyning davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yirik quyosh elektr stansiyalari. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish yo‘lida katta qadamlar tashlamoqda. Bunda turli omillar rol o‘ynaydi, lekin eng katta omillardan biri - chet el investitsiyalari, ayniqsa Xitoy sarmoyalari hisoblanadi. Xo‘sh, bu investitsiyalar iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi? Turli iqtisodiy maktablarning bunga qarashlari har xil. Keynesian yondashuv bu jarayonni davlat investitsiyalarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri sifatida ko‘radi, monetarizm esa kapital oqimlari va inflyatsiyani muhim omil deb hisoblaydi. Institutsional yondashuv esa investitsiyalarning iqtisodiy islohotlarga ta’sirini tahlil qiladi. Keling, ushbu nuqtai nazarlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Keynesian iqtisodiy nazariyaga(Keynes,1936,Vahobov,2012) ko‘ra, davlat tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar iqtisodiy faollikni oshirib, bandlik darajasini yuqorilashiga yordam beradi. Xitoyning O‘zbekistonga sarmoya kiritishi ham shu modelga juda mos keladi. Chunki Xitoy investitsiyalarining katta qismi davlat tomonidan yo‘naltirilgan bo‘lib, yirik infratuzilma loyihalari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Angren-Pop temir yo‘li, Toshkent metrosi liniyalarining kengaytirilishi, sanoat korxonalari qurilishi va bularning barchasi Xitoy investitsiyalarining natijalaridir. Ushbu loyihalar yangi ish o‘rinlarini yaratib, mamlakat iqtisodiyotini jonlantirishga yordam beradi. Keynesian iqtisodchilar bunday davlat ishtirokidagi loyihalar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishini ta’kidlaydi. Chunki odamlar daromad orttirsa, ko‘proq pul sarflaydi, natijada ishlab chiqarish yana ham rivojlanadi. SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 89 Xulosa. Xitoy investitsiyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda va bu jarayon turli iqtisodiy maktablar tomonidan har xil baholanadi. Keynesian yondashuvga ko‘ra, bu sarmoyalar iqtisodiy o‘sish va bandlikni oshiradi. Monetarizm nuqtai nazaridan qaraganda, katta kapital oqimi inflyatsiyaga ta’sir qilishi mumkin. Institutsional yondashuv esa investitsiyalarni nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki iqtisodiy institutlarning rivojlanishi bilan bog‘liq deb ko‘radi. Eng muhimi, O‘zbekiston bu investitsiyalardan maksimal foyda olish uchun ularni strategik rejalashtirib, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish bilan uyg‘unlashtirishi kerak. Xitoy bilan hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlashi va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashi mumkin, lekin bu jarayonda ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. O‘zbekiston so‘nggi yillarda iqtisodiy erkinlikni oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, soliqlar va bojxona tartiblarini soddalashtirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy sarmoyadorlarga qulay muhit yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatning Markaziy Osiyodagi strategik joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Xitoy, Rossiya va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyati bilan mintaqaviy transport va logistika markaziga aylanmoqda. Xususan, "Yangi Ipak yo‘li" loyihasi doirasida O‘zbekiston tranzit va savdo imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda davlat tomonidan iqtisodiy islohotlar jadal amalga oshirilmoqda. Bank-moliya tizimining modernizatsiyasi, investitsion qonunchilikni takomillashtirish, erkin iqtisodiy zonalar va texnoparklarning rivojlanishi xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bois, O‘zbekiston yaqin yillarda xalqaro investitsiyalar uchun yanada jozibador bo‘lishi kutilmoqda. SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 90 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Булатов, А.С. Мировая экономика и международные экономические отношения. 2021 2. Vahabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: Darslik. T.: Baktria press, 2015 y. 3. Могзоев А.М., Мировая экономика и международные экономические отношения. 2020. 4. "Economics" – Paul Samuelson & William Nordhaus, 2021. 5. Robert Solow – "A Contribution to the Theory of Economic Growth" (1956) 6. Trevor Swan – "Economic Growth and Capital Accumulation" (1956) 7. Sh. Vahobov, "Iqtisodiyot asoslari" 2014 8. “Pul, kredit va banklar” – M. G‘ulomov,2012 9. https://www.worldbank.org/ext/en/home 10. https://devbusiness.un.org/ 11. https://unctad.org/topic/investment/ 12. https://data.worldbank.org/indicator/