NOQONUNIY MEHNAT MIGRATSIYA HOLATI VA DINAMIKASI
Abstract
Noqonuniy mehnat migratsiyasi bugungi kunda O‘zbekiston va dunyo miqyosida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada noqonuniy mehnat migratsiyasining asosiy sabablar, oqibatlar va ijtimoiy xavflari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar va sotsiologik nazariyalar yordamida qonuniy va noqonuniy migratsiya oqimlari solishtiriladi.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 170 NOQONUNIY MEHNAT MIGRATSIYA HOLATI VA DINAMIKASI Xakimniyazova Mavluda Batır qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti sotsiologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi e.mail: mavludaxaki[email protected] Zaretdinova Nesibeli Kurbanbaevna Ilmiy rahbar: Berdaq nomidagi QDU Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Oila va gender ilmiy-tadqiqot institute mustaqil izlanuvchi e.mail: zaretdi[email protected] Annotatsiya: Noqonuniy mehnat migratsiyasi bugungi kunda O‘zbekiston va dunyo miqyosida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada noqonuniy mehnat migratsiyasining asosiy sabablar, oqibatlar va ijtimoiy xavflari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar va sotsiologik nazariyalar yordamida qonuniy va noqonuniy migratsiya oqimlari solishtiriladi. Kalit so‘zlar: Noqonuniy mehnat migratsiyasi, mamlakatlarida tashqi mehnat migratsiyasi, ekspluatatsiya, ijtimoiy cheklovlar, deportatsiya. Abstract: Illegal labor migration is currently a pressing socio-economic problem in Uzbekistan and globally. This article analyzes the main causes, consequences, and social risks of illegal labor migration. With the help of statistical data and sociological theories, legal and illegal migration flows are compared. Keywords: illegal labor migration, external labor migration in countries, exploitation, social restrictions, deportation.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 171 Аннотация: Нелегальная трудовая миграция сегодня является актуальной социально-экономической проблемой в Узбекистане и во всем мире. В данной статье анализируются основные причины, последствия и социальные риски нелегальной трудовой миграции. С помощью статистических данных и социологических теорий сравниваются легальные и нелегальные миграционные потоки. Ключевые слова: Незаконная трудовая миграция, внешняя трудовая миграция в странах, эксплуатация, социальные ограничения, депортация. KIRISH. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida tashqi mehnat migratsiyasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ishsizlik darajasi, mahalliy mehnat bozoridagi cheklangan imkoniyatlar va aholining ishga bo‘lgan ehtiyoji sababli ko‘plab fuqarolar xorijda ish topishga intiladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sharoitlar, ish bilan bandlik darajasi va daromad farqi sababli fuqarolari orasida migratsiya oqimlariga ega. Mehnat migratsiyasi ijtimoiy jihatdan ham dolzarbdir, chunki u oila iqtisodiyotini mustahkamlash, xorijda ishlayotgan fuqarolar orqali pul yuborish oqimini oshirish, shuningdek, mahorat va kasbiy tajriba almashinuvi imkonini beradi. So‘nggi yillarda qonuniy mehnat migratsiyasi bilan bir qatorda, noqonuniy mehnat migratsiyasi ham sezilarli darajada o‘smoqda. Shu bilan birga, noqonuniy mehnat migratsiyasi xavfi mavjud bo‘lib, u migrantlarning huquqlari buzilishi, ekspluatatsiyaga duchor bo‘lishi, sog‘liq va ijtimoiy xavf bilan yuzlashadi. Shu bilan birga, jamiyat va hududiy iqtisodiyot ham sezilarli ta’sirga ega bo‘ladi. Migratsion maqom bo‘yicha O‘zbekiston ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu tufayli, huquqshunos L. Maksakovaning fikricha, o‘z o‘zidan davlat uchun birlamchi vazifa uyushmagan, tartibsiz va noqonuniy
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 172 migratsiyani boshqarish orqali yetkazilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zararni kamaytirish, inson huquqlarining buzilishini oldini olishga erishish hisoblanadi 1 . Noqonuniy mehnat migratsiyasi O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishda xorijiy davlatga kirish huquqlarini buzishda namoyon bo‘ladi. Noqonuniy mehnat migratsiyasiga uchragan fuqaro majburiy mehnat va har xil tazyiqlar ostida qolib ketishi mumkin, uning huquqlarini himoya qilish darajasi esa juda past bo‘ladi. Huquqiy jihatdan hech qanday asosga ega bo‘lmaydi. Noqonuniy mehnat migratsiyasi natijasida u o‘zi va undan keyin o‘sha davlatga boradigan fuqarolar uchun zarar keltiradi. Noqonuniy mehnat migratsiyasi har doim o‘sha davlatning javobgarligi ostida bo‘ladi ya’ni, noqonuniy kirgan mehnat migranti ma’muriy yoki jinoiy tartibda javobgarlikka tortiladi. Ish beruvchi davlat qonunchiligiga muvofiq, noqonuniy mehnat migranti o‘sha davlatdan deportatsiya qilinadi. ADABIYOTLAR TAHLILI. G.Azamatova va G.Otarbayevalarning 2024yili “Considerations on the problem of illegal migration and human trafficking” 2 ishida noqonuniy migratsiya va inson savdosi masalalarini tahlil qilgan va bugungi kunda noqonuniy migratsiya va odam savdosi ko‘plab mamlakatlarni jiddiy tashvishga solayotgan muammo ekanligi tahlil etilgan. Shuningdek, insonlarning tartibsiz holda noqonuniy tarzda harakatla-nishi noqonuniy migratsiyaning asosiy omili ekanligi yoritilgan. I.S.Jo’ramirzayevning “Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasidagi ayrim muammolar” 3 maqolasida O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasidagi muammolarni tahlil qilgan. U mehnat migratsiyasi jarayonida 1 Максакова Л. Узбекистан в системе международных миграций // Постсоветские трансформации: отражение в миграциях / Под ред. Ж. А. Зайончковской и Г. С. Витковской / М.: ИТ «Адамант», 2009. – С. – 323-349 2 Azamatova G.B., Otarbayeva G.K. – Considerations on the Problem of Illegal Migration and Human Trafficking. Journal «Green Economy Development», 2024. https://yashil-iqtisodiyottaraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/156 3 Jo’ramirzayev I.S. – O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasidagi ayrim muammolar. Journal «World Social Research Journal», 2025. https://journalss.org/index.php/wsrj/article/view/1233
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 173 migrantlarning huquqiy himoyasining yetarli emasligi, ekspluatatsiya xavfi, shuningdek, noqonuniy ishlash holatlarining uchrashi kabi masalalarni muhim deb hisoblaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, rasmiy mehnat migratsiyasi dasturlarini rivojlantirish va migrantlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyatga ega. MUHAKAMA VA NATIJALAR: Mehnat migratsiyasi mamlakatdagi umumiy migratsiya oqimining asosiy omili bo‘lib qolmoqda, chunki O‘zbekiston hukumati xorijda ishlashni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz, muntazam va tartibli mehnat migratsiyasini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga (TMMA) 100 ming nafar ishchi va xorijiy tillarni biladigan malakali kasb egalarini tashkillashtirilgan tashqi mehnat migratsiyasi uchun tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan so‘ng, TMMA 2024-yilda Germaniyada xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda 50,000 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazishini e’lon qildi, jumladan, hamshira, yuk mashinasi haydovchisi, yuk mashinalari va qishloq xo'jaligi texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish, mehmonxona boshqaruvi, restoran, ish, turizm, hunarmandchilik, mexatronika, qurilish va boshqa sohalar 4 . Ushbu tashabbuslar mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish, aholining bandligini oshirish va xorijiy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali kadrlar sonini ko‘paytirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi jarayonining kengayishi fuqarolarning huquqiy himoyasini mustahkamlab, ularning xorijda xavfsiz va barqaror mehnat faoliyatini olib borishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, xorijdan qaytgan ishchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalari mahalliy mehnat 4 O‘zbekiston Respublikasining Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA)
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 174 bozorida raqobatbardoshlikni oshirib, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ham zamin yaratadi. Ammo bu rasmiy statistika xorijda noqonuniy mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning salmoqli sonini hisobga olmaydi. O‘zbekistonning ixtisoslashgan idoralari hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar xorijda doimiy yashab, ishlaydi, ularning 60 foizdan ortig‘i Rossiya Federatsiyasida ishlaydi. Mehnat migratsiyasi dinamikasi nafaqat rasmiy kanallar orqali tashkillashtirilgan ishchi kuchi oqimlarining ortishi bilan, balki so‘nggi yillarda sezilarli darajada kuchayib borayotgan noqonuniy migratsiya hajmi bilan ham tavsiflanadi. O‘zbekistondagi xalqaro noqonuniy migrantlar soniga oid to‘liq rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Biroq 2024-yilning 1-choragida o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar holatlari ular boruvchi asosiy davlatlarning statistik ma’lumotlarida qayd etilgan. MBR (Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqarmasi raisligi) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil boshidan 2024-yilning 4-apreliga qadar Turkiya Respublikasida politsiya tomonidan qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar soni 2 503 nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning 1-choragida qayd etilgan 1 204 kishiga nisbatan ikki baravarga yaqin o‘sishni ko‘rsatadi 5 . Mazkur holat O‘zbekiston fuqarolari orasida noqonuniy migratsiya xavfi hamon yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatadi. Bu esa, bir tomondan, xorijdagi iqtisodiy imkoniyatlarga bo‘lgan talab kuchli ekanini bildirsa, ikkinchi tomondan, migrantlarning yetarli ma’lumotga ega emasligi, rasmiy kanallar orqali chiqmaslikning oqibatlari haqida xabardorligi pastligini anglatadi. Shuningdek, noqonuniy migratsiyaning ortishi fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va sog‘liq bilan bog‘liq xavf-xatarlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, rasmiy immigratsiya yo‘llarini targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish ishlarini 5 Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqarmasi raisligi (MBR). https://en.goc.gov.tr/irregular-migration
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 175 kuchaytirish va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi mexanizmlarini yanada takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiriga kelib Yevropa Ittifoqi davlatlarida noqonuniy tarzda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 3 425 nafarga yetgan. Eng ko‘p noqonuniy migrantlar Germaniya 345 nafar, Latviya 635 nafar va Polsha 485 nafar davlatlarida qayd etilgan 6 . Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston fuqarolari orasida Yevropa davlatlariga bo‘lgan migratsion qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatadi. Biroq noqonuniy tarzda yashash ularga qator huquqiy va ijtimoiy cheklovlar, deportatsiya xavfi hamda mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarining keskin chegaralanishi bilan bog‘liq. Qonuniy asosda migratsiya qilmaslik nafaqat o‘sha shaxsning, balki mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘siga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Janubiy Koreya bo‘yicha KIXning so‘nggi yillik hisobotida mamlakat hududida 2023-yil oxiriga kelib 8 812 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar mavjudligi ko‘rsatilgan 7 . Bu raqam Janubiy Koreya mehnat bozorining o‘zbekistonliklar uchun jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Biroq, noqonuniy maqomda bo‘lish ko‘plab xavf va cheklovlarni keltirib chiqaradi: mehnat shartnomalarining yo‘qligi, past ish haqi, ekspluatatsiya, tibbiy xizmatlardan foydalana olmaslik va deportatsiya xavfi shular jumlasidandir. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati Janubiy Koreya bilan rasmiy mehnat kvotalarini kengaytirish, E-9 vizasi orqali qonuniy mehnat migratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, migrantlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu esa, kelgusida noqonuniy migrantlar sonini kamaytirish va fuqarolarning huquqiy himoyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. 6 Yevropa Ittifoqining Statistika boshqarmasi (Yevrostat) https://ec.europa.eu/eurostat 7 Koreya Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Koreya immigratsiya xizmati (KIX)
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 176 Noqonuniy migratsiyaning eng keskin o‘sishi AQSh yo‘nalishida kuzatilmoqda. AQSh Bojxona va chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktabridan 2024-yil mayigacha bo‘lgan davrda AQSh–Meksika janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringanlar orasida 2 900 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu umumiy 57 200 migrantning 5 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, 2024-yil mart oyida AQShMeksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 74 nafar o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olinib, deportatsiya qilingan 8 . Ushbu raqamlar O‘zbekistonda mehnat migratsiyasining faqat rasmiy yo‘nalishlarini emas, balki noqonuniy migratsiya tendensiyalarini ham ko‘rsatadi. Noqonuniy migratsiyaning oshishi bir necha omillarga bog‘liq: birinchidan, rasmiy migratsiya imkoniyatlarining cheklanganligi va ish haqi farqi; ikkinchidan, boshqa yo‘nalishlardagi qiyinchiliklar migratsiyachilarni xavfli yo‘nalishlarga yo‘naltiradi; uchinchidan, migratsiya jarayonining huquqiy va ijtimoiy risklari ortadi. Natijada, mehnat migratsiyasi dinamikasi rasmiy, tartibga solingan oqimlar bilan bir qatorda, noqonuniy va nazorat qilinmaydigan migratsiya oqimining ortishi orqali murakkablashib bormoqda. Noqonuniy mehnat migratsiyasining asosiy sabablaridan biri — iqtisodiy omillar: past ish haqi, ish o‘rinlarining yetishmasligi va oilani moddiy ta’minlash zarurati. Shuningdek, ijtimoiy omillar, masalan, migratsiya bo‘yicha yetarli ma’lumotning yo‘qligi, xorijiy tarmoqlar orqali ish topish imkoniyatlari va madaniy aloqalardagi kamchiliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda, huquqiy bilimning yetishmasligi yoki emigratsiya agentliklarining noto‘g‘ri ma’lumot berishi migrantlarni noqonuniy yo‘lga yo‘naltiradi. Noqonuniy migratsiyaning oqibatlari ham muhim: migrantlar rasmiy huquqiy himoyadan mahrum bo‘ladi, ish shartlari buziladi, sug‘urta va ijtimoiy kafolatlar 8 AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi https://uz.usembassy.gov/removal-of-uzbekistanis
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 177 yetishmaydi. Shu bilan birga, oilaviy daromad barqarorligi xavf ostida qoladi, va bu ijtimoiy beqarorlik, oilaviy muammolar va yoshlar orasida xavfli migratsiya yo‘llariga murojaat qilish kabi ijtimoiy xavflarga olib keladi. XULOSA. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan statistik ma’lumotlar O‘zbekiston fuqarolari orasida xalqaro migratsiyaga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolayotganini, biroq ko‘pchilikning hanuz rasmiy kanallarni emas, balki noqonuniy yo‘llarni tanlayotganini ko‘rsatadi. Turkiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Janubiy Koreyada qayd etilgan minglab noqonuniy migrantlar sonining o‘sishi ushbu jarayonning ko‘lami va uning chuqur ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ega ekanini tasdiqlaydi. Noqonuniy migratsiya esa mehnatkashlarni huquqiy himoyadan mahrum qiladi, ekspluatatsiya, past ish haqi, sog‘liq va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkonining cheklanishi, shuningdek deportatsiya xavfi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi dasturlarining kengaytirilishi qonuniy migratsiya mexanizmlarining mustahkamlanishi va fuqarolar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ayni paytda o‘z vaqtida va zarur hisoblanadi. Mazkur tizimni yanada takomillashtirish, rasmiy kanallar orqali chiqish imkoniyatlarini ko‘paytirish, malaka va til o‘rgatish dasturlarini kengaytirish kelgusida noqonuniy migratsiya oqimini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilishi mumkin. Demak, samarali migratsiya siyosati nafaqat individual xavfsizlik va farovonlikni ta’minlaydi, balki mamlakatning xalqaro obro‘si va iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 178 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Максакова Л. Узбекистан в системе международных миграций // Постсоветские трансформации: отражение в миграциях / Под ред. Ж. А. Зайончковской и Г. С. Витковской / М.: ИТ «Адамант», 2009. – С. – 323-349 2. Azamatova G.B., Otarbayeva G.K. – Considerations on the Problem of Illegal Migration and Human Trafficking. Journal «Green Economy Development», 2024. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/156 3. Jo’ramirzayev I.S. – O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasidagi ayrim muammola. Journal «World Social Research Journal», 2025. https://journalss.org/index.php/wsrj/article/view/1233 4. O‘zbekiston Respublikasining Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA) 5. Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqarmasi raisligi (MBR). https://en.goc.gov.tr/irregular-migration 6. Yevropa Ittifoqining Statistika boshqarmasi (Yevrostat) https://ec.europa.eu/eurostat 7. Koreya Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Koreya immigratsiya xizmati (KIX) 8. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi https://uz.usembassy.gov/removal-of-uzbekistanis