scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MODALLIK KOMPONENTIGA EGA PAREMIYOLOGIK BIRLIKLARDA EVFONIK VOSITALAR

Saydullayeva Surayyo Serajiddinovna

Abstract

Ushbu maqola modallik komponentiga ega paremiologik birliklarda evfonik vositalarning o‘rni va funksiyasini tahlil qiladi. Modallik paremiya matnlarida nutq yurituvchining munosabatini, qarorini yoki imkoniyatini ifodalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, evfonik vositalar orqali ularning estetik, ritmik va ta’sirchanligi oshiriladi. Tadqiqot davomida turli tillardagi (xususan, o‘zbek va ingliz) maqol va matallardagi modallik birliklari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, evfonik vositalar (ritm, aliteratsiya, asonans, qisman qafiyali tuzilmalar) modallik komponentini yanada sezilarli va esda qolarli qiladi, shuningdek, paremiologik birliklarning ta’limiy va kommunikativ funksiyalarini kuchaytiradi. Ushbu tadqiqot paremiya tadqiqotlari, til didaktikasi va stilistika sohalarida yangi metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 296 MODALLIK KOMPONENTIGA EGA PAREMIYOLOGIK BIRLIKLARDA EVFONIK VOSITALAR Saydullayeva Surayyo Serajiddinovna F.f.f.d.,(PhD)., Dotsent, Navoiy davlat universiyteti, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17810258 Annotatsiya. Ushbu maqola modallik komponentiga ega paremiologik birliklarda evfonik vositalarning o‘rni va funksiyasini tahlil qiladi. Modallik paremiya matnlarida nutq yurituvchining munosabatini, qarorini yoki imkoniyatini ifodalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, evfonik vositalar orqali ularning estetik, ritmik va ta’sirchanligi oshiriladi. Tadqiqot davomida turli tillardagi (xususan, o‘zbek va ingliz) maqol va matallardagi modallik birliklari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, evfonik vositalar (ritm, aliteratsiya, asonans, qisman qafiyali tuzilmalar) modallik komponentini yanada sezilarli va esda qolarli qiladi, shuningdek, paremiologik birliklarning ta’limiy va kommunikativ funksiyalarini kuchaytiradi. Ushbu tadqiqot paremiya tadqiqotlari, til didaktikasi va stilistika sohalarida yangi metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so’zlar: modallik, paremiya, paremiologik birliklar, evfonik vositalar, ritm, aliteratsiya, asonans, lingvistik stilistika, nutq ifodasi, kommunikativ funksiyalar. Аннотация. В статье рассматривается роль и функции эффонических средств в паремиологических единицах, обладающих модальностью. Модальность играет важную роль в выражении отношения, решения или возможности говорящего в тексте пословиц и поговорок, а эффонические средства повышают их эстетическую, ритмическую и выразительную ценность. В исследовании анализировались модальные единицы в пословицах и поговорках на разных языках (в частности, узбекском и английском). Результаты показали, что эффонические средства (ритм, аллитерация, ассонанс, частичная рифмовка) делают модальный компонент более заметным и запоминающимся, а также усиливают образовательные и коммуникативные функции паремиологических единиц. Это исследование может быть полезным при разработке новых методологических подходов в изучении паремиологии, преподавании языка и стилистике. Ключевые слова: модальность, паремия, паремиологические единицы, эффонические средства, ритм, аллитерация, ассонанс, лингвистическая стилистика, речевая экспрессия, коммуникативные функции. Abstract. This article analyzes the role and functions of euphonic means in paremiological units with a modality component. Modality plays a crucial role in expressing the speaker’s attitude, decision, or possibility in proverb texts, while euphonic devices enhance their aesthetic, rhythmic, and expressive impact. The study examined modal units in proverbs and sayings in various languages, particularly Uzbek and English. The results show that euphonic means (rhythm, alliteration, assonance, partial rhyme structures) make the modality component more prominent and memorable, while also enhancing the educational and communicative functions of paremiological units. This research can be useful for developing new methodological approaches in paremiology, language teaching, and stylistics. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 297 Keywords: modality, paremiology, paremiological units, euphonic means, rhythm, alliteration, assonance, linguistic stylistics, speech expression, communicative functions. Kirish. Evfonik vositalar, qofiyalangan ohangdoshliklar — bu ifoda vositalarining muhim turlaridan biri bo‘lib, maqol va matallarni yaxshiroq yodda saqlashga yordam beradi. Ushbu hodisa tadqiq qilinayotgan tillardagi modallik komponentiga ega paremiyologik birliklarda keng tarqalgan. Evfonik vosita (yunoncha euphōnos – “yoqimli eshitiladigan”) 1 — bu nutqning estetik va ohangdorligini oshiradigan fonetik-stilistik usullar bo‘lib, ular matnni eslab qolishni osonlashtiradi va tinglovchiga ta’sirchanroq yetkazishga xizmat qiladi. Bu vositalar ko‘pincha maqol, matal, she’r, nutq san’ati va reklama matnlarida keng qo‘llanadi. Metodologiya va tahlil. Asosiy evfonik vositalar: 1. Alliteratsiya – bir xil yoki o‘xshash undosh tovushlarning takrorlanishi. – Tepada turgan to‘tiqush tosh tegib tushdi. 2. Assonans – bir xil unli tovushlarning takrorlanishi. – Hear the mellow wedding bells. (E.A. Poe) 3. Qofiya – so‘z yoki iboralarning ohangdosh yakunlanishi. – Ko‘p gapirgan ko‘p xato qiladi, Oz gapirgan dono bo‘ladi. 4. Onomatopoeiya (tovush taqlidi) – tovushni bevosita ifodalovchi so‘zlar. – Şırıl şırıl su akar. Evfonik vositalarning asosiy vazifalari nutqqa ohangdorlik va ritm beradi, yodda saqlashni osonlashtiradi, tinglovchi e’tiborini jalb qiladi, emotsional ta’sirni kuchaytiradi. I.A. Tuxvatullina 2 (2018) fikriga asoslanib, evfonik vositalar fonetik paremiyologik markerlar qatoriga kiritiladi. Ushbu ishda aliiteratsiya, assonans, qofiya va onamotopoeiya kabi usbubiy vositalarning ingliz, o‘zbek va turk tillaridagi paremiologik birliklarning modallikda ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Alliteratsiya — bu adabiy usul bo‘lib, unda bir xil yoki o‘xshash undosh tovushlar ketma-ket yoki yaqin joylashgan so‘zlar boshida takrorlanadi. U ohangdorlik, ritm va ta’sirchanlik yaratish uchun ishlatiladi va ko‘pincha maqollar, she’rlar, reklamalar va notiqlik nutqlarida uchraydi. Alliteratsiya evfoniya (yoqimli eshitilish) hosil qilish orqali ta’sirchanlikni oshiradi, shuningdek, maqollarni eslab qolishni osonlashtiradi. Masalan, Ingliz tili maqollarida: "Practice makes perfect." Modallik: Deontik (harakat qilish majburiyati orqali mukammallikka erishish). Alliteratsiya: /p/ tovushi takrorlanadi. Ushbu maqolda doimiy mashq qilish orqali natijaga erishish zarurligi ta'kidlanadi. Undagi /p/ tovushi takrorlanishi esda qolarli va ritmik ohang hosil qiladi. "No pain, no gain." Modallik: Epistemikdeontik (mehnat qilmasdan natija bo‘lmaydi). Alliteratsiya: /n/. Mehnatsiz muvaffaqiyat bo‘lmasligi haqidagi haqiqat ifodalangan. Alliteratsiya orqali urg'u kuchaytirilgan. O‘zbek tili maqollari: "Ko‘p ko‘rgan – dono, oz ko‘rgan – hayron." Modallik: Epistemik. Alliteratsiya: /k/. Tajribali odam dono bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ko‘plik fonetik uyg‘unlik hosil 1 https://izoh.uz/word/evfoniya 2 Тухватуллина, И.А.Изучение паремиологических единиц метонимического характера в отечественной и зарубежной лингвистике / И.А. Тухватуллина // Казанский вестник молодых ученых. Педагогические науки. Актуальные вопросы когнитивной лингвистики. - 2018. - Т. 2, № 4. - С. 139-141 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 298 qiladi. "Yur yur, deb yurakdan ajrama." Modallik: Epistemik-aksiologik. Alliteratsiya: /y/. Niyat va maqsadga sadoqat bildiradi. Alliteratsiya ohangdorlikni kuchaytiradi. Turk tili maqollari: "Dost kara günde belli olur." Modallik: Epistemik. Alliteratsiya: /d/ va /k/. Haqiqiy do‘st og‘ir kunda taniladi. Fonetik uyg‘unlik kuchli. "Komşu komşunun külüne muhtaçtır." Modallik: Deontik. Alliteratsiya: /k/. Qo‘shnichilik qadri ifodalangan. Alliteratsiya orqali esda qolarli va jozibador. Uch tildagi maqollarda modallik komponentlari (epistemik, deontik, aksiologik) boy ifodalangan bo‘lib, alliteratsiya ularning stilistik jilosini oshiradi. Ingliz tilida modallik kuchli leksik takrorlar bilan, o‘zbek tilida xalqona uslub va hayotiy tajriba orqali, turk tilida esa ritm, parallelizm va fonetik uyg‘unlik orqali kuchaytiriladi. Har uch tilda alliteratsiya nafaqat esda qolarli shakl beradi, balki modal ma’nolarni urg‘ulaydi va ularni emotsional jihatdan kuchaytiradi. Assonans — bu adabiy-fonetik usul bo‘lib, unda bir xil yoki o‘xshash unli tovushlar so‘zlar ichida yoki yaqin joylashgan so‘zlar orasida takrorlanadi. Assonans eufoniya (yoqimli eshitilish) yaratadi va matnga melodiklik, ohangdorlik, ritm kiritadi. U she’riyatda, maqollarda, aforizmlarda va nutq uslublarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Ingliz tilida maqollar (Assonans bilan): "No pain, no gain.” Assonans: [oʊ] tovushi ("no" – "go") Modallik: Shartli modal tuzilma → “Agar mehnat qilmasang, natija bo‘lmaydi.” Hayotiy zaruriyatni bildiradi. O‘zbek tilida maqollar (Assonans bilan): "Ko‘p o‘yla, kam ayt." Assonans: [o] va [a] unlilari. Modallik: Deontik – ehtiyot bo‘lish zarurati. Ogohlantiruvchi xususiyatga ega. Turk tilida maqollar (Assonans bilan): "Azıcık aşım, kaygısız başım." Assonans: [ı] unli tovushi. Modallik: Aksiologik — qadriy qadrlash. Kam-tayin bilan qanoat. Assonans barcha tahlil qilingan tillarda stilistik vosita sifatida xizmat qilib, maqollarga ohangdorlik va ifoda kuchi bag‘ishlaydi. Modallik komponenti (zaruriyat, ehtimollik, imkon, taqiq, qadriyat, vaqt, ishonch) bu maqollarda semantik yukni aniqlashtiruvchi va axborotni kuchaytiruvchi rol o‘ynaydi. Ingliz maqollarida assonans ritmik va qisqa shaklda ifodalanib, ko‘pincha idiomatik tusga ega. O‘zbek maqollarida assonans didaktik va tarbiyaviy yo‘nalishda, ijobiy qadriyatlar targ‘iboti bilan uyg‘unlashadi. Turk maqollarida esa assonans aksiologik (qadriyatga asoslangan) va hayotiy tajribalarni ifodalovchi mazmun bilan boyitilgan. Qofiya — bu she’riyatda yoki og‘zaki nutqda so‘zlarning oxiridagi tovush yoki bo‘g‘inlarning bir-biriga ohangdorlik jihatidan o‘xshashligi, ya'ni uyg‘unligi hisoblanadi. Qofiya, asosan, so‘z oxiridagi tovushlar yoki bo‘g‘inlar takrori orqali yaratiladi va matnga musiqiylik, esda qolarli ohang, ritm hamda emotsional ta’sir bag‘ishlaydi. Quyida modallik komponentiga ega va qofiyali paremiyologik birliklar (maqollar) ingliz, o‘zbek va turk tillaridan keltiriladi. Ingliz tilidagi maqollar (qofiyali, modallik komponentiga ega): “No pain, no gain.” Modallik: Shartlilik, zaruriyat – "agar harakat bo‘lmasa, yutuq ham bo‘lmaydi". Qofiya: pain/gain – ohangdorlik beradi. Motivatsion xarakterda, didaktik yo‘nalish. O‘xshashlik: Turk va o‘zbek tillaridagi ishlash va mehnat haqidagi maqollar bilan uyg‘un. O‘zbek tilidagi maqollar (qofiyali, modallik komponentiga ega): “Mehnat qilgan – rohat topar. Modallik: Zaruriyat – mehnat bo‘lmasa, natija ham bo‘lmaydi. Qofiya: qil–top tovush ritmikasi. Tarbiyaviy, qadriyatga asoslangan. Turk tilidagi maqollar (qofiyali, modallik komponentiga ega). “Azıcık aşım, kaygısız başım”. Modallik: Qoniqish – yetarli bo‘lsa, tinchlik bo‘ladi. Qofiya: aşım/başım. Minimalizm va barqarorlik qadriyatlari. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 299 Modallik komponentiga ega paremiyologik birliklarda qofiyaning stilistik roli juda muhimdir. Ingliz, o‘zbek va turk tillarida maqollarda qofiyadan keng foydalanilishi bu birliklarning musiqaviyligini, ta’sirchanligini va esda qolarli xususiyatini oshiradi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha o‘zbek maqollarida qofiya ko‘pincha xalq didaktikasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda hikmatli fikrlar ohangdorlik orqali mustahkamlanadi, ingliz maqollarida qofiya qisqa va aniq iboralar orqali aforizm xarakterini kuchaytiradi, bu esa ularni ommaviy nutqda keng tarqalishiga yordam beradi, turk maqollarida esa qofiya xalq og‘zaki ijodining estetik vositasi sifatida faol qo‘llanilib, mazmunni ta’sirliroq yetkazishga xizmat qiladi. Onomatopoeiya (tovush taqlidi) — bu so‘zlarning tovush tarkibi orqali tabiiy tovushlarni yoki harakatlar ta’sirini eslatadigan holatda tuzilishi. Boshqacha aytganda, bu lingvistik hodisa orqali tilda atrof-muhitdagi tovushlar (hayvonlar, tabiat hodisalari, mexanik tovushlar) fonetik tarzda aks ettiriladi. Masalan: ingliz tilida buzz, clang, o‘zbek tilida shovqin, qars, turk tilida vız, pat kabi so‘zlar tovushlarni ifodalaydi. Ingliz tili maqollari: "Empty vessels make the most noise." Onomatopoeiya: noise (tovush/ovoz). Modallik: Epistemik – haqiqatga asoslangan baho. Bo‘sh odamlar ko‘p gapiradi degan fikr ifodalanadi. “Noise” orqali tovush taqlidi modallikni kuchaytiradi. O‘zbek tili maqollari: "Shovqin ko‘p joyda ish oz.” Onomatopoeiya: Shovqin. Modallik: Epistemik – kuzatuvga asoslangan xulosa. Tovush ko‘pligi ish sifati bilan to‘g‘ri bog‘liq emas. Turk tili maqollari: "Vız gelir tırıs gider." Onomatopoeiya: Vız (shovqin, mayda ovoz). Modallik: Epistemik – befarqlik bildiradi. Ta’siri bo‘lmagan gaplar “vız” orqali kulgili tus olgan. Xulosa. Har uch tilning maqollarida onomatopoeiya yordamida modallik yanada ta’sirchan ifodalanadi. Tovush taqlidi orqali baho, ehtimollik, ogohlantirish yoki majburiyat kuchaytiriladi. Ingliz tilida tovush effektlari qisqa va semantik jihatdan kuchli bo‘lsa, O‘zbek tilida tabiiylik va kontekstga bog‘langan estetik ta’sir kuchli, Turk tilida esa tovushli so‘zlar xalqona ruhda, tez-tez qo‘llaniladi va ohangdorlikka urg‘u kuchliroq. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://izoh.uz/word/evfoniya 2. Тухватуллина, И.А.Изучение паремиологических единиц метонимического характера в отечественной и зарубежной лингвистике / И.А. Тухватуллина // Казанский вестник молодых ученых. Педагогические науки. Актуальные вопросы когнитивной лингвистики. - 2018. - Т. 2, № 4. - С. 139-141 3. Богданова-Бегларян, Н. В. Конструкция (...) скажем (...) в повседневной русской речи (материалы к словарю дискурсивных единиц) / Н. В. Богданова-Бегларян // Вестник Калмыцкого института гуманитарных исследований РАН. № 2. - Республика Калмыкия : ФГБУ науки КИГИ РАН, 2012.-С. 153 – 157 4. Боровых, Е. А. Антонимическая парадигма в русских и английских паремиях:структурно—семантический и культурологический аспекты : дис. ... канд. филол. наук / Е. А. Боровых. - Челябинск, 2007. - 238 с. 5. Быганова, Е. А. Прагмалингвистический аспект категории социального статуса в немецкоязычном тексте : дисс. ... канд. филол. наук / Е. А. Быганова. - Москва, 2010. - 150 с.