scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIY ASARNING MOHIYATI VA QAHRAMON OBRAZI TUSHUNCHASI (VOLFGANG BORXERT IJODI MISOLIDA)

Tursunova Shahnoza Ikromovna

Abstract

Maqolada badiiy asarning mohiyati, uning ichki semantik qatlamlari hamda qahramon obrazining psixopoetik shakllanishi Volfgang Borxert ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini “Trümmerliteratur” (“Vayronalar davri adabiyoti”) estetik konsepsiyasi, fenomenologik yondashuv hamda matn kategoriyalari nazariyasi tashkil etadi. Volfgang Borxert asarlarida urushdan keyingi inson ruhiyati, ichki monolog, subtekst va pauza orqali ochiladi; “Das Brot” (“Non”) hikoyasi misolida obraz yaratishning lingvopoetik mexanizmlari o‘rganiladi. Maqola psixopoetika, adabiy tipologiya va tarjima poetikasi nuqtai nazaridan ham baholanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 323 BADIY ASARNING MOHIYATI VA QAHRAMON OBRAZI TUSHUNCHASI (VOLFGANG BORXERT IJODI MISOLIDA) Tursunova Shahnoza Ikromovna tayanch doktorant, Navoiy davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17810491 Annotatsiya: Maqolada badiiy asarning mohiyati, uning ichki semantik qatlamlari hamda qahramon obrazining psixopoetik shakllanishi Volfgang Borxert ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini “Trümmerliteratur” (“Vayronalar davri adabiyoti”) estetik konsepsiyasi, fenomenologik yondashuv hamda matn kategoriyalari nazariyasi tashkil etadi. Volfgang Borxert asarlarida urushdan keyingi inson ruhiyati, ichki monolog, subtekst va pauza orqali ochiladi; “Das Brot” (“Non”) hikoyasi misolida obraz yaratishning lingvopoetik mexanizmlari o‘rganiladi. Maqola psixopoetika, adabiy tipologiya va tarjima poetikasi nuqtai nazaridan ham baholanadi. Kalit so‘zlar: badiiy mohiyat, qahramon obrazi, psixopoetika, ichki monolog, subtekst, Trümmerliteratur, Volfgang Borxert. Abstract: The article explores the essence of a literary work and the psychopoetic construction of the character image through the example of Wolfgang Borchert’s prose. The study is based on the theoretical frameworks of Trümmerliteratur aesthetics, phenomenological interpretation, and textual category analysis. Borchert’s prose, characterized by minimalism and inner silence, reveals the post-war human condition through inner monologue, subtext, and pause. The short story “Das Brot” serves as a model for linguistic and psychological expressiveness within the framework of psychopoetics and translation poetics. Keywords: literary essence, character image, psychopoetics, inner monologue, subtext, Trümmerliteratur, Wolfgang Borchert. Kirish Adabiyotshunoslik tarixida “badiiy asarning mohiyati” degan tushuncha turli davrlarda estetik, falsafiy va semiotik jihatdan turlicha talqin etilgan. Aristotelning mimesis konsepsiyasidan tortib, R. Ingardening “badiiy asar — potensial mavjudlik” haqidagi fenomenologik nazariyasigacha bo‘lgan yo‘l bitta haqiqatni tasdiqlaydi: badiiy asar — inson ruhiyati va tafakkurining badiiy shaklidir. Shu jihatdan, asarning mohiyatini ochishda qahramon obrazining o‘rni markaziy hisoblanadi, chunki qahramon — bu badiiy olamning estetik o‘qi, u orqali yozuvchi hayotni, insonni va zamon ruhini talqin etadi. XX asr nemis adabiyoti tarixida Volfgang Borxert (1921–1947) fenomeni aynan shu nuqtai nazardan alohida ahamiyatga ega. Uning qisqa, ammo favqulodda intensiv asarlari “Trümmerliteratur” (“Vayronalar davri adabiyoti”) oqimining eng sof namunasi sifatida insoniyatning urushdan keyingi ekzistensial holatini badiiy idrok etadi. Badiiy asarning mohiyatini aniqlashda ikki yondashuv bir-birini to‘ldiradi: 1. Fenomenologik yondashuv (E. Husserl, R. Ingarden, M. Dufrenne) asarni idrok etish jarayonidagi sub’ektiv-estetik tajribani asosiy obyekt deb biladi; 2. Psixopoetik yondashuv (Виноградов, Арнольд, Freeman) esa badiiy obrazni inson ruhiyatining lingvistik ekvivalenti sifatida talqin etadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 324 Volfgang Borxert asarlari ana shu ikki qutbda — ruhiy jarohat va estetik sukut orasida quriladi. Yozuvchi “so‘zning kamayishi” orqali insoniy mavjudlikning tub mohiyatini ochadi. Uning “Das Brot” (“Non”) hikoyasida oddiy maishiy vaziyat — erning tunda non yegani va ayolning jim kuzatuvi — butun insoniy mavjudlikning psixologik metaforasiga aylanadi. Bu yerda pauza, subtekst va ichki monologlar orqali badiiy sukut yaratiladi — bu sukut aslida ruhiy qichqiriqdir, ammo u tilda emas, jimlikda ifodalanadi. Volfgang Borxert obrazlari an’anaviy qahramonlardan farqli ravishda tashqi harakat emas, ichki harakat orqali ochiladi. Ular o‘z ruhiyatidagi og‘riqni so‘z bilan emas, pauza va to‘xtalishlar bilan ifoda etadi. Bu jihatdan yozuvchi psixopoetik minimalizm uslubining kashshofi hisoblanadi. M. Merkish (2019) “matn kategoriyalari” yondashuvi asosida “Das Brot” (“Non”) hikoyasini tahlil qilib, undagi koheziya (mazmuniy uzviylik), deiksis (nuqtai nazar markazi), tematik birlik va modalitet kategoriyalarining o‘zaro uyg‘unligi Volfgang Borxert poetikasining lingvistik asosini tashkil etishini ko‘rsatadi. Ayolning “Ich habe nichts gehört” (“Men hech narsa eshitmadim”) jumlasi — butun asarning semantik markazidir. Bu gapda so‘z orqali ifoda etilmagan, ammo sezdirilgan kechirim mujassam. Shu tariqa, subtekst obraz yaratishning asosiy semantik vositasiga aylanadi. Volfgang Borxertning har bir qahramoni ruhiy iztirobning semantik izi sifatida mavjud: ular harakat qilmaydi — ichida yashaydi. Bunday obrazlar o‘quvchidan ham faol psixopoetik ishtirokni talab etadi. Trümmerliteratur (“Vayronalar davri adabiyoti”) oqimi 1945 yildan keyin shakllangan bo‘lib, u nafaqat urush xarobalarini, balki insoniy qadriyatlarning parchalanishini ham aks ettiradi. Bu adabiyotda “qahramon” — g‘oyaviy ideal emas, insoniy zaiflikning badiiy ifodasidir. Volfgang Borxertning poetikasida so‘zning iqtisod qilinishi, sintaktik qisqaligi, har bir detaldagi ramziy zichlik o‘z davrining axloqiy traumasini ko‘rsatadi. “Das Brot”da oddiy non — hayot, vijdon va mehr ramzidir. Shu bilan birga, yozuvchi bu obraz orqali ontologik ochlikni — ya’ni insoniy iliqlik yetishmovchiligini ham ifodalaydi. Bu holatni V. Komissarov va M. Baker nazariyalaridagi “semantik ekvivalentlik” va “kommunikativ uzviylik” tushunchalari orqali ham izohlash mumkin: badiiy obraz so‘zdan tashqari kommunikatsiya — jimlik, imo, pauza orqali o‘quvchi bilan muloqotga kirishadi. Volfgang Borxertning asarlarini tarjima qilishda asosiy qiyinchilik — uning subtekstual ma’nolarini boshqa tilga to‘liq o‘tkazishdir. E. Nida (1964) ning “dinamik ekvivalentlik” nazariyasi asosida qaralganda, “Das Brot”dagi jimlik, pauza va ko‘rinar-ko‘rinmas hissiyotlarni tarjimada saqlab qolish uchun semantik emas, psixopoetik ekvivalentlik zarur. Masalan, “Er nahm das Messer leise.” (“U pichoqni sekin oldi.”) — bu sintaktik jihatdan oddiy gap, ammo semantik jihatdan butun his-tuyg‘u dunyosini mujassamlashtiradi. Tarjima jarayonida ana shu “leise” (“sekin”) so‘zining ritmik, fonetik va emotsional og‘irligini yo‘qotmaslik tarjimonning mahoratini belgilaydi. Demak, Volfgang Borxert obrazlarini tarjima qilish nafaqat lingvistik, balki eksistensial interpretatsiya talab etadi. Badiiy asarning markazida turgan qahramon obrazi ushbu ruhiyestetik jarayonning bosh manbai hisoblanadi. Qahramon - asarda tasvirlangan voqea ishtirokchisi bo‘lishi bilan birga, muallifning dunyoqarashi va axloqiy pozitsiyasini tashuvchi aksiologik figura hamdir; o‘quvchi aynan qahramonning ichki olamiga kirar ekan, murakkab va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 325 ziddiyatli ruhiy qatlamlarni idrok etadi. 1 M. Baqoyeva qayd etganidek, qahramon obrazi o‘quvchida muayyan munosabatni shakllantiradi va shu yo‘sinda adibning estetik konsepsiyasini unga yetkazadi. 2 L.S. Vygotskiy nazariyasida esa badiiy obrazning “yuragi” — inson qalbidagi ziddiyat va uyg‘unlik bo‘lib, qahramonning ichki kechinmalarisiz obraz butunligi yuzaga chiqmaydi. Ta’kidlash lozimki, L.S.Vigotskiyning nazariyasi psixik rivojlanishni madaniytarixiy jarayonlar bilan bog‘lovchi nuqtai-nazar bo‘lib, u insonning yuqori aqliy funksiyalari (fikrlash, nutq, diqqat) nafaqat biologik moyillik, balki madaniy va ijtimoiy omillar tomonidan shakllantirilishini ta’kidlaydi. Ya’ni insonning aqliy rivojlanishi ikki o‘lchovga ega: biologik va ijtimoiy-madaniy. Ijtimoiy muhit, ayniqsa jamiyatdagi boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sir, yuqori aqliy funktsiyalarni rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynaydi 3 . Demak, badiiy matn o‘quvchiga faqat faktik mazmun emas, balki ma’naviy-estetik tajriba orttirishga ham ko‘maklashadi; u ko‘p qatlamli va emotsional yuklamaga egadir. Bu konstruksiyaning markazida turgan qahramonning ichki qarama-qarshiliklari, ruhiy holati va kechinmalari o‘quvchi uchun baholash mezoni vazifasini bajaradi. Xususan, urush va fojiaviy sinovlar bilan bog‘liq asarlarda qahramon ruhiyatini aniqlik va ishonarlilik bilan ifodalash matnning estetik qiymatini belgilaydi 4 . Tarjima jarayonida eng nozik qatlam aynan shu - qahramonning ichki monologi, subteksti va emotsional holatini anglash hamda uni boshqa tilga mutanosib ravishda o’girishdir. İkki til orasidagi lingvistik farqlar bilan birga, ikki jamiyatda ustuvor bo’lgan madaniy-mental tafovutlar ham ushbu qatlamni yo‘qotish yoki buzish xavfini keskin oshiradi. Shu bois keyingi bo‘limlarda qahramon ruhiyatini yetkazish mezonlari ekvivalentlik (E. A. Nida) 5 , kommunikativ/semantik muvozanat (P. A. Newmark) 6 va domestikatsiya/chetlashtirish strategiyalari (L. Venuti) 7 kontekstida yoritiladi. Badiiy asarning tuzilmaviy komponentlari qatorida syujet, kompozitsiya, zamon-makon (xronotop), personajlararo muomala, shuningdek psixologik holatlar alohida ahamiyatga ega 8 . Personajning fe’l-atvori va ichki dunyosi asarning emotsional zichligini belgilaydi: “syujet geometriyasi” qanchalik puxta bo‘lmasin, agar qahramonning ruhiy qatlamlari ochilmasa, matnning estetik ta’siri pasaya boradi. Tarjima amaliyotida, ayniqsa, ichki monolog, pauza/sukut va subtekstni adekvat uzatish tarjimondan psixologik tahlil va original asar va tarjima etiluvchi til materialiga moslashuv uchun tegishli mahorat va uslubiy ko‘nikmalarini talab qiladi 9 . II Jahon urushidan keyingi nemis adabiyotining yorqin vakili Volfgang Borxert yaratgan asarlar (qisqa hikoya va drama) ana shu jihatdan diqqatga sazovor bo‘lib, minimalizm va psixologik intensivlikni tarjimada qayta tiklash zaruratini kun tartibiga olib chiqadi. (2-bobga qarang) 10 . 1 Бахтин М.М. Собр. соч.: в 7 т. М.: Русские словари. - Языки славянских культур, 2002. Т. 6: «Проблемы поэтики Достоевского» (1963). Работы 1960-х –1970-х гг. 800 с. 2 Baqoyeva M.Q. Badiiy tarjima va tarjimashunosligimizning bugungi muammolari. «Adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va komparavistika» maqolalar to‘plami. - Buxoro, 2019. - B. 3-5. 3 Выготский Л. С. Психология искусства. - Ростов нa Дону: Феникс, 1998. -480 с. 4 Выготский Л. С. Психология искусства. - Ростов нa Дону: Феникс, 1998. -27 с. 5 Nida E.A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating. - Leiden: Brill, 1964. - P. 112 6 Newmark P. A Textbook of Translation. - New York: Prentice Hall, 1988. - P. 130–135 7 Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. - London; New York: Routledge, 1995. - P. 65. 8 Гинзбург Л. О психологической прозе. -Л.: Советский писатель, 1971. -464 с. 9 Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). - Москва: Высшая школа, 1990. - 253 с. 10 Haase C. Die deutschsprachige Kurzgeschichte nach 1945. - München: Fink Verlag, 1983. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 326 Badiiy asar - o‘quvchini ruhiy-estetik tajribaga jalb etuvchi ko‘p qatlamli matn tizimi; uning markaziy unsuri bo‘lgan qahramon esa muallifning badiiy-falsafiy konsepsiyasini tashuvchi shaxs sifatida o‘quvchi bilan “ichki muloqot”ni ta’minlaydi. Shuning uchun qahramon ruhiyatini talqin qilish nazariy (psixopoetika) va amaliy (tarjima) darajalarda aniq mezonlar asosida tahlil etilishi lozim. Qahramon - badiiy matnning aksiologik markazi: u syujet harakatini oldinga suradi, muallifning g‘oyaviy-estetik konsepsiyasini mujassamlashtiradi va o‘quvchi bilan “ichki muloqot”ni ta’minlaydi. Odatda qahramonning ichki dunyosi, kechinmalari va ziddiyatlari o‘quvchida hamdardlik yoki murosasiz munosabat uyg‘otadi; shuning uchun obrazning psixologik qatlami asarning emotsional zichligini belgilaydi. 11 M. Baqoyeva bu vazifani shunday umumlashtirib ifodalaydi: qahramon obrazi o‘quvchida muayyan munosabatni shakllantirar ekan, adibning dunyoqarashini aniq estetik ramkalarda yetkazadi. 12 Xulosa Volfgang Borxert ijodi badiiy asarning mohiyati va qahramon obrazining estetik shakllanishini o‘zida mujassamlashtirgan noyob fenomen hisoblanadi. Uning asarlarida qahramon obrazining asosiy semantik o‘qi — jimlikdagi ma’no, so‘zdagi sukut, ichki og‘riqdagi go‘zallikdir. Badiiy asarning mohiyati Volgang Borxertda inson ruhining o‘z-o‘zini anglash jarayonida ochiladi. Shu jihatdan uning ijodi zamonaviy adabiyotshunoslikdagi psixopoetik tahlil, matn kategoriyalari yondashuvi va tarjima poetikasi uchun boy ilmiy material bo‘lib xizmat qiladi. Volfgang Borxertning “Das Brot” hikoyasi — bu oddiy hayotiy lavha emas, balki insoniy kechirim, vijdon va sevgi timsolining lingvopoetik modeli. Yozuvchi urush xarobalarida insoniyatni tiklashning yagona yo‘li sifatida mehrni, jimlikni va so‘z ortidagi insoniylikni ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Merkish, T. (2019). Textkategorien und Kurzgeschichte am Beispiel von Wolfgang Borcherts “Das Brot”. Hamburg: Lit Verlag. 2. Ingarden, R. (1965). Das literarische Kunstwerk. Tübingen: Niemeyer. 3. Виноградов В.В. О языке художественной литературы. М.: Наука, 1980. 4. Арнольд И.В. Стилистика современного английского языка. М.: Просвещение, 1990. 5. Freeman, M. (2002). Cognitive Poetics and Literary Analysis. London: Routledge. 6. Nida, E. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: Brill. 7. Komissarov, V.N. (2001). Современное переводоведение. М.: ЭТС. 8. Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge. 9. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent: Universitet, 2006. 11 Виноградов В.В. Поэтика русской литератури. – М.: Наука, 1976. – С. 484. 12 Baqoeva M.K., Ochilov N.S. XX asr adabiyotida “Dadaizm”. “Adabiyotshunoslik va badiiy tarjima muammolari” maqolalar to‘plami. Buxoro-2011. –B. 3-6.