NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEMALARNING FARQLANISH XUSUSIYATLARI
Abstract
Frazemalarni tadqiq etishda parafraz, valentlik va izomorfizm kabi til hodisalari frazeologik birliklarning asosiy tushunchalarini aniqlash va asoslash uchun muhim nazariy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, metafra va frazemalar o‘rtasidagi farq hamda ularning tegishli izohlari muhim tahliliy komponent sifatida ko‘rib chiqiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 347 NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA FRAZEMALARNING FARQLANISH XUSUSIYATLARI Xalilova Zilola Farmonovna Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17810835 Annotatsiya. Frazemalarni tadqiq etishda parafraz, valentlik va izomorfizm kabi til hodisalari frazeologik birliklarning asosiy tushunchalarini aniqlash va asoslash uchun muhim nazariy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, metafra va frazemalar o‘rtasidagi farq hamda ularning tegishli izohlari muhim tahliliy komponent sifatida ko‘rib chiqiladi. Абстрактный. В исследовании фразеологических единиц такие языковые явления, как парафраз, валентность и изоморфизм, служат важными теоретическими основами для определения и обоснования ключевых понятий, лежащих в основе фразеологических выражений. Кроме того, различие между метафразом и фраземами, а также их соответствующие объяснения рассматриваются как значимый аналитический компонент Ключевые слова: фразема, валентность, национализм, метафора, изоморфема, идеома, адаптивность. Annotation: In the study of phraseological units, such linguistic phenomena as paraphrase, valency, and isomorphism serve as essential theoretical foundations for defining and substantiating the core concepts underlying phraseological expressions. Additionally, the distinction between metaphra and phrasemes, along with their respective explanations, is taken into account as an important analytical component. Keywords: phraseme, valence, nationalism, metaphor, isomorpheme, ideome, adaptability. Kirish Har qanday tilning leksik boyligi nafaqat so‘zlarning o‘zidan, balki turli idiomatik birikmalar — frazemalardan ham iboratdir. Frazemalar tilda tayyor holda qo‘llanadigan, ko‘pincha ko‘chma ma’noni ifodalovchi, barqaror birliklar bo‘lib, ular tildagi obrazlilikni, milliy mentalitetni va madaniyatni aks ettiradi. Nemis va o‘zbek tillarida frazemalar o‘xshash funksiyani bajargan bo‘lsa-da, ularning tuzilishi, semantikasi va qo‘llanishidagi ayrim farqlar ikki tilning tuzilish xususiyatlaridan va madaniy omillaridan kelib chiqadi. Ushbu maqolada nemis tilidagi frazemalarning o‘zbek tilidagi frazemalardan farqlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Frazemalarning strukturaviy farqlari Nemis tilidagi frazemalar ko‘pincha grammatik jihatdan qat’iy tuzilgan bo‘lib, ayniqsa fe’l + predlog konstruksiyasi asosida shakllanadi. Masalan, auf dem Holzweg sein (“adashmoq”) yoki ins Wasser fallen (“bekor bo‘lmoq”) kabi birikmalar komponentlarining tartibini o‘zgartirish yoki ularni sinonimlari bilan almashtirish deyarli mumkin emas. Bundan tashqari, nemis tiliga xos bo‘lgan ajraladigan fe’llar ham ko‘plab frazemalar tarkibida muhim rol o‘ynaydi, masalan jemanden an der Nase herumführen (“kimnidir aldab yurmoq”).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 348 O‘zbek tilida esa frazemalarning strukturasi nisbatan erkinroq bo‘lib, ular ko‘pincha ot + fe’l yoki sifat + ot shaklida tashkil topadi: “ko‘ngli qora”, “tilini tishlamoq”, “ko‘zini ochmoq” kabi. Bunday iboralarda grammatik moslashuvchanlik yuqoriroq bo‘lib, qo‘shimchalar qo‘shilishi yoki ba’zi o‘zgarishlar ma’noga zarar yetkazmaydi. Bu holat o‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi bilan izohlanadi. Semantik va idiomatiklik darajasidagi farqlar Nemis tilidagi frazemalar ko‘pincha yuqori darajadagi idiomatiklikka ega bo‘lib, ularning ma’nosi tarkibiy qismlarining literal ma’nosidan kelib chiqmaydi. Masalan, Tomaten auf den Augen haben (“atrofni ko‘rmayotgandek bo‘lish”) frazemasini faqat so‘zma-so‘z tarjima qilgan holda anglab bo‘lmaydi. Bunday birikmalarda o‘xshatish, metafora, izomorf, prafraza va tarixiy asoslar kuchli rol o‘ynaydi.[1] O‘zbek tilidagi frazemalarda ham ko‘chma ma’nolilik mavjud, biroq ko‘plab iboralarda metafora nisbatan ravshanroq bo‘ladi. Masalan, “yuragi hovuchida” (juda qo‘rqmoq) yoki “og‘zi qulog‘ida” (juda xursand) kabi iboralar obraz jihatdan aniq va oson talqin qilinadi. Bu tilning milliy obrazlilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lib, frazemalar xalq og‘zaki ijodidagi tasviriy elementlar bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Emotsional holatni ifodalovchi frazemalar Nemis tilida 1. die Nase voll haben – biror narsadan charchamoq, to‘yib ketmoq 2. Hals über Kopf – shoshma-shosharlik bilan 3. im siebten Himmel sein – juda baxtli bo‘lmoq O‘zbek tilida 1. joniga tegmoq – charchamoq, to‘yib ketmoq 2. shoshilib qolmoq / boshini yo‘qotmoq – shoshma-shosharlik 3. ko‘zi quvnab ketmoq – juda xursand bo‘lmoq Tahlil: Nemis tilidagi frazemalarda abstrakt tasvirlar ustun bo‘lsa, o‘zbek tilida ko‘proq antropomorf yoki sezgi haqidagi tasvirlar uchraydi (ko‘z, jon, bosh). 2. Aql-idrok, fikrlash bilan bog‘liq frazemalar Nemis tilida 1. auf dem Schlauch stehen – vaziyatni tushunmay qolmoq 2. nicht alle Tassen im Schrank haben – tentak bo‘lmoq 3. etwas aus dem Ärmel schütteln – bir ishni oson bajarib qo‘ymoq O‘zbek tilida 1. bosh qotirmoq – tushunishga qiynalmoq 2. aqli kalta / aqli yetmas – tentak yoki tushunmaydigan odam 3. qo‘l qovushtirmay ishlamoq – ishni mohirlik bilan bajarish 3. Munosabat, xulq-atvorni ifodalovchi frazemalar Nemis tilida 1. zwei Gesichter haben – ikki yuzlamachi bo‘lmoq 2. jemandem die kalte Schulter zeigen – mensimay muomala qilmoq 3. etwas auf die leichte Schulter nehmen – ishni yengil qabul qilmoq O‘zbek tilida 1. ikki yuzli – riyokor 2. burnini ko‘tarmoq – mensimaslik 3. ko‘zbo‘yamachilik qilmoq – ishga jiddiy yondashmaslik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 349 Tahlil: Nemis tilidagi Schulter (yelkaga oid) metaforasi juda faol. O‘zbek tilida esa yuz, burun, ko‘z kabi qismlar ko‘proq ishlatiladi. 4. Qiyinchilik yoki muvaffaqiyatni ifodalovchi frazemalar Nemis tilida 1. den Gürtel enger schnallen – tejamkor bo‘lish, qiyinchilikni his qilish 2. die Kurve kriegen – vaziyatni nazoratga olmoq 3. das Kind beim Schopf packen – imkoniyatdan foydalanmoq O‘zbek tilida 1. qiyinchilikni boshidan kechirmoq / qiyin vaziyatga tushmoq 2. vaziyatni qo‘lga olmoq 3. paytdan foydalanmoq / imkon qo‘ldan boy bermaslik Tahlil: Nemis frazemalarida predmetli metaforalar ko‘p, o‘zbek tilida esa abstrakt tushunchalar bilan bog‘liq tasvirlar faolroq. 5. Harakat va jismoniy holatga oid frazemalar Nemis tilida 1. auf der faulen Haut liegen – dangasalarcha yotib olish 2. um den heißen Brei herumreden – gapni cho’zmoq 3. die Beine in die Hand nehmen – juda tez yugurmoq O‘zbek tilida 1. dangasa bo‘lmoq / yotib olish 2. gapni aylantirib gapirmoq 3. oyoq-qo‘liga tezlik berib yugurmoq Tahlil: Nemis tilida ovqat, tana, kundalik buyumlar obrazlari ko‘p; o‘zbek tilida esa harakatga oid tasvirlar bir oz ko‘proq realistik. 6. Muomala va jamiyatga oid frazemalar Nemis tilida 1. unter vier Augen sprechen – faqat ikki kishi o‘rtasida gaplashmoq 2. ins Fettnäpfchen treten – noqulay vaziyatga tushib qolmoq 3. jemandem die Stirn bieten – kimningdir qarshisida dadillik ko‘rsatmoq O‘zbek tilida 1. yuzma-yuz gaplashmoq 2. noqulay ahvolga tushmoq / xijolat bo‘lmoq 3. ko‘ziga tik qaramoq Madaniy va milliy xususiyatlar ta’siri Har ikki til frazemalari milliy mentalitetni aks ettiradi, biroq nemis tilidagi frazemalarda Yevropa madaniyati, tarixiy jarayonlar va kundalik hayotga oid realiyalar ko‘proq uchraydi. Masalan, Das ist nicht mein Bier (“bu mening ishim emas”) iborasi pivo madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, nemis jamiyatining kundalik hayotidan kelib chiqqan. O‘zbek frazemalarida esa sharqona tasavvurlar, tabiat manzaralari, xalqona qiyoslar va diniy-madaniy qadriyatlar faol namoyon bo‘ladi. “Boshinga ko‘tarib yurmoq” yoki “ko‘ngli tog‘dek” kabi iboralar xalqning hayot tarzi va dunyoqarashidan dalolat beradi. Variantlilik va uslubiy moslashuvchanlik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 350 Nemis tilida frazemalar odatda qat’iy shaklga ega bo‘lib, variativlik darajasi past. Ularning shaklini o‘zgartirish yoki boshqa so‘z bilan almashtirish ko‘pincha noto‘g‘ri yoki stilistik nosoz hisoblanadi. Har qanday nazriya faktlarga, voqelikdagi hodislrga murojaat qiladi.[2] O‘zbek tilida esa sinonimik variantlar ko‘p uchraydi: “dumini qisib qochmoq”, “tovonini ko‘rsatmoq”, “yo‘lga tushib qolmoq” kabi iboralar bir mazmun doirasida har xil kontekstlarda qo‘llanishi mumkin. Bu holat o‘zbek tilining boy og‘zaki ijod an’analari va fleksibil stilistik tabiatidan dalolat beradi. Xulosa Nemis va o‘zbek tillarida frazemalar har ikkisi ham tilning obrazliligi va milliy madaniyatini aks ettiruvchi muhim birliklar bo‘lsa-da, ularning shakllanishi va qo‘llanishida muhim farqlar mavjud. Nemis tilidagi frazemalar grammatik jihatdan qat’iy, semantik jihatdan esa ko‘proq idiomatik bo‘lsa, o‘zbek tilidagi frazemalar struktura va qo‘llanishda moslashuvchan, metaforik ma’nosi esa ko‘proq ochiq va sezilarli. Bu farqlar ikki tilning grammatik tizimi, tarixiy taraqqiyoti va madaniy kontekstidagi o‘ziga xosliklar bilan bevosita bog‘liq. Bu misollar nemis va o‘zbek frazemalaridagi metaforik asos, grammatik tuzilma, madaniy tasvirlar, hamda kontekstual qo‘llanishning sezilarli farqlarini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Harald Burger, Phraseologie Grundlagen der Germanistik-36, ., neu bearbeitete Auflage, Erich Schmidt Verlag, 2015. 2. Shahriyor Safarov, Pragmalingvistika, “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi“, 2008.