scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA BOLALAR FOLKLORI MATNLARINING O'RGANILISHI

Zaynutdinova Dilfuza Shamsidinovna

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida bolalar folklori matnlarini o‘rganish yo‘nalishlari, tarixiy taraqqiyot bosqichlari, janriy tarkibi, lingvopoetik xususiyatlari, fonetik-ritmik qurilishi, leksik-semantik tabiatining tadqiqi, pragmatik hamda diskursiv yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilinadi. Bolalar folklori matnlarining tilni o‘rgatish, nutqni rivojlantirish, madaniy kodlarni yetkazish, ijtimoiy tajribani shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asoslanadi. Zamonaviy lingvistika, ya’ni kognitiv, psixolingvistik, madaniy lingvistika, diskursiv tahlil, til poetikasi kabi metodlar yordamida mazkur matnlarning ilmiy tadqiqi istiqbollari yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 386 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA BOLALAR FOLKLORI MATNLARINING O‘RGANILISHI Zaynutdinova Dilfuza Shamsidinovna Navoiy davlat universiteti 1-kurs doktoranti. Navoiy innovatsiyalar universiteti , Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17811095 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida bolalar folklori matnlarini o‘rganish yo‘nalishlari, tarixiy taraqqiyot bosqichlari, janriy tarkibi, lingvopoetik xususiyatlari, fonetik-ritmik qurilishi, leksik-semantik tabiatining tadqiqi, pragmatik hamda diskursiv yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilinadi. Bolalar folklori matnlarining tilni o‘rgatish, nutqni rivojlantirish, madaniy kodlarni yetkazish, ijtimoiy tajribani shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asoslanadi. Zamonaviy lingvistika, ya’ni kognitiv, psixolingvistik, madaniy lingvistika, diskursiv tahlil, til poetikasi kabi metodlar yordamida mazkur matnlarning ilmiy tadqiqi istiqbollari yoritiladi. Kalit so‘zlar: bolalar folklori, o‘zbek tilshunosligi, poetika, ritm, semantika, nutq rivoji, fonetika, sanama, tez aytish, folklor diskursi. Аннотация. В данной статье всесторонне анализируются направления изучения текстов детского фольклора в узбекском языкознании, этапы их исторического развития, жанровая структура, лингвопоэтические особенности, фонетикоритмическая организация, лексико-семантическая природа, а также прагматические и дискурсивные подходы. Научно обоснована роль текстов детского фольклора в обучении языку, развитии речи, передаче культурных кодов и формировании социального опыта. Перспективы научного исследования данных текстов рассматриваются с использованием методов современной лингвистики, таких как когнитивная, психолингвистическая, культурная лингвистика, дискурсивный анализ и поэтика языка. Ключевые слова: детский фольклор, узбекское языкознание, поэтика, ритм, семантика, речевое развитие, фонетика, считалка, скороговорка, фольклорный дискурс. Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the study of children’s folklore texts in Uzbek linguistics, including their historical development, genre classification, linguopoetic features, phonetic-rhythmic structure, and lexical-semantic characteristics, as well as pragmatic and discursive approaches. The role of children’s folklore texts in language acquisition, speech development, transmission of cultural codes, and formation of social experience is scientifically substantiated. The prospects for further research are outlined using modern linguistic methodologies such as cognitive linguistics, psycholinguistics, cultural linguistics, discourse analysis, and linguistic poetics. Keywords: children’s folklore, Uzbek linguistics, poetics, rhythm, semantics, speech development, phonetics, counting rhyme, tongue twister, folklore discourse. Bolalar folklori o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi qatlamlaridan biri bo‘lib, u bolalarning dunyo haqidagi tasavvurlarini shakllantiruvchi, nutqiy kompetensiyasini rivojlantiruvchi, estetik didini tarbiyalovchi hamda milliy madaniyat elementlarini singdiruvchi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 387 o‘ziga xos matnlar majmuasidan iboratdir. Bolalarga mo‘ljallangan ushbu folklor janrlari – alla, sanama, tez aytish, o‘yin qo‘shiqlari, topishmoq, aytimlar, erkalama, ovutmachoq, ertaklar nafaqat badiiy matn sifatida, balki til, madaniyat, dunyoqarash shakllanishida faol vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida bolalar folklori matnlari uzoq yillar davomida folklorshunoslik doirasida ko‘proq adabiy-estetik, etnografik va tarbiyaviy aspektlarda o‘rganilgan bo‘lsa-da, lingvistik tahlilning mustaqil yo‘nalish sifatidagi shakllanishi XX asr oxiri va XXI asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bolalar folklorida tilning eng tabiiy, eng jonli holati bo‘lib, unda xalqning fonetik normasi, ritmga bo‘lgan ehtiyoji, sintaksisning tabiiy namunasi, obrazlilikning sodda shakllari aks ettirilgan. Oʻzbek tilshunosligida bolalar folklori matnlarining lisoniy xususiyatlari, psixolingvistik, sotsiopsixolingvistik, pragmalingvistik jihatlari N.Sayidiraximova, M.Qurbonovalar tomonidan monografik tarzda tadqiq etilgan 1 . Shuningdek, til-shunosligimizda badiiy matndagi bolaning leksik zahiralari M.Sodiqova kitobida 2 , oʻzbek bolalar yosh davrlarining psixologik jihatlari E.Gʻoziyev darsligida 3 , bolalar folklori matnlarida bolalikning oʻrni, har qanday bolada shaxs ulgʻayishi A.Ulugʻov maqolasida 4 , badiiy bilingvizm muammolarining ifodalanish masalasi M.S.Ismailov tadqiqotlarida 5 , bolalar folklori matnlarida fonetik, leksik, grammatik til birliklarining oʻzlashtirilish imkoniyatlarini aniqlash, bolalar folklori matnlari lingvokulturologik hamda genderologik jihatdan O.Umarxoʻjayeva, G.Iskandarovalarning ilmiy izlanishlarida 6 , bolaning xarakter-xususiyatini ochib berishda kulgining ahamiyati R.Toʻlaboyeva maqolasida 7 yoritib berilgan. A.Obidjon hikoyalarining lingvopoetik imkoniyatlari O.N.Abobakirova tomonidan tadqiq etilgan 8 . N.Mahmudov tomonidan boshlangʻich sinf oʻquv-chilari uchun “Soʻz sandiqchasi: Oʻzbek tilining izohli lugʻatchasi” nomli lugʻatning yaratilishi ham bolalarning 1 Sayidiraximova N. Maktabgacha yoshdagi o‘zbek bolalar nutqining lingvistik xususiyatlari: Filol. fan. nomz. … diss. – Toshkent, 2004. – 126 b.; Qurbonova M. O‘zbek bolalar nutqi leksikasining sotsiopsixolingvistik tadqiqi: Filol. fan. nomz. … diss. – Toshkent, 2009. – 154 b.; Qurbonova M. O‘zbek bolalar nutqining pragmatik xususiyatlari: Filol. fan. d-ri (DSc) … diss. – Toshkent, 2018. – 240 b.; Qurbonova M. O‘zbek bolalar nutqining pragmalingvistik aspekti. – Toshkent: Аdabiyot uchqunlari, 2018. – 160 b. 2 Sodiqova M. O‘zi ham shirin, so‘zi ham. – Toshkent: Yosh Gvardiya, 1972. – 40 b. 3 G‘oziyev E. Psixologiya (yosh davrlari psixologiyasi). – Toshkent: O‘qituvchi, 1994. – 224 b. 4 Ulug‘ov А. Har bolada shaxs ulg‘ayadi // Hurriyat. – Toshkent, 1998. – № 24 (76). – B. 1. 5 Исмаилов М.С. Грамматические способы выражения пространственных отношений при двуязычии (на материале узбекско-русского раннего двуязычия): Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Москва, 1988. – 23 с. 6 Umarxo‘jayeva O. Bolalar nutqining baʼzi fonetik xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1997. – № 5. – B. 52–53.; Iskandarova G. Bolalarga xos kinematika // Filologiya yangi yuz yillikda: fanning tugun va yechimlari // ToshDShI ilmiy ishlar to‘plami. – Toshkent, 2003. – B. 181–182.; Iskandarova G. Bola nutqiy faoliyatida ijtimoiy muhitning ahamiyati // O‘zbek tilshunosligi masalalari: Ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent, O‘zMU, 2003. – B. 86–87.; Iskandarova G. Bolalar nutqiga oid baʼzi mulohazalar // O‘zbek filologiyasiga oid tadqiqotlar: Ilmiy-amaliy anjuman materiallari – Toshkent: O‘zMU, 2009. – B. 19–23.; Iskandarova G. Bolaning nutqiy faoliyati kechikishi sabablari va uni bartaraf etishga doir mulohazalar // O‘zbek filologiyasining dolzarb muammolari II. – Toshkent, 2013. – B. 203–207.; Iskandarova G. Bolalar muloqot xulqining gender va lingvokulturologik xususiyatlari // O‘zMU xabarlari. – Toshkent: Universitet, 2015. – № 12. – B. 200–203.; Iskandarova G. Bolalar nutqida kinetik belgilarning kommunikativ funksiyasi // Tilshunoslikning dolzarb masalalari / Ilmiy maqolalar to‘plami VII. – Toshkent: O‘zMU, 2015. – B. 281–284.; Искандарова Г. Речевое поведение в гендерном аспекте на примере детской речи // Илм сарчашмалари. – Урганч, 2016. – № 4. – Б. 59–62. 7 To‘laboyeva R. Bolalar xarakterini tasvirlashda kulgining o‘rni // http://www.sharqyulduzi.uz/shyu/2011/2011 -5 /rt.html 8 Abobakirova O.N. Anvar Obidjon hikoyalaridagi badiiy xususiyatlar (“Odobli bo‘lish osonmi?” hikoyasi misolida) // Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016). VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601. – P. 525–529. // http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 388 lingvistik bilimini hamda nutq boyligini oʻstirish uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi 9 . O‘zbek bolalar folklori matnlarida qahramon, badiiy til va uslub masalalari ijodkor mahorati nuqtayi nazaridan turli darajada o‘rganilganini ham kuzatish mumkin 10 . Z.Sh.Ashurova zamonaviy o‘zbek bolalar she’riyatining lingvopoetik imkoniyatlarini tadqiq etib, shoirlar Anvar Obidjon, Olqor Damin, Dilshod Rajab asarlari tilini lingvopoetik tahlil qilish negizida har uchala ijodkor uslubiy manerasi, so‘z qo‘llash mahorati, bolalar folklori matnlariga qo‘shgan hissasi, matnda konnotativ vazifadoshlikni bajarayotgan til komponentlarini aniqlagan 11 . Mustaqillik davri o‘zbek bolalar she’riyati lingvo-poetikasiga e’tibor kuchayib, bu borada D.A.Sobirovaning tadqiqoti ham muhim ahamiyatga ega 12 . Chunonchi, o‘zbek bolalar folklori haqidagi ilk qaydlar rus sharqshunoslari, jadid adiblari hamda maorif vakillari tomonidan yig‘ilgan. Bu davrda asosiy e’tibor:  matnlarni yozib olish,  janrlar bo‘yicha tasniflash,  bolalarning tarbiyaviy hayotidagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan. Lingvistik tahlil deyarli mavjud bo‘lmagan. 1960–1980-yillarda bolalar folklori bo‘yicha janr tasnifi, poetik struktura, tarbiyaviy vazifa o‘rganilgan bo‘lsa-da, lingvistika bu matnlarni asosan adabiy tilga yaqinlashtirish vazifasida turdi. XXI asrdan boshlab tilshunoslar bolalar folklorini:  fonetik tizimi,  leksik qatlam,  ritmik struktura,  sintaksis,  semantika,  diskursiv tuzilma kabi jihatlar orqali o‘rgana boshladilar. Psixolingvistika, kognitiv lingvistika, madaniy lingvistika kabi yo‘nalishlarning rivojlanishi folklor matnlarini ham yangi ilmiy asosda tahlil qilish imkonini berdi. Bolalar folklorining o‘ziga xos janrlari mavjud bo‘lib, ular lingvistik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi:  Alla – fonetik ohangdorliga asoslangan, ritmik so‘z takrorlari ko‘p. 9 Mahmudov N. So‘z sandiqchasi: Oʻzbek tilining izohli lug‘atchasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2016. – 216 b. 10 Ирисходжаева С. Специфические особенности узбекской детской поэзии: Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ташкент, 1974. – 21 с.; Эгамов Х. Язык и стиль узбекских детских поэм: Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ташкент, 1974. – 25 с.; Адылова З. Юмор и сатира в узбекской детской поэзии (60–70 годы): Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ташкент: 1984. – 22 с.; Азимов И.У. Мастерство создания художественного образа в современной узбекской детской поэзии: Автореф. дисс. канд. филол. наук. – Ташкент, 1986. – 23 с.; Rajabov D. 80-yillar o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahoratning ayrim masalalari: Filol. fan. nomz. ... diss. avtoref. – Toshkent, 1995. – 29 b.; Jamilova B. O‘zbek bolalar publitsistikasi va uning rivojlanish tamoyillari: Filol. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent, 2004. – 23 b.; Ashurov B. T.Adashboyev she’rlari poetikasi: Filol. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2008. – 156 b.; To‘rayeva D. Qudrat Hikmatning badiiy mahorati: Filol. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2017. – 53 b.; To‘xtayeva N. Istiqlol davri o‘zbek bolalar she’riyatining yetakchi xususiyatlari: Filol. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) … diss. avtoref. – Toshkent, 2019. – 56 b.; Mamatalimov Z. Anvar Obidjon she’riyatining badiiy-ma’rifiy xususiyatlari: Filol. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) … diss. avtoref. – Toshkent, 2021. – 56 b. 11 Ashurova Z.Sh. Zamonaviy bolalar poeziyasining lingvopoetik tadqiqi: Filol. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) … diss. avtoref. – Qoʻqon, 2022. – 24 b. 12 Sobirova D.А. Mustaqillik davri o‘zbek bolalar sheʼriyati lingvopoetikasi: Filol. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) … diss. avtoref. – Аndijon, 2022. – 24 b. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 389  Sanamalar – ritmik va fonetik o‘yin asosidagi matnlar.  Tez aytishlar – artikulyatsiyani rivojlantiruvchi fonetik komplekslar.  O‘yin qo‘shiqlari – kommunikativ-situativ matnlar.  Ertaklar – narrativ diskursning bolalarcha soddalashtirilgan shakli.  Topishmoqlar – metafora, analogiya, mantiqiy struktura.  Erkalama va ovutmachoq – emotsional leksika markazida bo‘ladi. Bu janrlarning til tizimi, ritm, obrazlilik, sintaksis, semantika bo‘yicha farqlanishi ularni lingvistik jihatdan tahlil qilishni talab qiladi. Fonetik tahlil bolalar folklorida eng muhim aspektdir. Chunki bu matnlar:  tovush takroriga boy,  ritmga qurilgan,  ohangdorlikni saqlovchi. Sanama, tez aytish, aytimlarda undosh va unli tovushlarning takroriy qo‘llanishi ritmik jarangdorlikni yaratadi: “Chittak, chittak, chutaklar chirqillaydi.” Ko‘plab matnlarda:  yur-yur,  kel-kel,  tep-tepa kabi takrorlar fonetik soddalik yaratadi. Alla va aytimlarda ohang asosiy rol o‘ynaydi. Unda fonetik uzunlik, yumshoq undoshlar, rezonansli unli tovushlar ustun bo‘ladi. Bolalar folklori lug‘ati soddaligi bilan birga, semantik jihatdan chuqur va hissiyotga boy. Bolajon, qushcha, oyijon, quyoncha, qo‘g‘irchoqcha kabi shakllar:  mehr,  yaqinlik,  emotsional ishonch bildiradi. Bolalar dunyoqarashi tabiat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun folklor matnlarida quyidagilar ko‘p uchraydi: quyosh, oy, yomg‘ir, shamol, qushlar, gul, daraxt. Shirin, yoqimli, oppoq, yumshoq, shodon, kulgili kabi so‘zlar bolalar hissiy holatiga mos keladi. Bolalar folklori sintaksisi o‘ziga xos: “Keldi ayiq.”; “Qani, yur!” O‘yin matnlarida eng ko‘p qo‘llaniladi: “Kelinglar!”; “Aytinglar!” Ritm hosil qiluvchi parallel qurilmalar: “U yurdi, u topdi, u kuldi.” Bolalar folklori nafaqat matn, balki kommunikativ akt, ijtimoiylashuv vositasi, nutq rivoji uchun mexanizm sifatida ham ahamiyatga ega. Alla → mehr, osoyishtalik. O‘yin qo‘shiqlari → jamoaviylik. Topishmoqlar → mantiqiy tafakkur. Sanamalar bolalarda navbat kutish, o‘yin qoidalarini tushunish ko‘nikmasini shakllantiradi. Tez aytishlar artikulyatsiya apparatini rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilshunosligida bolalar folklori matnlarining o‘rganilishi mustaqillik yillaridan boshlab sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Fonetik, leksik, grammatik va pragmatik jihatlardan o‘rganilgan bu matnlar:  bolalar nutqini rivojlantiradi, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 390  milliy madaniyatni yetkazadi,  kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantiradi,  til poetikasining asosiy manbalaridan biri sanaladi. Bolalar folklori matnlarini lingvistik jihatdan chuqur tahlil qilish o‘zbek tilshunosligi uchun nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ham ega bo‘lib, kelgusida keng tadqiqotlar talab qiladigan istiqbolli yo‘nalishdir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullayev, B. O‘zbek bolalar folklori. – Toshkent: Fan, 1992. 2. Jo‘rayev, A. O‘zbek folklorining janr tizimi. – Toshkent: Akademnashr, 2001. 3. Mirzayev, T. Folklorshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. 4. Qosimova, M. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Fan, 2002. 5. Sodiqova, N. O‘zbek bolalar folklori va uning poetik xususiyatlari. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2018. 6. Yo‘ldosheva, Z. Bolalar nutqini rivojlantirishda folklor matnlarining roli. – Namangan: NamDU nashriyoti, 2020. 7. Rasulov, R. Til poetikasi va folklor matnlari. – Buxoro: BuxDU, 2017. 8. Sobirova, G. O‘zbek xalq ertaklarining til xususiyatlari. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2015. 9. Karimova, S. Nutq madaniyati va bolalar til rivoji. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019. 10. Tursunov, K. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Akademnashr, 2009.