scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

POYTAXT HAVOSINI YAXSHILASH YO'LIDA OLIB BORILAYOTGAN SA'Y-HARAKATLAR

Bobonazarova, Aziza Farhod qizi; Yormatova, D.Y.

Abstract

Siz ushbu maqolani o‘qish davomida hozirgi kunda respublikamiz, xususan, Toshkent shahar hududidagi ekologik muammoga aylanib borayotgan tabiiy changlanish bilan kurashish va havoning ifloslanishini oldini olishga qaratilgan islohotlardan xabardor bo‘lasiz.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 141 DOI: https://10.5281/zenodo.17811287 POYTAXT HAVOSINI YAXSHILASH YO‘LIDA OLIB BORILAYOTGAN SA’Y-HARAKATLAR Bobonazarova Aziza Farhod qizi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: D.Y.Yormatova qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor ANNOTATSIYA Siz ushbu maqolani o‘qish davomida hozirgi kunda respublikamiz, xususan, Toshkent shahar hududidagi ekologik muammoga aylanib borayotgan tabiiy changlanish bilan kurashish va havoning ifloslanishini oldini olishga qaratilgan islohotlardan xabardor bo‘lasiz. Kalit so‘zlar: ekologiya, tabiiy changlanish, atrof-muhit muhofazasi, atmosfera. KIRISH So‘nggi yillarda poytaxtimizda kuzatilayotgan ekologik o‘zgarishlar — transport tizimini optimallashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni kamaytirish va havo holatini ekologik jihatdan yaxshilashga xizmat qilmoqda. Ammo ekologik muammolar to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Shu bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. ASOSIY QISM O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi atmosfera havosi muhofazasini kuchaytirish va iqlim o‘zgarishiga bog‘liq xavflarni kamaytirish borasida bir qancha yangiliklarni ommaga taqdim etdi. Xususan, vazirlik Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olish va iqlim o‘zgarishining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etgan. Ammo Toshkent shahri respublikaning bosh shahri bo‘lgani uchun uning istiqbolli rejasida 2030-yilgacha hududi 41 800 gektardan va yashovchi aholi soni 3 mln kishidan oshishi ko‘zda tutilgan. Shahar o‘z hududiga ko‘ra 7 ta sanoat zonasiga Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 142 bo‘lingan bo‘lib, asosan temir yo‘li yoqasi bo‘ylab joylashgan: shimoli-g‘arbda — Shimoliy sanoat zonasi, shimoli-sharqda — sanoat zonalari joylashgan. Toshkent shahrining magistral yo‘llari va ko‘chalari 3720 ga hududda shaharni aylanma qilib o‘rab olingan bo‘lib, umumiy maydonning 11,2% ini tashkil qiladi. Shahar ko‘chalari mayda-chuyda qurilishlar bilan to‘lib-toshgan va ko‘chadan havoni ifloslantirishga sharoit yaratilgan. Bunday ishlar ko‘chani toraytirishga, shovqinni va gazlarni ko‘paytirishga, mashinalarning tiqilib harakat qilishiga olib kelmoqda. Shahar ko‘chalaridagi ekologik holat ham shuni ko‘rsatadiki, ko‘chalardagi magistral yo‘llar va yo‘llarning oxiriga yetkazilmagan, to‘liq struktura yo‘q, transport vositalarining harakati ham reja asosida emas. Mana shu omillar shahar ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuk tashish transport vositalari shaharga yaqin magistrallardan harakatlanadi, katta mashinalar atmosferaga zararli gazlarni keragidan ortiq miqdorda tashlaydi. Magistralga yaqin hududlarda uy-joy komplekslari joylashgan. Shahar ko‘chalarida transportlarning harakatini to‘g‘ri joylashtirmaslik ko‘plab noqulay holatlarga olib keladi. Bundan tashqari, tumanlar va viloyatlar bilan o‘zaro aloqaga ham salbiy ta’sir qiladi. Yana bir muhim masala — katta shaharlarda aeroportlarning bo‘lishi katta hududni talab qiladi va ko‘proq transport oqimini vujudga keltiradi, chunki aeroportlar kecha-kunduz ishlaydi, yo‘lovchilar va transport oqimi harakati tinimsiz bo‘ladi. Bu ham o‘z navbatida shahar ekologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, aeroportlar shovqinni keltirib chiqaruvchi bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ularni imkon qadar shahardan uzoqqa joylashtirish kerak. Shahar territoriyasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari yetarli emas, ular aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi kam hisoblanadi. Yashil o‘simliklar, daraxtlar va butalarning kamligi o‘z navbatida atmosferada zararli gazlar miqdorining oshishiga olib keladi. Respublikaning barcha shaharlarida yashil o‘simliklarni, baland o‘sadigan daraxtlarni — chinor, eman, zarang, kashtan kabi o‘simliklarni ko‘paytirish lozim. Bu daraxtlar shaharni changlardan tozalaydi, chunki ularning yirik barglari changlarni ushlab qoladi va bu daraxtlar ma’lum ma’noda fitonsidlar ham hisoblanadi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi va farmonga muvofiq, 2026-yil 1-martga qadar Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu maqsadda maxsus komissiya tuzilganligi, atrof-muhitni muhofaza qilishning shaxsan Davlat rahbari nazoratiga o‘tgani ekologiya sohasidagi muhim voqelikka aylandi. Komissiya qaroriga ko‘ra olib borilayotgan harakatlar: Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 143 — Poytaxtda yuk tashuvchi transport vositalari harakatini cheklash, avtotransport vositalarining davlat raqamiga mos ravishda toq va juft sanalarda harakatlanishini cheklash; — Atmosfera havosiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish; — Qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov qo‘yish, qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa ekologik talablarni joriy etish. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olish maqsadida o‘zgarishlar. Toshkent ko‘chalari va yashil hududlarda chang ifloslanishini kamaytirish maqsadida suv sepuvchi maxsus mashinalar ishga tushirilib, yo‘l qoplamalari va daraxtlar sug‘orilib, shahar havo sifati yaxshilanmoqda. Bundan tashqari, poytaxtdagi barcha favvoralar ishga tushirilib, eski favvoralar ham tiklanib, sun’iy suv obyektlari yordamida suv bug‘i orqali changni bostirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Muammoni bartaraf etish maqsadida suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Toshkentda qurg‘oqchilik sababli tabiiy changlanish oqibatida iqlim o‘zgarishi yuzaga kelmoqda. Toshkent Observatoriyasining ma’lum qilishicha, bu yil so‘nggi 170 yil ichida eng qurg‘oqchil ikkinchi yil sifatida qayd etilgan. XULOSA Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan sa’yharakatlar ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Havo sifatini sezilarli darajada yaxshilash uchun davlat idoralari va aholi o‘zaro hamkorlikda harakat qilishlari nafaqat bugungi, balki kelajak avlod uchun ham sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bugungi kunda Toshkentda yashaydigan har bir inson o‘zida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi, ya’ni daraxtlarni ekish va parvarishlash, suv va tuproqlarni toza holda asrash, chiqindilarni kerakli joyga tashlash va qayta ishlashga e’tibor berishi lozim. Shunda ular o‘zlari yashaydigan hududda ekologik toza va sog‘lom muhitni yaratgan bo‘ladilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5623-son farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoni. 3. Yormatova D. Ekologiya. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 144 4. Yormatova D., Xamzayev A. Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza. Toshkent: Fan va texnologiya, 2025. 5. Yormatova D., Xushvaqtova X.S., Moldaxanov B. Ekologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2025. 6. Xushvaqtova X.S. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish. Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.