Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 190 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17811514 YOSHLAR NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI Gulnoza Atajanova Turon universiteti lingvistika fakuliteti magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada yoshlar nutqini rivojlantirish jarayonida psixolingvistik tadqiqotlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Psixolingvistikaning bugungi kun yoshlarida nutqni shakllanishi va rivojlanishidagi biologik va ijtimoiy omillarni o‘rganishdagi roli hamda ularning nutqiy faoliyatini shakllantirishdagi zamonaviy yondashuvlari yoritib berilgan. Xalqaro tajribalarga asoslanib, yoshlar nutqini rivojlantirishda lingvistik va psixologik usullarning o‘zaro uyg‘unligi ta’kidlangan. Hamda yoshlar nutqini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida psixolingvistik yondashuvning o‘rni, uning asosiy tamoyillari hamda ta’lim jarayonida qo‘llanish imkoniyatlari yoritiladi. Yoshlarning tilni o‘zlashtirishi, nutqiy faoliyatining rivojlanishi va kommunikativ kompetensiyaning shakllanishi psixologik, lingvistik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq bo‘lgani sababli psixolingvistika bu jarayonni chuqur tahlil qilishga imkon beradi. Kalit so‘zlar: Psixolingvistika, Psixologiya, tadqiqot, til, tarjriba, nutq, jarayon, ta’lim. Kirish: Yoshlar nutqini rivojlantirish masalasi zamonaviy tilshunoslik va psixologiya fanlarining kesishgan nuqtasida turgan dolzarb ilmiy yo‘nalishdir. Nutq insonning fikrlash jarayonini aks ettiruvchi asosiy kommunikativ mexanizmdir. Uning shakllanishi esa nafaqat lingvistik, balki psixologik va ijtimoiy omillar ta’siri ostida
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 191 kechadi. Psixolingvistika aynan shu integratsiyani o‘rganib, yoshlar nutqining rivojlanish qonuniyatlarini chuqur ilmiy tahlil qilishga imkon beradi.[1] Psixolingvistika - bu psixologik jarayonlar va tildan foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan fan bo‘limi bo‘lib, bolalarning til rivojlanishini tushunish uchun muhim tushunchalar beradi. Bolalarda tilni o‘zlashtirish jarayoni biologik, kognitiv va atrof-muhit omillarining murakkab o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot bolalarning tilni qanday o‘rganishini tushunishda psixolingvistikaning rolini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ular tildan oldingi bosqichdan boshlab, bolalar tovushlar va til naqshlarini taniy boshlaydilar, ular yanada murakkab jumlalarni tuza boshlaydilar. Ushbu rivojlanishda xotira, e’tibor va muammolarni hal qilish qobiliyatlari kabi kognitiv omillar muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqotda tanqidiy davr gipotezasi va til o‘rganishdagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirning roli kabi tanqidiy nazariyalar ham muhokama qilinadi. Psixolingvistik yondashuv orqali ota-onalar va o‘qituvchilar bolalarning til rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun yanada samarali strategiyalarni amalga oshirishlari mumkin, ayniqsa ularning til qobiliyatlarini boyitgan ta’lim muhitida. Nutq-insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi eng asosiy ijtimoiy faoliyat shaklidir. U muloqot vositasi sifatida nafaqat axborot almashinuvida, balki shaxsning o‘zini anglashida, uning ijtimoiylashuvi va jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Nutqning shakllanishi va rivojlanishi bolalik davrida intensiv ravishda kechadi. Bu jarayon faqat biologik rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lmay, balki atrof-muhit, oila, ta’lim muhitidagi kommunikativ faoliyat orqali ham shakllanadi. Aynan shu nuqtai nazardan, zamonaviy psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mexanizmlarni, bu jarayonni psixologik va lingvistik jihatdan chuqur o‘rganishni nazarda tutadi.[2] Bugungi globallashuv sharoitida yoshlar nutqini rivojlantirish ta’limning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Nutq nafaqat tilni bilish ko‘rsatkichidir, balki fikrlash, muomala madaniyati, ijtimoiy moslashuvchanlik va shaxsiy o‘sishning asosiy komponenti hisoblanadi. Yoshlar nutqining shakllanish jarayonida psixologik
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 192 jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur, emotsiya) hamda lingvistik birliklarning qo‘llanishi o‘zaro uyg‘unlikda kechadi. [3] Mana shunday nuqtada psixolingvistika yoshlar nutqiy rivojlanishini chuqur va kompleks o‘rganishga imkon beruvchi muhim fan sifatida namoyon bo‘ladi. Psixolingvistikaning mazmuni va yoshlar nutqi bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz. Psixolingvistika tilning inson ongida shakllanishi, nutqning idrok qilinishi, ishlab chiqarilishi va uzatilish jarayonlarini o‘rganuvchi fan. Yoshlar nutqini rivojlantirish jarayonida psixolingvistika: 1-jadval Psixolingvistika ta’lim jarayonida qo‘llanilganda yoshlarning muloqot ko‘nikmalarini yanada samarali rivojlantirish mumkin bo‘ladi. Psixolingvistika nutqning shakllanishi, qayta ishlanishi va qabul qilinishini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalish bo‘lib, unda idrok va tushunish jarayonlari, xotira va assotsiatsiya tizimi, fikrlashning verbal modeli, emotsional holatning nutqqa ta’siri, tilning psixik jarayonlardagi roli kabi masalalar muhim o‘rin tutadi. [4] Yoshlar nutqi bu jarayonlarning eng faol va dinamik kechadigan bosqichidir. Shuning uchun psixolingvistik yondashuv yoshlar nutqini rivojlantirish jarayonida alohida ahamiyatga ega. Xozirgi kunda yoshlar nutqni rivoshlanishda bir qancha psixologik omillarni ko‘rishimiz mukin hususan: Yoshlar nutqini rivojlantirish jarayonida psixolingvistika nutqiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini yoshga xos tafakkur xususiyatlarini emotsional va psixologik holatning nutqqa ta’sirini aniqlashga xizmat qiladi. tilni o‘zlas htirish mexanizm larini
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 193 Yuqorida nutqni rivojnalishidagi omillarni ko‘rib chiqdik, lekin nutqni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi psixolingvistik muammolar ham bor, bu muammolarni aniqlasha va ular ustida ishlash juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sleng va internet tilining kuchli ta’siri-Bu hodisa ba’zan adabiy nutqning sustlashuviga, grammatik me’yorlarning buzilishiga olib keladi. Emotsional barqarorlikning pastligi-Hissiy holat nutqning sifati va aniqligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Diqqatning tarqoqligi-Raqamli muhit yoshlarning diqqat bo‘linuvchanligiga olib keladi, bu esa mazmunli nutq qurishni qiyinlashtiradi. Psixolingvistika bunday muammolarni aniqlash va bartaraf etish yo‘llarini taklif qiladi. Yoshlar nutqini rivojlantirishda psixolingvistik yondashuvlarga to‘xtalar ekanmiz. Bu metodlar asosida yoshlar nutqdagi muammolarni psixolingvistik yondashuvlar asosida yechimlar beramiz. [5] 2-jadval Nutq ishlab chiqarish va idrok modellaridan foydalanish Motiv va maqsadning shakllanishi Bu jarayonlarni anglash ta’limda nutqni bosqichma-bosqich rivojlantirish imkonini beradi. Mazmunni rejalashtirish Til vositalarini tanlash Grammatik tuzilmani yaratish Talaffuz qilish yoki yozish Tilni o‘zlashtirishning tabiiy taqlid qilish, Bu psixolingvistik mexanizmlarni hisobga kontekst asosida o‘rganish, Kognetiv jarayonlar • Xotira — so‘z boyligi va grammatik konstruktsiyalarni eslab qolish. • Idrok — tovushlarni farqlash, matn mazmunini anglash. • Tafakkur — mantiqiy bog‘lanishlarni hosil qilish, fikrni bayon etish. • Diqqat — nutqni rejalashtirish va muloqot jarayonida boshqarish. Emotsianal xolat • kayfiyat, o'ziga ishonch, Stress yoshlar nutqining ravonligigga, ifodaliligiga va to'griligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi . ijtimoiy muxit • Oila, do‘stlar, maktab, internet muhiti yoshlarning nutq tajribasini boyitib, nutq madaniyatini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 194 mexanizmlaridan foydalanish faol muloqot orqali tajriba orttirish mexanizmlari orqali nutqni rivojlantiradi. olish o‘quv metodlarini samaraliroq qiladi. Motivatsiyani oshirish texnikalari interfaol metodlar, Yoshlar nutqi faolligi ko‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq rolli o‘yinlar, mediamatnlar, jamoaviy muloqot texnikalari psixolingvistika asosida ishlab chiqilgan eng samarali usullar sirasiga kiradi. Psixolingvistika yoshlar nutqiy rivojlanish jarayonini kompleks ravishda o‘rganuvchi fan sifatida shaxsning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu yo‘nalish yoshlarning nutqiy, tafakkuriy va emotsional jarayonlarini bir butun tizim sifatida tahlil qilib, ta’lim jarayonida ilmiy asoslangan yondashuvlarni qo‘llashga imkon beradi. Shunday qilib, yoshlar nutqini rivojlantirishda psixolingvistika nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim metodologik poydevor hisoblanadi. [6] Xulosa Psixolingvistika yoshlar nutqini rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishdir. U yoshlarning tilni o‘zlashtirish jarayonlarini chuqur o‘rganadi, nutqiy qobiliyatlarni shakllantiradi va muloqot kompetensiyasini oshiradi. Psixolingvistik yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni yoshlarning nafaqat lingvistik bilimlarini, balki psixologik tayyorgarligini, ijtimoiy muloqotga kirishish salohiyatini ham sezilarli darajada rivojlantiradi. Shunday qilib, yoshlar nutqini yuqori darajada shakllantirishda psixolingvistika asosiy va zamonaviy ilmiy poydevorlardan biri hisoblanadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 195 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Garrett, M. F. (1980). "Levels of Processing in Sentence Production" In B. L. Hawkins (Ed.), Psycholinguistics: A Survey of Theory and Research Problems (pp. 211254). 2.Friederici, A. D. (2002). "Towards a Neural Basis of Auditory Sentence Processing". Trends in Cognitive Sciences, 6(2), 78–84. 3.Sweller, J. (1988). "Cognitive Load During Problem Solving: Effects on Learning". Cognitive Science, 12(2), 257–285. 4.Swinney, D. A., & Prather, P. (1989). "Contextual Influences on the Use of Word Meaning". Journal of Memory and Language, 28(3), 290–314. 5.Vigliocco, G., Antonini, T., & Cappa, S. F. (2000). "The Role of Syntax in the Production of Argument Structure". In A. M. O‘Rourke & G. McClelland (Eds.), The Cognitive Neuroscience of Language (pp. 99-114). MIT Press. 6.Bobomurodova, G. (2023). THEORETICAL FRAMEWORK FOR THE DEVELOPMENT OF MOTIVATION FOR LEARNING IN TURKMEN AND RUSSIAN STUDENTS. Science and innovation, 2(B10), 478-482.