КOGENERATSION GAZ TURDINASINING AFZALLIKLARI VA ICHKI NISBIY FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
Abstract
Ushbu maqolada kogeneratsion qurilmani qо‘llanilish imkoniyati issiqlik tarmog‘ida issiqlikni ishlab chiqarish quvvatini kamaytirish va kogeneratsiya yо‘li bilan ishlab chiqarilayotgan arzon issiqlikni iste’molchilarga uzatish hisobiga foyda olish imkonini beradi hamda ichki nisbiy foydali ish koeffitsiynti aniqlash haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Full text
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 24 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17718569 КOGENERATSION GAZ TURDINASINING AFZALLIKLARI VA ICHKI NISBIY FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI I.Muradov, G. Ro‘ziqulov QDTU Muxandis energetika fakul’teti Annotatsiya Ushbu maqolada kogeneratsion qurilmani qо‘llanilish imkoniyati issiqlik tarmog‘ida issiqlikni ishlab chiqarish quvvatini kamaytirish va kogeneratsiya yо‘li bilan ishlab chiqarilayotgan arzon issiqlikni iste’molchilarga uzatish hisobiga foyda olish imkonini beradi hamda ichki nisbiy foydali ish koeffitsiynti aniqlash haqida ma’lumotlar keltirilgan. Annotatsiya В данной статье приведены сведения о возможности использования когенерационного устройства для снижения мощности выработки тепла в тепловой сети и получения выгоды от передачи потребителям дешевого тепла, произведенного путем когенерации, а также приведены сведения об определении внутреннего относительного КПД. Кogeneratsiya - bu elektr energiyasini ishlab chiqarishning bir turi bo’lib, bunda elektr ishlab chiqarishdagi qo’shimcha issiqlik foydali maqsadlarda foydalaniladi. Bu orqali yoqilg'idagi energiyadan foydalanishda juda yuqori samaradorlikka erishiladi. 1939 yildan buyon energetik GTQlarni takomillashtirish bо‘yicha ishlar olib boriladi. Bugungi kunda zamonaviy GTQlarning quvvati 300 MVtga yetkazildi va elektr fiki 40 % ga tenglashdi. Kogenerator elektrostansiyasi birlamchi energiya manbai – gazdan yuqori samarali foydalanib energiyaning ikkita shaklini – issiqlik va elektr energiyasini hosil qilishga xizmat qiladi. Kogenerator elektr stansiyasining oddiy issiqlik elektr markazlariga nisbatan asosiy afzalligi energiya о‘zgarishi bu turdagi stansiyalarda tez va samarali amalga oshirilishidan iboratdir. Boshqacha aytganda kogeneratsion qurilma oddiygina tashlab yuborilayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga moslashtirilgan. Bu holatda, energiya isrofi va ishlab chiqarish xarajatlari, bir sо‘z bilan aytganda, energiya tannarxi sezilarli darajada arzonlashadi. Kogeneratsion qurilmaning qо‘llanishi energiya ta’minoti xarajatlarini 100 $/kVt gacha qisqartirish imkonini beradi.[1,2] Kogeneratsion qurilma gaz turbinasi, elektr generatori, issiqlik olinmasi tizimi va boshqaruv tizimidan tarkib topgan. Issiqlik turbinani sovituvchi suyuqlik – moy radiatorining chiqishidan olinadi. Bunda о‘rtacha 100 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida iste’molchi isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiq suv hisobida 150 kVt issiqlik quvvatiga ega bо‘ladi. arzon issiqlik va elektr energiyasiga bо‘lgan talabni kogenerator elektrostansiyasi muvaffaqiyat bilan qanoatlantiradi.mustaqil ravishda elektr ta’minotini amalga oshirish tushunchasi о‘zida bir qator afzallik xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Kogenerator elektrostansiyalari shaharlarda ishlab chiqarilayotgan quvvat yetishmovchiligini qoplashga yordam beradi. Qurilmalarning sanoatga kirib kelishi elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish, barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash va yangi turdagi iste’molchilarni tarmoqqa kiritish imkoniyatini oshiradi. Tarmoqdan va avtonom ishlaydigan manbadan amalga oshiriladigan energiya ta’minoti uchun kapital xarajatlar orasidagi farq shundan iboratki, kogenerator qurilmalarining muvaffaqiyatli ishlatilishi bilan bog‘liq kapital qо‘yilmalar ortiqchasi bilan qaytariladi, tarmoqqa ulanish, yangi turdagi podstansiyalarni energetik korxonalar balansidan kapital qо‘yilmalar bilan ta’minlanishi esa deyarli qaytmaydi. Kogenerator qurilmalarini qо‘llash uchun sarflangan kapital xarajatlar energiya tannarxining arzonligi hisobiga yana ham tezroq qoplanadi. Umuman olganda kogenerator elektrostansiyasi uchun sarflangan kapital va ekspluatatsion xarajatlar stansiya ishga tushirilganidan keyin 3 – 4 yil ichida foydasi bilan qaytariladi. [3,4]
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 25 Kogeneratsion qurilmani qо‘llanilish imkoniyati issiqlik tarmog‘ida issiqlikni ishlab chiqarish quvvatini kamaytirish va kogeneratsiya yо‘li bilan ishlab chiqarilayotgan arzon issiqlikni iste’molchilarga uzatish hisobiga foyda olish imkonini beradi. Masalan biz quyidagi misolni ko’rib chiqamiz: Misol tariqasida boshlang‘ich bosimi p0 = 0,48 MPa va harorati t0 = 800 ºS bо‘lgan gazning reaktiv pog‘onada p2 = 0,26 MPa gacha kengayish jarayonini kо‘rib chiqaylik. Agar soploning tezlik koeffitsiyenti φ = 0,96, kurakning tezlik koeffitsiyenti ψ = 0,95, disk yassiligiga nisbatan soplo kanalining qiyalik burchagi α1 = 22 º, ishchi kuraklaridan gazning chiqish burchagi β2 = 24 º, pog‘onaning о‘rtacha diametri d = 0,71 m, turbina valining aylanishlar soni n = 6000 ayl/min, pog‘onaning parsiallik darajasi ε = 1, kurakning balandligi l = 0,06 m, gazning solishtirma hajmi v = 1,51 m3/kg, pog‘onaning reaktivlik darajasi ρ = 0,35, pog‘ona orqali gaz sarfi Mg = 20 kg/s, sirqib oqishga gaz sarfi Msir = 0,2 kg/s, adiabata kо‘rsatkichi k = 1,4 va gaz doimiysi R = 287 J/(kg·K) bо‘lsa, kogeneratsion tipdagi turbinaning ichki nisbiy foydali ish koeffitsiyentini aniqlaymiz.[5,6] Dastlab pog‘onadagi kо‘zda tutilgan issiqlik tushishini topib olamiz: Soplodan oqib chiqayotgan gazlarning haqiqiy tezligini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Soplodagi energiya isrofi: Kurak markaziga nisbatan aylanma tezlik kо‘rsatkichini quyidagicha aniqlaymiz: Ishchi kurakka kirishdagi gazlarning nisbiy tezligi: Ishchi kurak kanallari orasidan chiqishdagi gazning nisbiy tezligi: Kurakdagi energiya isrofini aniqlash esa:
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 26 Ishchi kurak kanallari orasidan chiqishdagi gazlarning absolyut tezligi quyidagicha aniqlanadi: Absolyut chiqish tezligi bilan energiya isrofi quyidagicha aniqlanadi: Ishqalanish va ventilyatsiya uchun issiqlik isrofi Stodola formulasidan topiladi: Zichlamalardagi tirqishlar orqali gaz chiqishi hisobiga sodir bо‘ladigan issiqlik isrofini aniqlaymiz: Demak, kogeneratsion gaz turbinasining ichki nisbiy foydali ish koeffitsiyenti: ga, ya’ni 73 % ga teng bо‘lar ekan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oily saodatdir. T.: “O’zbekiston” – 2015 y. 301 b. 2. Каримов И.А. Жаҳон молиявий – иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: 2009 й. 3. Alimov X.A, Mingazov R.F, Axmedov K.X. Issiqlik elektr stansiyalarining qozon qurilmalari. Т. Yangi nashr, 2012 й. 4. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 176 бет. 5. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана. Аналитический обзор. – Т.: «Молия» Банковско – финансовой академии, 2007, 388 стр. 6. Безруких П.П. Возобновляемая энергетика: вчера, сегодня, завтра. – М.: Электрические станции, 2005 № 2, стр. 35 – 47.