scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIL VA TA'LIM INTEGRATSIYASI: ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR

Hamidova Mohinabonu O'ktam qizi

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada til va ta’lim integratsiyasining ahamiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va xorijiy tajribalar asosida keltirilgan ilg‘or usullar ko‘rib chiqiladi. Maqolada til o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, pedagogik metodologiyalar orqali til va ta’limni birlashtirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar, masalan, Kanada, Finlyandiya va Singapurda amalga oshirilayotgan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari misolida keltiriladi. Ushbu tajribalar orqali til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish, talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va madaniy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Maqola ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va til ta’limini yanada sifatli qilishga qaratilgan tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 425 TIL VA TA’LIM INTEGRATSIYASI: ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR Hamidova Mohinabonu O‘ktam qizi O‘qituvchi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.17812949 Annotatsiya. Ushbu maqolada til va ta’lim integratsiyasining ahamiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va xorijiy tajribalar asosida keltirilgan ilg‘or usullar ko‘rib chiqiladi. Maqolada til o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, pedagogik metodologiyalar orqali til va ta’limni birlashtirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar, masalan, Kanada, Finlyandiya va Singapurda amalga oshirilayotgan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari misolida keltiriladi. Ushbu tajribalar orqali til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish, talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va madaniy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Maqola ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va til ta’limini yanada sifatli qilishga qaratilgan tavsiyalar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar: Til va ta’lim integratsiyasi, Ilg‘or xorijiy tajribalar, Pedagogik metodologiyalar, Zamonaviy yondashuvlar, Kommunikativ ko‘nikmalar, Madaniy almashinuv, Ta’lim dasturlar, Innovatsion yondashuvlar, Talabalar uchun samaradorlik, Ta’lim jarayoni. Abstract: This article discusses the importance of the integration of language and education, its role in the educational process, and advanced methods based on foreign experiences. It analyzes modern approaches to language learning and effective ways to integrate language and education through pedagogical methodologies. Examples of integrated educational programs implemented in countries such as Canada, Finland, and Singapore are provided. These experiences highlight opportunities to enhance the language learning process, develop students' communicative skills, and support cultural exchange. The article concludes with recommendations aimed at introducing innovative approaches in the education sector and improving the quality of language education. Keywords: Integration of language and education, Advanced foreign experiences, Pedagogical methodologies, Modern approaches, Communicative skills, Cultural exchange, Educational programs, Innovative approaches, Student effectiveness, Educational process. Kirish Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan bo‘lgan til masalasi xorijiy davlatlar va boshqa qo‘shni millat vakillari ham o‘zbek tilini o‘rganayotgan bir davrda, o‘zbek tilini nafaqat ona tilini bilish bilan cheklanib qolmay, xoriiy tillarni bilish, chet davlatda o‘zbek fuqarolari ham bemalol kamchiliksiz, mukammal muloqotga kirishishiga erishish juda muhim rol egallamoqda. Tilni muloqot vositasi va ilm-u ma’rifat kaliti sifatida o‘rganish tarixiy mavzulardan biridir. Bugungi kunda til davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya maskanlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish masalasi ham bugungi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib qoldi. Bir qator tilshunos olimlar, turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa soha vakillari, mamlakatimiz ziyolilari, tilimiz INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 426 jonkuyarlari va fidoyilaritomonidan o‘zbek tilini dunyo miqyosiga olib chiqish, obro‘yi, tarixini qayta tiklash, yosh avlod qalbida ona tiliga nisbatan mehr uyg‘otish, xorij fuqarolariga ham o‘zbek tilining jozibadorligini namoyish etish va uning auditoriyasini yanada kengaytirish masalalari qayta-qayta ko‘rib chiqildi. Natijada 2020-yil 20-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Uzluksiz ta’lim jarayonida тil va ta’lim integratsiyasi zamonaviy ta’lim muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon til o‘qitish va boshqa fanlarni birlashtirib, talabalarni ko‘p yo‘nalishli bilimlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Til o‘qitish jarayonida boshqa fanlar bilan integratsiya qilish, talabalar uchun ko‘p tilli va madaniy muhitda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Bu jarayon o‘z navbatida, talabalarni mantiqiy fikrlash, muammolarni hal qilish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Til va ta’lim integratsiyasi zamonaviy ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, bu jarayon xorijiy tajribalar asosida yanada samarali amalga oshirilishi mumkin. Har bir mamlakatning o‘ziga xos yondashuvlari mavjud bo‘lsa-da, umumiy maqsad—talabalarni ko‘p tilli va madaniy muhitda muvaffaqiyatli tayyorlashdir. Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan bo‘lgan til masalasi xorijiy davlatlar va boshqa qo‘shni millat vakillari ham o‘zbek tilini o‘rganayotgan bir davrda, o‘zbek tilini nafaqat ona tilini bilish bilan cheklanib qolmay, xoriiy tillarni bilish, chet davlatda o‘zbek fuqarolari ham bemalol kamchiliksiz, mukammal muloqotga kirishishiga erishish juda muhim rol egallamoqda. O‘zbekistonda ta'lim integratsiyasi sohasida bir qator ilg‘or tashabbuslar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida boshqa dаvlatlardan qolishmagan holda bir necha davlatlardan tajriba o‘rgangan holda yo‘nalishlar rivojlanmoqda: Kurikulumni yangilash: O‘zbekistonda o‘quv dasturlari va kurikulumlar yangilanmoqda. Bu jarayon ta'limning zamonaviy talablariga mos keladigan, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan fanlar va mavzularni o‘z ichiga oladi. Ta'lim dasturlarida interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish va muammoli o‘qitish usullari joriy etilmoqda. STEM ta'limi: Fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) ta'limi O‘zbekistonda katta e'tibor qaratilayotgan yo‘nalishlardan biridir. STEM ta'limi orqali talabalar analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beriladi. Inkluziv ta'lim: O‘zbekistonda inkluziv ta'limni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilmoqda. Maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta'lim imkoniyatlarini oshirish, ularni umumiy ta'lim muassasalariga jalb etish maqsadida turli dasturlar va resurslar yaratilmoqda. Raqamli ta'lim: COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda onlayn ta'lim tizimi kengaytirildi. Raqamli platformalar va onlayn resurslar orqali ta'lim jarayonini davom ettirish imkoniyatlari yaratildi. Hozirgi kunda raqamli ta'lim vositalaridan foydalanish yanada kengaymoqda. Xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston xalqaro ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Xalqaro tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchilarni tayyorlash va bilim almashinuvi orqali ta'lim sifatini oshirishga intilmoqda. O‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish: O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar bo‘yicha tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. O‘qituvchilar uchun treninglar, seminarlar va master-klasslar o‘tkazilmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 427 Bu tashabbuslar O‘zbekiston ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, talabalar uchun sifatli ta'lim imkoniyatlarini yaratish va mamlakatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 1. Integratsiyaning turli usullari mavjud: • Mavzuli ўqitish - Biror mavzu atrofida bir nechta fanlarni birlashtirish orqali. Masalan, ekologiya mavzusida biologiya va geografiya darslarini birlashtirish. • Loyihaviy ўqitish: Talabalar guruhlarda ishlash orqali amaliy loyihalar yaratadilar. Bu usul talabalarni jamoaviy ishga jalb qiladi va ularning ijodkorligini oshiradi. • Interaktiv мetodlar: O‘yinlar va simulyatsiyalar orqali tilni o‘rganish jarayonini qiziqarli qilish. Masalan, rol o‘ynash o‘yinlari orqali talabalar real hayotdagi vaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu usullar har biri o‘ziga hos foydali va har biri bir imkoniyat eshigini ochishi mumkun. Integratsiya o‘zi nima? Integratsiya—bu turli elementlar yoki tizimlarni birlashtirish jarayonidir, natijada yangi, yagona va samarali tizim yoki butunlik hosil bo‘ladi. Integratsiya ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi, masalan: 1. Matematika: Matematikada integratsiya—bu funksiyaning maydonini yoki yig‘indisini hisoblash jarayoni. Bu jarayon ko‘pincha differensial hisob bilan bog‘liq bo‘lib, integral hisoblash orqali funksiyaning xususiyatlarini o‘rganishga yordam beradi. Masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning fan terminologiyasi bilan xalqaro darajada tanishishiga,ilmiy adabiyotlarni ingliz tilida o‘qish va tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga hamda matematik tafakkurni xalqaro miqyosda ifodalash qobiliyatini oshirishга xizmat qiladi. 2. Ijtimoiy Integratsiya: Ijtimoiy integratsiya—bu turli ijtimoiy guruhlar yoki madaniyatlarni birlashtirish jarayoni. Bu jarayon ko‘p madaniyatli jamiyatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy barqarorlikni va hamjihatlikni ta'minlaydi. 3. Ta'lim Integratsiyasi: Ta'limda integratsiya—bu turli fanlarni birlashtirib o‘qitish jarayonidir. Masalan, til va boshqa fanlarni bir vaqtning o‘zida o‘qitish orqali talabalarni ko‘p yo‘nalishli bilimlar bilan ta'minlash. 4. Iqtisodiy Integratsiya: Iqtisodiy integratsiya — bu davlatlar yoki mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash jarayoni. Bu jarayon erkin savdo zonalari, iqtisodiy ittifoqlar yoki valyuta birliklarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Integratsiyaning фoydalari • Ko‘p tillilikni rivojlantirish: Talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. • Madaniy anglashuv: Turli madaniyatlar bilan tanishish orqali talabalar global fikrlash qobiliyatini rivojlantiradilar. • Amaliy ko‘nikmalar: Talabalar tilni amaliyotda qo‘llash orqali real hayotdagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. 2. Ilg‘or хorijiy тajribalar Finlandiya ta'lim tizimiда til va boshqa fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitishga йўлга қўйилган. Bu mamlakatda talabalar turli fanlar bo‘yicha ingliz tilida ma'ruzalar eshitishlari mumkin, bu esa ularning tilni amaliyotda qo‘llashiga yordam beradi. Finlandiyada o‘qituvchilar talabalarni o‘z fikrlarini ifodalashga undaydi va guruh ishlari orqali hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kanada esa ikki tilli ta'lim tizimi bilan ajralib turadi. Bu tizimda ingliz va fransuz tillari birgalikda o‘qitiladi, bu esa talabalar orasida madaniy tolaroshlikni oshiradi va til ko‘nikmalarini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 428 mustahkamlaydi. Kanadada o‘qituvchilar madaniy tadbirlar va interaktiv darslar orqali talabalarni tilni o‘rganishga rag‘batlantiradi. Germaniyada integratsiyalashgan ta'lim dasturlari orqali talabalar turli fanlarni bir vaqtning o‘zida o‘rganadilar. Bu jarayonda til o‘qituvchilari va boshqa fan o‘qituvchilari hamkorlikda ishlaydi, bu esa ta'lim jarayonini yanada samarali qiladi. Germaniyada STEM (ilmfan, texnologiya, muhandislik va matematika) fanlari bilan birga til o‘qitish usullari keng qo‘llaniladi. Ta’lim integratsiya davlatlarda turlicha va bir necha g‘oyalarga asoslangan bo‘lib masalan AQSH da bu jarayon turli darajalarda, shu jumladan boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim muassasalarida namoyon bo‘ladi. 1. Kurikulum Integratsiyasi: Bu usulda turli fanlar birlashtiriladi va o‘quv dasturlari shunday tuziladiki, talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Masalan, matematika va ilm-fan birlashtirilgan loyihalar orqali o‘qitilishi mumkin. 2. Muammoli O‘qitish: Bu usulda talabalar real hayotdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etadilar. Bu jarayon ko‘pincha turli fanlardan olingan bilimlarni birlashtirishni talab qiladi va talabalarni tanqidiy fikrlashga undaydi. 3. Madaniy Integratsiya: AQShda ko‘p madaniyatli jamiyat mavjudligi sababli, ta'lim tizimida madaniy integratsiya muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar talabalarga turli madaniyatlar, urf-odatlar va tarixlar haqida ma'lumot berish orqali ijtimoiy hamjihatlikni rivojlantiradilar. 4. Inkluziv Ta'lim: Inkluziv ta'lim — bu barcha talabalar, shu jumladan maxsus ehtiyojlari bo‘lganlar uchun bir xil ta'lim imkoniyatlarini taqdim etishni anglatadi. Bu jarayonda turli xil o‘quv uslublari va strategiyalar qo‘llaniladi. 5. Loyihali O‘qitish: Talabalar guruhlarga bo‘lingan holda turli loyihalarni amalga oshiradilar. Bu jarayonda talabalar o‘zaro hamkorlik qilib, turli fanlardan olingan bilimlarni qo‘llab-quvvatlashadi. 6. Texnologiya Integratsiyasi: Zamonaviy texnologiyalar ta'lim jarayoniga integratsiya qilinmoqda. Onlayn kurslar, interaktiv dasturlar va raqamli resurslar yordamida talabalar yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu integratsiya usullari AQShda ta'lim sifatini oshirish va talabalarni yanada keng qamrovli bilimlar bilan ta'minlash maqsadida qo‘llaniladi. Ta'limda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar bugungi kunda va angi kelajak uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bunday texnologiyalardan o‘zimizda ham ishlatib kelinmoqda va yangiliklar yaratilmoqda. Jumladan, 1. Onlayn ta'lim platformalari: Coursera, edX, Udacity kabi platformalar orqali talabalar dunyoning eng yaxshi universitetlaridan onlayn kurslar olish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonda ham mahalliy platformalar rivojlanmoqda. Interfaol ta'lim vositalari: Ta'lim jarayonida interfaol ta'lim vositalari, masalan, Kahoot!, Quizizz va Nearpod kabi ilovalar yordamida o‘quvchilarni faol jalb qilish va baholash imkoniyatlari yaratilmoqda. Virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR): VR va AR texnologiyalari o‘quvchilarga hayotiy tajribalarni simulyatsiya qilish imkonini beradi. Masalan, tarixiy joylarga virtual sayohatlar yoki biologiya darslarida 3D modellarni ko‘rish. Sun'iy intellekt (AI): AI texnologiyalari shaxsiylashtirilgan ta'limni ta'minlashda foydalanilmoqda. Masalan, AI asosidagi tizimlar o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularga mos o‘quv dasturlarini taklif qiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 429 O‘qituvchilar uchun analitika vositalari: Ta'lim muassasalari o‘qituvchilarning samaradorligini baholash va o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish uchun analitik vositalardan foydalanmoqda. Bu ma'lumotlar asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish mumkin. Blended learning (aralash ta'lim): An'anaviy darslarni onlayn materiallar bilan birlashtirish orqali o‘qitish usuli. Bu usul o‘quvchilarga o‘z vaqtida va joyida o‘qish imkonini beradi. Mobil ta'lim: Mobil ilovalar yordamida o‘quvchilar har qanday joyda va vaqtda ta'lim olish imkoniyatiga ega. Bu, ayniqsa, masofaviy ta'limda muhim ahamiyatga ega. O‘yin asosidagi ta'lim: O‘yinlar orqali o‘rganish jarayoni qiziqarli va samarali bo‘lishi mumkin. Ta'limga oid o‘yinlar yordamida o‘quvchilar ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin. Blockchain texnologiyasi: Ta'lim sohasida blockchain texnologiyasi diplomlar va sertifikatlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash uchun ishlatilmoqda. Kollektiv o‘qitish: O‘qituvchilar va talabalar birgalikda loyiha asosida ishlash orqali bilimlarni almashish va yangi g‘oyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Yuqoridagi texnologiyalar va innovatsiyalar ta'lim jarayonini yanada rivojlantirishga qolaversa, qiziqarli qilishga yordam beradi, shuningdek, o‘quvchilarning bilimlarini oshirishda, takomillashtirishga samarali foyda beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. "Journal of Linguistics" - ilmiy jurnali, “Cambridge University Press”- nashriyoti, 2010. 2. "Linguistics and Education" journal – 2025. 3. "The Cambridge Handbook of Language Learning" – 2019. 4. G‘ulomov A.F, Asqrova M.A. - "O‘zbek tili: Nazariy va amaliy masalalar" – “O‘qituvchi “ nashriyoti, 1965. 5. Musulmonova N. – “ Til va integratsiyasi ” – veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz, 2021.