INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIGA XALQARO YONDASHUV: O'ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI MISOLIDA
Abstract
В данной статье рассматривается значение инклюзивного образования и его роль в современном образовательном процессе. Особое внимание уделено созданию равных возможностей для обучения детей с особыми образовательными потребностями на примере Узбекистана и Республики Корея. В статье анализируется передовой опыт Республики Корея в сфере инклюзивного образования, применение специальных педагогов, современных технологий и системы социальной поддержки. Кроме того, представлены предложения и рекомендации по внедрению эффективных элементов корейского опыта в образовательную систему Узбекистана.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 471 INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIGA XALQARO YONDASHUV: O‘ZBEKISTON VA KOREYA RESPUBLIKASI MISOLIDA 1Zoirova Dilfuza Xayriddinovna, 2Sarvinoz Kamolova Jamoliddin qizi, 2Ganiyeva Malika Vahobjon qizi 1Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakulteti Umumiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi, 2Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakulteti 3-kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17813795 Аннотация: В данной статье рассматривается значение инклюзивного образования и его роль в современном образовательном процессе. Особое внимание уделено созданию равных возможностей для обучения детей с особыми образовательными потребностями на примере Узбекистана и Республики Корея. В статье анализируется передовой опыт Республики Корея в сфере инклюзивного образования, применение специальных педагогов, современных технологий и системы социальной поддержки. Кроме того, представлены предложения и рекомендации по внедрению эффективных элементов корейского опыта в образовательную систему Узбекистана. Ключевые слова: инклюзивное образование, особые образовательные потребности, Республика Корея, Узбекистан, специальная педагогика, равные возможности. Bugungi globallashuv davrida har bir insonning ta’lim olish huquqini ta’minlash jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan inkluziv ta’lim tizimi — barcha bolalarga, jumladan, maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilarga ham sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradigan, zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda inkluziv ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarda inkluziv guruhlar tashkil etilmoqda, pedagoglar maxsus metodikalar asosida tayyorlanmoqda va o‘qish jarayonida individual yondashuv tizimi joriy etilmoqda. Koreya Respublikasi esa bu borada xalqaro miqyosda ilg‘or tajribaga ega mamlakatlardan biridir. U yerda “Barchaga ta’lim” tamoyili asosida maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilarning ijtimoiy integratsiyasi, o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shu sababli, mazkur maqolada O‘zbekiston va Koreya Respublikasining inkluziv ta’lim sohasidagi tajribasi, o‘xshash va farqli jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimiga xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada inkluziv ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tajribasi asosida tahlil qilindi. Tadqiqot uchun rasmiy hujjatlar, ilmiy maqolalar, statistika va mavjud onlayn manbalardan foydalanildi. Metodologiya sifatida korparativ va tahliliy metodlar qo‘llanildi: ikki mamlakat tajribasi solishtirildi, inkluziv ta’limning kuchli va zaif tomonlari aniqlandi. Shuningdek, amaliy kuzatuvlar va mavjud texnologik vositalar (Braille kitoblar, audiokitoblar, interaktiv doskalar) tahlil qilindi 1 . 1 Kim, Y., & Lee, S. Assistive Technologies for Special Education in Korea. International Journal of Special Education, 2020.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 472 O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ta’lim tizimlarida inkluziv ta’lim yo‘nalishi so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, davlat siyosati darajasida e’tirof etilgan. Biroq, har ikkala mamlakatda bu yo‘nalishning rivojlanish bosqichlari va mavjud imkoniyatlari turlicha. Koreya Respublikasi bu tizimni 1970-yillardan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu soha keyingi o‘n yillikda faol rivojlanmoqda. Koreya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inkluziv ta’lim samarali bo‘lishi uchun, avvalo, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Har bir maktabda maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun moslashtirilgan sinf xonalari, panduslar, liftlar, eshiklarning kengaytirilgan o‘lchamlari, nutqni rivojlantirish va eshitish moslamalari kabi sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, Koreyada raqamli texnologiyalardan keng foydalaniladi: masalan, ko‘rishida muammosi bo‘lgan bolalar uchun Braille yozuvidagi planshetlar, audiokitoblar, nutqni tanish dasturlari, interaktiv ta’lim platformalari mavjud. O‘zbekiston ta’lim muassasalarida ham shunday sharoitlarni yaratish ishlari boshlangan, biroq hali barcha maktablarda bu tizim to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Shu bois, O‘zbekistonda inkluziv ta’limni yanada samarali qilish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ishlash zarur: 1. Moddiy-texnik bazani kuchaytirish: Maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun qulay muhit yaratish (pandus, lift, maxsus parta va stul, nutq terapiyasi xonasi, sensor xonalar). Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish (Braille printer, interaktiv doska, tovushli kompyuter dasturlari, maxsus o‘quv planshetlari). 2. Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish: O‘qituvchilarni inkluziv ta’lim metodikasi bo‘yicha muntazam o‘qitish. Defektolog, logoped, psixolog va maxsus pedagoglar sonini ko‘paytirish. Koreya tajribasidagi kabi, har bir maktabda kamida bitta “inklyuziv ta’lim koordinatori” faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish. 3. Ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish: Inklyuziv ta’lim samarali bo‘lishi uchun nafaqat maktab, balki ota-onalar ham bu jarayonga faol jalb etilishi zarur. Ota-onalarga bolalarining psixologik va ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha seminarlar o‘tkazish. Jamiyatda maxsus ehtiyojga ega bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish. 4. O‘quv dasturlarini moslashtirish: O‘quv rejalar va darsliklarni turli imkoniyatlarga ega o‘quvchilarning qobiliyatlariga mos ravishda qayta ishlab chiqish. Soddalashtirilgan, interaktiv va tasviriy materiallarga boy o‘quv qo‘llanmalarni yaratish. Baholash tizimida individual yondashuvni joriy etish. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda inkluziv ta’lim tizimi yangi bosqichga kirib bormoqda. Agar bu jarayonda ilg‘or xorijiy tajribalar to‘g‘ri o‘zlashtirilsa, kelgusida har bir bola, uning jismoniy yoki aqliy holatidan qat’i nazar, sifatli va teng ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Koreyada bolalar bog‘chalari umumiy ta’lim dasturining bir qismi hisoblanmaydi, otaonalar bolalarni xususiy muassasalarga topshiradilar. Bolalar bog‘chasiga bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Olti yoshga to‘lgan bolalar odatda maktabga boradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 473 1980-yillardan boshlab bolalar bog‘chalari va maktabgacha muassasalarga boradigan bolalar soni keskin o‘sdi: 1980 yilda 901 ta muassasaga 66 433 bola borgan bo‘lsa, 1987 yilda 7 792 ta muassasa mavjud bo‘lib, ulardagi bolalar soni 397 020 taga etdi. 2 Ulardagi tarbiyachi va pedagoglar soni ham ortdi, ularning katta qismini ayollar tashkil etdi. Koreya bog‘chalari quyidagi turlarga bo‘linadi: boshlang‘ich, o‘rta va yuqori. Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimi asosan bolaning boshlang‘ich har tomonlama rivojlantiruvchi ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan. Bolalar uch yoshdan boshlab koreys va ingliz tillarida o‘qish va yozishni o‘rganadilar. Shu yoshdan boshlab bolajonlar matematikaning sir-asrorlarini o‘zlashtiradilar. Koreyslar bolalarning jismonan sog‘lom va baquvvatligiga, shuningdek, musiqa darslarini o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratadilar. Bog‘chadan boshlab bolalarga juda ham katta hajmda uyga vazifalar beriladi. Ingliz tili darslarida alohida so‘z va jumlalarni tarjima qilishdan tashqari, bolalar o‘z fikr va qarashlarini ingliz tilida ravon va sodda ifoda etishni o‘rganadilar. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga huquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishlari lozim bo‘ladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi oilalarning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari o‘tiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta e’tibor beriladi. [4, 47–48-betlar] Ushbu maqolada inkluziv ta’lim tizimi, uning O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tajribasi asosida tahlil qilindi. Koreya misolida inkluziv ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, maxsus pedagoglar, texnologik vositalar va jamiyatning faol ishtiroki muhim rol o‘ynashi ko‘rsatildi. Bu tizim orqali har bir bola o‘z imkoniyatini to‘liq namoyon etishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin. O‘zbekistonda esa inkluziv ta’lim tizimi hali rivojlanish bosqichida bo‘lib, maktablarda maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va pedagogik resurslar cheklangan. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda O‘zbekiston maktablarida inkluziv guruhlar tashkil etilmoqda, pedagoglar malakasi oshirilmoqda va ota-onalar bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda. Shuni ta’kidlash mumkinki, inkluziv ta’limning muvaffaqiyati faqat maxsus sharoit va vositalarga bog‘liq emas, balki pedagogik yondashuv, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyat madaniyatidagi o‘zgarishlar orqali amalga oshadi. Shu yo‘l bilan O‘zbekiston va Koreya tajribasi asosida inkluziv ta’limni rivojlantirish kelajakda har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi imkoniyatini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Fazilova, D. X. Xorijiy tajribalardan foydalanish va innovatsion texnologiyalar modulidan o‘quv–uslubiy majmua. — Jizzax, 2021. 2. Qilichova, M. X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish usullari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. — Jizzax, 2021. 3. UNESCO. Inclusive Education in the Republic of Korea. Paris: UNESCO Publishing, 2018. 2 UNESCO. Inclusive Education in the Republic of Korea. Paris: UNESCO Publishing, 2018.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 474 4. Kim, Y., & Lee, S. Assistive Technologies for Special Education in Korea. International Journal of Special Education, 2020. 5. OECD. Education Policy in Korea: Achievements and Challenges. OECD Publishing, 2019. 6. Ainscow, M. Developing Inclusive Education Systems: What Are the Levers for Change? Journal of Educational Change, 2005. 7. World Bank. Inclusive Education: Global Practices and Lessons for Developing Countries. Washington DC, 2020. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5217-son qarori: “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 13.08.2021.