scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING O'QIB, ESHITIB TUSHUNISH, OG'ZAKI VA YOZMA NUTQ MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARINI O'RGANISH

Shomurodova Lola Bobir qizi

Abstract

Ushbu tezisda o‘quvchilarning o‘qib va eshitib tushunish hamda og‘zaki va yozma nutq malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish jarayoni yoritiladi. Har bir malaka uchun samarali metodlar, mashqlar va integrativ yondashuvning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 20 O‘QUVCHILARNING O'QIB, ESHITIB TUSHUNISH, OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ MALAKASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARINI O‘RGANISH Shomurodova Lola Bobir qizi BuxDPI Tillar fakulteti 3 - bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17814551 Annotatsiya. Ushbu tezisda o‘quvchilarning o‘qib va eshitib tushunish hamda og‘zaki va yozma nutq malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish jarayoni yoritiladi. Har bir malaka uchun samarali metodlar, mashqlar va integrativ yondashuvning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, eshitib anglash, og‘zaki nutq, yozma nutq, nutq malakalari, bosqichli rivojlantirish, kommunikativ yondashuv, integrativ metod, til kompetensiyasi, interfaol mashqlar, muloqot ko‘nikmalari. Аннотация. В данной диссертации описывается поэтапный процесс освоения студентами чтения и понимания на слух, а также навыков устной и письменной речи. Для каждого навыка показаны эффективные методы, упражнения и важность интегративного подхода. Ключевые слова: понимание прочитанного, понимание на слух, устная речь, письменная речь, речевые навыки, поэтапное развитие, коммуникативный подход, интегративный метод, языковая компетенция, интерактивные упражнения, коммуникативные навыки. Abstract. This thesis describes the step-by-step process of students' reading and listening comprehension, as well as oral and written speech skills. For each skill, effective methods, exercises and the importance of an integrative approach are shown. Key words: reading comprehension, listening comprehension, oral speech, written speech, speech skills, staged development, communicative approach, integrative method, language competence, interactive exercises, communication skills. Til – insonning eng asosiy kommunikativ vositasi bo‘lib, u orqali shaxs o‘z fikrini ifodalaydi, bilim oladi va jamiyat bilan muloqot qiladi. Maktab ta’limida o‘quvchilarning nutq malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, chunki tilni to‘g‘ri va samarali egallash ularning akademik muvaffaqiyati, fikrlash qobiliyati va ijtimoiy ko‘nikmalariga bevosita ta’sir qiladi. Nutq malakalari — o‘qish, tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq — bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har birining rivojlanishi boshqa malakalarning shakllanishiga yordam beradi. Shu sababli o‘quvchilarda bu malakalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish metodik jihatdan aniq va tizimli tarzda olib borilishi zarur.O‘qib tushunish malakasi o‘quvchida matn mazmunini anglash, asosiy fikrni ajratish va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eshitib tushunish esa audio-matnni idrok etish, muhim ma’lumotni ajratish va tinglaganini qayta ifodalash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Og‘zaki nutq malakasi muloqotga asoslangan mashqlar, dialoglar va rolli o‘yinlar orqali rivojlantiriladi, yozma nutq esa fikrni tartib bilan yozish, grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri ifodalash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.Shuningdek, nutq malakalarini integrativ rivojlantirish, ya’ni barcha to‘rt turini birgalikda rivojlantirish, o‘quvchilarda tilni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasini oshiradi. Dekabr, 2025-Yil 21 Zamonaviy ta’limda multimediya vositalari, interfaol mashqlar va jamoaviy faoliyatlar nutq malakalarini samarali shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. O‘qib tushunish ko‘nikmasi ma’lum bir axborotni o‘qish orqali tushunish ko‘nikmasi hisoblanadi. O‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun biz quyidagi metodlardan foydalanishimiz mumkin. 1. Sinov-test topshiriqlari. Sinov-test topshiriqlari o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq, tinglab va o‘qib tushunish kabi nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi. Nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishda test topshiriqlarining mavjud 3 ta turidan foydalanishimiz lozim. Ular: 1) ochiq test topshiriqlari; 2) yopiq test topshiriqlari; 3) amaliy test topshiriqlari. Quyida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda sinov-test topshiriqlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ko‘rib chiqamiz. Qanoatli javonmard va tamagir Fors o‘lkasidan ikki o‘rtoq Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. Biri azaldan berilganiga qanoat qilardi; ikkinchisi esa undan ortiqni tama etardi. Ular borarkanlar, yo‘l bo‘yida bir tosh uchrab qoldi. Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. Yozilgan xatni ular o‘qishdi: “Kimki qiyinchilikka bardosh berib, toshning orqa tomonini ag‘darsa, unda bir afsona yozilgan. Afsonaga ko‘ra, shu atrofda bir vayrona bo‘lib uning tagida xazina bor. Mashaqqatiga chidagan o‘sha xazinaga ega bo‘ladi. Kimki bu mashaqqatdan yiroqlik istasa, sabr-u qanoat hammadan yaxshiroqdir”. Tamagir buni o‘qigach, toshning tagini qazishga tushib ketdi. Qanoat qiluvchi esа parvo qilmasdan o‘tib ketdi. U yo‘lidа dаvоm etdi vа tоngdа duch kеlgаn shаhаr dаrvоzаsidаn birinchi bo‘lib kirdi. Bu yer aholisining оdаti bo‘yicha, podshoh vаfоt etsа, sahar vaqtida kim shaharga birinchi bo‘lib kirsa, uni taxtga o‘tqazib, boshiga toj kiydirishar ekan. O‘sha оdаtgа ko‘rа u podshoh bo‘ldi. Tаmаgir esа boylik havasiga berilib, o‘z jonini rosa qiynadi, toshni boshqa tomoniga aylantirdi. Xаtdа: “Kim xomtama bo‘lsa, u dunyoda doim azobda”, deb yozilgan ekan. Birini qanoat mamlakatga podshoh qildi; ikkinchisini tamagirlik azobi xor-zor etdi. Matn yuzasidan test topshiriqlari. 1-topshiriq. Ochiq test toshiriqlari. Qisqa javob talab qiladigan test 1. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying. Fors o‘lkasidan … Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. 2. Qaysi yigit toshni orqasini ag‘dara oldi? 2-topshiriq. Kengaytirilgan javob talab qiladigan test topshirig‘i 1. Tamagir yigit nima uchun xor-zor bo‘ldi? 2. Qanoat nima? 3. Toshdagi xatda nima yozilgan edi? 3-topshiriq. Amaliy test topshirig‘i 1. Matnda berilgan quyidagi gaplarni turlarga ajrating. a) Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. Dekabr, 2025-Yil 22 b) Tamagir buni o‘qigach, toshning tagini qazishga tushib ketdi. d) Qanoat qiluvchi esа parvo qilmasdan o‘tib ketdi. e) Bu yer aholisining оdаti bo‘yicha, podshoh vаfоt etsа, sahar vaqtida kim shaharga birinchi bo‘lib kirsa, uni taxtga o‘tqazib, boshiga toj kiydirishar ekan. 2. Matnda qo‘shma gapning qaysi turlari uchraydi? 4-topshiriq. Yopiq test topshiriqlari. Muqobil javobli test topshirig‘i 1. “Kim xomtama bo‘lsa, u dunyoda doim azobda”. Matndan olinga ushbu gap qanday qo‘shma gap hisoblanadi? A. Bog‘langan qo‘shma gap B. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap C. Ergashgan qo‘shma gap D. Aralash qo‘shma gap 2. Tamagirning taqdiri qanday yakunlandi? A. Boylik havasiga berildi B. O‘zini rosa qiynadi C. Toshni ag‘dardi D. Xor-xor bo‘ldi 5-topshiriq. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” shaklidagi test topshirig‘i 1. Berilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Ikki o‘rtoq Chindan Forsga qarab yo‘lga chiqdilar. T N Ikki aka-uka Forsdan Chinga qarab yo‘lga chiqdilar. Toshning orqa tomonida bir afsona yozilgan edi. Qanoatli yigit sabr bilan toshni ag‘daradi. Tamagir yigit tama qilgani uchun xor-zor bo‘ldi. Xulosa. Ushbu tezisda o‘quvchilarning o‘qib va eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish jarayoni metodik jihatdan tahlil qilindi. Tezisda keltirilgan metod va tavsiyalar o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi hamda dars jarayonining sifatli tashkil etilishini ta’minlaydi. Yuqorida matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarga darsni to‘g‘ri tashkillashtirish, jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro muloqot yaratish, shuningdek, kritik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Shu tariqa, nutq malakalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshiradi, ularni mustaqil, faol va ijodiy fikrlaydigan shaxslar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dekabr, 2025-Yil 23 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472. 2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020. – №. 5 (56). 3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46) 4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. – С. 48-49. 5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75. 6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. – 2020. – №. 9. – С. 32-34. 7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1. – С. 24-25. 8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 11. 9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. 10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. 11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1.- №. 1. 12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1. 13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. – 2016. – С. 118. 14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39. 15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 6 (51).