scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI"

Ibraimova Gulmira Askarovna

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi refleksiyasi ko‘rib chiqiladi. “Ta’limdagi refleksiya” va refleksiyaning maqsadi, refleksiya funksiyalari va refleksiya tasnifi ochib beriladi. Shuningdek, chet tili darslarida o‘quvchilarning refleksiv xarakterdagi harakatlari ham tahlil qilinadi. Chet tilini o‘rganish jarayonidagi o‘quv-bilish faoliyatining bosqichlari,refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillar tasvirlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 533 “REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI” Ibraimova Gulmira Askarovna Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17815966 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi refleksiyasi ko‘rib chiqiladi. “Ta’limdagi refleksiya” va refleksiyaning maqsadi, refleksiya funksiyalari va refleksiya tasnifi ochib beriladi. Shuningdek, chet tili darslarida o‘quvchilarning refleksiv xarakterdagi harakatlari ham tahlil qilinadi. Chet tilini o‘rganish jarayonidagi o‘quvbilish faoliyatining bosqichlari,refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillar tasvirlanadi. Kalit so‘zlar: refleksiya, o‘quv-bilish faoliyati, refleksiv faoliyat, refleksiya funksiyalari, refleksiya tasnifi,kommunikativ kompetensiya Abstract: This article examines the reflection of primary school students in the learning process. The concepts of "reflection in education" and the purpose of reflection, its functions, and classifications are elucidated. Furthermore, the reflective actions of students in foreign language lessons are analyzed. The stages of cognitive and learning activities in the process of foreign language acquisition and the factors that develop students’ communicative competence based on a reflective approach are described. Keywords: reflection, cognitive and learning activity, reflective activity, functions of reflection, classification of reflection, communicative competence Boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘rgatish jarayoni o‘quvchilarni faol, ongli va mustaqil bilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu nuqtai nazardan, o‘quv faoliyatidagi “refleksiya” - o‘quvchining o‘z o‘quv faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va kelgusi harakatlarini ongli ravishda rejalashtirishi - kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida qaraladi. O‘quvchilar turlicha tarzda materialni eslab qoladilar, muayyan muammoni turli yo‘llar bilan hal etadilar. Shu sababli o‘quvchilarga turli xil o‘quv usullari va ko‘nikmalarini o‘rgatish muhimdir. Bu ularga chet tilini o‘rganishda o‘zlari uchun eng maqbul variantni tanlash imkonini beradi va individual o‘quv uslubini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa o‘quv faoliyati tajribasiga ega bo‘lmagan kichik yoshli maktab o‘quvchilari uchun muhimdir, chunki ularda shaxsiy jihatdan qulay (ular uchun maqbul) o‘quv mehnati uslubini to‘g‘ri shakllantirish zarur. Chet tilini egallash jarayonida o‘quv faoliyati tajribasini orttirish yanada murakkabroq. Shu bois chet tilini o‘qitish jarayonini shunday tashkil etish kerakki, kichik yoshli o‘quvchida individual xususiyatlariga asoslanadigan, uning chet tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘quv-bilish kompetensiyasi shakllansin [1.146]. O‘quvchilarning chet tilini egallash samaradorligini pedagogik sharoitlarni yaratgan holda o‘quv-bilish faoliyatini refleksiv tashkil etish orqali oshirish mumkin. Refleksiya lotincha “reflexio” — “orqaga qaytish, o‘ziga qayrilish” ma’nosini anglatadi. Refleksiya — bu o‘z-o‘zini tahlil qilish sifatida talqin etiladi. Refleksiya — INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 534 subyektning o‘zidagi ichki psixik holat va aktlarni anglash, o‘zini bilish jarayonidir.Ta’lim jarayoniga refleksiya protsedurasini kiritish o‘quvchilarga imkon beradi: - o‘z faoliyatini ongli ravishda rejalashtirish, sinfdoshlar va o‘qituvchilarning faoliyat maqsadlarini tushunish; -qo‘yilgan maqsadlarning bajarilishini kuzatish va keyingi faoliyatni to‘g‘rilab borish; -maqsadga erishishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklarni tahlil qilish; - “tashqaridan qarash” (o‘z faoliyatiga mustaqil nazar bilan baho berish). Zamonaviy pedagogikada refleksiya - bu faoliyat va uning natijalarining o‘z-o‘zini tahlilidir. Refleksiya o‘tilgan yo‘lni anglashga, har bir o‘quvchi tomonidan kuzatilgan, o‘ylangan, tushunilgan jihatlarni umumlashtirishga qaratilgan. Uning maqsadi faqat darsdan aniq natija bilan chiqish emas, balki ma’no zanjirini qurish, boshqa o‘quvchilarning usul va metodlarini o‘z usullari bilan solishtirishdir.Refleksiya faqat dars oxirida emas, balki darsning istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.Refleksiya o‘quvchiga o‘zining individualligi, o‘ziga xosligi va maqsadini anglash imkonini beradi.Bu o‘quvchining predmetli faoliyati va uning mahsulotlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Chunki o‘quvchi o‘z individualligiga mos keladigan faoliyat turlari orqali o‘zini namoyon qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish o‘quvchi uchun yangi bilimlar, yangi muloqot muhiti va yangi faoliyat turini anglatadi. Shu bois bu davrda o‘quvchida hali yetarli darajada o‘quv faoliyati tajribasi bo‘lmaydi. Refleksiya aynan shunday vaziyatda o‘quvchiga: - o‘zini o‘quvchi sifatida anglash; - o‘zining o‘qishga bo‘lgan munosabati va motivlarini tushunish; -darsda qanday metod va usullar unga ko‘proq mos kelishini aniqlash; - o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘rish; - o‘rganilgan til materialini qay tarzda samarali eslab qolish mumkinligini o‘z tajribasidan kelib chiqib belgilash imkonini beradi. Bu jarayon esa o‘quvchining individual kommunikativ rivojlanish trayektoriyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘quvchining o‘ziga xos psixologik va kognitiv xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilgan refleksiv o‘quv-bilish faoliyati chet tilini o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi . Chet tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ham o‘qituvchi, ham o‘quvchi o‘zining “Men”ini anglay olishi muhim. Bunday sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatining refleksiv xarakteri quyidagi harakatlarda namoyon bo‘lishi mumkin: 1. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilar tomonidan chet tilini o‘rganish maqsadlarini belgilash va anglash. 2. Til o‘rganish motivlarini shakllantirish va ularni qondirish. 3. Tilni bilishning boshlang‘ich darajasini aniqlash va uni rivojlantirish zaruratini tushunish. 4. O‘quv-bilish va o‘zlashtirish faoliyatining harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. 5. Chet tilini o‘rganish holati va istiqbollari haqida ma’lumot olish va uni anglash. 6. Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, o‘z-o‘zini baholash, ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, ya’ni chet tilidagi madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish [2.80]. Kommunikativ kompetensiya - bu o‘quvchining ingliz tilida samarali muloqot qilishi, mantiqiy fikr bildira olishi, o‘z fikriga izoh bera olishi va nutqiy vaziyatni baholay olishi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 535 demakdir. Refleksiv yondashuv quyidagi yo‘nalishlarda kommunikativ kompetensiyaning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi: 1. Maqsadni anglash - o‘quvchi nima uchun ingliz tili o‘rganayotganini tushunadi; bu esa nutqiy faoliyatda faol ishtirokni kuchaytiradi. 2. O‘zining boshlang‘ich darajasini baholash - o‘quvchi qanday so‘zlarni biladi, nimalarni bilmaydi, qaysi vazifalar unga qiyin ekanini anglaydi. 3. Nutqiy xatolarni anglash va tuzatish - refleksiya o‘quvchida o‘z nutqini tekshirish ko‘nikmasini shakllantiradi. 4. O‘zining muloqot uslubini aniqlash - ayrim o‘quvchilar tinglab tushunish orqali, boshqalar esa takrorlash va amaliy mashqlar orqali samaraliroq o‘rganadi. 5. O‘z-o‘zini baholash - o‘quvchi dars davomida nima o‘rganganini mustaqil tahlil qiladi. Bu jarayonning barchasi tilni o‘rganish samaradorligini oshiradi va o‘quvchini faol kommunikativ shaxs sifatida shakllantiradi. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish vositalaridan biri umumiy ta’lim tizimida xorijiy tilni o‘qitishdir. Xorijiy til - o‘quvchilarda gumanistik dunyoqarash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi fan hisoblanadi. O‘quvchilar xorijiy tilni ushbu til ifoda etadigan madaniyat kontekstida o‘rganar ekanlar, ular atrof-muhitni bor xilma-xilligi bilan anglaydilar, uni o‘zlari uchun kashf etadilar. Bunday o‘qitish jarayoni madaniyatlararo dialog xarakterini kasb etadi va o‘quvchilar o‘z ona tili lingvistik chegaralaridan chiqib, yangi madaniy bosqichga ko‘tariladilar. Chet tillarini, hech bo‘lmaganda bittasini bilish, zamonaviy jamiyatda insonning muvaffaqiyatga erishishi uchun muhim shartdir. Chet tilini bilish boshqa xalqning madaniyati, urf-odatlari va mentalitetini anglashga yordam beradi. Hech bo‘lmaganda bitta chet tilini bilgan inson boshqa jamiyatga oson moslasha oladi. Bu esa zamonaviy dunyoda tobora kengayib borayotgan madaniy va ishbilarmonlik aloqalari sharoitida juda muhimdir. Bugun chet tilini bilish professional o‘zini namoyon qilishni osonlashtiradi, chunki ish beruvchilar tayyor bilimga ega xodimlarni afzal ko‘radilar, ularni qaytadan o‘qitish talab qilinmaydi. Shuningdek, chet tilini bilgan kishi sayohat yoki hordiq vaqtida boshqa mamlakatlarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ladi. Bugungi bosqichda ingliz tilini o‘rganish uchun shart-sharoit yaratish jarayonida o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani ya’ni nutqiy muloqotga tayyorlik va qobiliyatni - parallel ravishda shakllantirish zaruriyati yaqqol sezilmoqda. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish uchun eng qulay ta’lim sohas va bu aynan “Xorijiy til” fanidir. Maktab jamiyatda asosiy ma’rifiy markaz bo‘lganligi sababli, u samarali muloqot qila oladigan, ya’ni yangi ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlashi kerak: turli toifa odamlari bilan muloqot qilish, jamoada ishlash, boshqalarni motivatsiya qila olish. Shu sababli chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani, aniq kommunikativ yo‘nalishni shakllantirish vazifasi yanada dolzarb bo‘lmoqda. O‘quvchilarning faolligi, ularni nutq faoliyatining barcha turlariga gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozishga jalb qilishning turli usullari chet tillarini o‘qitishda katta ijobiy natija beradi. Umumta’lim maktabida chet tillarini o‘qitishning asosiy maqsadi esa o‘quvchilarda chet tilidan madaniyatlar va sivilizatsiyalar dialogi vositasi sifatida foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, ularni jahondagi global madaniy makonga moslashtirishdir. Bu maqsad o‘quvchilarning chet tili orqali kommunikativ va sotsiokultur jihatdan rivojlanishini, ularni turli hayot sohalarida madaniyatlararo muloqotga tayyorlashni nazarda tutadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 536 Bugun dunyoda ta’limning ustuvorligi yaqqol bo‘lgan bir paytda, ta’lim sifati faqat madaniyat–ta’lim–ma’naviyat uchligi o‘rtasidagi yaqin uzviylik orqali yuksalishi mumkin. Madaniy va ma’naviy qadriyatlarga asoslanmagan ta’lim foydasiz bo‘lib, uni haqiqiy ma’noda madaniy ta’lim deb bo‘lmaydi. Madaniy ta’lim deb insonning ma’naviy va madaniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan barcha ta’lim jarayonini tushunish mumkin [3.11]. Zamonaviy jamiyatda ta’lim yuqori qadrlanadi va ko‘plab insonlar uni olishga intiladilar. Bugun maktab va kollej o‘quvchilari turli fan, texnika va madaniyat sohalari bo‘yicha katta hajmdagi bilimlarni egallaydilar. Biroq shunga qaramay, ko‘plab insonlar ichki sokinlik yoki baxtni his qilmaydilar. Zamonaviy ta’lim insonni jamiyat nazarida muhim shaxsga aylantiradi, unga tirikchilik uchun vosita beradi. Ammo ta’lim insonni yomon odatlardan xalos bo‘lishga, zararli xulqlardan voz kechishga, insonlar va tabiat bilan uyg‘un munosabat qurishga o‘rgatmaydi [4.3]. Yevropa Kengashi materiallarida xorijiy til bo‘yicha ikki turdagi kompetensiya ko‘rib chiqiladi: umumiy kompetensiyalar (General competences) va kommunikativ til kompetensiyasi (Communicative language competence). Umumiy kompetensiyalarga quyidagilar kiradi -o‘rganish qobiliyati (ability to learn) -ekzistensial kompetensiya (existential competence) -deklarativ bilimlar (declarative knowledge) -ko‘nikma va malakalar (skills and know-how) [5. 65-72] Kommunikativ til kompetensiyasi (Communicative language competence) o‘z ichiga oladi: -lingvistik komponent (leksik, fonologik, sintaktik bilim va ko‘nikmalar) -sotsiolingvistik komponent -pragmatik komponent (til tizimi va uning sotsiolingvistik varianti bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va tajribalar) Zamonaviy maktablarda o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayoni yetarlicha muvofiqlashtirilmaganligi sababli real muloqot jarayoni bilan sun’iy yaratilgan o‘quv vaziyatlari o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga keladi.Sun’iy ravishda tanlangan mavzular o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari, o‘quv dasturlarida ingliz tili grammatikasi ko‘pincha faqat normativ ko‘rinishda beriladi. Natijada o‘quvchilarning nutqi tabiiylikdan yiroq bo‘lib qoladi, ayniqsa, ular o‘z fikrini ifodalamoqchi bo‘lganida. Klassik sintaksis o‘quvchilarning real nutq–tafakkur jarayoni bilan mos kelmaydi, bunda o‘quvchi uchun to‘g‘ri jumla qurish shaxsiy fikrni ifodalashdan muhimroq bo‘lib qoladi, oddiy fikrni bildirish uchun esa ko‘pincha “qoliplangan”, keraksiz darajada murakkab iboralar ishlatiladi. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonining markazida kommunikativ yo‘naltirilgan o‘qitish turadi. Uning asosida esa muloqotning funksional shakli bo‘lgan o‘quv vaziyatlari yotadi.Chet tiliga o‘rgatishda kommunikativ yo‘naltirilgan o‘qitishning asosini o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni ta’minlaydigan, chet tilini o‘zlashtirish uchun qulay didaktik sharoitlarni yaratish tashkil etadi. Bu esa o‘quvchilarni faol nutqiy faoliyatga jalb qiluvchi real muloqot vaziyatlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali amalga oshiriladi. Interfaol ta’lim shakllar - bu o‘quvchilar o‘rtasida, shuningdek o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga asoslangan bilish faoliyatini tashkil etish shakllaridir. “Interfaol” so‘zi ingliz tilidagi “interact” so‘zidan kelib chiqqan. “Inter” - “o‘zaro”, “act” - “harakat qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Demak, interfaol -bu o‘zaro hamkorlik INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 537 qilish, kim bilandir (inson), yoki nimadir bilan (masalan, kompyuter) suhbat, dialog rejimida harakat qilish qobiliyatini anglatadi. Shu bois, interfaol ta’lim avvalo dialogik ta’lim bo‘lib, unda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida faol o‘zaro muloqot amalga oshiriladi va o‘quv jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining muvaffaqiyatini, intellektual qobiliyatlarini his etadigan qulay o‘quv sharoitlarini yaratishga qaratilgan maxsus bilish faoliyati shakli ekanini ta’kidlash lozim . O‘quvchining faolligi, faqat metodning o‘zi bilan emas, balki ta’lim muhiti kabi boshqa omillar bilan ham belgilanishi interfaol ta’limning asosiy mezonidir. Interfaol o‘qitish jarayonining samaradorligi quyidagi tamoyillarga bog‘liq:  dialogik o‘zaro ta’sir;  hamkorlik va kooperatsiyaga asoslangan kichik guruhlarda ishlash;  faol-rolli (o‘yinli) faoliyat;  trening asosidagi ta’limni tashkil etish . Juftlikda va guruhda ishlashning eng mashhur shakllari quyidagilardir:ichki (tashqi) aylana, miya shturmi, zigzag bo‘yicha o‘qish, fikr almashish, shuningdek kommunikativ va kognitiv maqsadlarni uyg‘unlashtirgan eng yangi metodlar. Interfaol metod xorijiy til muloqoti vositasida kommunikativ va bilish vazifalarini hal qilish imkonini beradi. “Interfaol o‘qitish” tushunchasiga quyidagi mazmunni yuklash mumkin: a) o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot jarayonida o‘zaro ta’sir; b) lingvistik va kommunikativ vazifalarni hal etishga qaratilgan ta’lim. Interfaol faoliyat o‘quv jarayonining har bir ishtirokchisi uchun muhim bo‘lgan masalalarni tushunish, o‘zaro yordam, hamkorlik, muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan dialogik nutqni tashkil etish va rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Interfaol ta’limda pedagogning vazifasi — o‘quv jarayonida yordamchi bo‘lish, axborot manbalaridan biri sifatida faoliyat yuritishdir. Uning faoliyatida markaziy o‘rin alohida o‘quvchiga emas, balki bir-biri bilan hamkorlikda ishlayotgan o‘quvchilar guruhiga beriladi, ular bir-birini rag‘batlantiradi va faollashtiradi . Interfaol ta’limdan foydalanish natijasida quyidagi vazifalar hal etiladi: - kommunikativ-rivojlantiruvchi; -o‘quv-bilish; - ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifalar. Interfaol ta’lim darslarda turli ko‘rinishdagi mashqlarni qo‘llashni nazarda tutadi: matnli, kirish (motivatsion), tinglab tushunish, leksik, dialogik va suhbat mashqlari.O‘quvchilar o‘zlari egallagan bilimlarni faol qo‘llash jarayoniga jalb qilinadi, shu bilan praktik vazifalarni bajarish orqali umumiy tushunish va bilimlarni egallash darajasi oshadi. Interfaol ta’limning har bir bosqichida o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini namoyon etadi va jamoaviy faoliyat tajribasi to‘planadi. Interfaol ta’lim o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘zaro muloqotga yo‘naltirilgan faoliyatini loyihalashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, faol o‘qitish metodlari qo‘llaniladi: -ishchi va rolli o‘yinlar; - harakat va rollarni ijro etish; -birgalikdagi munozaralar; - simulyatsion o‘yinlar; -loyiha ishlari; - modellashtirish; - o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 538 Interfaol ta’lim shakllarining asosiy tamoyili - faol muloqot tamoyili, ya’ni darsda turli xildagi va turdagi muloqot vaziyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Darslarda o‘quvchilarning yuqori darajada tashkil etilgan o‘zaro ta’siri kommunikativ ko‘nikmalar shakllanishiga yordam beradi.Biz uchun eng muhim interfaol ish shakllari quyidagilardir:  munozaralar;  o‘qituvchi nazorati ostida o‘tkaziladigan o‘yinlar (rolli kommunikativ o‘yinlar);  case method (holat usuli);  project method (loyiha usuli). E. V. Kovalevskaya munozarani olib borishning ba’zi usullarini taklif qiladi, jumladan:  muammoli vaziyatni taqdim etish;  muammoli savollarni qo‘yish;  videotasvirlar orqali namoyish qilish;  muammoli vaziyatni rolli ijro qilish;  muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha qarama-qarshi fikrlarni tahlil qilish;  alternativ tanlov (ishtirokchilarga bir nechta nuqtai nazardan yoki muammoni hal qilish usullaridan birini tanlash taklif qilinadi) [6]. Hech bir munozara savol-javobsiz o‘tmaydi, va har bir savolning o‘ziga xos jihatlari mavjud. To‘g‘ri shakllantirilgan savollar o‘quvchilarga kerakli ma’lumotni olish, shuningdek, o‘z fikrini bildirayotgan sinfdoshlarning pozitsiyasini aniqlash imkonini beradi. Interfaol metodlar orqali (juftlik va guruh ishlari, rolli o‘yinlar, loyihalar) o‘quvchilar o‘z bilimlarini amalda qo‘llaydi va kommunikativ vazifalarni mustaqil hal qiladilar. Bu jarayon o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham yordam beradi[7]. R. Alshaye (2024) esa reflektiv o‘qitish va dinamik baholash modelini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tajribasida qo‘llash orqali, o‘quvchilarning nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu mexanizm, o‘quvchilarning faol nutqiy ishtiroki, individual o‘qish strategiyasini shakllantirish va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yordam beradi[8]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida refleksiv yondashuvni qo‘llash ularning o‘quv faoliyatini tizimli tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish imkonini beradi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, refleksiv yondashuv va interfaol metodlarni uyg‘un qo‘llash orqali o‘quvchilarda samarali muloqot qobiliyati va mustaqil o‘qish ko‘nikmalari shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Алиева Б. Ш. Педагогика в вопросах и ответах: учебно-методическое пособие для студентов гуманитарных факультетов. М.: ИПЦ ДГУ, 2007. - 100 с. 2. Алиева Б. Ш. Педагогическое обеспечение в системе многоуровневого профессионального образования на основе компетентностного подхода: учебнометодическое пособие. - Махачкала: Изд-во ДГУ, 2014. - 260 с. 3. Маллаев Д. М. Гуманизация общего и специального образования как фактор создания ценностно-ориентированной педагогической среды // Педагогическое образование и наука. 2014. -№ 8. - С. 117-120. 4. Мальцева О. А. Тренинг коммуникативных навыков. Тюмень: Издво ТГУ, 2011. - 16 с. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 539 5. Современные подходы к преподаванию иностранных языков. Информация из Совета Европы // Иностранные языки в школе. 2000- № 1. - С. 65-72. 6. Пантелеева М. В. Компетентностный подход в образовании: зарубежный опыт / М. В. Пантелеева, А. С. Сухристина // Вестник ЮжноУральского государственного университета. Серия «Образование. Педагогические науки». 2016.- Т. 8. -№ 4. - С. 100-104. 7. Al-Rashidi, A. H., & Aberash, A. (2024). Reflective thinking and self-evaluation in language learning. SFL Education, 3(1), 15–28. 8. Alshaye, R. (2024). Integrating Reflective Teaching with Dynamic Assessment to Enhance EFL Teachers’ Autonomy, Self-Assessment and Communication Skills. Arab World English Journal. https://awej.org/integrating-reflective-teaching-with-dynamic-assessment-toenhance-efl-teachers-autonomy-self-assessment-and-communicati