scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODIKA VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Ismailova Guzal Fayzullayevna

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodika va pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Chet tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligida kommunikativ, metodik, madaniyatlararo hamda axborot-kommunikatsion kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash, refleksiv yondashuvning o‘rni va innovatsion metodlarning samarasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 543 BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODIKA VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Ismailova Guzal Fayzullayevna Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17816125 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodika va pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Chet tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligida kommunikativ, metodik, madaniyatlararo hamda axborot-kommunikatsion kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash, refleksiv yondashuvning o‘rni va innovatsion metodlarning samarasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy kompetensiya, metodika, pedagogik yondashuv, kommunikativ yondashuv, integrativ metod, refleksiya, AKT, interfaol ta’lim. Abstract. This article analyzes effective methods and pedagogical approaches that serve the development of professional competence of future foreign language teachers. The process of forming communicative, methodological, intercultural, and information and communication competencies in the professional training of a foreign language teacher is highlighted. Also, the application of modern educational technologies, the role of the reflexive approach, and the effectiveness of innovative methods are scientifically substantiated. Keywords: professional competence, methodology, pedagogical approach, communicative approach, integrative method, reflection, ICT, interactive learning. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘qitish sifati jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichiga aylanmoqda. Chet tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi — bu faqat til bilish emas, balki uni o‘rgatishning zamonaviy metodikasi, texnologiyalarni qo‘llay olish ko‘nikmasi, madaniyatlararo muloqot olib borish qobiliyati va refleksiv tahlilni amalga oshirish mahoratini ham o‘z ichiga oladi. Shu bois, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida kasbiy kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metodik va pedagogik yondashuvlarni tanlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 1. Kasbiy kompetensiya tushunchasi va uning tarkibiy qismlari Kasbiy kompetensiya – bu shaxsning kasbiy faoliyatni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmuasidir. Chet tili o‘qituvchisi uchun bu quyidagi asosiy komponentlardan iborat: Lingvistik kompetensiya: chet tilining fonetika, leksika va grammatik tizimini puxta egallash. Kommunikativ kompetensiya: chet tilida tabiiy muloqotga kirisha olish qobiliyati. Metodik kompetensiya: ta’lim jarayonini rejalashtirish, metodlarni tanlash va baholash ko‘nikmasi. Axborot-kommunikatsion kompetensiya: AKT vositalarini darsda samarali qo‘llash. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 544 Madaniyatlararo kompetensiya: o‘rganilayotgan til madaniyatini chuqur anglash. Refleksiv kompetensiya: o‘z faoliyatini tahlil qilish, xatolarni to‘g‘rilash va o‘zini rivojlantirish. 2. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodika va yondashuvlar Kommunikativ yondashuv talabaning tilni real muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Darslarda muloqotga asoslangan mashg‘ulotlar, vaziyatli o‘yinlar, juftlikda yoki guruhda ishlash kabi usullar til o‘rganishni tabiiy holatga keltiradi. Kommunikativ yondashuv talabaning tilni faqat grammatik yoki leksik jihatdan emas, balki real muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Bu yondashuvning pedagogik asosida tilni amaliy foydalanish g‘oyasi yotadi. Bu yondashuv J. Hymes (communicative competence) va D. Canale M. Swain modellari bilan bog‘liq bo‘lib, ular tilni faqat qoidalar tizimi emas, balki ijtimoiy muloqot vositasi sifatida ko‘rishni tavsiya qiladi. Ushbu yondashuvning afzalliklari tilni tabiiy muhitda o‘rganishga imkon beradi hamda kommunikativ qobiliyatni tez rivojlantiradi, talabaning motivatsiyasini oshiradi. Krashenning “input hypothesis” nazariyasi ham muloqotga asoslangan yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi va tilni o‘rganish samarali bo‘lishi uchun talabaga tushunarli va kontekstga boy ma’lumot taqdim etilishi lozim. Integrativ yondashuv esa til o‘rganishni boshqa fanlar, texnologiya, madaniyat va psixologiya bilan bog‘lashni nazarda tutadi. Natijada o‘qituvchi nomzodda kompleks bilim va keng dunyoqarash shakllanadi. Ushbu yondashuvning maqsadi talabada kompleks va keng qamrovli kompetensiya shakllantirishdan iborat. Interdisciplinary learning konsepsiyasi asosida bilimlar bir-biriga bog‘langan holda o‘qitiladi. Vygotskyning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi va constructivismga muvofiq, talaba bilimni kontekst bilan bog‘lab o‘rganadi. Xussusan: Til darslarini tarix, fan va san’at mavzulari bilan bog‘lash. Multimedia va texnologiyalar yordamida mavzularni integratsiya qilish. Masalan, biologiya darsida inglizcha maqolalarni o‘qish va muhokama qilish. Madaniy kontekstni kiritish: film, adabiyot, milliy an’analarni o‘rganish orqali tilni kengroq tushunish. Ushbu yondashuv bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, talabaning muloqot, madaniyat va fan sohalaridagi bilimlarini birlashtiradi va kompleks fikrlash va kreativ yondashuvni rivojlantiradi. Refleksiv yondashuv o‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘z ustida ishlash, yangicha metodlarni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun refleksiv tahlil jurnallari, mentorlik tizimi va portfoliolar samarali vosita bo‘la oladi. Donald Schönning “reflective practitioner” nazariyasiga ko‘ra malakali mutaxassis o‘z tajribasini tahlil qilishi va shundan o‘rganishi kerak degan konsepsiya ilgari suriladi. Pedagogik refleksiya o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi xatolarini kamaytiradi va metodik kompetensiyani oshiradi. Zamonaviy darslarni AKT bilan uyg‘unlashtirish kompetensiyani rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. “Duolingo”, “Quizlet”, “Google Classroom”, “ChatGPT” kabi onlayn vositalar orqali o‘qitish talabalarning o‘quv faolligini oshiradi, o‘zaro muloqotni kuchaytiradi. Ushbu texnologiyalar asosida quyidagi afzalliklarga erishish mumkin: Masofaviy va individual o‘qitish imkonini beradi; Talabani mustaqil o‘rganishga rag‘batlantiradi; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 545 Interaktivlik va gamifikatsiya orqali motivatsiyani oshiradi. Interfaol metodlar “Rol o‘ynash”, “Aqliy hujum”, “Case-study”, “Loyiha ishi”, “Cluster” kabi interfaol metodlar talabalarni faol ishtirok etishga undaydi, ijodkorlikni rivojlantiradi va real pedagogik muammolarni yechish tajribasini beradi. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning bosqichli modeli Quyidagi jadval bo‘lajak chet tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning bosqichli modelini ifodalaydi: Bosqich Mazmun Amalga oshirish shakli Motivatsion Kasbga ijobiy munosabatni shakllantirish Treninglar, suhbatlar, video taqdimotlar Bilim bosqichi Til va metodik bilimlarni o‘zlashtirish Ma’ruza, seminar, onlayn ta’lim Amaliy bosqich Til o‘qitish amaliyoti Mikro-o‘qitish, dars tahlili Refleksiv bosqich O‘z faoliyatini tahlil qilish Portfolio, mentorlik, muhokama Innovatsion bosqich Yangi texnologiyalar asosida dars dizayni Digital tools, virtual sinflar Ushbu model o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini tizimli tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim tizimining strategik vazifalaridan biridir. Bu jarayon samarali metodika, interfaol yondashuvlar, AKT vositalari va refleksiv tahlil asosida amalga oshirilgandagina natijador bo‘ladi. Chet tili o‘qituvchisining kasbiy yetukligi uning shaxsiy va kasbiy o‘sishining, doimiy o‘rganish va yangilikka ochiqlikning natijasidir. Shunday o‘qituvchi bugungi raqobatbardosh ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shodmonov Sh., To‘xtayeva N. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 2. Richards, J. C., Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. – Cambridge University Press, 2014. 3. Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. – Pearson Education, 2015. 4. Mahmudova D. Chet tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. // “Ta’lim va innovatsiyalar” jurnali, 2023. 5. Mavlonova R., Yuldasheva S. Kasbiy pedagogika. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020.