OILADA FARZAND TARBIYASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Abstract
Mazkur maqolada oilada farzand tarbiyasi jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila muhitining o‘rni, ota-onaning pedagogik madaniyati, shuningdek raqamli davrda tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada tarbiya jarayonida aksiologik, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va kommunikativ yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 445 OILADA FARZAND TARBIYASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna Qoʻqon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17816163 Annotatsiya. Mazkur maqolada oilada farzand tarbiyasi jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila muhitining o‘rni, ota-onaning pedagogik madaniyati, shuningdek raqamli davrda tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada tarbiya jarayonida aksiologik, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va kommunikativ yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: oila tarbiyasi, zamonaviy pedagogika, psixologik yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, raqamli madaniyat, farzand tarbiyasi, emotsional intellekt. Abstract. This article analyzes the modern pedagogical and psychological approaches applied in the process of child upbringing within the family. It scientifically highlights the role of the family environment in the formation of a child’s personality, the importance of parents’ pedagogical culture, and the necessity of adopting new approaches to upbringing in the digital age. The article also reveals the significance of axiological, competency-based, learnercentered, and communicative approaches in the process of education and upbringing. Keywords: family upbringing, modern pedagogy, psychological approach, learnercentered education, digital culture, child upbringing, emotional intelligence. Kirish. Oilada farzand tarbiyasi har bir jamiyatning ma’naviy-axloqiy poydevorini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Farzand tarbiyasi – bu hayot-mamot masalasi, millat kelajagini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi” [1]. Shu boisdan, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy mas’uliyatli va ma’naviy barkamol yoshlarni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur yo‘nalish “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-yil 23-sentabr) hamda “Yoshlar tarbiyasiga doir davlat siyosati konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (2021-yil 19yanvar, PF–6155-son)da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda oilaning tarbiya jarayonidagi mas’uliyati, ota-onalarning pedagogik va psixologik savodxonligini oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi alohida qayd etilgan [2]. Shuningdek, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2023-yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Yoshlarimizni zamonaviy bilim va tafakkur egasi, mustaqil qaror qabul qila oladigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega insonlar qilib tarbiyalash – barchamizning muqaddas burchimizdir”, deb ta’kidlangan. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda an’anaviy tarbiya usullarini zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda tarbiya jarayoni shaxsning ichki dunyosini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini va individual xususiyatlarini chuqur o‘rganishga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik hamda
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 446 kompetensiyaviy yondashuvlarga tayanadi. Bunday yondashuvlar oilada farzandning ijodkorlik salohiyatini, ijtimoiy faolligini va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda farzand tarbiyasi tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan va ijtimoiyemotsional yondashuvlar keng tatbiq etilmoqda. Masalan, Finlyandiya, Kanada va AQShda Social-Emotional Learning (SEL) dasturlari ota-onalar, pedagoglar va psixologlar hamkorligida amalga oshiriladi [3]. Bu tizimda bola o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqalarni tushunish, empatiya, mas’uliyat va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatiladi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ijtimoiy-emotsional yondashuvni oila muhitida qo‘llash bolalarning psixologik barqarorligi va akademik muvaffaqiyatlarini 10–15 foizga oshirgan [4]. Shu bois, xorijda oilaviy psixologik maslahat markazlari keng rivojlangan, ota-onalar uchun maxsus trening va onlayn o‘quv platformalari faoliyat yuritadi. MDH mamlakatlarida — xususan, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda — tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni saqlash bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasining “Milliy tarbiya konsepsiyasi”da (2022) bolada fuqarolik ongini, vatanparvarlikni, ijtimoiy faollikni shakllantirish bilan bir qatorda, psixologik farovonlikni ta’minlashga e’tibor qaratilgan [5]. Qozog‘iston Respublikasida esa 2020-yilda qabul qilingan “Ruxiy yangilanish” dasturi asosida shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya modeli joriy etilgan [6]. Bu mamlakatlarda tarbiya tizimining asosiy yo‘nalishi — an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy psixopedagogik metodlarni uyg‘unlashtirishdir. Shu orqali oila tarbiyasida bola shaxsini hurmat qilish, mustaqil fikrlash va empatik muloqotni qo‘llab-quvvatlash rivojlanmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yoshlar tarbiyasi, oila mustahkamligini ta’minlash va ta’lim sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2023-yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Yoshlarimizni zamonaviy bilim va tafakkur egasi, mustaqil qaror qabul qila oladigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega insonlar qilib tarbiyalash — barchamizning muqaddas burchimizdir” deb alohida ta’kidlangan [7]. Ayni paytda oila tarbiyasi jarayonida aksiologik (qadriyatga yo‘naltirilgan), kompetensiyaviy (amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish), va raqamli-pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot makonida xavfsiz xulq-atvorni shakllantirish, ota-onalarning raqamli madaniyatini rivojlantirish kabi vazifalar belgilangan [8]. Shuningdek, “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ota-onalar universiteti” loyihasi oila muhitida zamonaviy tarbiyaviy yondashuvlarni keng joriy etish imkonini bermoqda. Bugungi globallashuv davrida oilada farzand tarbiyasiga zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarni tatbiq etish — har bir jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini belgilovchi muhim omildir. Xorijiy tajribalar (SEL, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv) O‘zbekiston sharoitida milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilmoqda. Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, raqamli madaniyatni shakllantirish, shaxsning emotsional intellektini rivojlantirish, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish — zamonaviy tarbiya tizimining asosiy mezonlaridan biridir.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 447 Oilada farzand tarbiyasi jamiyatning ma’naviy-axloqiy poydevorini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Bola shaxsining kamol topishi, uning ma’naviy, intellektual va ijtimoiy rivoji avvalo oilaviy tarbiya tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liqdir. Shu sababli zamonaviy pedagogik yondashuvlar oilaviy tarbiya jarayonida markaziy o‘rinni egallamoqda. Pedagogik yondashuv — bu tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish va uning individualligini hurmat qilishga asoslangan metodologik yo‘nalishdir. Bugungi kunda farzand tarbiyasida bir qator samarali pedagogik yondashuvlar qo‘llanilmoqda, xususan: shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, aksiologik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, faoliyatga asoslangan yondashuv va integrativ yondashuv. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv. Bu yondashuvda bola shaxs sifatida tarbiya jarayonining markazida turadi. Ota-ona va o‘qituvchi bolaning ichki dunyosini, individual ehtiyoj va qobiliyatlarini inobatga olgan holda unga yondashadi. Pedagog L.S. Vygotskiy (1984) ta’kidlaganidek, “bolaning rivojlanishi tashqi ta’sirlar emas, balki uning ichki faoliyati bilan belgilanadi”. Shu bois, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv farzandni buyruq asosida emas, balki o‘z ichki motivatsiyasi orqali rivojlantirishni maqsad qiladi [11]. Aksiologik yondashuv. Aksiologik (qadriyatga asoslangan) yondashuv tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Oila farzand uchun eng birinchi qadriyatlar maktabidir. Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Biz yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va tarixiy merosimiz ruhida tarbiyalashimiz lozim” [12]. Bu yondashuv orqali farzandlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va hurmat kabi fazilatlar shakllanadi. Kompetensiyaviy yondashuv. Kompetensiyaviy yondashuv farzandni faqat bilim olishga emas, balki ularni amaliy hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Bu jarayonda otaonalar farzandga mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, muloqotga kirishish va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini singdirishlari zarur. Mazkur yondashuv O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-yil 23-sentabr)da ham aks etgan bo‘lib, unda ta’limning asosiy maqsadi “shaxsning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish” ekanligi ta’kidlanadi [13]. Faoliyatga asoslangan yondashuv. Bu yondashuvda tarbiya faoliyat orqali amalga oshiriladi. Farzandning mehnat, o‘yin, o‘qish va ijtimoiy faoliyati tarbiyaning asosiy vositasiga aylanadi. A.N. Leontyevning faoliyat nazariyasiga ko‘ra, “shaxs faoliyatda shakllanadi va o‘zini namoyon etadi” [14]. Shu bois, ota-onalar farzandni amaliy faoliyatlarga jalb etish orqali unda mas’uliyat, intizom va jamoaviylikni shakllantirishlari lozim. Integrativ yondashuv. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida tarbiya jarayoni turli yondashuvlarning uyg‘unligida olib borilishi zarur. Integrativ yondashuv pedagogik, psixologik, sotsiologik va axborot texnologiyalari asosida farzandni har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bu yondashuv ayniqsa “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan raqamli madaniyatni shakllantirish maqsadlariga uyg‘undir [15]. Farzand tarbiyasida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish otaonalar va pedagoglardan yuqori pedagogik madaniyat, psixologik savodxonlik va innovatsion fikrlashni talab etadi. Bu yondashuvlar orqali oila nafaqat bilim beruvchi, balki axloqiy, ruhiy va intellektual jihatdan sog‘lom shaxsni voyaga yetkazuvchi ijtimoiy institut sifatida mustahkamlanadi. Oilada farzand tarbiyasi jarayonida psixologik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi, chunki bola shaxsining shakllanishi nafaqat pedagogik, balki psixologik omillarga ham bevosita
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 448 bog‘liqdir. Psixologik yondashuv — bu tarbiyada shaxsning ruhiy holati, emotsional ehtiyojlari, individual temperament va xarakter xususiyatlarini inobatga olishni nazarda tutuvchi ilmiyamaliy yo‘nalishdir. Ushbu yondashuvlar yordamida ota-onalar farzandni chuqurroq tushunish, u bilan sog‘lom psixologik aloqa o‘rnatish va ijobiy tarbiya muhitini yaratish imkoniga ega bo‘ladilar. 1. Shaxsga yo‘naltirilgan psixologik yondashuv. Mazkur yondashuvning asosiy maqsadi — farzandni o‘ziga xos psixologik dunyoga ega shaxs sifatida qabul qilishdir. Shaxsga yo‘naltirilgan psixologik maktabning asoschilaridan biri K. Rojers fikricha, “inson tabiatan ijobiy rivojlanishga moyil, unga shunchaki qulay psixologik muhit yaratish zarur” [16]. Shu bois ota-onalar farzandga nisbatan hurmat, empatiya va shaffof muloqot tamoyillariga amal qilgan holda tarbiya olib borishlari zarur. Ushbu yondashuvda muhim jihatlardan biri — bolaning o‘z fikrini erkin ifoda etishiga imkon yaratishdir. Bu jarayonda oila a’zolarining muloqot madaniyati, psixologik bag‘rikengligi va o‘zaro ishonchi markaziy o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida (PQ–6162, 2021-yil 19-yanvar) ham yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, psixologik xizmat tizimini rivojlantirish masalalari alohida e’tirof etilgan [17]. 2. Ijtimoiy-psixologik yondashuv. Bu yondashuvda bola shaxsining shakllanishida oila, tengdoshlar guruhi va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar asosiy o‘rin egallaydi. A. Bandura tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy o‘rganish nazariyasiga ko‘ra, “bolalar asosan kuzatish va taqlid orqali o‘rganadilar” [18]. Demak, ota-onalar va yaqin atrofdagilar farzand uchun doimiy “psixologik model” vazifasini bajaradilar. Shu sababli oilada sog‘lom muhit, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat mavjud bo‘lishi bolaning ruhiy rivojiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilani qo‘llab-quvvatlash va ayollar, yoshlar manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5938-son Farmonida (2020-yil 18-fevral) ham o‘z aksini topgan bo‘lib, unda oiladagi sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan [19]. 3. Faoliyatga asoslangan psixologik yondashuv. A.N. Leontyev va S.L. Rubinshteyn tomonidan asoslangan bu yondashuvga ko‘ra, bola shaxsining psixik rivojlanishi uning faoliyat jarayonida sodir bo‘ladi. Bola o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati orqali o‘zini namoyon etadi, his-tuyg‘ularini boshqarishni, ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishni o‘rganadi [20]. Shu sababli otaonalar farzandni faol ishtirokchi sifatida tarbiyaga jalb etishlari, uning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Ushbu yondashuv zamonaviy “faoliyat psixologiyasi” konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib, bolada motivatsiya, o‘zini anglash, iroda va mas’uliyat kabi sifatlarni rivojlantiradi. 4. Kognitiv (bilish) yondashuv. Kognitiv psixologiya tarafdorlari — J. Piajе va J. Bruner fikriga ko‘ra, bola bilimni tayyor shaklda emas, balki faol aqliy jarayonlar orqali o‘zlashtiradi [21]. Shu sababli tarbiyada farzandning tafakkurini faollashtirish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Ota-onalar kognitiv yondashuv asosida bolaga “nega?”, “qanday?”, “nima uchun?” kabi savollarni qo‘yish, uni izlanishga undash orqali tafakkurini rivojlantirishlari mumkin. Bu esa oilaviy tarbiyada tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlardan chiqish qobiliyatini mustahkamlaydi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 449 5. Emotsional-intellektual yondashuv So‘nggi yillarda psixologiyada emotsional intellekt (EQ) tushunchasi keng qo‘llanilmoqda. D. Goulman ta’rificha, “emotsional intellekt — bu o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalar his-tuyg‘ularini tushunish qobiliyatidir” [22]. Farzand tarbiyasida bu yondashuvning ahamiyati shundaki, u oilada hissiy barqarorlik, stressga chidamlilik va empatiya kabi fazilatlarni shakllantiradi. Ota-onalar farzandning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, unga samimiy munosabatda bo‘lish orqali ruhiy barqaror muhit yaratadilar. Bunday muhit bolaning o‘ziga ishonchini, ijtimoiy moslashuvini va ruhiy salomatligini ta’minlaydi. Farzand tarbiyasida psixologik yondashuvlar ota-onalardan yuqori emotsional madaniyat, kuzatuvchanlik va individual yondashuvni talab etadi. Psixologik yondashuvlar orqali bola shaxsini to‘liq anglash, ruhiy muvozanatni ta’minlash hamda ijtimoiy jihatdan yetuk, hissiy barqaror, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratiladi. Xulosa. Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oilada farzand tarbiyasi — jamiyatning ma’naviy-axloqiy, intellektual va ijtimoiy taraqqiyotini belgilovchi poydevoriy jarayondir. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida an’anaviy tarbiya usullarini zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Pedagogik yondashuvlar ichida shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik, kompetensiyaviy, faoliyatga asoslangan va integrativ yondashuvlar o‘zining amaliy samaradorligi bilan ajralib turadi. Ular orqali tarbiya jarayoni bolaning individual ehtiyojlarini, qadriyat tizimini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ayniqsa, aksiologik yondashuv milliy qadriyatlarni saqlash, ma’naviyatni yuksaltirish va vatanparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik yondashuvlar esa tarbiya jarayonining emotsional, ijtimoiy va kognitiv jihatlarini qamrab oladi. Xususan, shaxsga yo‘naltirilgan, ijtimoiy-psixologik, kognitiv va emotsional-intellektual yondashuvlar farzandni chuqur tushunish, sog‘lom psixologik muhit yaratish va uning hissiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Bu yondashuvlar bola shaxsini faqat bilim oluvchi emas, balki ijtimoiy faol, mustaqil fikrlaydigan va o‘zini anglay oladigan inson sifatida shakllantiradi. Xorijiy mamlakatlar (Finlyandiya, AQSh, Kanada) tajribasida ijtimoiy-emotsional o‘qitish (SEL) tizimining oilaviy tarbiyaga tatbiq etilishi bolalarning ruhiy barqarorligi va ijtimoiy moslashuvini oshirganini ko‘rsatadi. MDH mamlakatlarida esa milliy qadriyatlar bilan zamonaviy psixopedagogik metodlarning uyg‘unligi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekiston tajribasida esa bu jarayon milliy qadriyatlar, raqamli madaniyat va innovatsion yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Shunday qilib, oilada farzand tarbiyasida zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarni tatbiq etish quyidagi natijalarga olib keladi: oila muhitida ijobiy psixologik muvozanat va sog‘lom muloqot shakllanadi; bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, emotsional intellekt va mas’uliyat hissi rivojlanadi; ota-onalarning pedagogik va psixologik savodxonligi ortadi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ta’minlanadi; jamiyatda ma’naviy barkamol, intellektual salohiyatli yoshlar shakllanadi. Demak, oilaviy tarbiya tizimini ilmiy asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan, qadriyatga asoslangan va psixologik jihatdan muvozanatli yondashuvlar asosida tashkil etish — O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va milliy tiklanishining kafolatidir.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 450 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil 23-sentabr. 3. OECD. Social and Emotional Skills Study (SSES). – Paris: OECD Publishing, 2021. 4. Durlak, J. A., Weissberg, R. P. The Impact of Enhancing Students’ Social and Emotional Learning. – Child Development, 2011. 5. Министерство Просвещения РФ. Концепция воспитания в Российской Федерации. – Москва, 2022. 6. Qozog‘iston Respublikasi “Ruxiy yangilanish” dasturi, 2020-yil. 7. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnoma. – Toshkent, 2023-yil 20-dekabr. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni, 2020-yil 5-oktabr, PF–6079-son. 9. Karimova V. “Oilaviy tarbiya psixologiyasi”. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 10. G‘oziev E. “Psixologiya asoslari”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 11. Выготский Л.С. Психология развития ребенка. – Москва: Педагогика, 1984. 12. Мирзиёев Ш.М. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 13. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ta’lim to‘g‘risida” (O‘RQ–637, 2020-yil 23-sentabr). – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., №39. 14. Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. – Москва: Наука, 1977. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–6079, 2020-yil 5-oktabr). 16. Rogers C. On Becoming a Person: A Therapist's View of Psychotherapy. – Boston: Houghton Mifflin, 1961. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–6162-son qarori “Yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2021-yil 19-yanvar. 18. Bandura A. Social Learning Theory. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall, 1977. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5938-son Farmoni “Oilani qo‘llab-quvvatlash va ayollar, yoshlar manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2020-yil 18-fevral. 20. Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. – Москва: Наука, 1977. 21. Piaget J. The Psychology of Intelligence. – London: Routledge, 1950. 22. Goleman D. Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. – New York: Bantam Books, 1995.