scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JAMIYAT RIVOJI VA BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA AYOLLARNING O`RNI

Go`zaloy Mamedova

Abstract

Bugungi shiddatli zamonimizda Yangi O`zbekistonda ko`p sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida yuksak taraqqiyot yuz bermoqda. Bu esa jamiyatimiz rivojida asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda. Jamiyatning barcha qatlami bu jarayonda faol ishtirok etib, yurt ravnaqi, kelajagi uchun fidokorona xizmat qilmoqda. Bu o`rinda ayollarning jamiyatdagi mavqeyini alohida ta`kidlash maqsadga muvofiq. Ma`lumki, barcha zamonlarda o’zbek xalqida xotin-qizlarga alohida munosabat bo`lgan. Shunga ko’ra aytish mumkinri, hozirgi paytda ayollarning siyosat maydonida faol ishtiroki qadimdan mavjud Tarixga nazar solsak, buyuk sarkarda Amir Temur ham o`z davrida davlat boshqaruvida Bibixonimdan maslahat olgani, tang ahvolda undan madad so`ragani, Bobur Mirzoning 12 yoshida taxtga o`tirishi hamda onasi Qutlug`nigor oyimning ko`magida davlatni boshqarishi yoki Nodiraning Amir Umarxon vafotidan so`ng mamlakat ishlarini oqilona boshqargani, Tomarisning Kir IIga qarshi jangi va g`alabasi ajdodlarimizning aql-u zakosidan dalolat. “Oqqan daryo oqaveradi”, deganlaridek, bugungi kun yurtimiz siyosiy maydonida ham o`z o`rniga ega bo`lgan bir qancha rahbar-ayollar : S.Mirziyoyeva, T.Norboyeva, H.Umarova va boshqalari davlat boshqaruvida faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 2mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarida ayollar rahbarlik qilmoqda[1]. Bu ko`rsatkich ayollarning jamiyatda qanchalik faol ekanliklari isbotidir. So`nggi yillarda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu bois bugungi kunda ayollarga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, nufuzini mustahkamlash, yetarli shart-sharoit yaratish alohida ahamiyatga ega. [1] Komilova M. 2 mingga yaqin xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida ishlayapti// http://nhrc.uz/oz/news/m10415

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 99 JAMIYAT RIVOJI VA BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA AYOLLARNING O`RNI Go`zaloy Mamedova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani bosh o`qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17816609 Bugungi shiddatli zamonimizda Yangi O`zbekistonda ko`p sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida yuksak taraqqiyot yuz bermoqda. Bu esa jamiyatimiz rivojida asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda. Jamiyatning barcha qatlami bu jarayonda faol ishtirok etib, yurt ravnaqi, kelajagi uchun fidokorona xizmat qilmoqda. Bu o`rinda ayollarning jamiyatdagi mavqeyini alohida ta`kidlash maqsadga muvofiq. Ma`lumki, barcha zamonlarda o’zbek xalqida xotinqizlarga alohida munosabat bo`lgan. Shunga ko’ra aytish mumkinri, hozirgi paytda ayollarning siyosat maydonida faol ishtiroki qadimdan mavjud Tarixga nazar solsak, buyuk sarkarda Amir Temur ham o`z davrida davlat boshqaruvida Bibixonimdan maslahat olgani, tang ahvolda undan madad so`ragani, Bobur Mirzoning 12 yoshida taxtga o`tirishi hamda onasi Qutlug`nigor oyimning ko`magida davlatni boshqarishi yoki Nodiraning Amir Umarxon vafotidan so`ng mamlakat ishlarini oqilona boshqargani, Tomarisning Kir IIga qarshi jangi va g`alabasi ajdodlarimizning aql-u zakosidan dalolat. “Oqqan daryo oqaveradi”, deganlaridek, bugungi kun yurtimiz siyosiy maydonida ham o`z o`rniga ega bo`lgan bir qancha rahbar-ayollar : S.Mirziyoyeva, T.Norboyeva, H.Umarova va boshqalari davlat boshqaruvida faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 2mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarida ayollar rahbarlik qilmoqda 1 . Bu ko`rsatkich ayollarning jamiyatda qanchalik faol ekanliklari isbotidir. So`nggi yillarda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu bois bugungi kunda ayollarga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, nufuzini mustahkamlash, yetarli shartsharoit yaratish alohida ahamiyatga ega. Ayol - oila va jamiyat tayanchi, millat tarbiyachisi. Shuning uchun ham O`zbekiston davlati siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri - xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatinni yuksaltirish, manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo`ravonlikka barham berish hisoblanadi. Jahon maydonida ayollarning davlat rahbari, parlamentda deputat, siyosatchi, elchi sifatida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqi to`liq ta`minlangan. Bugungi kun ayol – siyosatchi, iqtisodchi, korxona va tashkilotda rahbar, ilmiy muassasalarda olima, ta`lim dargohida pedagog sifatida ular sonining kundan kunga ortishi jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligidan darak beradi. Yurtimizda xotin-qizlar va oilalarni qo`llab quvvatlash maqsadida Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash vazirligi tashkil etilib, kambag`allikni qisqartirish, hududlarda shartsharotlarni o`rganish hamda aniq tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida “Ayollar daftari” joriy etildi. Davlat rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar: imtiyozli ta`lim kreditlarining yangi tizimi, davlat oliy ta`lim muassalarida magistratura bosqichida 1 Komilova M. 2 mingga yaqin xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida ishlayapti// http://nhrc.uz/oz/news/m10415 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 100 kontrakt-to`lovlar to`liq davlat byudjeti tomonidan qoplab berilishini ta`kidlash maqsadga muvofiq. Bu kabi islohotlar xotin-qizlarning o`z orzu-maqsadlariga erishib, turli sohalarda muvaffaqiyat qozonmoqda. Ammo “guruch kurmaksiz bo`lmaganiday”, jamiyatda ayrim illatlar: zo`ravonlik, tazyiq, kamsitizsh ayollar turmushiga rahna solib, ularning haq-huquqlarini poymol qilmoqda. Bu nafaqat ayolning shaxsiy hayotining, balki jamiyat muvozanatining buzilishiga ham olib kelmoqda. O`zbekistonda so`nggi yillarda 15mingga yaqin ayol zo`ravonlikdan jabr ko`rgan. Shu bois “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida” gi 35 banddan iborat hukumat qarorining ta`sis etilishi yuqorida ta`kidlab o`tilgan huquqbuzarliklarning, jismoniy ta`sir o`tkazish, zo`ravonlik hamda ayollarning sog`ligiga, hayotiga tajovuz qilish, kamsitishning oldini olish, uni sodir etgan shaxsga nisbatan chora ko`rishni ko`zda tutgan. Darhaqiqat, ayolni kamsitish-millatni kamsitish. Bu hujjatlar va tashabbuslar ayollarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan qo`llab quvvatlash uchun dasturul amal bo`lib, ularning tinch, xavsiz va baxtli hayot muhitini yaratishda muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. Bararor jamiyat, mustahkam oila, sog`lom avlodbarchasi ayollarning hurmatda, e`zozda, erkinlikda yashashiga bog`liq. Prezidentimizning “Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada band bo`ladi”degan so`zlaridan so`ng har bir ayolning qalbida shu kunlarga shukronalar qilib, ko`zlari baxtdan porlasa, ajabmas!