scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOLNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI – ILM VA JAMIYATNI UYG'OTUVCHI QUDRAT

Muxtarova Gulzodaxon Furkatbek qizi, Mirzaitova Muqaddamxon

Abstract

Mazkur maqolada ayollarning intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotining ustuvor omili sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotda ayollarning ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalaridagi faolligi ularning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash hamda ma’naviy uyg‘onishni ta’minlashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning ilmiy yondashuvi, innovatsion fikrlashi va ijtimoiy faolligi agrar jamiyatda barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 104 AYOLNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI – ILM VA JAMIYATNI UYG‘OTUVCHI QUDRAT 1Muxtarova Gulzodaxon Furkatbek qizi, 2Mirzaitova Muqaddamxon 1Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Agrokimyo” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti, 2Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “O‘simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17816678 Annotatsiya. Mazkur maqolada ayollarning intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotining ustuvor omili sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotda ayollarning ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalaridagi faolligi ularning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash hamda ma’naviy uyg‘onishni ta’minlashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning ilmiy yondashuvi, innovatsion fikrlashi va ijtimoiy faolligi agrar jamiyatda barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ayolning intellektual salohiyati, ilmiy faollik, ijtimoiy uyg‘onish, qishloq xo‘jaligi, agrar jamiyat, innovatsion fikrlash, ayol fermerlar, ma’naviy barqarorlik, jtimoiy ong, ayol liderligi, barqaror rivojlanish, boshqaruv intizomi. Abstract: This article examines women’s intellectual potential as a key factor in the development of society. The study analyzes women’s activity in the fields of science, education, and production from the perspective of strengthening their social status and ensuring spiritual awakening. Special attention is paid to women working in the agricultural sector, highlighting their scientific approach, innovative thinking, and social activity as essential components of sustainable development in rural communities. Key words: Women’s intellectual potential, scientific activity, social awakening, agriculture, rural community, innovative thinking, female farmers, moral stability, violence prevention, social awareness, gender leadership, sustainable development. KIRISH Bugungi globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan davrda jamiyat taraqqiyoti ko‘p jihatdan inson kapitalining sifati bilan belgilanmoqda. Inson kapitalining eng muhim tarkibiy qismi esa – intellektual salohiyat, ya’ni insonning bilim, tahliliy fikrlash, yangilik yarata olish va ijtimoiy ongni yuksaltirish qobiliyatidir. Shu nuqtai nazardan, ayollarning intellektual faolligini rivojlantirish, ularning ilm-fan, ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish – milliy taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ayollarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi PF-6155-son Farmoni 1 ayollarni ta’lim va ilmiy sohalarga yo‘naltirish, ularning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, 1 http://lex.uz//uz/docs/-5260791 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 105 davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2 qarorida ayollarning kasbiy va ilmiy rivoji uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularni zamonaviy kasblar va innovatsion faoliyatga jalb etish mexanizmlari belgilab berilgan. undan tashqari, Ushbu siyosiy hujjatlar “Ayollar va erkaklarning teng huquqlari va imkoniyatlarini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-sentabrdagi Qonun bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayollarni ilmiyintellektual sohalarga yo‘naltirishning huquqiy poydevorini yaratdi. Mazkur farmon va qarorlarda ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohalarida faol ishtirok etishiga sharoit yaratish bo‘yicha tizimli mexanizmlar belgilangan. Ayniqsa, “Ayollar daftari” tizimi joriy etilgach, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi ayollarning kasb-hunar egallash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. So‘nggi yillarda ayollar nafaqat ta’lim va ilm-fan, balki qishloq xo‘jaligi singari an’anaviy mehnat sohalarida ham innovatsion yondashuvlarni ilgari surmoqda. Qishloq ayollari orasida yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ekologik toza ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘paymoqda. Bu esa ayolning nafaqat mehnatkash, balki ilmiy tafakkurli va tahliliy salohiyatga ega subyekt sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, dunyo miqyosida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollarning intellektual faolligi oshgani sari jamiyatda zo‘ravonlikka murosasizlik, ijtimoiy hamjihatlik va ma’naviy uyg‘onish darajasi ham ortmoqda. Ayolning fikr kuchi, tahliliy yondashuvi va insonparvar qarashlari ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, mazkur maqolada ayolning intellektual salohiyati ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi, uning agrar jamiyatdagi ijtimoiy faollik, yangilik yaratuvchanlik va ma’naviy barqarorlikka ta’siri davlat siyosati kontekstida o‘rganiladi. Zamonaviy taraqqiyotda ayollarning intellektual salohiyati jamiyatning innovatsion va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ayolning intellektual kuchi – bu faqat bilim emas, balki tahliliy fikrlash, mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va madaniy uyg‘onish manbaidir. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra (2023-yilgi hisobot), dunyo ilmiy tadqiqotchilarining 31 foizini ayollar tashkil etadi, lekin agrar sohada bu ko‘rsatkich atigi 22 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa bu raqam so‘nggi yillarda ortib, 2024-yil holatiga ko‘ra 28 foizga yetdi (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra). Bu o‘sish mamlakatda ayollarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli siyosat natijasidir. Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2021-yil 2-fevraldagi PF-6155-son Farmoni va 2023-yil 1-martdagi PQ-110-son qarori asosida ayollar uchun 200 dan ortiq “ayollar ilmiy granti” yo‘lga qo‘yildi, ularning aksariyati agrar yo‘nalishlarga – ekologiya, seleksiya, o‘simlik genetikasi va resurs tejamkor texnologiyalarga qaratilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 07.03.2022 yildagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish 2 http://lex.uz//uz/docs/-4230944 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 106 chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonida 3 Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab: a) oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion soʻm resurs mablagʻlari yoʻnaltirilmoqda; b) davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotinqizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard soʻm moliyalashtirilmoqda va har yili magistratura bosqichiga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt shartnomasidagi pul mablag‘lari 100% to‘lab berilmoqda; v) xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha – 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratib borilmoqda; g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tavsiyalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki otaonasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilmoqda; d) mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qoʻmita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ayollar ishtiroki faqat mehnat kuchi sifatida emas, balki ilmiy, tashabbuskor va tahliliy kuch sifatida ham ortib bormoqda. Qishloq joylarda yashovchi ayollarning 47 foizi hozirda agrosanoat tizimida ishlamoqda shulardan 35 foizi o‘rta yoki oliy maxsus ma’lumotli, 18 foizi esa ilmiy darajaga ega yoki ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Fermer xo‘jaliklarining 14 foizi ayollar rahbarligida faoliyat yuritmoqda 2022-2024-yillarda 34 mingdan ziyod ayol fermer subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va grantlar orqali iqtisodiy qo‘llabquvvatlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, 2024). Shuningdek, “Ayollar daftari” tizimi orqali 2020-2024-yillar davomida 220 mingdan ortiq qishloq ayoli o‘z ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan 8000 dan ortiq ayol agrar sohaga oid qisqa muddatli kurslarda o‘qitildi, shundan 1200 nafari ilmiy-innovatsion loyihalarda ishtirok etgan. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tayanchi – bu qishloq xo‘jaligi tarmog‘idir. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) qariyb 27 foizi ushbu sohaga to‘g‘ri keladi, aholining esa 45 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yashaydi. Shu bois agrar sohada barqarorlik – butun jamiyat barqarorligining muhim kafolatidir. Xotin-qizlar bu tizimda nafaqat 3 http://lex.uz//uz/docs/-5899498 INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 107 mehnat resursi, balki iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik va oilaviy farovonlikni ta’minlovchi ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqmoqda. Agrar sohada faoliyat yurituvchi ayollarga ilmiy grantlar, xorijiy stajirovkalar, malaka oshirish kurslari va startap loyihalar uchun 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Masalan, Samarqand qishloq xo‘jalik universiteti olimasi X. To‘rayeva rahbarligida amalga oshirilgan “Biogumus asosida o‘simliklarni oziqlantirish tizimini takomillashtirish” loyihasi natijasida paxta hosildorligi 11 foizga oshgani qayd etilgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida ayol fermerlar tomonidan amalga oshirilgan “Smart-Fermer” loyihasi doirasida raqamli agroxizmat tizimi joriy qilinib, 2024-yilda 20 ta tumanda sinovdan o‘tkazildi. Buxoro viloyatida ayol fermerlar tomonidan olib borilgan “Barqaror suv resurslarini boshqarish” loyihasi natijasida suv sarfi 12 foizga kamayib, hosildorlik 1,3 barobarga oshgan (FAO, 2024-yil hisobot). Bu loyiha qishloq ayollarining raqamli savodxonligini oshirish bilan birga, ularning iqtisodiy mustaqilligini ham mustahkamladi. Ayollarning innovatsion faolligi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ham mustahkamlaydi. Ayol tadqiqotchilarning qishloq joylarda olib borgan agroekologik monitoring, o‘simlik genetikasi va organik dehqonchilik bo‘yicha ishlari natijasida yangi mahsulot navlari, tejamkor texnologiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik indikatorlari shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra: - Qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy loyihalarning 31 foizi ayollar tomonidan boshqarilmoqda; - Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ichida qizlar ulushi 54 foizni tashkil etadi; - 2020-2024-yillar oralig‘ida ayollar tomonidan ishlab chiqilgan 62 ta agrar innovatsiya (shu jumladan, urug‘lik, o‘g‘it, ekin navlari) patentlangan. Bu ko‘rsatkichlar, bir tomondan, ayollarning ilmiy salohiyatining o‘sayotganini, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jaligida intellektual resurslarning diversifikatsiyasi ro‘y berayotganini ko‘rsatadi. Ayollarning ilmiy-intellektual faoliyatini rivojlantirish O‘zbekistonda milliy siyosat darajasiga ko‘tarilgan. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Gender tenglik strategiyasi asosida quyidagi natijalarga erishildi: - 2020-yildan buyon oliy ta’lim muassasalarida ayollar soni 2,1 barobar oshdi (Stat. Qo‘mita, 2024); - Doktorantura bosqichida ayollar ulushi 17 foizdan 26 foizga yetdi; - Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlarida ishlovchi ayollar ulushi 34 foizga yetgan. Ayollarning ilmiy-innovatsion faoliyati barqaror rivojlanishning uch asosiy mezoniga – iqtisodiy samaradorlik, ekologik muvozanat va ijtimoiy barqarorlikka bevosita ta’sir qiladi. Masalan: - Ayol tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan suvni tejovchi tomchilatib sug‘orish texnologiyalari Farg‘ona vodiysida 15 ming gektardan ortiq maydonda joriy etilgan; - Ayol fermerlar boshchiligidagi “Green Agro Women” kooperativi tomonidan ishlab chiqilgan biotexnologik o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmi 2024-yilda 2,5 barobarga oshgan. Bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonning “2030-yilgacha barqaror rivojlanish milliy strategiyasi”da belgilangan resurs tejash va ekologik muhofaza maqsadlariga to‘liq mos keladi. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 108 Statistik tahlil (O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha) Ko‘rsatkichlar (2020–2024) 2020 2024 O‘sish foizi Oliy ta’limdagi ayollar ulushi (%) 39 56 +17 Doktarantura bosqichidagi ayollar (%) 17 26 +9 Agrar sohadagi ilmiy xodimlar orasidagi ayollar (%) 22 34 +12 Ayollarga ajratilgan ilmiy grantlar soni 110 243 +120 Ayol fermerlar ulushi umumiy fermerlar sonida (%) 13 21 +8 Qishloq xo‘jaligidagi ayol tadbirkorlar soni 41000 68000 +27000 Qishloq ayollari orasida ilmiy yondashuv kuchaygani nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, balki ijtimoiy munosabatlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, 2023-yil davomida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Ayol olima – jamiyat taraqqiyotining tayanchi” tanlovida 1200 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan, ularning 37 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ilmiy ishlanmalar taqdim etgan. Mahalla darajasida faol ayollar ishtirokida agroekologik treninglar, ayol fermerlar klublari, “Ilm – barqaror hayot manbai” kabi dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada 2024-yilda 120 mingdan ortiq ayol agrar sohada qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslaridan o‘tgan (Mehnat vazirligi va FAO hisobotlari asosida). Bu jarayon qishloq ayollarining ijtimoiy faolligini, ma’naviy o‘zligini anglashini va o‘z kasbiy mustaqilligini mustahkamlab, ularni nafaqat ishlab chiqarish, balki ilmiy boshqaruv tizimining faol ishtirokchisiga aylantirmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ayollar rahbarligidagi fermer xo‘jaliklarida: - yer resurslaridan foydalanish samaradorligi 12-15% yuqori; - suvdan tejamkor foydalanish ko‘rsatkichi 10-12% ga yaxshiroq; - foyda (rentabellik) darajasi o‘rtacha 8-10% yuqori; - ishlab chiqarilgan mahsulotning eksportga yo‘naltirilgan ulushi 18% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar xotin-qizlar rahbarlik qilgan xo‘jaliklarda boshqaruv intizomi, tejamkorlik, ekologik yondashuv va mehnat unumdorligi yuqori ekanini tasdiqlaydi. Qishloq joylarda olib borilgan so‘rov natijalariga ko‘ra (2023-yil, 12 ta viloyat bo‘yicha 4 200 respondent): - ayollarning 67 foizi oilaviy xo‘jalik yoki kichik biznes faoliyatida ishtirok etadi; - 58 foizi mahalliy ishlab chiqarish loyihalarida qatnashadi; - 36 foizi esa o‘zini o‘zi band qilish shakllaridan foydalangan holda barqaror daromadga ega. Ayollarning qishloq xo‘jaligidagi ilmiy faolligi va innovatsion ishtiroki nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlik va madaniy yangilanish omili sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning agrar hududlarida so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayolning ilmiy salohiyatini rivojlantirish – bu butun jamiyatni uyg‘otuvchi kuchdir. 2024-yil yakunida O‘zbekiston bo‘yicha 2,1 milliondan ortiq ayol mehnat bozorida faol ishtirok etmoqda, ularning 42 foizi qishloq xo‘jaligi sohasida band. Shu qatlam ichida ta’lim va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan ayollar ulushi 2020-yilga nisbatan 2,8 barobar oshgan. Bu raqamlar davlat tomonidan yaratilayotgan ilmiy va ijtimoiy imkoniyatlarning real natijasini ko‘rsatadi. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 109 Ilm bilan shug‘ullanuvchi ayollar – o‘z atrofidagi muhitni o‘zgartiruvchi kuchdir. Ular mahalla, oila va ta’lim tizimida yangi fikrlash, ekologik mas’uliyat va mehnat madaniyatini shakllantiradi. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida faoliyat yuritayotgan “Ayol olima – barqaror qishloq” loyihasi doirasida 150 dan ortiq ayol ekologik toza dehqonchilik, urug‘chilik va suvni tejovchi texnologiyalar bo‘yicha o‘qitildi. Loyihaning natijasida shu hududda ayollar tomonidan tashkil etilgan 20 ta kichik innovatsion fermer xo‘jaligi faoliyat boshladi. Andijon misolida FAO va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasi doirasida 20 ayol issiqxona texnologiyalari bo‘yicha o‘qitilganini misol qilib olishimiz mumkin. Issiqxonalarda zamonaviy sug‘orish, zararkunandalarga qarshi himoya choralarini joriy etish kabi innovatsiyalar bilan jihozlandi. Ushbu ishtirokchilarning hosili va daromadi sezilarli darajada ortishi kuzatilmoqda, bu esa ayollarning ilmiy-intellektual salohiyatining agrar hududlarda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday tashabbuslar natijasida mahalliy ayollarda o‘z-o‘ziga ishonch, iqtisodiy mustaqillik, ijtimoiy faollik kuchaydi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy izlanish yoki ta’lim jarayoniga jalb etilgan ayollar orasida depressiya darajasi 37 foizga kamaygan, oilaviy qarorlar qabul qilishda ayollarning ovozi 1,5 barobarga oshgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sotsiologiya instituti, 2024-yil hisobot ma’lumotlari). Mazkur qonunlar asosida har bir viloyatda “Ayol olima markazlari” tashkil etilib, ayollar o‘rtasida ilmiy loyihalarga grant ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 2023-yilda 312 ta ayol rahbarligidagi ilmiy loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan. Shundan 48 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi, ekin genetikasi, biotexnologiya va oziqovqat xavfsizligi sohalariga tegishli. Yil Ilmiy unvonga ega ayollar ulushi (%) Ayollar rahbarligidagi ilmiy loyihalar soni Ayol fermer xo‘jaliklari soni 2020 26.3 118 4512 2021 28.1 167 5735 2022 30.4 243 7216 2023 33.9 312 8970 2024 35.2 354 9826 Ayollarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etish ularning shaxsiy hayotini ham ijobiy o‘zgartirmoqda. Ayolning o‘z intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi – bu avlodlar tarbiyasiga, oila madaniyatiga, ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda ko‘plab tuman va viloyatlarda ayollar rahbarligidagi ilmiy startaplar, agrokooperativlar va innovatsion laboratoriyalar nafaqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy birdamlik, ekologik mas’uliyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilmoqda. Shunday qilib, ayollarning ilmiy va innovatsion faolligi jamiyatda ijtimoiy uyg‘onish, iqtisodiy mustaqillik va ma’naviy o‘sish jarayonlarini birlashtiruvchi kuchga aylanmoqda. Ularning qishloq xo‘jaligida faol ishtiroki nafaqat agrar sohani modernizatsiya qilishga, balki jamiyatning barqaror, adolatli va ilmga tayanadigan kelajagini shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy modeldir. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ayollarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish – bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar ilmiy tafakkur, yangicha yondashuv va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 110 agrar tizimni modernizatsiya qilishda muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, ayollar rahbarligidagi fermer xo‘jaliklari, startap loyihalar va innovatsion tashabbuslarning ko‘payishi ularning iqtisodiy mustaqilligi, ijtimoiy faolligi hamda o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, ayollarning ilmiy yutuqlari agrar jamiyatda ma’naviy uyg‘onish, ekologik madaniyat va ijtimoiy barqarorlik jarayonlarini ham faollashtirmoqda. Yuqoridagi tahlil va natijalarni hisobga olib xulosa sifatida quyidagi muhim faktlarni e’tiborga olish joiz deb o‘ylayman. 1.Ayollarning intellektual salohiyati – jamiyatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy uyg‘onishining markaziy omilidir. 2. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlarini joriy etayotgan ayollar sonining ortishi, iqtisodiy samaradorlikni 20-30 foizgacha oshirishga xizmat qilmoqda. 3. Davlat siyosati ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali gender tenglikni amalda ta’minlamoqda. 4. Ayollar rahbarligidagi fermer va tadbirkorlik sub’yektlari ijtimoiy infratuzilma va bandlik darajasini yaxshilamoqda. Asosiy takliflar esa quyidagicha: 1. “Ayol olima – barqaror qishloq” dasturini respublika miqyosida kengaytirish, uni har bir viloyatning agrar xususiyatiga moslashtirish; 2. Qishloq joylardagi qizlarni ilmiy laboratoriyalar, innovatsion markazlar va agrostartaplarga jalb etish uchun maxsus grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 3. Qishloq xo‘jaligida ayollar faoliyatini raqamlashtirish, ularning ilmiy yutuqlari va startap natijalarini yagona milliy elektron platformada aks ettirish. Shunday qilib, ayollarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy-innovatsion jarayonlarga jalb etish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi kabi strategik sohada faol bo‘lishlarini qo‘llabquvvatlash – O‘zbekistonning barqaror kelajagi, ilmga asoslangan iqtisodiyoti va ijtimoiy uyg‘onishining kafolatidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-son Farmoni, 2021-yil 3-fevral – “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4235-son qarori, 2019-yil 7-martdagi “Xotinqizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-110-son qarori, 2023-yil 1-martdagi “Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81-son Farmoni, 2022-yil 8-martdagi “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligi bo‘yicha yillik tahliliy hisobot-2024.” – Toshkent, 2024 6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi. “Ayol olimalar va ularning ilmiy loyihalardagi ishtiroki to‘g‘risida ma’lumotnoma.” – Toshkent, 2024. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 111 7. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti. “Ayollarning ilmiy va ijtimoiy faolligi: o‘zgarishlar va natijalar” sotsiologik tahlil. – Toshkent, 2024. 8. FAO va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasi yakuniy hisobot. – Andijon, 2023. 9. M.Karimova va N.Rustamova “Ayollarning intellektual salohiyati va barqaror jamiyat modeli.” – “Ijtimoiy fanlar va innovatsiyalar” jurnali, 2023, №4.–B . 45–57. 10. D.To‘xtayeva “Qishloq ayoli – agrar taraqqiyotning intellektual resursi.” – “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali, 2022, №9.–B. 12–18.