scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM TURLARI VA TA'LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Nomozova Zarina Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim jarayonining asosiy turlari hamdauni tashkil etish shakllari haqida fikr yuritiladi. Ta’lim turlari — umumiy, kasbiy,maxsus, uzluksiz, masofaviy kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Har bir ta’lim turio‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyatkasb etadi. Shuningdek, ta’limni tashkil etish shakllari – dars, seminar, laboratoriyamashg‘uloti, amaliy ish, ekskursiya, mustaqil ta’lim va masofaviy o‘qitish kabiko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllar o‘quvchilarning faolliginioshirish, o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlash hamda shaxsiy rivojlanishigayordam beradi. Maqola ta’lim tizimini takomillashtirish va o‘qitish jarayoninisamarali tashkil etish uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek,ta’limni tashkil etish shakllari o‘quv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yishda muhimomil hisoblanadi. Mavzu doirasida ta’lim turlarining zamonaviy tendensiyalari,innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish yo‘llari,interfaol metodlar va raqamli ta’lim imkoniyatlari ham tahlil etiladi. Shu bilanbirga, ta’limni tashkil etish shakllarini tanlashda didaktik tamoyillar, pedagogikmaqsadlar hamda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishzarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Umuman olganda, ushbu maqola ta’lim tiziminitakomillashtirish, o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilardamustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim nazariy va amaliyahamiyatga ega

Full text

MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 105 TA’LIM TURLARI VA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI Nomozova Zarina Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim jarayonining asosiy turlari hamda uni tashkil etish shakllari haqida fikr yuritiladi. Ta’lim turlari — umumiy, kasbiy, maxsus, uzluksiz, masofaviy kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Har bir ta’lim turi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’limni tashkil etish shakllari – dars, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, amaliy ish, ekskursiya, mustaqil ta’lim va masofaviy o‘qitish kabi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllar o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlash hamda shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi. Maqola ta’lim tizimini takomillashtirish va o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek, ta’limni tashkil etish shakllari o‘quv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yishda muhim omil hisoblanadi. Mavzu doirasida ta’lim turlarining zamonaviy tendensiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish yo‘llari, interfaol metodlar va raqamli ta’lim imkoniyatlari ham tahlil etiladi. Shu bilan birga, ta’limni tashkil etish shakllarini tanlashda didaktik tamoyillar, pedagogik maqsadlar hamda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Umuman olganda, ushbu maqola ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar. ta’lim, ta’lim turlari, umumiy ta’lim, kasbiy ta’lim, maxsus ta’lim, uzluksiz ta’lim, masofaviy ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim shakllari, ta’limni tashkil etish, dars, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, amaliy ish, ekskursiya, MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 106 mustaqil ta’lim, o‘qitish samaradorligi, pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuv, didaktik tamoyillar, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma, malaka, shaxs rivoji, o‘qitish jarayoni, ta’lim sifati, raqamli ta’lim, zamonaviy ta’lim tizimi. ВИДЫ ОБРАЗОВАНИЯ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В статье рассматриваются основные виды образовательного процесса и формы его организации. К видам образования относятся общее, профессиональное, специальное, дополнительное и дистанционное образование. Каждый вид образования играет важную роль в формировании знаний, умений и компетенций обучающихся. Формы организации обучения: уроки, семинары, лабораторные занятия, практикумы, экскурсии, самостоятельная работа, дистанционное обучение. Эти формы способствуют повышению активности обучающихся, обеспечивают эффективность обучения и способствуют личностному развитию. Статья имеет важное теоретическое и практическое значение для совершенствования системы образования и эффективной организации учебного процесса. Формы организации обучения являются важным фактором эффективной организации учебного процесса. В статье анализируются современные тенденции в видах обучения, способы организации обучения на основе инновационных педагогических технологий, интерактивных методов и возможностей цифрового обучения. При этом показано, что при выборе форм организации обучения необходимо учитывать дидактические принципы, педагогические цели и индивидуальные особенности обучающихся. В целом данная статья имеет важное теоретическое и практическое значение для совершенствования системы образования, повышения эффективности процесса обучения, развития самостоятельного мышления и практических навыков у обучающихся. Ключевые слова: образование, виды образования, общее образование, профессиональное образование, специальное образование, дополнительное MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 107 образование, дистанционное обучение, образовательный процесс, формы обучения, организация обучения, урок, семинар, лабораторное занятие, практикум, экскурсия, самостоятельное обучение, эффективность обучения, педагогические технологии, инновационный подход, дидактические принципы, образовательная деятельность, знания, умения, навыки, квалификация, развитие личности, учебный процесс, качество образования, цифровое образование, современная система образования. TYPES OF EDUCATION AND FORMS OF ORGANIZATION OF EDUCATION Annotation. This article discusses the main types of the educational process and the forms of its organization. Types of education include general, vocational, special, continuous, distance learning. Each type of education plays an important role in the formation of students' knowledge, skills and qualifications. Also, the forms of organization of education are lessons, seminars, laboratory exercises, practical work, excursions, independent learning and distance learning. These forms help to increase the activity of students, ensure the effectiveness of learning, and contribute to their personal development. The article is of great theoretical and practical importance for improving the education system and effectively organizing the learning process. Also, the forms of organization of education are an important factor in the effective implementation of the educational process. The topic also analyzes modern trends in the types of education, ways of organizing education based on innovative pedagogical technologies, interactive methods and digital learning opportunities. At the same time, the need to take into account didactic principles, pedagogical goals and individual characteristics of students when choosing forms of organization of education is indicated. In general, this article is of significant theoretical and practical importance in improving the education system, increasing the efficiency of the educational process and forming independent thinking and practical skills in students. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 108 Keywords: education, types of education, general education, vocational education, special education, continuing education, distance learning, educational process, forms of education, organization of education, lesson, seminar, laboratory exercise, practical work, excursion, independent learning, teaching effectiveness, pedagogical technologies, innovative approach, didactic principles, educational activities, knowledge, skills, qualifications, personal development, teaching process, quality of education, digital education, modern education system. KIRISH. Ta’lim inson hayotining eng muhim ijtimoiy jarayonlaridan biri bo‘lib, u shaxsning intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlanishini ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyat taraqqiyotida ta’lim tizimi nafaqat bilim berish vositasi, balki inson kapitalini shakllantirish, kasbiy malakani oshirish va innovatsion tafakkurni rivojlantirishning asosiy omili sifatida e’tirof etiladi. Shu bois ta’lim turlari va ta’limni tashkil etish shakllarini chuqur o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish, zamon talablariga mos yangi yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir. Ta’lim turlari —bu o‘quvchilarning ehtiyojlari, yosh xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va jamiyatning rivojlanish bosqichlariga qarab shakllanadigan o‘qitish tizimidir. Hozirgi kunda umumiy ta’lim, kasbiy ta’lim, maxsus ta’lim, uzluksiz ta’lim va masofaviy ta’lim kabi turlar mavjud bo‘lib, har biri insonni har tomonlama yetuk, bilimli va kasbiy jihatdan raqobatbardosh shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, uzluksiz va masofaviy ta’lim turlari raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘qitish jarayonini qulay, moslashuvchan va keng qamrovli shaklda tashkil etish imkonini bermoqda. Ta’limni tashkil etish shakllari esa o‘qitish jarayonining tashkiliy va metodik asoslarini ifodalaydi. Dars, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, ekskursiya, mustaqil ta’lim, konferensiya va masofaviy o‘qitish kabi shakllar o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish, nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 109 shaklning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash va samarali qo‘llash o‘qitish jarayonining natijadorligini belgilaydi. Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va raqamli o‘qitish vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayon o‘qituvchi faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shu bois, ta’lim turlari va ta’limni tashkil etish shakllarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni amaliyotga joriy etish hamda samaradorligini baholash ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, mazkur mavzuning o‘rganilishi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish va ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy qism. Ta’lim turlarining xilma-xilligi o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablari bilan uyg‘unlikda ta’minlashga xizmat qiladi. Umumiy ta’lim — shaxsga asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni beruvchi, umumiy dunyoqarashni shakllantiruvchi ta’lim turidir. Bu bosqichda o‘quvchi o‘zining keyingi kasbiy rivojlanishiga tayyorlanadi. Kasbiy ta’lim esa insonni muayyan kasb yoki ixtisoslik bo‘yicha tayyorlaydi, amaliy faoliyatga yo‘naltiradi. Hozirgi davrda kasbiy ta’lim mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Maxsus ta’lim nogironligi yoki cheklangan imkoniyatlari bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlaydi. Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi esa “butun umr davomida ta’lim olish” g‘oyasiga asoslanadi va insonning har bir bosqichda o‘z bilimini yangilab borishini ta’minlaydi. Masofaviy ta’lim – zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘qitish shakli bo‘lib, u geografik va vaqt jihatidan cheklovlarni bartaraf etadi. Ta’limni tashkil etish shakllari esa MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 110 ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan turli metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Dars - o‘quv jarayonining asosiy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro faol muloqotda bo‘ladi. Seminar – o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari esa o‘quvchilarga tajriba asosida bilim olish imkonini beradi. Amaliy ishlar o‘rganilgan nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan bog‘lashga yordam beradi. Ekskursiyalar esa o‘quvchilarni atrof-muhit, ishlab chiqarish va jamiyat hayoti bilan tanishtiradi. Mustaqil ta’lim o‘quvchining o‘z kuchi bilan bilim olish, izlanish olib borish qobiliyatini rivojlantiradi. Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalar — interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, klaster usuli, “aqliy hujum”, “debat”, “fikrlar xaritasi” kabi shakllar keng qo‘llanilmoqda. Bu usullar ta’lim oluvchilarning faolligini oshiradi, ularni hamkorlikda o‘qishga undaydi va ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. Shuningdek, raqamli ta’lim platformalari, elektron darsliklar, video-ma’ruzalar va virtual laboratoriyalar ta’limni yangi bosqichga olib chiqmoqda.Bugungi kunda o‘qituvchidan faqat bilim berish emas, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslay olishga, hayotiy muammolarni hal eta olishga o‘rgatish talab qilinmoqda. Shu sababli, ta’lim turlarini to‘g‘ri tanlash va ularni samarali tashkil etish shakllari orqali o‘quv jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy ta’lim — jamiyatning barcha a’zolari uchun majburiy va asosiy ta’lim turi bo‘lib, u insonni hayotga tayyorlaydi, bilim, ko‘nikma va malakalarning poydevorini yaratadi. Umumiy ta’lim maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu ta’lim turi o‘quvchilarda savodxonlik, mantiqiy fikrlash, kommunikativ qobiliyat, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Kasbiy ta’lim o‘quvchilarga ma’lum bir kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni berishga qaratilgan. Bu turdagi ta’lim kollejlar, texnikumlar, kasbhunar maktablari, oliy ta’lim muassasalarida amalga MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 111 oshiriladi. Kasbiy ta’limning maqsadi – mehnat bozorida raqobatbardosh, malakali kadrlarni tayyorlashdir. Maxsus ta’lim nogironligi yoki rivojlanishida turli cheklovlar bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Bu ta’limda individual yondashuv, maxsus o‘quv dasturlari va korreksion metodlardan foydalaniladi. Maxsus ta’limning asosiy maqsadi – har bir bolaga imkon qadar to‘laqonli ta’lim olish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkonini yaratishdir.Uzluksiz ta’lim “butun umr davomida ta’lim olish” g‘oyasiga asoslanadi. Bugungi globallashuv sharoitida inson hayotining har bir bosqichida yangi bilim va malakalarni egallash zarurati mavjud. Uzluksiz ta’lim tizimi maktabgacha ta’limdan boshlab, oliy ta’lim va malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarigacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Masofaviy ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘qitish jarayoni bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot onlayn platformalar orqali amalga oshiriladi. Bu shakl geografik va vaqt cheklovlarini bartaraf etadi, istalgan joydan ta’lim olish imkonini beradi. Bugungi kunda Moodle, Google Classroom, Zoom, Coursera kabi platformalar masofaviy ta’limning asosiy vositalaridir.Ta’limni tashkil etish shakllari esa o‘quv jarayonining tashkiliy, metodik va didaktik jihatlarini belgilab beradi. Ular o‘quv faoliyatining mazmuni, davomiyligi, ishtirokchilar soni va o‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot shakliga ko‘ra farqlanadi. XULOSA. Bugungi kunda ta’limni tashkil etish shakllarini tanlashda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, fanlarning o‘ziga xosligi, o‘qituvchining tajribasi va ta’lim muassasasining texnik imkoniyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, har bir shaklni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari bilan uyg‘unlashtirish zarur. Ta’lim sifati aynan shu yondashuvlarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR 112 ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. Pedagogika. Darslik / M.Q. Tolipov, M.Usmonboyeva. — Toshkent: “O‘qituvchi”, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent: “O‘zbekiston”, 2020. 3. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. / A.A. Abduqodirov, S.Q. Hasanboeva. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 4. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. / N. G‘ulomov, S. Sodiqova. — Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2022. 5. Ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari. / B. Xodjayev. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 6. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. / A. Abduqodirov. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.