"TA'LIM VA JAMIYAT INTEGRATSIYASINING TARIXIY DINAMIKASI: SAMARQAND VILOYATIDA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJI (1991–2025 YY.)"
Abstract
Maqolada ta’lim va jamiyat integratsiyasi kontekstida Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim tizimining 1991–2025 yillardagi shakllanishi va rivoji tahlil qilingan. Mustaqillikning dastlabki bosqichida tizimda infratuzilma va moliyaviy ta’minotning zaifligi kuzatilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda davlat siyosati, raqamli ta’lim va nodavlat sektorning faollashuvi orqali qamrov va sifat ko‘rsatkichlari oshgani ilmiy asoslangan. Tadqiqotda maktabgacha ta’limning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri va rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 606 “TA’LIM VA JAMIYAT INTEGRATSIYASINING TARIXIY DINAMIKASI: SAMARQAND VILOYATIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJI (1991–2025 YY.)” Pulatov Erkin Begmuratovich Navoiy davlat universiteti 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17824949 Annotatsiya. Maqolada ta’lim va jamiyat integratsiyasi kontekstida Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim tizimining 1991–2025 yillardagi shakllanishi va rivoji tahlil qilingan. Mustaqillikning dastlabki bosqichida tizimda infratuzilma va moliyaviy ta’minotning zaifligi kuzatilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda davlat siyosati, raqamli ta’lim va nodavlat sektorning faollashuvi orqali qamrov va sifat ko‘rsatkichlari oshgani ilmiy asoslangan. Tadqiqotda maktabgacha ta’limning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri va rivojlanish istiqbollari yoritilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, integratsiya, islohotlar, Samarqand, raqamli ta’lim. Annotation. The article analyzes the formation and development of the preschool education system in the Samarkand region (1991–2025) within the context of education and society integration. While early independence faced infrastructural and financial challenges, recent years show significant improvement due to state reforms, digital education, and private sector involvement. The study highlights the impact of preschool education on social development and outlines future prospects. Keywords: preschool education, integration, reforms, Samarkand, digital education. Ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada inson kapitalining ilk bosqichini shakllantiruvchi, jamiyatning intellektual salohiyatini belgilovchi asosiy ijtimoiy institut maktabgacha ta’lim tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va uni jamiyat taraqqiyotining strategik omili sifatida e’tirof etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Xususan 1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi[1] maktabgacha ta’lim tizimining davlat siyosati darajasida e’tirof etilishiga asos yaratdi. Respublikaning barcha viloyatlarida mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Jumladan, Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi uchta katta tarixiy bosqichlarda olib borildi. Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, mustaqillikning dastlabki yillaridagi iqtisodiy qiyinchiliklar oqibatida respublikaning barcha viloyatlarida maktabgacha ta’lim muassasalari soni keskin kamayish bilan kechdi. Xususan, O‘zbekistonda 1991 yil jami 9834 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib 6704 tani tashkil etdi[2]. Albatta bu raqamlarning yildan-yilga kamayishiga ulardagi moddiy-texnik ta’minotining zaifligi, kadrlar yetishmovchiligi hamda ularning qo‘nimsizligi kabi omillar sabab bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 2001-2016 yillarda Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalarining modernizatsiya va jamiyat bilan barqarorlashuv davri hisoblanadi. Bu bosqichda viloyatda jami 304 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib, ularda 3 yoshdan 7 yoshga qadar tarbiyalanuvchilar soni 71954 nafarni tashkil etgan[3]. Ta’kidlash lozimki, MTMlarining
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 607 ta’mirlanishi, xususiy sektorning bu sohaga kirib kelishi, homiylik faoliyatining kuchayishi, mahalla va ota-onalar kengashining tizimga jalb etilishi maktabgacha ta’limni ijtimoiy institutsional modelga aylantirdi. Ammo 2016 yilga kelib, Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovi atigi 27 %ni tashkil etgani, bunda moddiy-texnik bazaning eskirganligi, bog‘chalarning isitish tizimining ishlamasligi, innovatsion ta’lim texnologiyalari yetarli darajada joriy etilmaganligi kabi sohadagi muammolar sabab ekanligini qayd etish lozim. Uchinchi bosqich 2017-2025 yillarni o‘z ichiga olib, bu davr nafaqat Samarqand viloyatida balki butun respublikada barcha sohalarda transformatsiya davri bo‘ldi. Xususan, Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-son Farmoni asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi[4]. Shuningdek, “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish hamda 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash kabi vazifalar qo‘yildi[5]. Samarqand viloyati kesimida esa xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi[6]. 2020 yil avgust oyida yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning[7] qabul qilinishi mazkur bosqichda zamon talablariga mos bo‘lgan maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilgan muhim asos bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, birgina 2024 yil davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid 2 ta Qonun, 4 ta Prezident Farmoni, 9 ta Prezident qarori hamda 18 ta Hukumat hujjatlari qabul qilindi[8]. Mazkur normativ-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarish maqsadida Samarqand viloyatida qator amaliy ishlar olib borildi. Bu borada viloyatda 2017 yil maktabgacha ta’lim muassasalari soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib, ularning soni 456 taga yetdi[9]. 2024 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 tadan iborat bo‘lib, ularning 28 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2023 yilga nisbatan 2 085 taga oshgan. Agar buni viloyatlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak[10]: Hududlar kesimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari son Viloyatlar MTM soni Samarqand viloyati 4 507 ta Andijon viloyati 4 324 ta Qashqadaryo viloyati 4 216 ta Farg‘ona viloyati 4 189 ta Namangan viloyati 3 962 ta
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 608 Surxondaryo viloyati 3 077 ta Toshkent viloyati 2 340 ta Buxoro viloyati 2 153 ta Xorazm viloyati 2 049 ta Jizzax viloyati 1 709 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 874 ta Navoiy viloyati 1 466 ta Sirdaryo viloyati 1 145 ta Toshkent shahri 1 047 ta Jadvalda ko‘rinib turibdiki, Samarqand viloyatida 2024 yil yakuniga ko‘ra jami 4507 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritgan va bu raqam respublika boshqa viloyatlariga qaraganda eng ko‘p ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Buni esa Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi faoliyatining asosiy yo‘tuqlaridan etib baholash mumkin. Shuningdek, Samarqand viloyatining maktabgacha ta’lim modeli “Mahalla-oila-ta’lim” uchligi asosida bolalar tarbiyasi, davlat-xususiy sheriklikning muvaffaqiyatli amaliyoti, milliy va xalqaro pedagogik texnologiyalarning uyg‘unligi, raqamli boshqaruv va monitoring tizimiga o‘tish, ota-onalar ishtiroki va ijtimoiy sheriklikning kuchayishi kabi o‘ziga xos ijobiy tajribasi bilan ajralib turadi. Aynan mazkur tajriba Samarqand viloyatini O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim islohotlari bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylantirdi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda Samarqand viloyati bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Viloyat kesimida yana bir muhim voqea 2025 yil may oyida Pedagogik mahorat markazi huzurida “Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazi” ochildi. Ushbu markaz Vazirlik, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan[11]. Amalga oshirolayotgan islohotlarning bugungi natijalari ijobiy tus olishiga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining yetarli emasligi; qishloq joylarda maktabgacha taʼlimning past darajada rivojlanganligi; maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi; maktabgacha taʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi; maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi; otaonalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha taʼlimning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha maʼlumotga ega emasligi; zamonaviy oʻquv-metodik materiallar va koʻrgazmali qurollarning yetishmasligi; alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy taʼminoti darajasining pastligi; maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga toʻliq javob bermasligi[12] kabi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar respublikada Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga toʻsqinlik qilayotganini ta`kidlash muhim. Mazkur muammolarni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 609 Samarqand viloyati tizimida hal qilish bo`yicha takliflarni berish maqsadga muvofiq. Xususan, Samarqand viloyatida aholi soni tez o‘sayotgan tumanlar (Pastdarg‘om, Toyloq, Samarqand shahri) uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hududiy zaruriyatdan kelib chiqib rejalashtirish, yangi bog‘chalarni qurishda demografik ko‘rsatkich va migratsiya dinamikasini inobatga olish lozim hamda Samarqand viloyatining qishloq joylarida oilaviy nodavlat MTTlarni ochish uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar, yer ajratish bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblarni joriy etish muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Ta’lim va jamiyat integratsiyasi – ta’lim instituti bilan ijtimoiy tizimning o‘zaro hamkorlikda rivojlanishi, ularning institutsional bog‘liqligi, o‘zaro ta’siri va jamiyat ehtiyojlariga mos transformatsiyasini anglatadi. Piaget, Vygotskiy va Bronfenbrenner kabi pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishi jamiyat resurslari bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Shu boisdan mustaqillikning dastlabki davrlaridan O`zbekiston maktabgacha va maktab ta`limi tizimini tubdan isloh qilish bo`yicha asosiy huquqiy bazani yaratdi va va har bir viloyat kesimida uni ijrosiga doir amaliy ishlar olib borildi. 2024-yil sarhisobiga ko`ra maktabgacha ta`lim tizimidagi islohotlarning natijasi va ularning safat o`zgarishida Samarqand viloyati respublikaning boshqa voliyatlariga qaraganda yetakchilik qilayotganini ko`rish mumkin. Ta`kidlash muhimki, 1991–2025 yillar davomida Samarqand viloyatida maktabgacha ta’lim tizimi bosqichma-bosqich shakllanib, ijtimoiy institut sifatida jamiyat bilan integratsiyalashuv jarayoniga mos ravishda modernizatsiyalandi. Davlat siyosati, jamiyat resurslari, innovatsion texnologiyalar va ijtimoiy hamkorlik maktabgacha ta’limning strategik rivojlanishiga xizmat qildi. Maktabgacha ta’lim bugungi kunda nafaqat pedagogik muassasa, balki ijtimoiy-ma’naviy, madaniy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi yetakchi institutga aylandi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “Таълим тўғрисида”ги Қонун ва “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури”. https://lex.uz/docs/48401 2. Ta’lim olish va ta’limda ishtirok etish. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/bolalarga-oidstatistika. (23.11.25) 3. Ta’lim olish va ta’limda ishtirok etish. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/bolalarga-oidstatistika. (23.11.25) 4. “Мактабгача таълим тизими бошқарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 30.09.2017 йилдаги ПФ-5198-сон. https://lex.uz/docs/3362886 5. 2017-2021 йилларда мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш чоратадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. https://president.uz/uz/lists/view/163 6. Самарқандда жорий йилда 106 та нодавлат мактабгача таълим муассасаси очилади. https://old.gov.uz/uz/news/view/15271. (17.11.25) 7. “Таълим тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни, 23.09.2020 йилдаги ЎРҚ-637-сон. https://lex.uz/docs/5013007?ONDATE=24.09.2020%2000#5014172 8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot. https://uzedu.uz/uz/lists/4/284. (18.11.25)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 610 9. Ta’lim olish va ta’limda ishtirok etish. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/bolalarga-oidstatistika. (23.11.25) 10. Ўзбекистонда хусусий боғчалар сони 2023 йилга нисбатан 2 085 тага кўпайди. https://yuz.uz/news/ozbekistonda-xususiy-bogchalar-soni-2023-yilga-nisbatan-2-085-tagaoshdi. (23.11.25) 11. Самарқанд: мактабгача таълим тизими педагоглари учун янги Марказ ишга тушди. https://gov.uz/uz/uzedu/news/view/57357. (18.11.25) 12. “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”ги Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. PQ-4312-son. https://lex.uz/docs/-4327235?ONDATE=09.10.2020. (20.11.25)