ONLAYN VA AN'ANAVIY TA'LIM INTEGRATSIYASI: GIBRID DARS MODELLARINING SAMARADORLIGI
Abstract
Ushbu maqolada onlayn va an’anaviy ta’limni integratsiyalash orqali shakllantiriladigan gibrid dars modellarining didaktik imkoniyatlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida joriy etilayotgan gibrid formatning afzalliklari, o‘qituvchi va talaba faoliyatiga ta’siri, shuningdek, raqamli pedagogika tamoyillarining zarurligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Analitik yondashuv asosida gibrid darslarning motivatsiya, vaqtni boshqarish, individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirishdagi o‘rni aniqlangan. Maqolada amaliy kuzatishlar va ilmiy manbalar tahlili asosida gibrid ta’limning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 611 ONLAYN VA AN’ANAVIY TA’LIM INTEGRATSIYASI: GIBRID DARS MODELLARINING SAMARADORLIGI Ro‘ziyev Oybek O‘ktam o‘g‘li assistent o’qituvchi, Navoiy davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17824959 Annotatsiya. Ushbu maqolada onlayn va an’anaviy ta’limni integratsiyalash orqali shakllantiriladigan gibrid dars modellarining didaktik imkoniyatlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida joriy etilayotgan gibrid formatning afzalliklari, o‘qituvchi va talaba faoliyatiga ta’siri, shuningdek, raqamli pedagogika tamoyillarining zarurligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Analitik yondashuv asosida gibrid darslarning motivatsiya, vaqtni boshqarish, individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirishdagi o‘rni aniqlangan. Maqolada amaliy kuzatishlar va ilmiy manbalar tahlili asosida gibrid ta’limning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: gibrid ta’lim, onlayn ta’lim, an’anaviy ta’lim, raqamli pedagogika, integratsiya, fleksibillik. Abstract. This article examines the didactic potential, efficiency indicators, and implementation mechanisms of hybrid lesson models created through the integration of online and traditional education. The study analyzes the advantages of hybrid formats introduced in higher education institutions of Uzbekistan, their impact on teacher and student activities, and the necessity of digital pedagogy principles. An analytical approach is used to determine the role of hybrid lessons in motivation, time management, and the development of individual learning trajectories. Based on practical observations and literature review, the article proposes recommendations to enhance the effectiveness of hybrid education. Keywords: hybrid education, online learning, traditional learning, digital pedagogy, integration. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim tizimida yangi pedagogik yondashuvlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, onlayn va an’anaviy ta’lim shakllarining integratsiyasiga asoslangan gibrid (blended) format nafaqat qulaylik yaratmoqda, balki ta’lim samaradorligini sezilarli oshirayotgan yondashuvlar sirasiga kiradi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida 2020-yildan boshlab gibrid ta’lim modellariga talab ortib, ularni joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada gibrid dars modellarining mazmun-mohiyati, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda samaradorlik omillari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Gibrid ta’lim — bu onlayn platformalardagi raqamli o‘quv materiallarini auditoriya mashg‘ulotlari bilan uyg‘unlashtiruvchi integrativ model bo‘lib, fleksibillik, shaxsga yo‘naltirilganlik va o‘quv jarayonining adaptivligini ta’minlaydi. Ushbu yondashuvda: talaba mustaqil onlayn o‘quv resurslarini o‘zlashtiradi; auditoriyada esa amaliy mashg‘ulotlar, muhokama va refleksiya jarayonlari kechadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 612 Bu model Bloom taksonomiyasining yuqori darajadagi ko‘nikmalarini shakllantirishda, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega Onlayn va an’anaviy ta’limning har ikkisi o‘ziga xos afzallik va cheklovlarga ega. Onlayn ta’lim moslashuvchanlik, qulaylik va keng resurslarga erkin murojaat qilish imkonini bersa, an’anaviy ta’lim bevosita muloqot, tezkor fikr almashish va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni kuchaytiradi. Ta’lim samaradorligi ko‘proq fanga xos ehtiyojlar, talabaning o‘quv uslubi va mavjud resurslarga bog‘liq. Shuning uchun onlayn va an’anaviy ta’limning kuchli jihatlarini birlashtiruvchi gibrid yondashuv eng maqbul model sifatida e’tirof etiladi. Kelajakda ta’lim texnologiyalari rivojlanishi bilan aynan shunday gibrid formatlar asosiy standartga aylanishi kutiladi. 1 Aniqlangan tadqiqotlar gibrid formatning quyidagi afzalliklarini ko‘rsatadi: 1. Vaqt va joy jihatidan moslashuvchanlik Raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi talabalarga o‘quv materiallarini istalgan vaqt va istalgan joydan o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Bu holat ta’lim jarayonining an’anaviy auditoriya bilan cheklanganligini bartaraf etib, asinxron o‘qitish tamoyillarini tatbiq etadi. 2 Moslashuvchanlik talabalarining shaxsiy rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, o‘zlashtirish sur’atini o‘z ehtiyojiga qarab boshqarish imkonini beradi. Shu bois, masofaviy va gibrid ta’lim modellarida moslashuvchanlik o‘quv jarayonining markaziy afzalliklaridan biri sifatida qaraladi. 2. Individual o‘quv trayektoriyasi. Gibrid ta’lim muhitida o‘quv jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etiladi. Talabaning bilim darajasi, o‘zlashtirish tezligi va mustaqil ishlash salohiyati hisobga olingan holda individual o‘quv trayektoriyasi shakllanadi. Bu trayektoriya orqali talaba o‘ziga mos murakkablik darajasidagi materiallarni tanlaydi, o‘quv strategiyalarini mustaqil belgilaydi va o‘zlashtirish jarayonini nazorat qiladi. Bunday adaptiv yondashuv zamonaviy ta’lim psixologiyasi tamoyillari — differensial o‘qitish, konstruktivizm va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning amaliy ifodasidir. 3. Didaktik diversifikatsiya. Onlayn va gibrid ta’lim modellarida turli xil didaktik materiallar va vositalar integratsiyasi keng imkoniyatlar yaratadi. Video ma’ruzalar, interaktiv topshiriqlar, muhokama forumlari, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar kabi ko‘pkanalli o‘quv resurslaridan foydalanish o‘quv jarayonini boyitadi va multimodal o‘qitishni shakllantiradi. Didaktik diversifikatsiya ta’limning moslashuvchan, qiziqarli va motivatsion bo‘lishini ta’minlash bilan birga, talabalar orasidagi kognitiv farqlarni inobatga olgan holda samaradorlikni oshiradi. 4. O‘qituvchi rolidagi transformatsiya Raqamli pedagogikaning rivojlanishi o‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatiga sezilarli o‘zgarishlar kiritmoqda. O‘qituvchi endilikda faqat bilim yetkazuvchi bo‘lmay, balki ta’lim jarayonini boshqaruvchi fasilitator, yo‘naltiruvchi mentor va trening jarayonlarini tashkil etuvchi trener sifatida faoliyat yuritadi. O‘qituvchining roli transformatsiyasi konstruktivistik yondashuvning talablari bilan mos bo‘lib, talabalarni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal etishga va o‘z o‘quv faoliyatini boshqarishga undaydi. Bu holat pedagogdan pedagogik-texnologik kompetensiyalarning muntazam rivojlanishini talab etadi. 1 Thomas Philip. Effectiveness of Online Learning Vs Traditional Classroom. International Journal of Research Publication and Reviews, Vol 6, Issue 3, pp 3554-3561 March 2025 2 Essa, E. K. The effectiveness of hybrid learning in enhancing academic mindfulness and deeper learning of university students. International Journal of Research in Education and Science (IJRES), 9(1), 188-202. https://doi.org/10.46328/ijres.3081 February 2023.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 613 5. O‘quv motivatsiyasining ortishi Onlayn va gibrid ta’limda talabaga o‘z o‘quv faoliyatini nazorat qilish, resurslarni mustaqil tanlash va o‘zlashtirish jarayonini boshqarish imkoniyatlari beriladi. Bu jarayon o‘z-o‘zini boshqariladigan ta’lim (self-regulated learning) tamoyillariga asoslanadi va talabaning ichki motivatsiyasini sezilarli darajada oshiradi. O‘zlashtirishning shaxsiy mas’uliyat sifatida qabul qilinishi, individual natijalarning monitoringi hamda o‘z yutuqlarini real vaqt rejimida ko‘rish imkoniyati talabaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlaydi. Natijada, ta’lim jarayoni tashqi talablar emas, balki ichki ehtiyojlar bilan boshqariladigan motivatsion tizimga aylanadi. 3 Gibrid ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, uning didaktik va tashkiliy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif etiladi: 1. Ta’limning moslashuvchanligini ta’minlash Onlayn va an’anaviy ta’lim integratsiyasining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun raqamli infratuzilmani mustahkamlash zarur. Xususan, o‘quv platformalarining barqaror ishlashi, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, server quvvatlari va mobil qurilmalarga moslashtirilgan elektron resurslar ta’lim jarayonining uzluksizligini kafolatlaydi. Ta’lim resurslarini asinxron rejimda 24/7 formatda taqdim etish talabalarning individual rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 2. Individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish Gibrid ta’limda talabalarning o‘quv ehtiyojlari va kognitiv imkoniyatlariga mos keladigan individual trayektoriyalarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun adaptiv testlar, differensiallashtirilgan o‘quv modullari va talabaning o‘zlashtirish dinamikasini kuzatuvchi tizimlarni joriy etish lozim 4 . Shuningdek, mentorlik faoliyatini kuchaytirish, har bir talaba uchun shaxsiy pedagogik ko‘mak ko‘rsatish individual yondashuv samaradorligini oshiradi. 3. Didaktik diversifikatsiyani kengaytirish Gibrid formatda turli pedagogik vositalardan foydalanish o‘quv jarayonini boyitadi va talabalarning kognitiv faolligini oshiradi. Shu munosabat bilan video ma’ruzalar, interaktiv topshiriqlar, virtual laboratoriyalar, muhokama forumlari va simulyatsiya dasturlarini muntazam ishlab chiqish va takomillashtirish zarur. Multimediali kontent hamda gamifikatsiya elementlari ta’lim jarayonining motivatsion komponentini kuchaytirishi mumkin. 4. O‘qituvchi rolidagi transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash Zamonaviy gibrid ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli bilim beruvchidan ko‘proq fasilitator, mentor va trener sifatida qayta talqin qilinadi. Shu bois raqamli pedagogika, masofaviy o‘qitish texnologiyalari, interaktiv platformalardan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini joriy etish muhim. Pedagoglarning kontent yaratish bo‘yicha texnik kompetensiyalarini rivojlantirish va metodik ko‘mak ko‘rsatish ta’lim sifatini sezilarli oshiradi. 5 5. O‘quv motivatsiyasini oshirish Talabalar o‘z o‘quv jarayonini mustaqil boshqarishi, natijalarini monitoring qilishi va o‘zlashtirish sur’atini belgilashi ichki motivatsiyani kuchaytiradi. Shu bois reyting tizimlari, 3 Hasanah, H. & Malik, M. N. Blended learning in improving students’ critical thinking and communication skills at University. Cypriot Journal of Educational Science, 15(5), 1295 - 1306. https://doi.org/10.18844/cjes.v15i5.5168 October 2020. 4 Yulduz Sobirovna, S. O‘QITISHNING BLENDED (ARALASH) USLUBI: AN’ANAVIY VA ONLAYN TA’LIMNI UYG‘UNLASHTIRISH. The Latest Pedagogical and Psychological Innovations in Education , 2(2), 63–67. Retrieved from https://incop.org/index.php/th/article/view/80, February 2025. 5 Arikan, A. Prospective English language teachers’ foreign Language skills and the Internet. Proceedings of EActivity and Leading Technologies (IASK) – International Association for the Scientific Knowledge. Madrid, Spain
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 614 progress paneli, shaxsiy portfoliolar, refleksiya mashg‘ulotlari va rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni keng joriy etish maqsadga muvofiq. 6 Bu jarayon talabaning o‘z ta’lim jarayoniga egalik hissini kuchaytiradi. Xulosa Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, onlayn va an’anaviy ta’limni integratsiyalash asosida shakllantiriladigan gibrid dars modellari zamonaviy ta’lim jarayonining muhim metodik yo‘nalishiga aylanmoqda. Tadqiqot natijalari gibrid formatning talabalarda o‘quv motivatsiyasini oshirish, o‘qituvchi va talaba faoliyatini optimallashtirish hamda individual ta’lim trayektoriyalarini samarali shakllantirishga xizmat qilishini tasdiqladi.Raqamli pedagogika tamoyillarini didaktik jarayonga puxta integratsiyalash gibrid darslarning sifat ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltiradi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi amaliy kuzatishlar ushbu modelni to‘g‘ri loyihalash va texnologik qo‘llab-quvvatlash sharoitida o‘quv jarayonining moslashuvchanligi, vaqtni boshqarish samaradorligi va o‘quv natijalari barqaror o‘sishini ta’minlashini ko‘rsatdi.Umuman olganda, gibrid ta’lim modeli oliy ta’lim tizimida innovatsion rivojlanishning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, raqamli pedagogika tamoyillarini keng joriy etish va raqobatbardosh ta’lim muhiti yaratishda keng imkoniyatlar taqdim etadi. Mazkur modelni izchil va ilmiy asoslangan holda tatbiq etish kelgusida ta’lim sifatining yaxshilanishi, talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirish hamda pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Arikan, A. Prospective English language teachers’ foreign Language skills and the Internet. Proceedings of E-Activity and Leading Technologies (IASK) – International Association for the Scientific Knowledge. Madrid, Spain, 2008. 2. Essa, E. Strategies for self-regulated learning and associated impact on academic achievement in an EFL context. EduLine: Journal of Education and Learning Innovation, 2 (4). https://doi.org/10.35877/454RI.eduline1451 December 2022. 3. Essa, E. K. The effectiveness of hybrid learning in enhancing academic mindfulness and deeper learning of university students. International Journal of Research in Education and Science (IJRES), 9(1), 188-202. https://doi.org/10.46328/ijres.3081 February 2023. 4. Hasanah, H. & Malik, M. N. Blended learning in improving students’ critical thinking and communication skills at University. Cypriot Journal of Educational Science, 15(5), 1295 - 1306. https://doi.org/10.18844/cjes.v15i5.5168 October 2020. 5. Thomas Philip. Effectiveness of Online Learning Vs Traditional Classroom. International Journal of Research Publication and Reviews, Vol 6, Issue 3, pp 3554-3561 March 2025. 6. Yulduz Sobirovna, S. O‘QITISHNING BLENDED (ARALASH) USLUBI: AN’ANAVIY VA ONLAYN TA’LIMNI UYG‘UNLASHTIRISH. The Latest Pedagogical and Psychological Innovations in Education , 2(2), 63–67. Retrieved from https://incop.org/index.php/th/article/view/80, February 2025. 6 Essa, E. Strategies for self-regulated learning and associated impact on academic achievement in an EFL context. EduLine: Journal of Education and Learning Innovation, 2 (4). https://doi.org/10.35877/454RI.eduline1451, December 2022.