scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARGUMENTATIV YOZUV MASHQLARI YORDAMIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING 3-BOSQICHLI MODELI

Tilavoldiyev Otabek Xusanboyevich

Abstract

Mazkur maqolada muallif tomonidan ishlab chiqilgan argumentativ topshiriqlar yordamida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish modeli hamda uning asosini tashkil qiluvchi tanqidiy fikrlashni tushuntirishga qaratilgan hamda pedagogik tatbiqiga qaratilgan nazariy asoslar tavsifi beriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 624 ARGUMENTATIV YOZUV MASHQLARI YORDAMIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING 3BOSQICHLI MODELI Tilavoldiyev Otabek Xusanboyevich Katta oʻqituvchisi, Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17825021 Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan ishlab chiqilgan argumentativ topshiriqlar yordamida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish modeli hamda uning asosini tashkil qiluvchi tanqidiy fikrlashni tushuntirishga qaratilgan hamda pedagogik tatbiqiga qaratilgan nazariy asoslar tavsifi beriladi. Kalit soʻzlar: argumentativ matn, tanqidiy fikrlash, model, taʻlim nazariyasi, konstruktivizm, talqin, tahlil, baholash, xulosalar yasash. Abstract: This article presents a model for developing studentsʻ critical thinking through argumentative tasks designed by the author. It also describes the theoretical foundations that explain the nature of critical thinking and its pedagogical application. Keywords: argumentative text, critical thinking, model, educational theory, constructivism, interpretation, analysis, evaluation, reasoning. Tanqidiy fikrlashni rivojlanitish talabalarning jarayonda faol ishtirok etishini talab qiluvchi jarayon boʻlib, faol taʼlim texnolologiyalari, yondashuv va metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot doirasida taqdim etilayotgan tanqidiy fikrlashnini argumentativ mashqlari yordamida rivojdantirish modeli muhokamasidan oldin, uning asosini tashil etuvchi asosiy taʼlim nazariyasi haqida toʻxtalish muhim. Zero taʼlim nazariyasini tushunish orqaligina, ishlab chiqilgan va taqdim etilayotgan metodika yoki modelning mazmunmohiyatini anglash mumkin. Zamonaviy taʼlimda talabalarning bilimini samarali shakllantirish uchun turli nazariyalar va usullar qoʻllaniladi. Shular orasida konstruktivizm nazariyasi zamonaviy taʼlimda muhim oʻrin tutuvchi nazariyalardan biri boʻlib, taʼlimning ushbu nazariyasiga zamonaviy chet til taʼlimida keng targʻib qilinuvchi kommunikativ til oʻqitish yondashuvi ham qurilgan. Mazkur nazariyaga koʻra, bilim tayyor holda talabalarga yetkazilmaydi, aksincha bilim talabalar tomonidan faol ravishda, oʻzgalar ishtirokida, yaʼni oʻquvchilarning tashqi atrof muhit, tengdoshlari, oʻqituvchisi bilan faol muloqoti asosida quriladi. Ushbu nazariyada taʼlim jarayoniga faollik, ijodkorlik va muloqotga asoslangan jarayon sifatida qaraladi. Taʼlimning yoki bilim olishning konstruktivistik nazariyasi ilk bor Jerom Bruner [1] va Lev Vigotskiy [4] tomonidan ilgari surilgan boʻlib, ularga koʻra bilim – bu shaxsning oʻz tajribasiga tayangan holda yaratiladigan faol jarayon hisoblanadi. Masalan, Vigotskiy ijtimoiy muloqot va madaniy muhit orqali bilish jarayoni rivojlanishini taʼkidlagan holda, bu jarayonda taʼlim oluvchi hamda oʻqituvchi oʻrtasidagi oʻzaro interaktiv munosabatlarni muhim deb hisoblagan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 625 1-rasm. Tanqidiy fikrlashning P.Fasione modeli Tadqiqotimiz doirasida tanqidiy fikrlashning pedagogik va didaktik asoslariga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki tanqidiy fikrlash, uning mexanizmlari va bosqichlarini yanada yaxshiroq va atroflicha tushuntirib berishga qaratilgan bir qator modellar taklif etilgan. Ularning orasida eng diqqatga sazovorlari hamda taʼlimda keng qoʻllaniluvchi modellar sirasiga P.Fasione [3], R.Pol va L.Elder [7], D.Xalpern [4], R.Ennis [2], S.Brukfildlar tomonidan taklif etilgan konseptual modellarni kiritish mumkin. Mazkur dissertatsion tadqiqotning muammosi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishimiza, xususan, talabalarda tanqidiy fikrlashni argumentativ yozuv mashqlari yordamida rivojlantirishning 3 bosqichli modelini ishlab chiqishda P.Fasionening modeliga tayandik (1-rasm). Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, formal taʼlim muhitida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish sohasidagi tadqiqotlarda P.Fasionening modeli alohida oʻrin egallaydi. Fasione modeliga koʻra tanqidiy fikrlash maqsadga yoʻnaltirilgan, shaxsning oʻz-oʻzini boshqarishga qaratilgan va natijada aniq talqin, tahlil, baholashga tayangan holda asoslangan xulosalar chiqarish jarayoni sifatida taʼriflanadi. Bu model zamirida tanqidiy fikrlashning olti asosiy kognitiv koʻnikmalari yotadi. Bular: talqin (interpretation), tahlil (analysis), baholash (evaluation), xulosa chiqarish (inference), tushuntirish (explanation) hamda oʻzini tartibga solish (self-regulation) (1-rasm). Har bir kognitiv koʻnikma tanqidiy fikrlovchi shaxsning bilish jarayonlarida aniq vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Modelda berilgan talqin qilish kognitiv koʻnikmasi maʼlumotlarning maʼnosini aniqlash va ularni toʻgʻri ifoda etish qobiliyatini qamrab olsa, tahlil qilish kognitiv koʻnikmasi muammo yoki vaziyatlarning ichki elementlari va ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni aniqlashtirishni nazarda tutadi. Modelning navbatdagi asosiy kognitiv koʻnikma baholash koʻnikmasi shaxsning dalillar, argumentlar va manbalarga baho bera olishi, ularning ishonchliligi hamda mantiqiy izchilligida ishonch hosil qila olishini nazarda tutadi. Modeldagi xulosa chiqarish kognitiv koʻnikmasi esa mavjud dalillar asosida mantiqiy izichillikka ega natijaga erishish, xulosalar yasay olish qobiliyatini nazarda tutadi. Tushuntirish koʻnikmasi erishilgan natijalarni va ularga olib kelgan asoslarni aniq va ravshan tushuntirishni oʻz ichiga oladi. Oʻzini tartibga solish koʻnikmasi esa shaxsning oʻz fikrlash jarayonini muntazam nazorat qilishi, xatolarni aniqlab, ularni toʻgʻrilash qobiliyatini ifodalaydi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 626 Tanqidiy fikrlashning Fasione modelida, shuningdek, tanqidiy fikrlashning emotsional unsurlariga hamda jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, bu jihatlarga shaxsning qiziquvchanligi, yangi gʻoya va qarashlarga ochiqligi, haqiqatga intilish, tizimli fikrlash va boshqalar kiradi. Fasionening tanqidiy fikrlash modeli bu jihati bilan Pol va Elder [7] modelida taklif etilgan elementlarni qamrab oladi. Zero, tanqidiy fikrlovchi shaxsdan nafaqat kognitiv koʻnikmalarni, balki bu koʻnikmalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy fazilatlar, xarakter xususiyatlari hamda munosabatlari talab qilinadi. Mazkur modelda keltirilgan tanqidiy fikrlashning kognitiv koʻnikmalari konstruktivist yondashuvda taʼriflangan bilimni yaratish jarayonida asosiy rol oʻynaydi. Masalan, tahlil va baholash koʻnikmalari oʻquvchiga atrof-muhitdan olingan maʼlumotlarni tanqidiy baholash va ularni shaxsiy bilim tizimiga integratsiya qilish imkonini beradi. Shuningdek, oʻzini tartibga solish koʻnikmasi konstruktivist nazariyada taʼkidlanadigan metakognitiv jarayonlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlash mumkin. Bunda shaxs oʻzining fikrlash jarayonini muntazam ravishda nazorat qilib, xatolarini anglab, yangi bilimlarni mavjud bilimlar bilan uygʻunlashtirishni amalga oshiradi. Yuqorida Fasione modelining berilgan taʼrifi asosida hamda formal taʼlimda talabalarning yozuv malakalarini rivojlantirishning tarkibiy qismlari, pedagogik shart-sharoitlari asosida Fasione modeli asosida argumentativ yozuv mashqlari yordamida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning quyidagi modelini taklif etamiz (2-rasm). 2-rasm. Argumentativ yozuv mashqlari yordamida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning 3 bosqichli modeli Mazkur model yozuv mashgʻulotidan oldin, yozuv mashgʻuloti davomida va yozuv mashgʻulotidan soʻng amalga oshiriladigan faoliyat turlari orqali talabalarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Oʻquv jarayonida oʻquvchilarning yoki talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlanitirishga boʻlgan yondashuvlardan biz taklif etayotgan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 627 modelning farqli tomoni shundaki, unda tanqidiy fikrlashning Fasione tomonidan taklif etilgan kognitiv koʻnikma elementlari eksplitsit tarzda oʻrgatiladi. Oʻquv faoliyati natijalari yoki maqsadlariga “tanqidiy fikrlashni rivojlantirish” kabi jumlalarni kiritishning oʻzi kifoya qilmaydi. Aksincha tanqidiy fikrlashni tashkil qiluvchi asosiy kognitiv koʻnikmalar talabalarga aniq oʻrgatilishi va bu maxsus mashq, baholash topshiriqlari yordamida amalga oshirilishi lozim [6]. Modelda birinchi bosqichda tanqidiy fikrlash elementlarini tushuntirish, dalillar bilan ishlash, tahlil qilish, fikr yuritish strategiyalarini oʻqitish nazarda tutiladi. Mazkur yondashuvda argumentativ matn yaratish jarayoni talqin qilish, baxolash, tushuntirish va oʻz-oʻzini tahlil/refleksiya kabi bosqichlar orqali tizimlashtirib berilgan. Ushbu yondashuv, bir tomondan, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda, ikkinchi tomondan, yozuv faoliyatini samarali tashkil etishda metodik asos vazifasini oʻtaydi. Shu bilan birga, yondashuvda ichki jarayonlar hamda argumentlar tuzish nazariyalari uygʻunlashgan. Ushbu modelda asosiy eʼtibor talabalarning ingliz tilida rivojlantirilgan yozuv malakalarini yanada yuqori darajadagi kognitiv faoliyat turlari bilan uygʻunlashtiradi. Yaʼni bunda yozuvdan nafaqat produktiv malaka sifatida, balki chuqur mushohoda yuritish, tahlil, sintez, talqin, baholash, xulosalar yasash hamda oʻz-oʻzini nazorat qilish elementlari hamda kognitiv qobiliyat va koʻnikmalarini birlashtiradi. Taqdim etilayotgan 3 bosqichli modelda asosiy urgʻu tanqidiy fikrlash sub-koʻnikmalari yoki kognitiv qobiliyatlarni metalingvistik darajada ekslitsit tarzda oʻqitish hamda refleksiv mushohodaga beriladi. Shuningde, ushbu taklif etilayotgan argumentativ yozuv mashqlari yordamida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning 3 bosqichli modeli zamirida yozuv malakasini oʻrgatish va oʻqitishda yozuvga nisbatan jarayon sifatida yondashish yotadi. Jarayonli yondashuv talabaga fikrlarini asta-sekinlik bilan shakllantirish, tahlil qilish va qayta ifodalash imkonini beradi. Bu esa yoritilayotgan masalani chuqurroq tushunish va yakuniy natijada yaxshi baho olishiga olib keladi . Shuningdek, yozish jarayonida muharrirlik va qayta koʻrib chiqish bosqichlari talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, chunki ular oʻz fikrlarini aniqlashtirish va bayon etilgan fikr va mulohaxalarni aniq ifoda qilish ustida ishlaydilar. Yozuvga nisbatan jarayon sifatida qarash boʻlsa oʻz navbatida sunʼiy intellekt (SI) hamda generativ texnologiyalarining hozirgi rivojlangan davrida talabalarning akademik gʻirrom qilish, yaʼni yozma matnlarni SI yordamida generatsiya qilishdan tiyishga yordam beradi. Albatta bunda baholashga boʻlgan yondashuvni ham birmuncha oʻzgartirish talab etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Bruner J. S. The Course of Cognitive Growth // American Psychologist. – 1964. – Vol. 19, No. 1. – P. 1–15. 2. Ennis R. H. A Concept of Critical Thinking // Harvard Educational Review. – 1962. – Vol. 32, No. 1. – P. 81–111. 3. Facione, P. A. Critical Thinking: What It Is and Why It Counts. – Insight Assessment, 2011. – 28 p. 4. Halpern D. F. Thought and Knowledge: An Introduction to Critical Thinking. – New York: Psychology Press, 2013. – 480 p. 5. Jonassen D. H. Designing Constructivist Learning Environments / D. H. Jonassen // Instructional design theories and models: a new paradigm of instructional theory. — Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 1999. — P. 215–239. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 628 6. King P. M., Kitchener K. S. Developing Reflective Judgment: Understanding and Promoting Intellectual Growth and Critical Thinking in Adolescents and Adults. Jossey-Bass Higher and Adult Education Series and Jossey-Bass Social and Behavioral Science Series. – JosseyBass, 350 Sansome Street, San Francisco, CA 94104-1310, 1994. 7. Paul R., Elder L. Critical Thinking Competency Standards. – Dillon Beach : Foundation for critical thinking, 2006. 8. Paul R., Elder L. Critical Thinking: The Nature of Critical and Creative Thought // Journal of Developmental Education. – 2006. – Vol. 30, No. 2. – P. 34–35.