JAMIYATDA AYOLLARGA NISBATAN MUNOSABATLAR, ULARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKNING DARAJASI
Abstract
Biz yashab kelayotgan jamiyatda inson huquqi va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Hozirda yurtimizda ham bir qancha ayollarga nisbatan tazyiqlar va zo'ravonliklar sodir etilib, ayollarga nisbatan ularning huquqlari poymol bo'lish holatlari ko'p uchramoqda. Jamiyat ijtimoiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri jinoyatchilik va unga qarshi kurashni tashkil etish muammosidir. Shuning uchun ham insoniyat o'z taraqqiyoti davomida ushbu muammoni hal etish uchun jinoyatchilik, uning sabablari hamda sodir etilishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitni o'rganish va ilmiy jihatdan bilishga harakat qilgan.
Full text
86 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 JAMIYATDA AYOLLARGA NISBATAN MUNOSABATLAR, ULARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKNING DARAJASI Normamat Ramazonovich Mallayev Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Abdurasulova Sabrina Sanjar qizi Termiz davlat universiteti Advokatlik faoliyati mutaxasisligi 1-kurs tinglovchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17828831 Annotatsiya. Biz yashab kelayotgan jamiyatda inson huquqi va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Hozirda yurtimizda ham bir qancha ayollarga nisbatan tazyiqlar va zo'ravonliklar sodir etilib, ayollarga nisbatan ularning huquqlari poymol bo'lish holatlari ko'p uchramoqda. Jamiyat ijtimoiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri jinoyatchilik va unga qarshi kurashni tashkil etish muammosidir. Shuning uchun ham insoniyat o'z taraqqiyoti davomida ushbu muammoni hal etish uchun jinoyatchilik, uning sabablari hamda sodir etilishiga shartsharoit yaratuvchi muhitni o'rganish va ilmiy jihatdan bilishga harakat qilgan. Kalit so’zlar: ayollarga nisbatan tazyiq, zo’ravonlik, Himoya orderi. Bugungi kunda yurtimiz hayotining barcha sohalarida taraqqiy etgan davlatlarning ilg'or tajribalari va o'zbek davlatchiligining ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan an'analariga asoslangan holda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz yashab kelayotgan jamiyatda inson huquqi va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Hozirda yurtimizda ham bir qancha ayollarga nisbatan tazyiqlar va zo'ravonliklar sodir etilib, ayollarga nisbatan ularning huquqlari poymol bo'lish holatlari ko'p uchramoqda. Jamiyat ijtimoiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri jinoyatchilik va unga qarshi kurashni tashkil etish muammosidir. Shuning uchun ham insoniyat o'z taraqqiyoti davomida ushbu muammoni hal etish uchun jinoyatchilik, uning sabablari hamda sodir etilishiga shartsharoit yaratuvchi muhitni o'rganish va ilmiy jihatdan bilishga harakat qilgan. Bunga esa o'z davrining fan texnika taraqqiyoti darajasida ilmiy-nazariy jihatdan yondashganligini ko'rish mumkin. Bevosita, kriminologiya fanining predmeti metodlari bor. Shu o'rinda kriminologiya fanining predmeti tizimini belgilashda uning tadqiqoti doirasiga quyidagi ijtimoiy muammolarni ko'rsatish mumkin: Jinoyatchilikning ijtimoiy voqelik sifatida paydo bo'lish sabablari va uning sodir bo'lishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitning mavjudligi; Jinoyatchi shaxsi va jinoiy faoliyatning mavjudligi; Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatlarga yo'I qo 'ymaslikni ta'minlash; Jinoyatchilikning kriminologik tadqiqotlarida ilmiy bashorat(prognostika)ni yo'lga qo'yish; Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini tashkil etish va ilmiy boshqaruvni yo'lga qo'yish. Ushbu muammolar kriminologiya fanining tadgiqot obyekti va predmetini belgilaydi. Garchi, bu muammolar ustida shu paytga qadar bir qancha ilmiy ishlar gilingan bo'lsada ayrim muammolar ko'zga tashlanib turibdi. Shu o'rinda Kriminologiya fanining asosiy magsadi jinoyatchilikka qarshi kurashning aniq ilmiy-nazariy asoslarini chuqur ilmiy xulosalarga tayangan holda ishlab chiqish va zarur tavsiyalar berishdan iborat ekanligidan kelib chiqib ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik qanday holatda yuz berishini aniqlab olish mumkin. Jumladan, tazyiq va zo'ravonlik tushunchalari kriminologiya fanida ancha oldin paydo
87 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 bo'lgan atamalardir va ular quyidagi atamalar timsolida bugungi kun hayotida uchramoqda. Oiladagi zo ravonlik bu yashirish, bostirish, toqat qilish yoki azob chekish emas. Oiladagi zo'ravonlik holati, agar yuzaga kelsa, kelajakda uning takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun uni to'xtatish kerak. Oiladagi zo'ravonlik yuzaga kelgan vaziyatda nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradigan bir qator oddiy qadamlar mavjud. Oiladagi zo'ravonlik, xoh bola, xoh kattalar, keksa odam, ayol yoki erkak bo'lsin, har birimizning qurbonimiz bo'lishi mumkin. Turmush o'rtog'i o' z xotiniga nisbatan tajovuzni, aksincha, ota-onalar farzandlariga, farzandlar esa ota-onaga, akauka va opa-singillarga bir-biriga nisbatan tajovuzkorlikni namoyon qilishi mumkin. Bolalar o'zlarining birodarlariga yoki opa-singillariga nisbatan zo'ravonlik shaklida tajovuzkorlikni ko'rsatishi mumkin. Oilada o'zaro muloqot jarayonida tabiiy ravishda nizolar va janjallar paydo bo' lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham zo'ravonlik emas. Oiladagi zo'ravonlikda zo'ravonlik shakllarining takrorlanib turadigan davrlari mavjud. 1-davr. Oilada taranglikning kuchayishi. O'zaro munosabatlarda norozilik kuchayadi va oila a'zolari o'rtasidagi aloqa buziladi. 2-davr. Zo'ravonlik hodisasi. Og'zaki, hissiy yoki jismoniy zo'ravonlik avj oladi, g'azab, tortishuvlar, ayblovlar, tahdidlar, qo'rqitishlar bilan birga keladi. 3-davr. Yarashish. Zo'ravon shaxs kechirim so'raydi, sababini tushuntiradi, aybni jabrlanuvchiga yuklaydi, ba'zida sodir bo'lgan vogeani rad etadi yoki jabrlanuvchini voqealarni bo'rttirib ko'rsatishiga ishontiradi. 4-davr. O'zaro munosabatlardagi tinch davr ("asal oyi"). Zo'ravonlik davri unutiladi, tajovuzkor kechiriladi. Ushbu bosgich "asal oyi" deb nomlanadi, chunki bu bosqichda sheriklar o'rtasidagi munosabatlarning sifati asl nusxasiga qaytadi. Odatda, so'nggi davr ya'ni asal oyidan keyin munosabatlar birinchi bosqichga qaytadi va sikl takrorlanadi. Vaqt o'tishi bilan har bir bosqich oralig'i qisqaradi, zo'ravonlik xolatlari tez-tez uchraydi va ko'proq zarar keltiradi. Zo'ravonlik qurboni vaziyatni o'zi hal qila olmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday vaziyatda aql bilan ongli ravishda harakat qilish juda qiyin bo'lib qoladi. Agar insonga eng yaqin odamlaridan tahdid tug'ilsa, qaror qabul qilish va zo'ravonlik xolatini tugatish uchun ulkan jasorat talab etiladi. Yuz berayotgan bu sharmandalik xolatini, qarindoshlar, qo'shnilar yoki ishdagi hamkasblar bilib qolishidan qo'rqish, ko'pincha, bu muammoni hal qilishga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, bizning mentalitetimizda oilada yuzaga keladigan muammolar haqida sukut saqlash kerak degan qarashlarning mavjudligi muammoni yashirishga majbur etadi. Odatda ko'pchilik shunday qiladi: jimgina chidaydi va hamma narsa o'tib ketishini kutadi. Afsuski, bu zo'ravonlik yana va yana bir necha marta sodir bo'ladi. Oiladagi zo'ravonlik va oddiy, shaxslararo nizo o'rtasidagi asosiy farq mana shu. Uyingizdagi zo'ravonlikni bir marotaba to'xtatish to"g'risida qaror qabul qilish insonni yanada azoblanishdan qutqaradi. Izlanishlarga ko'ra, ayollar va qizlar ko'pincha oilaviy zo'ravonlikdan aziyat chekishadi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi ayollarning taxminan 70 foizi hayoti davomida zo'ravonlikni boshdan kechirgan. Erkaklar ko'pincha turmush o'rtog'i, ota onasi, farzandlari, xonadoshlariga nisbatan tajavvuzkorlik namoyon etsa, ayollarda esa asosan, ota-onalar va bolalarga nisbatan kuzatiladi. Turmush o'rtog'i va sherigiga nisbatan zo'ravonlik kamdan-kam holatlarda qayd etiladi. Oiladagi zo'ravonlikning bir necha turlari mavjud: jismoniy, jinsiy, psixologik va iqtisodiy.
88 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Zo'ravonlik - xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o 'tkazish choralarini qo'llahh bilan tahdid gilish orqali ularning hayoti, sog'lig'i, jinsiy daxlsizligi, sha'ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g'ayrihuquqiy harakat(harakatsizlik); Jinsiy zo'ravonlik - xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo'ravonlik shakli, shuningdek zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish bilan tahdid gilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orgali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash; Jismoniy zo'ravonlik - xotin-qizlarga nisbatan og'irligi turli darajada bo'lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko'rsatmaslik, zo'ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazishning o' zga choralarini qo'llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog'lig'i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquglari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo'ravonlik shakli; Iqtisodiy zo'ravonlik - xotin-qizlarga nisbatan turmushda ish joylarida va boshda joylarda amalga oshirilgan zo'ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlanishga bo'lgan huquqini, mulk huquqini, ta'lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat(harakatsizlik) Ruhiy zo'ravonlik - xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha'nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo'ravonlik shakli; Tazyiq - sodir etilganligi uchun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat yoki harakatsizlik, shilqimlik, ta'qib etish. Ta'qib etish - jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta garshilik ko'rsatganligiga yoxud ogohlantirgaligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini gidirishda, u bilan og'zaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'i orqali yoki boshqa usullarni qo'llash yo'li bilan muloqotga kirishishda, uning ish, o'qish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida o'z xavfsizligi uchun avotirlik qo'zg'atadigan harakatlar; Himoya orderi - tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o'tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo' ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanilishiga sabab bo'ladigan hujjat; Tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish - xotin-qizlarning hayoti, sog'lig'i uchun paydo bo'lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g'ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo'l qo'ymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar tizimi; Tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va
89 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zo'ravonlikdan xoli bo'lish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi'. Yuqoridagi atamalar ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik mavzusining asosiy atamalari hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining shakllanish jarayoni har doim zo'ravonlik harakatlarining namoyon bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan. Urushlar, inqiloblar, mulkni ortib olish, qul mehnatidan foydalanish har qanday jamiyatda, tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida bo'lgan. Zo'ravonlik bugungi kunda ha jamiyatga kirib, butun ijtimoiy guruhlar va shaxslar hayotining siyosiy, ma'naviy, ma'rifiy va oilaviy sohalariga ta'sir ko 'rsatmoqda. Madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me'yorlar ushbu hodisaning mavjudligini qo'llab-quvvatlaydi, uning yangi avlodlarda ko'payishini ta'minlaydi. Ijtimoiy tuzilma va munosabatlardagi zo'ravonlikning chuqur ildiz otishi uning insonning biologik va psixofizik mohiyati bilan immanent bog'liqligi to'g'risida turli xil nazariyalarning shakllanishiga yordam berdi. Qadim zamonlardan beri faylasuflar shaxsning tashqi dunyo va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlari, xususan, zo'ravonlik insonning ichki motivlari bilan qanchalik kuchli bog'liqligi haqida fikr yuritdilar. Aristotel ekspluatatsiya va majburlashni odamlar o'rtasidagi tengsizlikning tabiiy ko'rinishi deb hisobladi: barcha odamlar tug'ilishdan boshlab hokimiyatga moyil bo'lganlarga va bo'ysunishga moyil bo'lganlarga bo'linadi, bu tabiatning umumiy qonunidir. Binobarin, quldorlik ijtimoiy hayotning tabiiy hodisasi bo 'lib, axloqiy hukmga tobe bo'Imaydi. Ilohiyot va falsafa zo'ravonlikni yaxshilik va yomonlik prizmasidan ko'rib chiqdi, har bir aniq holatda adolat yoki adolatsizlik tamoyiliga ko'ra foydalanishni baholadi. Zo'ravonlik tabiatini o'rganish tarixi uzoq an'anaga ega. Ushbu hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariy yondashuvlar tahlili shuni ko'rsatdiki, uni aniqlashda ikkita yondashuvni ajratib ko'rsatish mumkin. Ko'pgina tadqiqotlar zo'ravonlik harakatlariga shaxsning biologik moyilligini o'rganishga qaratilgan. Bunda gap tor ma'noda zo'ravonlik haqida ketmoqda, bunda zo'ravonlik shaxsni bostirish va muayyan harakatlarni amalga oshirishga majburlashga qaratilgan jismoniy kuch ishlatish sifatida talqin qilinadi. Ko'p jihatdan, bu yondashuv ijtimoiy sohaga nisbatan inson xatti-harakatlarining biologik mexanizmlari bo'yicha tadqiqotlarni tarqatishga asoslangan. Zo'ravonlik hayvonlar hayotining ajralmas xususiyati sifatida ishlaydi. Omon qolish uchun kurash hayotga eng moslashgan shaxslarning tabiiy tanlanish zarurati bilan belgilanadi. Hayvonot dunyosidan chiqgan odam zo'ravonlikka moyillikni meros qilib oladi. Jismoniy zo'ravonlik inson mavjudligining ajralmas atributiga aylandi, chunki hayotning o'zi tarixiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida hayvonlarga va inson mulkiga yoki hayotiga da'vo qilgan boshqa odamlarga nisbatan doimiy zo'ravonlik harakatlarining to’plami edi. Insoniyatning alohida biologik tur sifatida shaklanishi turli xavf-xatarlarga qarshi turish bilan bog'liq edi. Zo'ravonlikdan foydalanish jinsini saqlab qolish va uni tashqi tahdidlardan himoya gilishga yordam berdi. Sivilizatsiya shakllanishining dastlabki bosgichlarida omon qolish asosan jismoniy vositalardan foydalanish bilan birga bolgan. Insonning tashqi xavf-xatarlarga doimiy qarshilik ko'rsatish orqali evolyutsion rivojlanishi stressga javob berishning ma'lum biologik mexanizmlarini shakllantirishga olib keldi. Masalan, tanqidiy vaziyatlarda inson tanasida adrenalin gormonining ko'tarilishi sodir bo'ladi, bu odamning reaksiya tezligini oshiradi, barcha
90 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 mushaklarni mumkin bo'lgan jang yoki parvoz uchun tonlaydi, ya'ni ba'zi vaziyatlarda zo'ravonlikning namoyon bo'lishi tabiat tomonidan oldindan belgilanadi. Ushbu tabiiy, instinktiv tajovuzkorlikning oqibatlari zamonaviy hayotda namoyon bo'ladi. Biroq, zo'ravonlik harakatlari har doim ham hayot uchun xavfli vaziyatlarda sodir bo'lmaydi, shuning uchun tabiiy instinktlar va zo'ravonlik o'rtasida aniq bog'liqlik yo'q. Inson hayoti haqidagi keyingi fikr-mulohazalar tadqiqotchilarni biologik omillardan tashqari, insonning zo'ravonlikka moyilligiga ijtimoiy normalar, hukumat xususiyatlari va siyosiy hokimiyat ta'sir qiladi degan xulosaga keldi. Tarixga alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi turli boyliklarga egalik qilish uchun kurash jarayoni sifatida qarala boshlandi. Jamiyat taraqqiyoti sari ma'lum vaziyatlarda zo'ravonlik qo'llashning asosliligi va qonuniyligi tizimi asta-sekin shakllandi. Bu normalar, eng avvalo, ovchilikni tashkil etish qoidalarida, harbiy harakatlarni o'tkazish normalarini shakllantirishda, qo'shni qabilalar bilan munosabatlar o'rnatish tamoyillarida o'z ifodasini topgan. Tarixiy jihatdan kuchliroqning qaram yoki zaifroq shaxslar va ijtimoiy jamoalarga nisbatan majburlash va zo'ravonlik qo'llash huquqi ta'minlangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi "Xotin-qizlarmi tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g'risida"gi qonuni. 2. https://lex.uz/acts/-4494709 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. 4. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonuni.