scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TILLARARO XUSHMUOMALALIK ME'ZONLARI VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI AHAMIYATI (INGLIZ, KOREYS, O'ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Niyozova Maftuna Farhod qizi

Abstract

Ushbu maqola insonlararo muloqotning dolzarb masalasi bo‘lgan xushmuomalalik kategoriyasining o‘zbek, ingliz va koreys tillaridagi ifodalanish xususiyatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot Erving Goffman, Brown va Levinsonning nazariyalariga asoslanib, uch xil til tizimidagi hurmatning lisoniy mexanizmlarini (grammatik qo‘shimchalar, leksik birliklar, nutq darajalari) va madaniy me’yorlarni (salomlashish, murojaat shakllari, rad etish strategiyalari, hamda imo-ishoralarni) o‘zaro solishtiradi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha, ingliz tilida xushmuomalalik strategik, bilvosita va egalitar (tenglikka asoslangan) xarakterga ega bo‘lsa, o‘zbek va koreys tillarida ijtimoiy ierarxiya grammatik shakllar (masalan, “sizlash”, honorifik qo‘shimchalar) orqali majburiy kodlanadi. Maqolaning amaliy ahamiyati – bu til juftliklari o‘rtasida tarjima qilayotganda yuzaga keladigan pragmatik nomutanosibliklar (masalan, “You” olmoshi) va ularni “madaniy filtr” yordamida hal qilish bo‘yicha aniq usullarni ko‘rsatishdan iborat.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 761 TILLARARO XUSHMUOMALALIK ME’ZONLARI VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDAGI AHAMIYATI (INGLIZ, KOREYS, O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA) Niyozova Maftuna Farhod qizi Navoiy Davlat Universiteti magistratura boshqichi 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17829406 Annotatsiya. Ushbu maqola insonlararo muloqotning dolzarb masalasi bo‘lgan xushmuomalalik kategoriyasining o‘zbek, ingliz va koreys tillaridagi ifodalanish xususiyatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot Erving Goffman, Brown va Levinsonning nazariyalariga asoslanib, uch xil til tizimidagi hurmatning lisoniy mexanizmlarini (grammatik qo‘shimchalar, leksik birliklar, nutq darajalari) va madaniy me’yorlarni (salomlashish, murojaat shakllari, rad etish strategiyalari, hamda imo-ishoralarni) o‘zaro solishtiradi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha, ingliz tilida xushmuomalalik strategik, bilvosita va egalitar (tenglikka asoslangan) xarakterga ega bo‘lsa, o‘zbek va koreys tillarida ijtimoiy ierarxiya grammatik shakllar (masalan, “sizlash”, honorifik qo‘shimchalar) orqali majburiy kodlanadi. Maqolaning amaliy ahamiyati – bu til juftliklari o‘rtasida tarjima qilayotganda yuzaga keladigan pragmatik nomutanosibliklar (masalan, “You” olmoshi) va ularni “madaniy filtr” yordamida hal qilish bo‘yicha aniq usullarni ko‘rsatishdan iborat. Kalit so‘zlar: xushmuomalalik meʼzoni, qiyosiy tahlil, nutqiy etiket, hurmat shakllari, madaniy filtr, koreys tili, ingliz tili, o‘zbek tili Abstract. This article is dedicated to a comparative-typological analysis of the expression of politeness in Uzbek, English, and Korean languages, focusing on its linguistic and cultural features. The research is grounded in the theories of Erving Goffman, Brown, and Levinson, comparing the linguistic mechanisms of respect (grammatical suffixes, lexical units, speech levels) and cultural norms (greetings, address forms, refusal strategies, gestures) across the three distinct language systems. The analysis reveals that while politeness in English is strategic, indirect, and egalitarian, it is gramatically and rigidly codified in Uzbek and Korean, based heavily on social hierarchy. The practical significance of the paper lies in addressing the pragmatic discrepancies encountered when translating between these language pairs (e.g., the challenge of the universal "You" pronoun) and providing specific methods, such as applying a "cultural filter," to achieve pragmatic equivalence. Keywords: politeness strategies, comparative analysis, speech etiquette, honorifics (forms of respect), hierarchy, cultural filter, Korean, English, Uzbek languages Insoniyat jamoa bo‘lib shakllanganidan boshlab madaniyati, muomala jarayoni, turmush tarzida turli xil o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa-da, insonning bir-biri bilan muloqotida xushmuomalalikning ahamiyati va o‘rni dolzarbligicha qoldi. Bugungi kunda bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan dunyoda muomala jarayonida xushmuomalalikni saqlab qolish va undan to‘gri foydalanish jahon xalqlarining o‘zaro totuv va hamjihatlikda yashashi, o‘zaro hamkorlik va ahillik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Turli xalqlarning INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 762 qon-qoniga singib ketgan milliy tilining grammatik va leksik birliklarida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bu til me’zoni ilk bor AQSh sotsiologi Erving Goffman tomonidan o‘rganilgan. U 1955-yilda “Yuz ishida” (‘On face-work’) nomli tadqiqotida insonning kundalik hayotda o‘zini namoyon qilishi, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zi va boshqalarning oldida yaratadigan qiyofasi va uning ahamiyatini o‘rgangan. Uning tadqiqotlari keyinchalik Buyuk Britaniya olimlari Penelope Brown va Stephen Levinson tomonidan davom ettirilgan bo‘lib, ularning eng mashhur ishlari “Xushmuomalalik nazariyasi” (Politeness Theory) da ijtimoiy hayotda ijobiy va salbiy obro‘ga ega bo‘lishda insonning yuz ifodasi va muloqotidagi strategiyalar keltirilib o‘tilgan. Keyinchalik Geoffrey Leech o‘zining “Xushmuomalalik prinsipi” (‘Politeness principle)ni taklif qilib, xushmuomalalik oltita maksimal qoidalar muloyimlik, saxiylik, ma'qullash, kamtarlik, kelishuv va hamdardlik orqali namoyon bo‘lishi va muloqotdagi nizolarni bartaraf etishdagi ahamiyatini o‘rgangan bo‘lsa, Robin Lakoff esa xushmuomalalikni masofa xushmuomalaligi, hurmat xushmuomalaligi va do‘stona xushmuomalalik kabi turlarga ajratib o‘rgangan. O‘zbek tilidagi xushmuomalalik kategoriyalarini, uning madaniy me’yorlari va muloqot odoblarini o‘rgangan D. Qosimova 1 va A. Hafizov 2 kabi olimlarni ham ta’kidlab o‘tish lozim. Xushmuomalalik turli xalqlar madaniyatida va til tuzilishida turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqida o‘zidan yoshi kattalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muomala madaniyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, biror kishiga murojaat qilayotganda sizlab gapirish va “kechirasiz”, “marhamat”, “iltimos” kabi muomalani yumshatuvchi so‘zlardan foydalanish, ba’zi so‘zlarga va fe’llarga –lar qo‘shimchasini qo‘shish (masalan, keldi emas keldilar, aytdi emas aytdilar, otasi emas otalari shaklida gapirish), buyruq gaplarni ham ikkinchi shaxs birlik shaklida emas, ko‘plik shaklida, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, yupshoqlik va majhul nisbat shaklida berish (“Qil!” deb emas, “Qiling” deb, “Bajar” deb emas, “Bajarsangiz yaxshi” shaklida) kabi qator xususiyatlarni olishimiz mumkin. Quyida o‘zbek tilidagi xushmuomalalik me’zonlarini ingliz va koreys tillari bilan solishtirgan holda ko‘rib chiqamiz. 1. Salomlashish Xushmuomalalikning ilk belgisi bu suhbat boshida salomlashishda ko‘rinadi. Ingliz tilida kun qismlariga qarab salomlashilsa, good morning, good afternoon, good evening kabi, o‘zbek tilida esa bir xil an’anaviy “Assalom-u alaykum” tarzida salomlashiladi. Koreys tilida esa insonning jamiyatda tutgan o‘rniga qarab mulotning uch xil shakli qo‘llaniladi. 안녕하십니까 (Annyeonghasimnikka) o‘zidan mansabi yuqori bo‘lgan va yoshi katta insonga nisbatan o‘ta rasmiy salomlashish, 안녕하세요 (Annyeonghaseyo) kundalik turmushda ko‘p ishlatiladigan tanish-notanish va o‘zidan yoshi katta insonga nisbatan norasmiy salomlashish, hamda 안녕 (Annyeong) norasmiy salomlashish, bu turdagi salomlashish do‘stlarga va o‘zidan yoshi kichiklarga nisbatan qo‘llanilib, o‘zbek tilidagi “Salom” va ingliz tilidagi “Hello” so‘zlariga mos keladi. Shuningdek, 오랜만이에요 (Orenmanieyo) kabi salomlashish turi mavjud bo‘lib, bu so‘z “Ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘ldi” deb tarjima qilinib, uzoq vaqt davomida bir-biri bilan ko‘rishmagan tanishlar o‘rtasidagi salomlashish turi hisoblanadi va ingliz hamda o‘zbek tillarida bu turdagi salomlashish uchramaydi. 2. Nutqdagi o‘zaro hurmat shakllari. 1 2020-yil “O‘zbek tilida xushmuomalalik strategiyalarining ahamiyati” asari muallifi 2 Ingliz tilidagi tadbirkorlikka oid so‘zlarning xushmuomalalik strategiyalarini o‘rgangan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 763 O‘zbek tilida “sen” va “siz” murojaat shakllari bo‘lib, rahbarlarga, o‘zidan yoshi va mavqei kattalarga, notanish insonlarga hurmat qilib, hamda madaniyat belgisi sifatida er-xotin bir-biriga yoki ota-onalar begonalar oldida farzandiga ham sizlab murojaat qilishi mumkin. Bu, odatda, grammatikada –lar qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Koreys tilida esa hurmat darajasining uch xil shakli mavjud bo‘lib, rasmiy hurmat daraja (하십시오체 - Hasipsioche)dagi so‘zlarga “합니다/입니다” qo‘shimchasini qo‘shish orqali, masalan, 감사합니다 (gamsahamnida - Rahmat), 갑니다 (gamnida - Men boraman); norasmiy hurmat daraja (해요체 - Haeyo-che)dagi so‘zlarga “해요/예요” qo‘shimchasini qo‘shish orqali, masalan, 고마워요 (gomawoyo - Rahmat), 가요 (gayo - Men boraman); hamda norasmiy oddiy daraja (해체 - Haeche) dagi so‘zlarga “해” shaklida yoki hech qanday qo‘shimcha qo‘shmay, masalan, 고마워 (gomawo - Rahmat), 가 (ga - Bor) shaklida hosil qilinishi mumkin. Yoki hurmatni ifodalovchi so‘zlar (높임말 - Nopimmal)dan foydalaniladi, bunda fe’l o‘zagiga (으)시 qo‘shimchasini qo‘shish orqali hurmat ko‘rsatiladi (Masalan, 가다 (bormoq) 가시다 tarzida aytiladi). Bu qo‘shimcha asosan tinglovchi yoki uchinchi shaxsga hurmat ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ingliz tilida esa sen va siz ajratilmaydi hamma uchun “You” shaklida gapiriladi. 3. Kimgadir murojaat qilishda xushmuomalalik va hurmatning ifodalanilishi. O‘zbek tilida insonning ismi bilan chaqirish hurmatsizlik hisoblaniladi, shuning uchun, xushmuomalalik va o‘zaro hurmatni ko‘rsatish uchun ismlarga turli xil so‘zlar yoki qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. Masalan, erkaklarga aka (yoshi katta bo‘lsa), uka (yoshi kichikka nisbatan) yoki tog‘a, amaki so‘zlarini qo‘shish orqali, shuningdek, “-bek” yoki “-jon” qo‘shimchalarini qo‘shish orqali murojaat qiliniladi. (Masalan: Alisher aka, Sardorbek, Jo‘rabek tog‘a kabi). Ayollarga esa opa (yoshi katta bo‘lsa), singil (yoshi kichik bo‘lsa), xola hamda amma so‘zlarini qo‘shish orqali, yoki ismiga “-xon”, “-bonu” qo‘shimchasi qo‘shish orqali murojaat qilish xalq orasida juda keng tarqalgan. (Masalan: Nargiza opa, Diloromxon, Guli xola, Madinabonu kabi). Shuningdek, insonning kasbidan kelib chiqib ham murojaat qilish mumkin. Bunda ustoz, domla, do‘xtir, rais, sartarosh kabi so‘zlar og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladi. (Salim domla, Zulayho ustoz, Nodir do‘xtir kabi). Koreys tilida ismlarga murojaat qilishda hurmatni ifodalash uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan qo‘shimcha bu -씨 (-ssi) qo‘shimchasidir. Bu qo‘shimcha to‘liq ismga yoki familiya+ismdan keyin qo‘shiladi, odatda bir-birini ism-sharifi bilan chaqiradigan, yoshi katta bo‘lmagan notanishlar orasida yoki hamkasblar, do‘stlar, tanishlar orasida ishlatiladi. Masalan, 김철수 씨 (Gim Cheolsu-ssi) - Kim Cheolsu (to‘liq ismsharifga), 지수 씨 (Jisu-ssi)- Jisu (faqat ismga qo‘shilgan) tarzida. Lekin, bu qo‘shimchani faqat familiyaga qo‘shish (masalan, 김 씨 - Gim-ssi) juda qo‘pol yoki hurmatsizlikni ifodalashi mumkin, shuning uchun faqat ismga yoki to‘liq ism-sharifga qo‘shish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuqori darajadagi hurmatni talab qiladigan kasb, lavozim yoki ijtimoiy shaxs nomlariga -님 (-nim) qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, kasb yoki lavozimlar bilan: 선생님 (Seonsaeng-nim – o‘qituvchi, doktor), 교수님 (Gyosu-nim - professor), 부장님 (Bujang-nim – INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 764 bo‘lim boshlig‘i); mijoz yoki mehmonga nisbatan: 고객님 (Gogaek-nim - hurmatli mijoz), 손님 (Son-nim - mehmon); diniy murojaatlarga: 하느님 (Haneu-nim - Xudo) tarzida qo‘shiladi. Kamdan-kam hollarda hurmatli shaxsning ismi bilan ham ishlatilishi mumkin, lekin “-씨” ga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yana misol tariqasida -아 / -야 (-a / -ya) qo‘shimchasini keltirish mumkin, bu o‘zaro yaqinlik va do‘stlikni ifodalash uchun insonni ismi bilan murojaat qilganda qo‘shiladi, asosan, yaqin kishilar o‘rtasida, oiladagi kichik farzandga yoki yoshi kichiklarga nisbatan ishlatiladi. Agar ism unli harf bilan tugasa: -야 (Masalan: 지수야 - Jisu-ya, 철수야 - Cheolsu-ya), agar ism undosh harf bilan tugasa: -아 (Masalan: 초롱아 Chorong-a, 민석 → 민석아 Minsok-a) qo‘shimchasi qo‘shiladi. Koreys tilida ham o‘zbek tilidagidek insonning ismi bilan emas, balki qarindoshlik atamalari bilan murojaat qilish ham odatiy holdir: 오빠 (Oppa - ayol kishi uchun katta aka),언니 (Eonni - ayol kishi uchun katta opa), 형 (Hyeong - erkak kishi uchun katta aka), 누나 (Nuna - erkak kishi uchun katta opa) kabi so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Ingliz tilida esa koreys va o‘zbek tillaridan farqli ravishda “Janob” va “Xonim” ma’nosini beruvchi so‘zlardan foydalaniladi. Masalan, Mr. (Mister) – erkaklar uchun (familiyasi bilan): Mr. Smith, Ms. (Miz) – ayollar uchun (turmushga chiqqan yoki chiqmaganligidan qat’iy nazar, eng xavfsiz va zamonaviy shakl): Ms. Johnson, Mrs. (Missis) – turmushga chiqqan ayollar uchun: Mrs. Harris, Sir / Ma’am – asosan xizmat ko‘rsatish sohasida yoki o‘zingizdan yoshi va mavqeyi katta notanish insonlarga murojaat qilishda: Sir.Johnald, yoki, Yes, ma’am (Xo‘p, xonim tarzida) ishlatiladi. O‘zbek va koreys tillarida ismdan keyin qo‘shimcha yoki so‘z qo‘shilsa, ingliz tilida ismdan oldin maxsus birliklar qo‘llaniladi. 4. Nutqda xushmuomalalikni ifodalovchi maxsus birliklar Barcha tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham xushmuomalik va o‘zaro hurmatni ifodalovchi maxsus birliklar mavjud. Masalan, o‘zbek xalqida o‘ziga tanish insonni yo‘lda uchratib qolsa “Choyga o‘ting” deb uyiga mehmonga chaqirish odat tusiga kirgan, lekin bu shunchaki xushmuomalalikning bir ko‘rinishi bo‘lib, aslida mehmondorchilikka taklifni bildirmaydi. Ona tilimizdagi muomala madaniyatida biror-bir so‘roqqa nisbatan qat’iy “Yo‘q” javobini berishga andisha qilinib, rad etishni yumshatuvchi yoki uni o‘rnida qo‘llaniluvchi boshqa xil gap iboralaridan foydalaniladi. Masalan, “Xudo xohlasa, ko‘ramiz”, “Bir harakat qilib ko‘raman”, “Imkon bo‘lishi bilan aytaman”, “Mayli, nasib” kabi javob iboralari suhbatdoshning ko‘nglini ranjitmaslik uchun aytilgan bo‘linsada, aslida rad ma’nosini bildiradi. Xuddi, shuningdek, “kechirasiz”, “iltimos” so‘zlaridan foydalanish nutqning ohangini yumshatib, tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. Koreys xalqi madaniyati ham o‘zbek xalqiga o‘xshash jihatlari bo‘lib, koreys tilida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad javobini berish suhbatdoshning yuzini yerga qaratganlik hisoblanadi, shuning uchun rad etishning boshqa xil usullaridan foydalaniladi: 1. Noodatiy jimlikni saqlash yoki mavzuni o‘zgartirish orqali; 2. Noaniq va’dalar berish orqali; masalan, “Hozircha biror narsa deya olmayman”, “Buni keyin ko‘rib chiqamiz” kabi noaniq iboralarni ishlatish rad etishga ishora qiladi. “생각해 볼게요” (Saenggakhae bolgeyo. – “O‘ylab ko‘raman”.) kabi gaplardan foydalanish, yoki rad etishni shaxsiy xohish emas, balki tashqi omillarga bog‘lash orqali. Bu “Men emas, vaziyat INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 765 aybdor” degan ma’noni beradi va suhbatdoshning obro‘sini saqlaydi. Misol uchun: “오늘은 좀 어려울 것 같아요.” (Oneureun jom eoryeoul geot gatayo. – “Bugun biroz qiyinlik qiladiganga o‘xshaydi) 3. Uzr so‘rash va minnatdorchilik bildirish orqali; to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etish o‘rniga, shaxs avval taklif uchun minnatdorchilik bildiradi, so‘ng uni rad etadi. Misol uchun: “초대해 주셔서 감사합니다. 하지만, 다른 선약이 있어서요.” (Chodaehae jusyeoseo gamsahamnida. Hajiman, dareun seonyagi isseoseoyo. – “Taklif uchun rahmat. Lekin, boshqa rejam bor edi.”) Koreys tilidagi ingliz va o‘zbek tillarida uchramaydigan holatlardan biri – bu birinchi shaxs birlik olmoshi “나” (na - men)ning o‘rniga hurmat bilan 저 (jeo - men) ishlatilish holatidir. Masalan, 저는 사과를 먹어요 (jeo-neun sagwa-reul meogeoyo). O‘zbek tilida biz ba’zan “Eshikni ochib yuboring” deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rashimiz mumkin va bu ohangga qarab normal qabul qilinadi. Ingliz tilida esa fe’l bilan boshlanadigan gaplar (buyruqlar) juda qo‘pol eshitiladi. Buning o‘rniga modal fe’llar (Can, could, would, may)dan foydalaniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq (Qo‘polroq) Xushmuomalalik bilan aytish O‘zbekcha ma’nosi Give me the salt. Could you pass the salt, please? Tuzni uzatib yubora olasizmi? Sit down. Please, have a seat. Marhamat, o‘tiring. Send me the email Would you mind sending me the email? Emailni yubora olmaysizmi? I want coffee. I would like a coffee, please. Men kofe xohlar edim. Ingliz tilida qanchalik rasmiy yoki notanish odam bilan gaplashsangiz, gap shunchalik uzunroq va bilvosita bo‘ladi. Masalan, “Open the window” (3 so‘z) o‘rniga “Do you think you could open the window?” (8 so‘z). Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar madaniyatida ham o‘zbek va koreys tillaridagi kabi biror taklif yoki iltimosni rad etishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkordan qochiladi. Masalan, “No, I can’t come” (Yo‘q, borolmayman.) deyish qo‘pol ohangda eshitilsa, “I’m afraid I can’t make it” (Afsuski, ulgurolmayman deb qo‘rqaman.), yoki “I would love to, but I have other plans.” (Jon deb borgan bo‘lardim, lekin boshqa rejalarim bor.) shaklida xushmuomalalik bilan taklifni rad etish mumkin. 5. Xushmuomalalik va hurmat imo-ishoralari Kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik nafaqat tilda, gap tuzilishi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlanganligi, gapning to‘g‘ri qurilganligida, balki yuz ifodasi, tana va qo‘l harakatlarida ham namoyon bo‘ladi va bu tana ishoralari turli xalqlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek xalqida salomlashilayotganda o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib “Assalom-u alaykum” deyish, o‘zaro suhbatda darrov maqsadga o‘tmasdan hol-ahvolini so‘rash, dasturxon atrofida kattalardan oldin ovqatga qo‘l uzotmaslik, nonni ikki qo‘llab sindirish, ovqatni ovoz chiqarmay yeyish, jamoat transportlarida kattalarga joy berish, kimnidir ko‘rsatayotganda ko‘rsatgich barmog‘i bilan ko‘rsatmaslik, davrada o‘tirganda mehmon kelganda o‘rnidan turib kutib olish, ota-onasining oldida oyoq uzatib yotmaslik kabi bir qator holatlarda ko‘zga tashlanadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar madaniyatida esa o‘zaro suhbatlashayotganda masofa saqlash (60-100 sm atrofida), juda yaqin bormaslik, suhbatdoshini eshitayotganligini bildirish uchun bosh irg‘ab INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 766 turish, hatto begonalarga ham ko‘zi to‘qnashib ketganda tabassum qilib qo‘shish, sovuqqon jiddiy yuz ifodasi bilan qaramaslik, eshikni ochish yoki yopayotganda o‘zidan keyingi inson uchun eshikni tutib turish, biror narsani taklif qilayotganda yoki tushuntirayotganda kaftlarni ochiq tutish ham xushmuomalalik, yashirayotgan narsasi yo‘qligi, samimiylik belgilari hisoblanadi. Xuddi o‘zbek xalqidagidek insonga qo‘l o‘qtalib gapirish qo‘pollik va odobsizlik belgisi deb qaraladi. Koreys madaniyatida ta’zim hurmatning eng asosiy shakli hisoblanib, insonning qay darajada eshilishi ham hurmat va ehtirom darajasini belgilaydi. Masalan, yengil ta’zim (taxminan 10-15gradusda) eng yengil hurmatni ifodalasa, chuqur ta’zim (60-90 gradusgacha) maksimal darajadagi hurmat va ehtiromni bildiradi. Biror narsa berayotganda va olayotganda ikki qo‘llab olish, yoki o‘ng qo‘l bilagi, yoki tirsagini ikkinchi qo‘l bilan ushlab turish (o‘zbek kelinlarining choy uzatish an’anasiga o‘xshash), minnatdorchilik bildirish yoki uzur so‘rash uchun bosh egib ta’zim qilish, kimnidir yoki biror narsani ko‘rsatayotgan bitta barmoqni emas, ochiq kaft yoki butun qo‘l bilan imo-ishora qilish hurmat va xushmuomalalik belgisi hisoblanadi. Ba’zan bir xalqda hurmat belgisi hisoblangan ishora boshqa til vakillari uchun boshqacha ma’noni ifodalashi mumkin. Masalan, koreys xalqida o‘zaro suhbat chog‘ida o‘zidan mansabi va yoshi katta insonni ko‘ziga qaramay biroz pastga qarab turish hurmat belgisi hisoblansa, o‘zbek xalqida pastga qarab turish, yoki boshini egib turish biror aybi borligini bildiradi. Demak, koreys, ingliz va o‘zbek tillari xushmuomalalik borasida bir-biridan tubdan farq qiluvchi va o‘xshash xususiyatlarga ega ekan, ularni qanday tarjima qilish kerak? Xushmuomalalik koreys tilida qat’iy grammatik qo‘shimchalar va shakllar orqali ifodalansa, o‘zbek tilida xushmuomalalik ham grammatikada (-lar qo‘shimchasi) ham leksikada (sizlab gapirish), ingliz tilida esa grammatikada emas, leksika va maxsus so‘z birliklaridan foydalanishda ko‘zga tashlanadi. Tarjima jarayonida bu farqlarni to‘g‘ri ilg‘ash va moslashtirish tarjimondan katta mahorat talab etadi. 1. Murojaat shakllari tarjimasi Tarjimadagi eng katta bosh og‘rig‘i — “Siz” va “Sen” masalasi hisoblanadi. Koreys tili: murojaat shakli juda murakkab bo‘lib, “Siz” (dangsin) so‘zi kamdan-kam ishlatiladi, chunki u ba’zan qo‘pol eshitilishi mumkin. Uning o‘rniga lavozim yoki unvonni bildiruvchi so‘zlar ishlatiladi (Masalan: Kim o‘qituvchi, Pak menejer). O‘zbek tili: “Sen” va “Siz” aniq ajratiladi. Bundan tashqari, ismga qo‘shiladigan aka, opa, -xon, -bek, -jon kabi qo‘shimchalar xushmuomalalikning ajralmas qismidir. Ingliz tili: Hamma uchun “You” ya’ni sizlash til formasi yo‘q. Bu tiladagi matnlar o‘zbek yoki koreys tiliga tarjima qilinganda kontekstga qarab “Sen” yoki “Siz” ga aylantirilishi shart. Tarjima jarayonida duch kelinadigan muammo: Ingliz tilidagi “Hey John, can you help me?” gapi: koreyschaga lavozimiga qarab (“Boshliq Kim, yordam bera olasizmi?”), o‘zbekchaga esa yoshi, mavqeyiga qarab (“Jon aka, yordam bera olasizmi?” deb) o‘girilishi kerak. Asl nusxada “aka” yoki “boshliq” so‘zi yo‘q bo‘lsa ham, madaniy moslashuv va o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun qo‘shiladi. 2. Iltimos va buyruq gaplar tarjimasi Ingliz tili bevosita buyruqni yoqtirmaydi, o‘zbek va koreys tillarida esa buyruq ohangi yumshatuvchi qo‘shimchalar bilan normal qabul qilinadi. Misol uchun: “Suv ber” (Give me water) gapi ingliz tiliga (bilvosita): Could you possibly give me some water? (Suv bera olishingiz ehtimoli bormi?) deb, koreys tiliga (grammatik daraja qo‘shish orqali): Mul jom INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 767 juseyo (물 좀 주세요) shaklida tarjima qilinilishi mumkin. Ingliz tilida gapni kengaytirish, could/would modal fe’llarini qo‘shish orqali hurmat ifodalansa, koreys tilida “seyo” (bering) hurmatni bildiruvchi qo‘shimcha bilan hamda “Jom” (biroz) so‘zi orqali iltimos yumshatiladi. O‘zbek tilida esa qo‘shimchalar va yordamchi fe’llardan foydalanamiz: “Suv uzatib yuboring” yoki “Suv berib yubora olmaysizmi?” tarzida. (“Yuboring" yordamchi fe’li va “-ing” qo‘shimchasi xizmatni yengillatadi. “Bering” desangiz qo‘polroq, “Berib yuboring” desangiz muloyimroq eshitiladi. 3. Rad etishni tarjima qilish. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek uchala tilda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Yo‘q” deyish nomaqbul, lekin rad etishning bilvosita usullari har xil. Ingliz tilida: Uzr so‘raydi va sabab keltiradi. “I’m afraid, I can't.” Koreys tilida: Ko‘pincha gapni oxirigacha aytmaydi yoki noaniq javob beradi. “Bu biroz qiyin bo‘ladi...” (Geugeon jom...) deb gapni oxirini osiltirib qo‘yish rad javobini anglatadi. O‘zbek tilida: “Xudo xohlasa”, “Ko‘ramiz”, “Harakat qilaman” deb javob berish ko‘pincha yumshoq rad etishni anglatishi mumkin (ayniqsa, aniq va’da berilmasa). Tarjimon matnni tarjima qilayotgan til uslubiga moslab tarjima qilishi, o‘quv jarayonida tarjima ravonligini ta’minlab beradi. 4. Tarjimadagi “Yo‘qotishlar” va “Topilmalar”ga misollar. Ushbu tillar o‘rtasida tarjima qilinayotganda quyidagi strategiyalar qo‘llaniladi: A) Inglizchadan -> O‘zbek/Koreyschaga Ingliz matni odatda sodda va betaraf bo‘ladi. Tarjimon munosabatlarni o‘zi kashf qilishi kerak. Masalan: “Good morning, Sarah” gapi o‘zbekchaga “Xayrli tong, Sara xon” (yoki opa). (Qo‘shimcha qo‘shish shart, bo‘lmasa hurmatsizlik bo‘ladi) shaklida, koreyschaga esa “Anyong haseyo, Sara-ssi” (yoki lavozimini bergan holda) tarjima qilinilishi kerak. B) Koreys/O‘zbekchadan -> Inglizchaga Koreys va o‘zbek tilidagi haddan tashqari ko‘p hurmat so‘zlari ingliz tilida g‘alati eshitiladi. Ularni “kesib tashlash” yoki ohang bilan berish kerak. Masalan, “Hurmatli ustoz, ruxsat etsangiz, sizga bir savol bilan murojaat qilsam degandim” gapi so‘zma-so‘z lug‘aviy tarjimada “Respected teacher, if you allow, I wanted to address you with a question.” juda g‘alati va sun’iy jaranglasa, sof inglizcha tarjimada “Excuse me, Professor. May I ask a question?” qisqa, lekin may va professor so‘zlari orqali hurmat saqlangan holda tabiiy yaxshi tarjima chiqishi mumkin. Demak, o‘zbek, ingliz va koreys tillaridagi xushmuomalalik me’yorlarining keng qamrovli qiyosiy tahlili yakunida quyidagi ilmiy xulosalarni chiqarishimiz mumkin: 1. Lisoniy kodlashning farqi: Xushmuomalalik koreys tilida eng qat’iy tarzda grammatik qo‘shimchalar (masalan, -ssi, -nim, -mnida) va maxsus lug‘atlar orqali, o‘zbek tilida esa ikki darajali tizim (leksik “sizlash” va grammatik “-lar” qo‘shimchasi) orqali kodlanadi. Ingliz tilida esa bu funksiyani asosan modal fe’llar (Could, Would) va yumshatuvchi iboralar bajaradi. 2. Madaniyatdagi farqlar: Muloqotdagi qo‘pollik tushunchasi ham nisbiydir. Koreys tilidagi ta’zim va o‘zbek tilidagi ko‘ksiga qo‘l qo‘yish kabi imo-ishoralar hurmatni bildirishning bevosita shakllari bo‘lib, ingliz tilidagi masofa saqlash va ko‘zga tik qarash esa shaxsiy erkinlikka bo‘lgan hurmatni anglatadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 768 3. Tarjimada xushmuomalalikni berish: Tarjima jarayonida matnning lug‘aviy ekvivalentini saqlashdan ko‘ra, pragmatik ekvivalentlikni ta’minlash ustuvor hisoblanadi. Tarjimon ingliz tilidagi oddiy gapni o‘zbek yoki koreys tiliga tarjima qilishda tinglovchining yoshi va ijtimoiy mavqeini hisobga olgan holda kompensatsiya (qo‘shimcha hurmat shakli kiritish) yo‘lidan borishi, ya’ni “madaniy filtr”ni qo‘llashi zarur. Yakuniy xulosa shuki, muvaffaqiyatli tarjima va samarali madaniyatlararo muloqot nafaqat til bilimiga, balki sotsiolingvistik va pragmatik me’yorlarni chuqur tushunishga ham bog‘liqdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Brown, P., and Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some universals in language usage. Cambridge University Press. Page 61-71 2. Fox, K. (2004). Watching the English: The hidden rules of English behaviour. Hodder and Stoughton. Page 145-155 3. House, J. (2015). Translation quality assessment: Past and present. Routledge. Page 55-60 4. Pease, A., and Pease, B. (2004). The definitive book of body language. Bantam Books. Page 186-195 5. Qo‘ng‘urov, R., Karimov, S. (1984). O‘zbek tili stilistikasi. O‘qituvchi. 75-82-betlar 6. Safarov, Sh. (2008). Pragmalingvistika. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.90-105-betlar 7. Sohn, H. M. (2006). Korean language in culture and society. University of Hawaii Press. Page132-145 8. Yule, G. (1996). Pragmatics. Oxford University Press. Page 60-67