scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA REKLAMA: EMOTSIONAL YONDASHUV VA TIL USLUBLARINING TA'SIRCHANLIGI

Qahhorova Guliston Abdug'affor qizi

Abstract

Ushbu maqolada raqamli davrda reklama samaradorligini belgilovchi asosiy omillar - emotsional yondashuv va til uslublarining kommunikativ funksiyalari tahlil qilinadi. Internetning hayotiy jarayonlarga chuqur singib borishi, axborot oqimining keskin ortishi hamda iste’molchilarning e’tiborini jalb qilish qiyinlashib borayotgani reklama strategiyalarida yangi metodlarga ehtiyoj tug‘dirayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqotda reklamada qo‘llaniladigan besh asosiy lingvistik uslub: hikoya, dramatik, axborot, dialog va hazilning psixologik ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, emotsional reklamaning iste’molchida empatiya, identifikatsiya va brendga sodiqlik kabi psixologik reaksiyalarni shakllantirishdagi o‘rni amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Maqola natijalari reklama kommunikatsiyasida mazmun, ohang va hissiy komponentlarning uyg‘unligi brendning raqamli maydondagi mavjudligini mustahkamlovchi muhim omil ekanini asoslaydi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 775 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA REKLAMA: EMOTSIONAL YONDASHUV VA TIL USLUBLARINING TA’SIRCHANLIGI Qahhorova Guliston Abdug‘affor qizi Doktorant, Navoiy Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17830036 Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli davrda reklama samaradorligini belgilovchi asosiy omillar - emotsional yondashuv va til uslublarining kommunikativ funksiyalari tahlil qilinadi. Internetning hayotiy jarayonlarga chuqur singib borishi, axborot oqimining keskin ortishi hamda iste’molchilarning e’tiborini jalb qilish qiyinlashib borayotgani reklama strategiyalarida yangi metodlarga ehtiyoj tug‘dirayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqotda reklamada qo‘llaniladigan besh asosiy lingvistik uslub: hikoya, dramatik, axborot, dialog va hazilning psixologik ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, emotsional reklamaning iste’molchida empatiya, identifikatsiya va brendga sodiqlik kabi psixologik reaksiyalarni shakllantirishdagi o‘rni amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Maqola natijalari reklama kommunikatsiyasida mazmun, ohang va hissiy komponentlarning uyg‘unligi brendning raqamli maydondagi mavjudligini mustahkamlovchi muhim omil ekanini asoslaydi. Kalit so‘zlar: emotsional reklama, til uslublari, raqamli marketing, iste’molchi psixologiyasi, hikoya uslubi, dramatik uslub, hazil uslubi, dialog uslubi, axborot uslubi, kommunikativ strategiya, brend sodiqligi, raqamli platformalar. Abstract. This article analyzes the key factors that determine advertising effectiveness in the digital era, focusing on emotional appeals and the communicative functions of language styles. The deep integration of the Internet into everyday life, the rapid growth of information flow, and the increasing difficulty of capturing consumer attention highlight the need for new approaches in advertising strategies. The study examines five major linguistic styles used in advertising—narrative, dramatic, informational, dialogue, and humorous—and explains their psychological impact mechanisms. Additionally, the research explores how emotional advertising fosters psychological responses such as empathy, identification, and brand loyalty through practical examples. The findings demonstrate that the coherence of content, tone, and emotional components plays a crucial role in strengthening a brand’s presence within the digital landscape. Keywords: emotional advertising, language styles, digital marketing, consumer psychology, narrative style, dramatic style, humorous style, dialogue style, informational style, communicative strategy, brand loyalty, digital platforms. Biz yashab turgan hozirgi davr bundan bir necha yil oldingi davrdan tubdan farq qiladi. Axbarot oqimining shiddat bilan o‘sib borishi, raqamli platformalarning kundalik hayotimizga chuqur singib borayotgani, iste’molchilar e’tiborini qozonishdagi kurash internet orqali mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar oldiga mutlaqo yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. Endilikda iste’molchilar e’tiborini tortish nafaqat murakkab balki qisqa vaqt ichida tezkorlikni talab qiladigan jarayonga aylanib ulgurdi. Shu sababli, marketologlar mahsulot va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 776 xizmatlar reklamasida lingvistik jihatlardan tashqari emotsional ehtiyojlar va psixologik reaksiyalarni ham inobatga olishlari zarur. Bugungi kundagi odamlarning ish – faoliyatlari, o‘quv jarayonlari va hattoki bo‘sh vaqtlari ham internet bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, ko‘pchilik tadbirkorlar an’anaviy reklama turlaridan ko‘ra internet orqali mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilishni afzal bilishadi. Internet tarmog‘ida o‘tirgan ko‘pchilik foydalanuvchilar oldidan chiqqan reklama lavhalarini e’tiborsiz o‘tkazib yuborishadi va bu marketologlar oldiga qanday qilib iste’molchilarning reklamaga e’tiborlarini ushlab qolish va qiziqtirishni dolzarb masalaga aylantiradi. Bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatib kelmoqdaki, insonlar reklamadagi so‘zlardan ko‘ra undagi ifodalangan hissiyotlarga ko‘proq berilishadi. Shu nuqtada emotsional hissiyotlarga boy reklama o‘zining yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Bunday yondashuvda reklamadagi mahsulot yoki xizmatlarning ta’rifiga e’tibor qaratishdan tashqari, uning insoniy his-tuyg‘ular bilan ham boyitilishi muhim deb hisoblanadi. Bu reklamaning shunchaki axborot berish bilan cheklanib qolmasdan, shaxsda mahsulot va xizmatga nisbatan ishonch uyg‘otib, sinab ko‘rilishga turtki yaratadi. Biroq, reklama lavhalarida emotsional me’yorni ushlash har doim ham oson emas. Hissiyotlar haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatilsa, auditoriyada ishonchsizlik uyg‘onishi mumkin. Ammo, mazmun to‘g‘ri qurilganda, reklama samimiylik va sadoqatga asoslangan barqaror munosabatlarni shakllantiradi. Masalan, CocaCola reklamasini oladigan bo‘lsak, bu brendning reklamalarida ko‘pincha oddiy ichimlik iste’mol qilish jarayonini insoniy his-tuyg‘ular bilan bog‘lash orqali kuchli emotsional ta’sir yaratishga urinishadi. Reklama voqeasida bir insonning Coca-Cola shishasini ochib, birinchi qultumdan so‘ng yuzida paydo bo‘ladigan xursandchilik, baxtiyorlik va ichki mamnuniyat aynan shunday ta’sirchan yondashuvning markazida turadi. Bu sahna shunchaki ichimlik iste’moli emas, balki rohatlanish, dam olish, yengillik, shaxsiy lazzat kabi hissiy holatlarni tasvirlaydi. Odamning yuzidagi tabassum, ko‘zlaridagi quvonch va nafas olishdagi erkinlik brendning asosiy g‘oyasini vizual ravishda aksiomaga aylantiradi. Shunday qilib, Coca-Cola reklamalari mahsulotni funksional xususiyatlar orqali emas, balki hissiyotlar orqali targ‘ib qilishga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Reklama odamning ichimlikdan zavq olishi tasvirlangan lavhalari orqali tomoshabinda “bu holat menga ham tanish”, “men ham shunaqa rohatni his qilishni xohlayman” kabi ichki xohishlarni uyg‘otadi. Psixologiya nuqtai nazaridan bunday texnika empatetik identifikatsiya deb ataladi, ya’ni tomoshabin reklamadagi personajning holatini ongida o‘z hayoti bilan bog‘laydi. Bu esa brendga nisbatan ijobiy emotsional munosabat shakllanishining eng muhim omillaridan biridir. Shu tarzda emotsional yondashuv reklamaning asosiy maqsadi, ya’ni mahsulotni iste’molchining hayotidagi ijobiy holatlar bilan bog‘lashga erishadi. Ochilgan shisha ovozi, birinchi qultumdan mamnuniyat ifodasi va yuzdagi tabassum brendning uzoq yillik imidjini mustahkamlovchi vosita bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, kuchli hissiyotga ega reklamalar ko‘pincha tez tarqaladi, ya’ni odamlar ularni boshqalarga ulashishni istaydi. HubSpot tadqiqoti shuni ko‘rsatgan: eng ko‘p ulashilgan reklamalar odamlarga quvonch, do‘stlik, ilhom kabi ijobiy hislarni bergan reklamalardir. Marketing sohasi mutaxassisi Mariano Rodriguez shuni ta’kidlaydi: agar kimdir o‘z reklamasi orqali ham ko‘proq sotuv, ham ko‘proq ulashiluvchanlikka erishmoqchi bo‘lsa, reklamada emotsional elementlardan foydalanishi shart. Uning fikricha, “emotsional reklama kompaniyani samaraliroq qiladi”. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 777 Emotsional reklama — bu brend va auditoriya o‘rtasida chuqur hissiy bog‘lanish yaratishga qaratilgan reklama kompaniyalarini ishlab chiqish san’atidir. Ushbu yondashuv oddiy mahsulotni tanishtirish yoki uning funksional xususiyatlarini ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. Asosiy maqsad – insonlarning hissiyotlariga ta’sir qilish orqali ularni eslab qolishga undashdir. Emotsional reklama kompaniyalarida quvonch, hayrat, qayg‘u, qo‘rquv va hattoki, salbiy hissiyotlar maqsadli ravishda qo‘llaniladi. Shu yo‘l bilan brend auditoriya ongida uzoq muddatli emotsional iz qoldiradi. Masalan, reklama orqali odamlar o‘zini mahsulot yoki xizmat bilan bog‘lagandek his qiladi, bu esa brendni xotirada mustahkam joylashtiradi va mijozning ijobiy munosabatini shakllantiradi. Bunga Dove brendining “Real Beauty” nomli kompaniyasi yorqin misoldir. Ushbu reklamalarda oddiy ayollar o‘z tashqi ko‘rinishlari haqida fikr bildirishadi, biroq ular o‘zlarini ko‘pincha haqiqatdan kamroq jozibali deb hisoblashadi. Professional rassom ularning yuzini ayollar tavsiflagandek chizadi, keyin esa boshqalar ta’rifi bo‘yicha qayta tasvirlaydi. Ikki rasm o‘rtasidagi farq ayollarning o‘zlarini qanchalik past baholaganliklarini ko‘rsatadi. Natijada reklama tomoshabinda chuqur emotsional ta’sir uyg‘otadi, ya’ni reklama o‘z – o‘zini qabul qilish, ichki ishonch va haqiqiy go‘zallik haqida mulohaza yuritishga undaydi. Shuning uchun, Dove brendi oddiy parvarish mahsuloti emas, balki ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ijobiy qabulini targ‘ib qiladi. Bu esa brendga kuchli emotsional sodiqlikni shakllantiradi. Emotsional yondashuv ijobiy tuyg‘ularni uyg‘otish yoki ehtiyotkorlik bilan salbiy hissiyotlardan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi. Muhimi shundaki, reklama tomoshabinning his-tuyg‘ularini o‘ziga jalb qilib, brend bilan uzoq davom etadigan hissiy aloqani yaratishi kerak. Shu sababli, emotsional reklama nafaqat marketing vositasi, balki brend strategiyasining ajralmas qismiga aylanadi. Ushbu yondashuvning samaradorligi psixologik va kommunikativ tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan: auditoriya hissiyot bilan bog‘langan kontentni tezroq qabul qiladi, eslab qoladi va boshqalar bilan ulashishga moyil bo‘ladi. Reklamada emotsional jihatlar ustida puhta ishlashning o‘zi yetmaydi. Reklamada xabarni yetkazishning uslublari ham reklama muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uslub deganda, odatda, so‘zlovchi yoki yozuvchi o‘z fikrini eng to‘g‘ri va ta’sirli shaklda ifodalash uchun tilning imkoniyatlaridan qanday foydalanish tushuniladi. Til bizga har bir gap, har bir ibora ichida bir nechta tanlovni taklif qiladi va inson aynan shu tanlovlar orasidan ma’qulini tanlab, o‘ziga xos uslubni yaratadi. Hillning fikricha, uslub – bu tilda mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan ongli ravishda foydalana bilish jarayonidir. Insonning so‘z boyligi, so‘zlarni qo‘llashdagi xilma-xillik yoki bir xillik ham ana shu tanlov bilan belgilanadi. Reklama tilida har bir so‘z, ibora yoki ohang umumiy g‘oyani shakllantirishga xizmat qiladi. Bu elementlar alohida-alohida emas, balki bir butun sifatida reklamaning ta’sir kuchini belgilaydi. Umuman olganda, uslub – bu fikrni qanday usulda yetkazishimizdir. Biz so‘zlovchining sharoiti va nutq ohangi bilan tanish bo‘lsak, uning xabarini tushunish ancha osonlashadi. Shuning uchun odamlar vaziyatga qarab jiddiy, hazilomuz yoki kinoyali ohangda gapirishlari tabiiy. Reklama matni tilning turli imkoniyatlaridan foydalanib, auditoriyaga ma’lumotni eng samarali shaklda yetkazishni maqsad qiladi. Turli tadqiqotlarda reklama tilining bir necha asosiy uslublari qayd etilgan bo‘lib, ular auditoriyani jalb qilish strategiyalariga ko‘ra farqlanadi. Tadqiqotchilar, xususan, Hidayat reklamalarda quyidagi besh asosiy til uslubini ajratib ko‘rsatadilar: hikoya (narrative), dramatik (dramatic), yangilik/axborot (newsy/informative), dialog (dialogue) va hazil (humorous). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 778 Hikoya uslubi reklama xabarini ma’lum bir voqea, hayotiy epizod yoki obrazli syujet orqali yetkazishga asoslanadi. Bu uslub tomoshabinda ishtirokchilik, hamdardlik yoki qiziqish uyg‘otadi, chunki insonlar voqealar asosida yuborilgan xabarlarni osonroq qabul qiladilar. Masalan, Coca-Cola kompaniyasi shishalarga odamlarga tegishli ismlarni yozish orqali iste’molchilar bilan hissiy aloqani mustahkamlashga qaratilgan edi. Ushbu strategiya do‘stlar, oilalar va sevishganlar o‘z yaqinlariga ismlari yozilgan shishalarni topib berishi orqali, mahsulotni faqat ichimlik sifatida emas, balki shaxsiy hikoyani ifodalovchi vosita sifatida qabul qilishga imkon yaratdi. Natijada har bir shisha alohida “mikro-hikoya”ga aylanib, shaxslar orasidagi o‘zaro e’tibor va munosabatni mustahkamlashga xizmat qilgan. Shu tariqa, brend iste’molchilarni o‘z shaxsiy tajribalarini yaratishga va ularni boshqalar bilan bo‘lishishga rag‘batlantirdi. Ushbu kampaniya mahsulotni reklama qilishdan ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi hissiy aloqani ko‘rsatishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi. Dramatik uslub kuchli emotsiya, hayajon, keskinlik yoki konflikt asosida quriladi. Bu uslub reklamaning ta’sirchanligini oshirish uchun kuchli syujet nuqtalarini ishlatadi. Masalan, Nike kompaniyasining “Dream Crazy” kampaniyasi sportchilarni ekstremal qiyinchiliklar va imkoniyat chegaralarini zabt etishga ilhomlantirishga qaratilgan edi. Reklamada Colin Kaepernick so‘zlaydi va imkonsizdek ko‘rinadigan narsalarga intilish g‘oyasi asosiy narrativ sifatida ishlatiladi. Tasvirlarda sportchilar jarohat, mag‘lubiyat va murakkab sinovlar bilan yuzma-yuz keladi, biroq ularning mehnat va qat’iyatlari orqali g‘alabaga erishishi dramatik tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu syujet qarama-qarshilik (qiyinchilik va g‘alaba) va kuchli hissiyotlar orqali tomoshabinning hayajonini uyg‘otadi, natijada reklama mahsulotni emas, insondagi kuch, qat’iyat va ilhomni manba sifatida ta’kidlaydi. Yangilik/axborot yetkazish uslubi faktlar, texnik ko‘rsatkichlar va aniq ma’lumotlarga tayangan holda reklama qiladi. Unda hissiyotdan ko‘ra dalil kuchliroq bo‘ladi. Ko‘pincha yangilik ohangida yoki reportaj ko‘rinishida beriladi. Volkswagen reklama tarixida sodda va halol yondoshuvning namunasi sifatida tanilgan. DDB agentligi Beetle avtomobilining kichik hajmini yashirmay, aksincha uning afzalliklarini va kamchiliklarini ochiq tarzda taqdim etgan. Ushbu yondoshuv iste’molchilarga mahsulotning qanchalik funksional va foydali ekanligini faktlar orqali tushuntirishga qaratilgan. Visual Rhetoric manbalariga ko‘ra, kampaniya ma’lumot berishga asoslangan bo‘lib, iste’molchiga maksimal darajada aniqlik va tushuncha taqdim etishga intilgan. Shu bilan birga, “Think Small” reklamalari Ad Age tomonidan XX asrning eng muhim va samarali reklamalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Dialog uslubi ikki yoki undan ortiq personaj o‘rtasidagi tabiiy suhbat orqali reklama xabarini yetkazadi. Bu uslub auditoriya uchun ishonchliroq va hayotiyroq tuyuladi. Masalan, Apple bir necha yil davomida kompyuter mahsulotlarini targ‘ib qilishda dialogga asoslangan reklama formatidan foydalangan. Roliklarda ikki personaj — “Mac” va “PC” — hayotiy vaziyatlar haqida suhbatlashib, farqli texnik imkoniyatlar va foydalanuvchi tajribalarini tabiiy dialog shaklida taqqoslab boradi. Ushbu yondashuvda reklama bevosita mahsulotni maqtashga emas, balki suhbat orqali iste’molchiga xolis ko‘rinadigan ma’lumot yetkazishga qurilgan. Natijada auditoriya reklama matnini majburiy targ‘ibot sifatida emas, balki kundalik muloqotga yaqin bo‘lgan tushunarli suhbat sifatida qabul qiladi. Shu tarzda dialog uslubi nafaqat informativlikni oshiradi, balki brendning o‘zini yaqin, muloqotga ochiq va foydalanuvchi tajribasini qadrlovchi sifatida namoyon qiladi. Hazil uslubi kulgili vaziyatlar, yumor elementlari yoki kutilmagan syujetlar orqali e’tibor tortadi. Bu uslub reklamaning esda qolish darajasini sezilarli oshiradi. Masalan, Old Spice bir INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 779 necha yil avval o‘z deodorantlarini targ‘ib qilish jarayonida hazilga boy, kutilmagan burilishlarga ega roliklar yaratdi. Asosiy personaj — o‘ziga juda ishonchli erkak qahramon — tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, orada bir lahza ham pauza qilmasdan, sahnadan sahnaga g‘ayritabiiy ravishda “ko‘chib o‘tadi”: vannaxonadan qirg‘oqqa, qirg‘oqdan esa kemaga. Bunday absurd va tezkor o‘zgarishlar hazilning dramatik kuchini oshiradi va tomoshabinni vizual surprizlar bilan ushlab turadi. Ushbu yondashuvda kulgi faqat ko‘ngil ochish vositasi bo‘lib qolmay, mahsulotni ijobiy hissiyotlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Auditoriya reklama matnini xotirada uzoqroq saqlab qoladi, chunki hazil inson ongida emotsional iz qoldiradi va brendni oson tanib olishga yordam beradi. Ushbu besh til uslubi reklamachilarga xabar mazmuni, auditoriya turi va kommunikatsiya maqsadiga qarab mos yondashuvni tanlash imkonini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, reklama samaradorligi ko‘pincha aynan to‘g‘ri tanlangan uslubga bog‘liq bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hidayat, T. (2011). Language Styles in Advertisements. 2. Ngulube, I. E., & Elezie, K. (2023). Language Style in Advertising: A Study of the Print Media. International Journal of Literature, Language and Linguistics. 3. Wells, W., Moriarty, S., & Burnett, J. (2006). Advertising: Principles and Practice. Pearson. 4. Deighton, J. (1989). Emotional Responses in Advertising. Journal of Consumer Research. 5. Resnik, A., & Stern, B. L. (1977). An Analysis of Information Content in Television Advertising. Journal of Marketing. 6. Myers, G. (1994). Words in Ads. London: Arnold. 7. Weinberger, M., & Gulas, C. (1992). The Impact of Humor in Advertising. Journal of Advertising.