scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHO'LPONNING "KECHA VA KUNDUZ" ROMANI VA UNING INGLIZCHA TARJIMASI MISOLIDA INTERTEKSTUAL QATLAMLARNING QIYOSIY TAHLILI

Raximova Nodira Kamolovna

Abstract

Maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani va uning K. Fort tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and day” asari misolida intertekstual qatlamlarning qiyosiy tahlili olib borilgan. Tadqiqotda matndagi mifologik, diniy va folklor-madaniy intertekstlar aniqlanib, ularning badiiy mazmuni va estetik funksiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, tarjimada intertekstual birliklarning qanday strategiyalar — literal tarjima, madaniy moslashtirish (domestikatsiya), xorijlashtirish (foreignization), izohli tarjima va kompensatsiya orqali ifodalanganligi tahlil qilingan. Maqola milliy-madaniy kodlarning tarjimada saqlanishi va madaniyatlararo moslashuv jarayonini chuqur yoritib, o‘zbek adabiyotining jahon kitobxoniga yetkazilishida intertekstual strategiyalarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 784 CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANI VA UNING INGLIZCHA TARJIMASI MISOLIDA INTERTEKSTUAL QATLAMLARNING QIYOSIY TAHLILI Raximova Nodira Kamolovna Navoiy davlat universiteti katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17830161 Annotatsiya: Maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani va uning K. Fort tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and day” asari misolida intertekstual qatlamlarning qiyosiy tahlili olib borilgan. Tadqiqotda matndagi mifologik, diniy va folklormadaniy intertekstlar aniqlanib, ularning badiiy mazmuni va estetik funksiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, tarjimada intertekstual birliklarning qanday strategiyalar — literal tarjima, madaniy moslashtirish (domestikatsiya), xorijlashtirish (foreignization), izohli tarjima va kompensatsiya orqali ifodalanganligi tahlil qilingan. Maqola milliy-madaniy kodlarning tarjimada saqlanishi va madaniyatlararo moslashuv jarayonini chuqur yoritib, o‘zbek adabiyotining jahon kitobxoniga yetkazilishida intertekstual strategiyalarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Intertekstual tahlil, tarjima, “Kecha va kunduz”, tarjima strategiyalari, mifologik va diniy intertekstlar, folklor-madaniy birliklar, madaniyatlararo moslashuv, semantik va pragmatik tahlil. Abstract: This article presents a comparative analysis of the intertextual layers in Chulpon’s novel “Kecha va kunduz” and its English translation “Night and day” rendered by Ch. Fort. The study identifies the mythological, religious, and folkloric-cultural intertexts present in the original text and examines their artistic meaning and aesthetic function. Furthermore, the research analyzes how intertextual units are transferred into English through various translation strategies—literal translation, cultural adaptation (domestication), foreignization, explanatory translation, and compensation. The article highlights the importance of preserving national-cultural codes in translation and explores the mechanisms of intercultural adaptation, thereby emphasizing the crucial role of intertextual strategies in introducing Uzbek literature to the global readership. Keywords: Intertextual analysis, translation, “Kecha va Kunduz”, translation strategies, mythological and religious intertexts, folkloric-cultural units, intercultural adaptation, semantic and pragmatic analysis. KIRISH Jahon adabiyotshunosligida intertekstual tahlil yondashuvi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab matnning mazmun va semantik qatlamlarini ochishda asosiy metodlardan biriga aylandi. Bu yondashuv ilk marotaba Yu. Kristevaning (1966) intertekstuallik nazariyasi asosida vujudga kelgan. Ushbu nazariyaning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, “har qanday matn o‘zidan oldingi matnlar mozaykasidan tarkib topadi”, bu esa o‘z navbatida intertekstual munosabatlarni shakllantirishda INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 785 yordam beradi 1 . Xususan, badiiy matnning boshqa matnlar bilan o‘zaro aloqadorligi, unda yashirin shaklda mujassam bo‘lgan madaniy, diniy yoki folklorga xos birliklarni aniqlash asar mazmunini chuqurroq tushunishga, uning estetik tabiatini to‘laqonli talqin qilishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda R. Bartning matn tabiati haqida keltirgan izohini qo‘llashni o‘rinli deb topdik: “Matn minglab madaniy manbalarning kesishgan joyidir.” 2 O‘zbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalari bu borada boy intertekstual zamin yaratgan bo‘lib, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani ana shunday murakkab matnlar sirasiga kiradi. Mazkur roman modernizm davrida, ya’ni 1933-1934-yillarda yozilgan bo‘lib, o‘zida nafaqat badiiy voqelik va individual uslubni, balki xalq og‘zaki ijodi, diniy-mifologik qarashlar, tarixiy-madaniy kontekstlar bilan mustahkam bog‘langan ko‘p qatlamli intertekstual maydonni mujassam etadi. Asardagi dev (folklordagi maxluq), farishta, taqdir, zulmat–yorug‘lik oppozitsiyalari, hadis va Qur’ondan olingan o‘xshatishlar, Jadidchilik g‘oyalari, o‘tmish tarixiga ishoralar roman semantikasini shakllantiruvchi muhim intertekstual birliklardir. Bunday unsurlar o‘quvchi ongini milliy tajriba bilan bog‘lab, uning ma’naviy-madaniy dunyoqarashini shakllantirishga hamda rivojlantirishga yaqindan yordam beradi. Shuningdek, M. Riffaterre fikri bilan aytganda, “intertekstual signallar o‘quvchini yashirin ma’no izlashga undovchi semantik triggerlar” hisoblanadi. 3 Asarning Amerikalik olim K. Fort tomonidan amalga oshirgan ingliz tilidagi tarjima versiyasida esa mazkur intertekstual qatlamlarning boshqa madaniyat vakiliga qanday ko‘rinishda yetib borishini, tarjimonning milliy madaniyatimizga xos signallarni qay tarzda kodlashini o‘rganish uchun alohida ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Chunki milliy-madaniy konnotatsiyalarning tarjimada saqlanishi yoki o‘zgarishi nafaqat semantik aniqlikka, balki asarning umumiy estetik ta’siriga ham bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli Gennette barcha intertekstual aloqalarni “matnning muhim semantik mexanizmlari” deb e’tirof etgan va uning fikriga ko‘ra, ularni tarjimada ko‘chirib o‘tishda “kontekst almashishi sababli ma’no siljishi muqarrar jarayondir” 4 . Ushbu maqolada “Kecha va kunduz” romani hamda uning inglizcha tarjimasi misolida intertekstual qatlamlarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqotdan ko‘zlangan bosh maqsad – asardagi intertekstual birliklarning turlari va ularning badiiy funksiyasini aniqlash, tarjimada ularning qay darajada adekvat ifodalanganini ko‘rsatish, tarjimon qo‘llagan strategiyalarni lingvomadaniy va semantik nuqtai nazardan o‘rganishdir. Maqolaning dolzarbligi shundaki, o‘zbek adabiy merosining jahon kitobxoniga yetkazilishida intertekstual unsurlarning tarjimasi muhim o‘rin tutadi; ularning to‘laqonli o‘zga tilga o‘girilishi milliy madaniy kodlarning global madaniy makonga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlaydi. Shu sababli mazkur tadqiqot natijalari nafaqat tarjima nazariyasi uchun, balki o‘zbek adabiyotining xalqaro ilmiy muomaladagi o‘rni uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega. METODOLOGIYA 1 Kristeva, Yu. (1980). Word, dialogue and novel. L. S. Roudiez (tahr.), Desire in language: A semiotic approach to literature and art (T. Gora, A. Jardine va L. S. Roudiez tarj.), 64–91-betlar. Nyu-York: Columbia University Press. 2 Barthes, R. (1977). Image—Music—Text (S. Heath, Trans.). Hill and Wang. 3 Riffaterre, M. (1978). Semiotics of poetry. Indiana University Press. 4 Genette, G. (1997). Palimpsests: Literature in the second degree (C. Newman & C. Doubinsky, Trans.). University of Nebraska Press. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 786 Ushbu tadqiqot metodologiyasi o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblangan Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida mavjud murakkab intertekstual qatlamlarning ingliz tiliga tarjimada qanday transformatsiyaga uchrashini tizimli ravishda aniqlashga qaratilgan bo‘lib, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi va intertekstual tahlilning zamonaviy yondashuvlariga tayandi. Tadqiqotning nazariy poydevori sifatida Yu. Kristevaning intertekstuallik haqidagi g‘oyalari, R. Bartning matnning ko‘pmanbaliligi haqidagi konsepsiyasi hamda G. Gennettе tomonidan ishlab chiqilgan transteksual munosabatlar klassifikatsiyasi asosiy metodologik mezon vazifasini bajardi. Ushbu nazariy qarashlar badiiy matnning boshqa matnlar bilan semantik va madaniy aloqadorligini aniqlash imkonini yaratdi. Tahlil jarayonida tavsifiy (deskriptiv)-analitik metoddan keng foydalanildi. Avvalo, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani strukturasidagi barcha asosiy intertekstual birliklar — folklor obrazlar, diniy-mifologik ishoralar, tarixiy konnotatsiyalar, jadidchilik g‘oyalari, Qur’on va hadisga urg‘u beruvchi o‘xshatishlar — aniqlanib, ular mazmun jihatdan tasniflandi. M. Riffaterre tomonidan taklif qilingan “semantik triggerlar” modeli asosida asardagi ko‘plab intertekstlar o‘quvchini yashirin ma’nolarga yo‘naltiruvchi ko‘rsatkich sifatidagi roli bilan tahlil qilindi. Keyingi bosqichda qiyosiy tarjima tahlili metodidan foydalanilib, K. Fort tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimada mazkur intertekstlarning qanday ifoda etilgani kontekstual va semantik jihatdan solishtirildi. Tadqiqotda tarjimon qo‘llagan strategiyalar — literal tarjima, ekvivalentni izlash, madaniy adaptatsiya, kompensatsiya, izohli tarjima yoki intertekstual signallarning qisqartirilishi — alohida mezonlar asosida baholandi. Bu jarayonda kontekst almashinuvi tufayli yuzaga kelgan ma’no siljishlari Gennettе nazariyasiga tayanib izohlandi. Metodologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida kontekstual-semantik tahlil qo‘llanildi. Har bir intertekstual birlikning asl matndagi milliy-madaniy vazifasi, semantik maydoni, o‘quvchida uyg‘otadigan madaniy ko‘nikma va assotsiatsiyalar tahlil qilinib, tarjimada bu qatlamning qay darajada saqlangani o‘rganildi. Zero, milliy-madaniy unsurlarning boshqa madaniyat vakili tomonidan qabul qilinishi tarjimonning tanlovi va strategik qarorlariga bevosita bog‘liq. Shuningdek, tadqiqotda lingvomadaniy yondashuv ham tatbiq etilib, intertekstlarning milliy o‘zlikni aks ettirishdagi o‘rni, ularning ingliz tilida qabul qilinish jarayoni hamda madaniyatlararo kodlarning transformatsiyasi ilmiy asosda tahlil qilindi. Natijada, matndagi estetik qatlamlarning tarjimada to‘liq yoki qisman saqlanishi, intertekstual maydonning qayta shakllanishi va o‘quvchiga yetkazishdagi farqlar chuqur o‘rganildi. Mazkur metodologik yondashuvlarning uyg‘un holda qo‘llanilishi, tadqiqotning ilmiy asosini ta’minlab, “Kecha va kunduz” romanining intertekstual tabiatini va uning inglizcha tarjimasida o‘zgarish dinamikasini kompleks qiyosiy tahlil qilish imkonini berdi. NATIJALAR Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani hamda K. Fort tomonidan amalga oshirilgan inglizcha “Night and day” tarjimasining qiyosiy tahlili asarda mavjud intertekstual qatlamlarning ko‘p darajali va murakkab tabiatga ega ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida intertekstlar to‘rt asosiy guruhda o‘rganildi: mifologik ishoralar, diniy intertekstlar, tarixiy unsurlar hamda folklormadaniy birliklar. Har bir intertekst turi tarjimada semantik, pragmatik va madaniy darajada turli strategiyalar orqali ifodalangan bo‘lib, bu tarjimonning tanlagan uslubi hamda ongli yondashuvini namoyon etadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 787 Mifologik intertekstlar Asardagi eng diqqatga sazovor mifologik ishoralardan biri sifatida dev obrazini ajratib ko‘rsatish mumkin. Mifologik dev personaji Zebi obrazining kinoyali monologida uchraydi: “— Ko‘ngli o‘lsin, yumshagan vaqtini ko‘rganim yo‘q! Katta-katta xarsangtoshlarni soy bo‘yiga devlar tashlashgan, deydi... Eng kattasini otamning ko‘kragiga tashlab qo‘yib, «mana shu sening ko‘ngling!» deganmikan, yashshamagurlar!” 5 Bu intertekstual ishora turkiy xalqlarning og‘zaki ijodida uchraydigan mifologik mavjudotlar devlarga tegishli bo‘lib, ular odatda toshbag‘ir, qo‘pol, ulkan kuch timsoli sifatida talqin qilinadi. Monologdagi mubolag‘ali ifoda qahramonning ota obraziga nisbatan kinoya va grotesk ohangni yaratadi, bu esa matnga estetik va emotsional qatlam qo‘shadi. Fort tarjimasida dev so‘zining ekvivalenti demon qo‘llanilib, devning mifologik mohiyatiga yaqin ma’nodagi tushunchalar tanlanadi: “Damn him. I have never seen him be lenient. They say demons throw big stones into rivers. They must have thrown the biggest one on my father’s chest. ‘This is your heart,’ they must have told him, wretched things!” 6 Bu tarjimashunoslikda madaniy moslashtirish (domestikatsiya) strategiyasi hisoblanib, ingliz kitobxoni uchun tushunarli, ammo semantik jihatdan o‘xshash mifologik fonni yaratadi. Natijada, ingliz kitobxoni ham mubolag‘a va kinoya ta’siriga uchraydi. Shu tarzda, tarjimonning yondashuvi ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan, tarjimonning yondashuvi orqali mifologik tasvirning emotsional-estetik ta’siri saqlab qolingan, ikkinchidan esa tarjimada madaniyatlararo moslik ta’minlangan. Diniy intertekstlar Cho‘lpon o‘z asarida bir qator islom va tasavvuf bilan bog‘liq intertekstual unsurlarni ham keltiradi. “Hubbil vatani minal-imon” (“Vatanni sevish imondandir”) iqtibosi shular jumlasidandir. Ushbu iqtibos romanda diniy va ideologik qatlamni ifoda etadi va islomiy hadisga yaqin kontekstda tushuniladi: “— Badbaxt Fitna! Qo‘yasanmi, qo‘ymaysanmi, axir? «Hubbil vatani minal-imon», deganlar — «vatanni sevish imondan», axir! 7 Bilmasang bekor-da, Vatani yo‘q — dunyoda lo‘li, xolos. Meni bevatan, deb bildingmi?” Bu ibora nafaqat milliy, balki diniy-axloqiy qadriyatlarni ham ifodalaydi va vatanparvarlik tuyg‘usini imon bilan bog‘lashga yordam beradi. Hadisdan olingan ushbu intertekst orqali Cho‘lpon badiiy matnga diniy konnotatsiyalarni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Fort ushbu diniy intertekstni transliteratsiya hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima uslubi orqali ingliz tiliga o‘giradi: “Wretched Fitna! Will you let me alone or won’t you already? Ḥubb al-waṭan min al-Īmān, that is, ‘love of home comes from faith!’ If you don’t know that, you’re hopeless. Only gypsies have no home in this world. Are you calling me homeless?” 8 Bu kabi yondashuv tarjima nazariyasida xorijlashtirish (foreignization) strategiyasi sifatida tavsiflanadi. Tarjimon intertekstual birikmani o‘zining asl lingvistik va diniy shaklida qoldirib, darhol inglizcha ekvivalentini kiritadi. Shu tariqa, kitobxon nafaqat tarjima qilingan ma’noni, balki asl diniy-madaniy ohangni ham his qila boshlaydi. Natijada, intertekstning ma’naviy nutq uslubi, diniy tonalligi va retorik ta’siri ingliz tilida ham qayta yaratiladi. Xalq og‘zaki ijodiga xos intertekstlar 5 Cho‘lpon, A. (2000). Kecha va kunduz. “Sharq” nashriyoti matbaa konsernining tahririyati. Toshkent. 16 b. 6 Fort, Ch. (2020). Night and day. Boston. p 58 7 Cho‘lpon, A. (2000). Kecha va kunduz. “Sharq” nashriyoti matbaa konsernining tahririyati. Toshkent, 11 b 8 Fort, Ch. (2020). Night and day. Boston. p 53 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 788 “Kecha va kunduz” romanining ekspozitsiya qismiga ahamiyat berilsa, u mashhur xalq maqoli “Hamal keldi, amal keldi” bilan boshlanadi 9 . Ushbu maqol nafaqat xalq og‘zaki ijodi asosida shakllangan intertekstual birlik sifatida, balki o‘zbek xalqining ko‘p asrlik agrar madaniy tafakkuri, mavsumiy mehnat ritmi va milliy folklor estetikasining yorqin ifodasi sifatida ham ahamiyatga ega. Amerikalik tarjimon K. Fort tomonidan ushbu maqol When spring comes, the work begins tarzida tarjima qilingan. Shuningdek, tarjimon tarjimaga qo‘shimcha izoh kiritilgan: “The folk saying ‘hamal keldi, amal keldi’ indicates that spring has come, Hamal being the first month of the year (March 22 to April 21) according to the solar Hijri calendar.”Bu izoh maqolning tarixiy va madaniy kontekstini inglizzabon o‘quvchiga yetkazishga xizmat qiladi, chunki hamal qadimiy o‘zbek taqvimidagi birinchi oy bo‘lib, bahorning boshlanishini bildiradi. Shunday qilib, maqol orqali Cho‘lpon o‘z davrining an’anaviy dunyoqarashi, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ishlar va mavsumiy hayot ritmini roman matnida aks ettiradi. Fortning tarjimasi semantik ekvivalentlikni saqlash orqali maqol mazmunini ingliz tilida to‘g‘ri ifodalagan bo‘lsa-da, uning madaniy intertekstual qatlamlari neytrallashtirilgan. Ya’ni, hamal kabi lokal (mahalliy) madaniy konnotatsiyalar asl shaklida saqlanmay, ingliz o‘quvchisi uchun tanish bo‘lgan tushunchalar bilan almashtirilgan. Natijada, tarjima semantik jihatdan tushunarli bo‘lsa ham, maqolning madaniy va intertekstual teranligi to‘liq aks etmagan. Shuni ta’kidlash joizki, bu holat intertekstual unsurlarni boshqa madaniyat kontekstiga ko‘chirishda madaniy tafovutlar hisobga olinishi va milliy madaniy kodlarni saqlovchi tarjima strategiyalarini tanlash zarur ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tarjima jarayonida funksional ekvivalentlik va o‘quvchi-konsept qulayligi o‘rtasida muvozanatni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. MUHOKAMA Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani hamda K. Fortning “Night and day” uning tarjimasini solishtirish orqali amalga oshirilgan intertekstual tahlillar quyidagi xulosalarga kelishimizga turtki bo‘ldi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, asarda mavjud intertekstual qatlamlar nafaqat turli semantik, balki madaniy va pragmatik darajalarda ham boy va murakkabdir. Tarjimon ushbu qatlamlarni o‘ziga xos strategiyalar orqali ingliz tiliga ko‘chirgan bo‘lib, har bir intertekst turi uchun tanlangan yondashuv uning lingvomadaniy ongini ochib beradi. Olingan natijalar asosida K. Fort tarjima jarayonida intertekstual unsurlarni ingliz tiliga ko‘chirishda strategik yondashuvni qo‘llagan deb aytishimiz mumkin. Mifologik va diniy intertekstlar xorijlashtirish va izohlash, xalq maqollari va iboralar esa madaniy moslashtirish (domestikatsiya) orqali ifoda etilgan. Tarjimon har bir intertekstning funksiyasi va badiiy vazifasini hisobga olib, ularni semantik, madaniy va pragmatik jihatdan uyg‘unlashtirgan. Shu bilan birga, tarjimada funksional ekvivalentlik hamda o‘quvchining tushunchasi o‘rtasida muvozanat saqlashga harakat qilgan. Shuningdek, intertekstual qatlamlarning turli strategiyalar yordamida tarjimada saqlanishi, madaniyatlararo moslashuv va badiiy estetik ta’sirning uzatilishi amalga oshirilgan tahlillar asosida aniqlandi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek adabiy merosining tarjima orqali o‘quvchiga yetkazilishida intertekstual strategiyalarning muhimligini yana bir karra isbotlaydi. 9 Cho‘lpon. Kecha va Kunduz. Birinchi kitob. Kecha. “Sharq” nashriyot matbaa konsernining tahririyati. – Toshkent, 2000. 3 b. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 789 REFERENCES 1. Barthes, R. (1977). Image—Music—Text (S. Heath, Trans.). Hill and Wang. 2. Cho‘lpon, A. (2000). Kecha va kunduz. “Sharq” nashriyoti matbaa konsernining tahririyati. Toshkent. 16 b. 3. Fort, Ch. (2020). Night and day. Boston. p 58 4. Kristeva, Yu. (1980). Word, dialogue and novel. L. S. Roudiez (tahr.), Desire in language: A semiotic approach to literature and art (T. Gora, A. Jardine va L. S. Roudiez tarj.), 64–91betlar. Nyu-York: Columbia University Press. 5. Genette, G. (1997). Palimpsests: Literature in the second degree (C. Newman & C. Doubinsky, Trans.). University of Nebraska Press. 6. Riffaterre, M. (1978). Semiotics of poetry. Indiana University Press.