scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH TA'LIM JARAYONIDA "TARBIYA" FANINI OʻQITISHDA SOʻFI OLLOYOR IJODIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK AHAMIYATI

Shoyimova Nigora Normumin qizi; Xurramov R.S.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitishda So‘fi Olloyor ijodidan foydalanishning didaktik ahamiyati yoritiladi. Qolaversa, mumtoz adabiyot namoyandasi hisoblangan So‘fi Olloyorning axloqiy-ma’rifiy mazmundagi asarlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy tushunchalarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Ayniqsa, “Sabotul ojizin” kabi pand-nasihat ruhidagi asarlar orqali odob, halollik, sabr, tavoze, zakovat va ma’naviy poklik kabi fazilatlarni o‘rgatishning samaradorligi tahlil qilinadi. So‘fi Olloyor nasihatlarining sodda va ta’sirchan tilda ifodalanishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning idrokiga mos bo‘lib, tarbiya darslarida mavzularni obrazli tushuntirish, interfaol metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtirishga keng imkon yaratishi ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, shoir ijodining tarbiyaviy ahamiyati orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy merosni anglash va yaxshi xulq ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining didaktik jihatlari ochib beriladi.

Full text

91 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 BOSHLANGʻICH TAʼLIM JARAYONIDA "TARBIYA" FANINI OʻQITISHDA SOʻFI OLLOYOR IJODIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK AHAMIYATI Shoyimova Nigora Normumin qizi Xurramov R.S. Ilmiy rahbar. Termiz davlat universiteti Boshlangʻich taʼlim kafedrasi dotsenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17829026 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitishda So‘fi Olloyor ijodidan foydalanishning didaktik ahamiyati yoritiladi. Qolaversa, mumtoz adabiyot namoyandasi hisoblangan So‘fi Olloyorning axloqiy-ma’rifiy mazmundagi asarlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy tushunchalarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Ayniqsa, “Sabotul ojizin” kabi pand-nasihat ruhidagi asarlar orqali odob, halollik, sabr, tavoze, zakovat va ma’naviy poklik kabi fazilatlarni o‘rgatishning samaradorligi tahlil qilinadi. So‘fi Olloyor nasihatlarining sodda va ta’sirchan tilda ifodalanishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning idrokiga mos bo‘lib, tarbiya darslarida mavzularni obrazli tushuntirish, interfaol metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtirishga keng imkon yaratishi ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, shoir ijodining tarbiyaviy ahamiyati orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy merosni anglash va yaxshi xulq ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining didaktik jihatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: So‘fi Olloyor, mumtoz adabiyot, “Sabotul ojizin”, tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, didaktik yondashuv, axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, pand-nasihat, ta’lim jarayoni, badiiy meros, shaxs kamoloti, o‘quvchi faoliyati, pedagogik ahamiyat va boshqalar. Annotation. This article highlights the didactic significance of using Sufi Olloyor's works in teaching the subject of "Education" in primary education. In addition, the role of the works of Sufi Olloyor, a representative of classical literature, in the formation of spiritual and moral concepts in primary school students is substantiated. In particular, the effectiveness of teaching such qualities as decency, honesty, patience, humility, intelligence and spiritual purity through works of admonition such as "Sabotul ojizin" is analyzed. The expression of Sufi Olloyor's advice in a simple and expressive language is suitable for the perception of young students, and it is emphasized that in educational lessons, it is possible to explain topics figuratively, use interactive methods, and activate the thinking process of students. The article also reveals the didactic aspects of the process of forming respect for national values, understanding of spiritual heritage, and good moral skills in students through the educational significance of the poet's work. Key words: Sufi Olloyor, classical literature, "Sabotul ojizin", upbringing, primary education, didactic approach, moral upbringing, spiritual and moral values, advice, educational process, artistic heritage, personal development, student activity, pedagogical significance, etc. Аннотация. В данной статье рассматривается дидактическое значение использования произведений суфия Оллоёра в преподавании предмета «Образование» в начальной школе. Обосновывается роль произведений суфия Оллоёра, представителя классической литературы, в формировании духовно-нравственных представлений у учащихся начальной школы. В частности, анализируется эффективность воспитания таких качеств, как порядочность, честность, терпение, смирение, интеллект и духовная чистота через произведения-наставления, такие как «Саботул оджизин». 92 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Выражение советов суфия Оллоёра простым и выразительным языком доступно для восприятия младших школьников, подчёркивается, что на уроках образования возможно образное объяснение тем, использование интерактивных методов и активизация мыслительной деятельности учащихся. В статье также раскрываются дидактические аспекты процесса формирования у учащихся уважения к национальным ценностям, понимания духовного наследия, высоких нравственных качеств через воспитательное значение произведений поэта. Ключевые слова: Суфи Оллоёр, классическая литература, «Саботул оджизин», воспитание, начальное образование, дидактический подход, нравственное воспитание, духовно-нравственные ценности, советы, образовательный процесс, художественное наследие, личностное развитие, деятельность учащихся, педагогическое значение и т. д. Boshlangʻich taʼlim jarayoni o‘quvchilar shaxsining ma’naviy-axloqiy shakllanishi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu bosqichda o‘qitiladigan “Tarbiya” fani nafaqat axloqiy bilimlarni, balki xulqiy mezonlarni shakllantirish, yaxshi odatlarga yo‘naltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish vazifasini ham bajaradi. Mazkur jarayonda mumtoz adabiyot namunalaridan, xususan, So‘fi Olloyor ijodidan foydalanish o‘quvchilarda tarbiyaviy tushunchalarni chuqurroq anglash, ularni hayotiy mazmun bilan bog‘lash va yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida yashab oʻtgan, Soʻfi Olloyor arab, fors va oʻzbek tillarida nodir kitoblar yozib qoldirgan, dinimiz va adabiyotimiz tarixidan munosib oʻrin egallagan ulkan ijodkordir. Soʻfi Olloyor nafaqat shoir yoki tariqat shayxi, balki, u zot yirik faqih, shariat ilmlarining bilimdoni va targʻibotchisidir. Barcha asarlari odamlarga haqiqiy islomni tushuntirish, dinu diyonatga boshlash, odob-axloqni oʻrgatish va sof tasavvuf yoʻlini tutishga qaratilgandir. Soʻfi Olloyorning kitoblari ichida eng salmoqlisi "Maslakul-muttaqin" ekanligi ulamolarimiz tomonidan tan olingan. Chunki, unda yuzdan ortiq fatvo kitoblaridan foydalanilgan. Koʻp masalalarning fatvo va taqvo jihati koʻrsatib berilgan. Shuning uchun ham kitobda "Fatvo va taqvo bayon" etilganligi ta'kidlangan. Kitobning bir qancha musulmon davlatlarida chop boʻlganligi va bu asarga maxsus lugʻatlar, hatto arabcha sharhlar bitilganligi ham yuqoridagi fikrlarimizga dalildir. Soʻfi Olloyor fiqhiy masalalarni bayon qilish jarayonida oyat va hadislardan dalil keltiradi. Toʻrt mazhab imomlarining qarashlaridagi farqlarga ham toʻxtaladi. Har bir masalaning hanafiy mazhabidagi fatvosiga toʻxtalar ekan, taqvo hamda odob jihatlarini ham eslatib oʻtadi. Sir emas, bugungi kunda koʻpchilik ibodatning xos odobi va maxsus duolarini yaxshi bilishmaydi. Mazkur kitob ana shu jihatlari bilan ham ahamiyatlidir. Soʻfi Olloyorning oʻziga xos bayon uslublaridan biri, u zot qaysi bir masalaga murojaat qilmasin, albatta, insonni oxirat hisob-kitobidan ogohlantirib turadi. Halol yashashga, axloqni tuzatishga, ilmga amal qilishga, bid'at-xurofotdan yiroq boʻlishga, xavfu rajo orasida yashashga da'vat etadi. Bir soʻz bilan aytganda oyat va hadis ma'nolarini she'rga solib kitobxonga nasihat qiladi. Oʻzbek adabiyotining zabardast siymolaridan biri, zullisonayn shoir, faqih naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi Soʻfi Olloyorning tugʻilgan yili haqida turli fikrlar bildirilgan. Ilmiy tadqiqotlar va tazkiralarda qayd etilishicha, Soʻfi Olloyor taxminan 1630-1650 yillar orasida Samarqanddagi Kattaqoʻrgʻon bekligiga qarashli Minglar qishlogʻida Allohquli (Temiryor) xonadonida tugʻilgan. Umrining oxirida Surxondaryo viloyatining Denov qishlogʻida yashagan boʻlib, taxminan 1721 yilda vafot etgan va oʻsha erda dafn etilgan. 93 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Demak Soʻfi Olloyor XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida yashab, ijod etgan. Shuningdek u kishining aynan shu davrlarda yashab oʻtgan otashnafas, majzub shoir Boborahim Mashrab (1650-1711) bilan muloqot qilganligi ham manbalarda keltirilgan 1 . Manbalarda ta'kidlanishicha, Soʻfi Olloyor "Maslakul-muttaqin", "Murodul-orifin", "Sabotul-ojizin", "Maxzanul-muti'iyn" kabi asarlar yozgan. Ba'zi olimlar "Najotut-tolibin" va "Favzun-najot" kitoblarini ham Soʻfi Olloyorga nisbat beradilar. Oktyabr inqilobiga qadar bu asarlar forsiy va turkiy tilda soʻzlashuvchi har bir moʻ'min va musulmon tomonidan e'zozlanib, oʻqib kelingan, ularga arabiy, forsiy va turkiy sharhlar bitilgan. Maxsus lugʻatlar tuzilgan. Ammo, afsuslar boʻlsinki, sovet davrida Soʻfi Olloyor ijodi diniy-mistik adabiyot tamgʻasi ostida ta'kiqlanib kelindi. Qayta qurish, oshkoralik, ayniqsa, jumhuriyatimiz Mustaqilligi sharofati bilan Soʻfi Olloyor ijodi ham keng targʻib etila boshlandi. Asarlaridan ba'zilari nashr etildi. Hayoti va ijodiyoti ilmiy muomalaga kiritildi. Ulugʻ shoirning eng salmoqli asari "Maslakul-muttaqin" ("Taqvodorlar maslagi") deb nomlangan boʻlib, asar she'riy shaklda, fors tilida bitilgan. U fiqh ya'ni shariat qoidalari, e'tiqod va axloq kabi masalalardan bahs etadi 2 . So‘fi Olloyor she’riyati o‘zining didaktik yo‘nalishi, sodda tili, chuqur ma’no va axloqiy mohiyati bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatiga mos tushadi. Uning asarlarida ezgulik, tavoze, mehr–shafqat, halollik, ilm, sabr, hayo kabi fazilatlarning talqini sodda va ta’sirli bayon etilgan bo‘lib, bu “Tarbiya” fanining asosiy mazmuni bilan bevosita uyg‘unlikda turadi. So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” kabi asarlarida keltirilgan nasihatlar o‘quvchilarda odob-axloqning mohiyatini anglashda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur badiiy-didaktik manba o‘qituvchi uchun amaliy tarbiyaviy material bo‘lib xizmat qiladi: o‘qituvchi uni hikmat, misra yoki kichik baytlar tarzida darsga singdirishi mumkin. Bu esa axloqiy mavzularning quruq nazariya bo‘lib qolmasligiga, balki hikmatli so‘zlar orqali o‘quvchilarga ruhiy ta’sir ko‘rsatishiga imkon beradi 3 . Bunday yondashuv kichik yoshdagi bolalarning obrazli fikrlashini rivojlantiradi, ularda badiiy matnni anglash, mazmunini tahlil qilish, hayotiy misollar bilan bog‘lash ko‘nikmasini shakllantiradi. So‘fi Olloyor asarlaridagi sodda tilda berilgan nasihatlar o‘quvchining idrokiga mos bo‘lib, didaktik materialni yengil o‘zlashtirishga yordam beradi. “Tarbiya” fanida So‘fi Olloyor ijodidan foydalanishning yana bir muhim jihati – milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdir. O‘quvchilar mumtoz adabiy meros bilan erta yoshdan tanishgani sari ularda milliy qadriyatlarga qiziqish ortadi, ma’naviy-axloqiy tushunchalar esa badiiy timsollar orqali mustahkamlanadi. Bu jarayonda o‘qituvchi So‘fi Olloyor asarlarida uchraydigan ezgu fazilatlar, o‘zlikni tarbiyalash, nafsni tiyish, mehnatga hurmat, ilmga chanqoqlik kabi g‘oyalarni bolalarning kundalik hayoti bilan bog‘lab tushuntiradi. Natijada o‘quvchilar qoidalarni yod olish emas, balki ularga amal qilishning mohiyatini anglay boshlaydilar. Didaktik nuqtayi nazardan qaraganda, So‘fi Olloyor matnlari o‘quvchilarni mulohaza yuritishga, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. She’riy baytlarning muxtasar, lekin chuqur ma’noli shakli o‘quvchini fikrlashga undaydi. Bu esa o‘quvchilarning nutqiy rivojiga, o‘z fikrini aniq ifodalashiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 1 So‘fi Оllоyor. Mаslаk ul-muttаqin. Tоshkеnt. Mаvаrоunnаhr 2007. Dаr miyoni vilоyati islоm. B-7 2 Аdizоvа Iqbоlоy. O‘zbеk mutоz аdаbiyoti tаriхi.Tоshkеnt: Fаn.2009.B-95 3 So‘fi Оllоyor. Sаbоt ul-оjizin. Tоshkеnt: Sа’nаt jurnаli.2007. B-14 94 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘qituvchi she’r misralaridan foydalanib bahs-munozara, rolli o‘yin, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish kabi interfaol metodlarni qo‘llashi mumkin. Bunday yondashuv tarbiya jarayonini faollashtiradi, o‘quvchida mustaqil fikrlash va mas’uliyat hissini kuchaytiradi. Shuningdek, o‘quvchilar So‘fi Olloyor hikmatlarini o‘rganar ekan, undagi axloqiy kategoriyalarni – yaxshilik qilish, sabr-toqat, halollik, tavoze, adolat kabi tushunchalarni shaxsiy xulq-atvori bilan solishtira boshlaydi. Bu esa tarbiyaning asosiy maqsadi bo‘lgan fazilatlarni hayotga tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantiradi. O‘qituvchi esa ushbu jarayonda vositachi, yo‘naltiruvchi, tushuntiruvchi sifatida faoliyat yuritadi. Bunday yondashuvda tarbiya jarayoni quruq pand-nasihat emas, balki badiiy obrazlar orqali ta’sirli va samarali o‘rganiladigan jarayonga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, So‘fi Olloyor ijodidan foydalanish boshlang‘ich ta’limning “Tarbiya” fanida didaktik jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Uning she’riy-tarbiyaviy merosi kichik yoshdagi o‘quvchilarning axloqiy tushunchalarini boyitadi, ularni ezgulikka undaydi, badiiy tafakkurni rivojlantiradi va ma’naviy merosga hurmat ruhini singdiradi. Eng muhimi, So‘fi Olloyor ijodi ta’lim jarayonini ma’naviy jihatdan boyitib, tarbiyaning ta’sirchanligini oshiradi. Shu bois, ushbu manbadan muntazam, metodik asoslangan va yosh xususiyatlariga mos ravishda foydalanish boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Аdizоvа Iqbоlоy. O‘zbеk mutоz аdаbiyoti tаriхi.Tоshkеnt: Fаn.2009.B-95 2. Mаhbub Jаmоl Оqchurun “Sаbоt ul-оjizin” kitоbi. //Sho‘rо//.1917.7-sоn. 3. So‘fi Оllоyor. Sаbоt ul-оjizin. Tоshkеnt: Sа’nаt jurnаli.2007. B-14 4. Аdizоvа Iqbоlоy. O‘zbеk mumtоz аdаbiyoti tаriхi. Tоshkеnt: Fаn. 2009. B-96. 5. So‘fi Оllоyor. Mаslаk ul-muttаqin. Tоshkеnt. Mаvаrоunnаhr 2007. Dаr miyoni vilоyati islоm. B-7 6. Оrzibеkоv R. O‘zbеk аdаbiyoti tаriхi. Tоshkеnt. O‘zbеkistоn. 2006. B-81.