scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA STRESS: PSIXOLOGIK NAZARIYALAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

To'laganova MohinurAbduhakim qizi Psixologiya o'quv ilmiy markazi kichik ilmiy hodimi

Abstract

Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlar va stress holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Munosabatlar sifati, kommunikatsiya uslubi, emotsional reaksiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi stress darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bayon etiladi. Shuningdek, stressni kamaytirishda ijobiy shaxslararo munosabatlarning roli va zamonaviy psixologik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: stress, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konflikt, kommunikatsiya, emotsional intellekt.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 44 SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA STRESS: PSIXOLOGIK NAZARIYALAR VA AMALIY YONDASHUVLAR To‘laganova MohinurAbduhakim qizi Psixologiya o‘quv ilmiy markazi kichik ilmiy hodimi tulaganovam5[email protected]om Annotatsiya Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlar va stress holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Munosabatlar sifati, kommunikatsiya uslubi, emotsional reaksiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi stress darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bayon etiladi. Shuningdek, stressni kamaytirishda ijobiy shaxslararo munosabatlarning roli va zamonaviy psixologik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: stress, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konflikt, kommunikatsiya, emotsional intellekt. Аннотация: В данной статье рассматривается взаимосвязь межличностных отношений и стрессовых состояний с точки зрения психологических теорий. Анализируется влияние качества отношений, стиля общения, эмоциональной реакции и уровня социальной поддержки на уровень стресса. Также освещается роль позитивных межличностных связей в снижении стресса и рассматриваются современные психологические подходы. Ключевые слова: стресс, межличностные отношения, социальная поддержка, конфликт, коммуникация, эмоциональный интеллект. Abstract: This article explores the relationship between interpersonal relationships and stress from the perspective of psychological theories. It analyzes how the quality of relationships, communication styles, emotional responses, and levels of social support affect stress. The paper also highlights the role of positive ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 45 interpersonal connections in stress reduction and discusses modern psychological approaches. Keywords: stress, interpersonal relationships, social support, conflict, communication, emotional intelligence. KIRISH Shaxslararo munosabatlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu munosabatlar orqali inson o‘zini anglaydi, ijtimoiy rolini shakllantiradi, emotsiyalarini ifodalaydi va stress holatlarini boshdan kechiradi. Zamonaviy jamiyatda turmush tarzi, texnologik o‘zgarishlar va ijtimoiy faollik stress omillarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Shaxslararo munosabatlarning sifati esa bu stress holatlariga bardoshlilik yoki zaiflikni belgilovchi asosiy omillardandir. ASOSIY QISM Stress tushunchasi dastlab Gans Selye tomonidan fiziologik jarayon sifatida izohlangan bo‘lsa, keyinchalik bu tushuncha psixologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq holda keng tadqiq etilgan. Lazarus va Folkman stressni baholovchi kognitiv nazariya orqali shaxsning muhitga bo‘lgan individual munosabati va sharoitlarni qanday baholashi stress holatining paydo bo‘lishida muhim deb hisoblaydi. Shaxslararo munosabatlarning salbiy shakllari–ziddiyat, tushunmovchilik, manipulyatsiya, e’tiborsizlik–inson ruhiyatida stress darajasini oshiradi. Aksincha, empatiya, qo‘llab-quvvatlovchi muloqot va ijtimoiy birlik stressni kamaytiradi. Shaxslararo munosabatlarda quyidagi holatlar stressga sabab bo‘lishi mumkin: doimiy tanqid va e’tirozsizlik, passiv-agressiv yoki ochiq agressiv muloqot, muloqotda empatiya yetishmasligi, roller va mas’uliyatlarning aniq belgilanmaganligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi. Bu holatlar ish joyida, oila doirasida, do‘stlik munosabatlarida va ta’lim muassasalarida stress omillari sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom muloqot bo‘lmasa, bola va o‘smirlarda emotsional tanglik, depressiv holatlar va o‘zini qadrsiz his qilish holatlari ko‘p uchraydi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash psixologiyada ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 46 stressga qarshi tabiiy tampon sifatida qaraladi. Shaxs yaqinlaridan olgan emosional, informatsion yoki moddiy yordam stress holatini yengillashtiradi. Psixologlar tomonidan aniqlanishicha, muloqotda iliqlik, diqqat va samimiylik bo‘lsa, stress reaksiyasi sezilarli darajada pasayadi. Qo‘llab-quvvatlash turlariga emotsional (dalda, hamdardlik), informatsion (maslahat, yo‘l-yo‘riq) va instrumental (moddiy yoki amaliy yordam) kiradi. Shuningdek, guruhli terapiya va psixologik maslahatlar orqali ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish mumkin. Stress darajasini kamaytirishda shaxslararo munosabatlarni ijobiylashtirish muhim rol o‘ynaydi. Emotsional intellektni rivojlantirish, faol tinglash ko‘nikmalarini shakllantirish, ijobiy muloqot texnikalarini o‘rganish, konfliktlarni konstruktiv hal qilish strategiyalarini egallash bu borada foydali vositalardir. Masalan, o‘zaro e’tirof, minnatdorchilik bildirish, “men-xabarlar” texnikasidan foydalanish stressni oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. XULOSA Shaxslararo munosabatlar inson ruhiy salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardandir. Sifatli va qo‘llab-quvvatlovchi muloqot stress darajasini kamaytirib, insonning ichki resurslarini faollashtiradi. Aksincha, ziddiyatli va salbiy munosabatlar psixologik zo‘riqish, emotsional charchoq va psixosomatik muammolarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash orqali stressni oldini olish va yengillashtirish psixologik amaliyotda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, empatiya va emotsional intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirish shaxslararo stressni yengillashtirishda samarali strategiya hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Mayer, J. D., & Salovey, P. (1997). What is Emotional Intelligence In Emotional Development and Emotional Intelligence: Educational Implications. Basic Books. 2.Myers, D. G. (2013). Social Psychology (11th ed.). McGraw-Hill Education. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 12–to’plam 2025 y. Sahifa: 47 3.Tavakkalova, S. (2021). Psixologik maslahat va muloqot. Toshkent: Yangi asr avlodi. 4.Абрамова, Г. С. (2001). Возрастная психология. Москва: Академический Проект. 5. Cohen, S., & Williamson, G. (1988). Perceived Stress in a Probability Sample of the United States. In Spacapan, S. & Oskamp, S. (Eds.), The Social Psychology of Health. Newbury Park, CA: Sage. 6. G‘oziyev E. Pedagogik va yosh davrlar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 7. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). Stress, Appraisal, and Coping. Springer Publishing Company. 8. Reber, A. S. (2001). The Penguin Dictionary of Psychology. Penguin Books