Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 881 QISHLOQ XO‘JALIGI TERMINLARINING ETIMOLOGIK TAHLILI Meliyeva Nargizaxon Bahodirovna Renessans Ta’lim Universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi assistent o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17836994 Annotatsiya. Ushbu maqola qishloq xoʻjaligi terminlarining etimologik tahlilini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, bu sohaning terminologik tizimini toʻliq tushunish uchun ularning kelib chiqishi, shakllanish qonuniyatlari hamda morfologik, fonetik va semantik xususiyatlarini yoritadi. Maqolada qishloq xoʻjaligi terminologiyasining shakllanishida qadimgi turkiy, fors-tojik, arab va rus tillari, shuningdek, boshqa gʻarb tillarining taʼsiri koʻrsatib beriladi. Har bir etimologik qatlamning oʻziga xosligi – turkiy qatlamda xalqning qadimiy dehqonchilik madaniyati, fors-tojik qatlamda madaniy-iqtisodiy aloqalar, arab qatlamda iqtisodiy faoliyatlar va samaradorlik, rus qatlamda esa zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar aks etishi misollar orqali tahlil qilingan. Maqolada til qatlamlarining tarkibiy va funksional toifalari, jumladan, madaniy meros, madaniy aloqalar, ilmiy-texnik innovatsiyalar va iqtisodiy jihatlar hamda tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Bu tahlil zamonaviy qishloq xoʻjaligi tushunchasini yaratishda va terminologiya tizimining rivojlanish tendensiyalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: qishloq xo‘jaligi terminologiyasi, etimologik tahlil, ma’no qonuniyatlari, morfologik xususiyatlar, semantik xususiyatlar, dehqonchilik madaniyati, madaniy aloqalar, ilmiy-texnik innovatsiyalar, iqtisodiy samaradorlik, til ta’siri. Аннотация: Данная статья рассматривает этимологический анализ сельскохозяйственных терминов, исследуя их происхождение, закономерности формирования, а также морфологические и фонетические особенности, в контексте системы данной отрасли. Самобытность каждого этимологического пласта древняя земледельческая культура народа в тюркском пласте, культурно-экономические связи в фарси-таджикском пласте, экономическая деятельность и эффективность в арабском пласте, а также современные технологии и инновации в русском пласте — проанализированы на примерах. В статье также освещаются структурные и функциональные категории языковых пластов, включая культурное наследие, культурные связи, научно-технические инновации и экономические аспекты, а также научнопрактическая значимость исследования. Ключевые слова: Аграрная терминология, анализ этимологии, закономерности значений, морфологические характеристики, семантические аспекты, агрономическая культура, культурные взаимодействия, научно-технические достижения, экономическая продуктивность, языковые влияния. Annotation: This article examines the etymological analysis of agricultural terms, examining their origin, patterns of formation, as well as morphological and phonetic features, in the context of the system of this industry. The investigation elucidates the impact of diverse linguistic sources—including ancient Turkish, Persian-Tajik, Arabic, Russian, and other Western languages—on the formation of agricultural terminology. The distinct character of each etymological stratum is evident in its representative domain: the ancient agricultural traditions
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 882 of the populace within the Turkish stratum; cultural and economic interconnections within the Persian-Tajik stratum; the sphere of economic activities and their attendant efficiencies within the Arabic stratum; and contemporary technologies and innovations within the Russian stratum. This analysis plays a key role in shaping the modern concept of agriculture and in identifying trends in the development of the terminological system. Keywords: Terminology related to agricultural, analysis of etymology, patterns of meanings, morphological traits, semantic dimensions, agricultural practices, cultural exchanges, scientific and technological advancements, economic efficiency, and linguistic impacts. Qishloq xo‘jaligi terminlarining etimologik tahlili tadqiqotchilardan alohida yondashuvni talab qiladi. Bu sohaning terminlarini o‘rganishda ularning kelib chiqishi, shakllanishi hamda ma’no qonuniyatlari diqqatga sazovordir. Terminologiyaning tarixi turli tillar – qadimgi turkiy, fors-tojik, arab va rus hamda boshqa g’arb tillari ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, bu murakkab jarayonlarning to‘liq tushunilishi zamonaviy qishloq xo‘jaligi mazmuni tushunchasini yaratishda muhim ahamiyatga ega. 1. Etimologik tahlilning ahamiyati Etimologik tahlil nafaqat terminlarning tarixiy manbasini aniqlash, balki ularning shakllanish qonuniyatlarini, morfologik, fonetik va semantik xususiyatlarini ham yoritish imkonini beradi. Terminologiya tizimining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash orqali, yangi jarayonlarning qanday namoyon bo‘layotganini, so‘zlar orasidagi o‘zaro bog’liqliklarni va ma’no kuchlarining qanday o‘zgarishini tushunish mumkin. 2. Etimologik qatlamlar va ularning tarkibiy xususiyatlari Terminologiyada turli tillar ta’siri ostida shakllangan chet el manbalari ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasining turli jihatlarida namoyon bo‘ladi. Har bir til o‘z taraqqiyot tarixi, madaniyiqtisodiy aloqalari va tilining qator xususiyatlari bilan bu sohaning terminologiyasini boyitadi: Turkiy qatlam Bu qatlamda xalqning qadimiy dehqonchilik madaniyati aks etadi. Misol uchun, bug’doy, arpa, ekin, o‘roq va ketmon kabi terminlar qadimgi turkiy tildagi so‘zlardan iborat bo‘lib, ularning shakl va ma’nosi vaqt o‘tgan sari deyarli o‘zgartirilmasdan saqlab qolingan. Bu holat madaniyatning davomiyligini ko‘rsatadi. Fors-tojik qatlam Fors-tojik tillari ta’siri qishloq xo‘jaligi soha terminlariga ularning madaniy va iqtisodiy aloqalarining natijasi sifatida o‘z effektasini kiritadi. Paxta, sholi, bog’, poliz va zamin kabi terminlar shu qatlamda juda keng tarqalgan. Bu terminlar fors tilidagi so‘zlar asosida shakllangan bo‘lib, ularning semantik toifalari dehqonchilikning turli jarayonlari, shudgorlash, sug’orish va hududlarning o‘zaro farqlanishini aks etadi. Arab qatlami Arab tilidan o‘zlashgan terminlar hosil, mahsulot, foyda va dehqon kabi so‘zlar orqali ifoda etiladi. Arabcha manbalari orqali kelib chiqqan bu terminlar iqtisodiy faoliyatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va iqtisodiy samaradorlikni belgilaydi. Bu qatlam qishloq xo‘jaligi obektlarining iqtisodiy jihatlarini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Rus qatlami Rus tili orqali o‘zlashgan terminlar, ayniqsa, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va mexanizasiya jarayonlari bilan bog’liq tushunchalarda qo‘llaniladi. Agronom,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 883 traktor, kombayn va mineral kabi terminlar faqat texnika elementlarini emas, balki ilmiy-texnik taraqqiyot, xalqaro aloqalar va innovasiyalarning aks sotuvida namoyon bo‘lgan yangi o‘lchov birliklaridir. 3. Tarkibiy va funksional toifalar Etimologik tahlililda har bir til qatlamining funksional rolini ham o‘rganish muhimdir. Bu jihatda: Madaniy va milliy meros: Turkiy qatlam xalqning qadimiy dehqonchilik merosini ifoda etadi, ular orqali xalqning o‘ziga xos madaniy qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Madaniy aloqalar va transliterasiya: Fors-tojik qatlamda madaniy aloqalar va tarixiy munosabatlar natijasida shakllangan so‘zlar to‘plami, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni aks etadi. Ilmiy-texnik innovasiyalar: Rus tili va xalqaro terminlar texnik taraqqiyot va innovasion jarayonlar bilan bog’liq tushunchalarni bayon etadi. Bu terminlar zamonaviy texnologiyalar va ilmiy izlanishlarning asosiy elementlari hisoblanadi. Iqtisodiy va istiqbolli jihatlar: Arab tilidan o‘zlashgan terminlar ko‘proq iqtisodiy jihatlar, o‘simliklarning iqtisodiy samaradorligi va bu sohadagi biznes jarayonlarini ifoda etadi. 4. Tadqiqotning ilmiy va amaliyotdagi ahamiyati Qishloq xo‘jaligi terminlarining etimologik tahlili faqat ma’naviy ahamiyatni kasb qilmay, balki quyidagilarni ifodalaydi: Tasniflash va standartlashtirish: Terminlarning aniq ta’riflanishi, shakllanish qonuniyatlarining aniqlanishi orqali qishloq xo‘jaligi obyektlarini tasniflash va ularning standartlashtirilishini yaxshilash mumkin. Ilmiy-texnik hujjatlashtirish: Tadqiqotlar, ilmiy maqolalar va texnik hujjatlarda terminlardan to‘g’ri va samarali foydalanish, tushunchalarning aniqligi va birligini ta’minlaydi. Innovasion taraqqiyot: Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy rivojlanishning shartsharoitlarini yaratishda terminologiyada mavjud muammolarni bartaraf etish orqali yangi mazkur terminlarning yangilanishi va innovasiyalarning qo‘llanilishiga imkon yaratadi. Qishloq xo‘jaligi terminlarining etimologik qatlamlari ichida turkiy qatlam alohida o‘rin tutadi. Turkiy qatlamga mansub terminlar xalqimizning qadimiy dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq bo‘lib, ularning aksariyati Mahmud Koshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asarida ham uchraydi. 1 Turkiy qatlamga oid qishloq xo‘jaligi terminlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Don ekinlari nomlari: bug’doy (qadimgi turkiyda "budg’ay") arpa (qadimgi turkiyda "arpa") tariq (qadimgi turkiyda "tarig’") suli (qadimgi turkiyda "sulig’")² 2. Mehnat qurollari nomlari: o‘roq (qadimgi turkiyda "oroq") ketmon (qadimgi turkiyda "ketman") omoch (qadimgi turkiyda "amach") 3. Dehqonchilik jarayonlari bilan bog’liq terminlar: 1 Турсунов О. Қишлоқ хўжалиги лексикасининг тарихий қатламлари. - Самарқанд: СамДУ, 2020. - Б. 48. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2018. - Б. 127-128.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 884 ekin (qadimgi turkiyda "ekin") o‘rim (qadimgi turkiyda "orim") yanchish (qadimgi turkiyda "yanchmoq") 2 4. Yer bilan bog’liq terminlar: qayir (qadimgi turkiyda "qayir" - daryo bo‘yidagi unumdor yer) o‘zan (qadimgi turkiyda "өzen") qir (qadimgi turkiyda "qir" - baland yer) 3 Bu terminlarning aksariyati hozirgi kungacha o‘z shakl va ma’nosini deyarli o‘zgartirmasdan saqlab qolgan, bu esa ularning tilimizdagi barqarorligidan dalolat beradi. Qishloq xo‘jaligi terminologiyasida fors-tojik qatlami muhim o‘rin tutadi. Bu holat o‘zbek va fors-tojik xalqlarining ko‘p asrlik madaniy-iqtisodiy aloqalari, qo‘shni hududlarda yashaganligi va dehqonchilik madaniyatining o‘zaro ta’siri bilan izohlanadi 4 . Fors-tojik qatlamiga oid qishloq xo‘jaligi terminlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Ekin turlari nomlari: paxta (forscha "paxta") sholi (forscha "sholi" - guruch ekini) band (forscha "band" - o‘simlik poyasi) piyoz (forscha "piyoz") 5 2. Bog’dorchilik terminlari: bog’ (forscha "bog’") tokzor (forscha "tok" + o‘zbekcha "-zor") 6 bedazor (forscha "beda" + o‘zbekcha "-zor") 7 gulzor (forscha "gul" + o‘zbekcha "-zor") 3. Yer va tuproq bilan bog’liq terminlar: zamin (forscha "zamin" - yer) poliz (forscha "poliz" - sabzavot ekiladigan yer) palak (forscha "palak" - o‘rmalovchi ekin poyasi) shudgor (forscha "shudgor" - haydalgan yer) 4. Dehqonchilik jarayonlari: darav (forscha "darav" - o‘rim-yig’im) objuvoz (forscha "ob" - suv + "juvoz") payvand (forscha "payvand" - ulash) 5. Sug’orish bilan bog’liq terminlar: jo‘y (forscha "jo‘y" - ariq) ob (forscha "ob" - suv) zax (forscha "zax" - nam) novur (forscha "novur" - suv yo‘li) 8 2 Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. - Тошкент: Ўқитувчи, 2017. - Б. 162. 3 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2018. - Б. 127-128. 4 Содиқов Қ. Туркий тил тарихи. - Тошкент: ТошДУ, 2019. - Б. 156. 5 Муродов А. Ўзбек қишлоқ хўжалиги терминологияси. - Тошкент: Фан, 2015. - Б. 72-73. 6 Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 2016. - Б. 92. 7 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2018. - Б. 156. 8 Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси. - Тошкент: Фан, 2019. - Б. 145.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 885 Fors-tojik tilidan o‘zlashgan terminlar o‘zbek tili qonuniyatlariga moslashgan, ko‘plari yangi so‘zlar yasashda faol ishtirok etadi. Masalan: bog’dor, bog’bon, gulkor, polizchi kabi kasb-hunar bilan bog’liq terminlar. Bu qatlamga oid terminlarning ko‘pchiligi xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular qishloq xo‘jaligi terminologiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida soha rivojiga xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi terminologiyasida arab va rus tili orqali o‘zlashgan qatlamlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, soha terminologiyasini boyitishga xizmat qilgan. 9 Arab tilidan o‘zlashgan terminlar quyidagi mavzuiy guruhlarga bo‘linadi: 1. Xo‘jalik faoliyati bilan bog’liq terminlar: hosil (arab. "hāsil" - natija) mahsulot (arab. "mahsulāt" - ishlab chiqarilgan narsa) foyda (arab. "fāida" - naf) zarar (arab. "zarar" - ziyon) 2. Kasb-hunar bilan bog’liq terminlar: dehqon (arab. "dehqān" - yer egasi) 10 amal (arab. "amal" - ish, faoliyat) isloh (arab. "islāh" - yaxshilash) 3. Yer va tuproq sifatlari: arzon (arab. "arz" - yer) xossa (arab. "xāssa" - xususiyat) tabiiy (arab. "tabū'iy" - tabiatga oid) Rus tili va u orqali o‘zlashgan xalqaro terminlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Kasb va mutaxassislik nomlari: agronom (yunon. "agros" - dala + "nomos" - qonun) mexanizator (yunon. "mechane" - qurol) fermer (ing. "farmer") brigadir (fran. "brigadier")⁵ Texnika va qurilmalar nomlari: traktor (lot. "trahere" - tortmoq) kombayn (ing. "combine") kultivator (lot. "cultura" - ishlov) seyalka (rus. "seyat" - ekmoq)⁶ Agrokimyoviy terminlar: mineral (fran. "mineral") nitrat (lot. "nitrum") pestisid (lot. "pestis" - zararli + "caedo" - o‘ldirmoq) gerbisid (lot. "herba" - o‘t + "caedo" - o‘ldirmoq)⁷ Agrotexnik jarayonlar: kultivasiya (lot. "cultivation") defoliasiya (lot. "de" + "folium" - barg) 9 Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. - Тошкент: Ўқитувчи, 2017. - Б. 198. Ёқубов Н. Қишлоқ хўжалиги терминларининг таржима масалалари. - Тошкент: ТошДАУ, 2018. - Б. 112. 10 Даниленко В.П. Русская терминология: Опыт лингвистического описания. М.: Наука, 2017. – С. 145.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 886 irrigasiya (lot. "irrigation") meliorasiya (lot. "melioratio" - yaxshilash)⁸ Zamonaviy qishloq xo‘jaligi terminologiyasida rus tili va xalqaro terminlarning faol qo‘llanishi sohaning ilmiy-texnik taraqqiyoti, xalqaro aloqalarning kengayishi bilan bog’liq. Bu terminlar qishloq xo‘jaligining zamonaviy yo‘nalishlarini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi⁹. Mazkur aspektlar birgalikda qishloq xo‘jaligi terminologiyasining boyligi va uning dinamik rivojlanishini aks etadi. Terminlarning turli tillar orqali o‘zlashganligi va ularning o‘zaro ta’siri ularni faqat lingvistik, balki madaniy, tarixi-iqtisodiy va texnologiyaviy jihatdan ham muhim qiladi. Qishloq xo‘jaligi terminlarining etimologik tahlili nafaqat ularning kelib chiqishini aniqlash, balki terminlarning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish, terminologik tizimning rivojlanish tendensiyalarini belgilash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Қосимов Н. "Ўзбек тили терминологиясининг шаклланиши ва тараққиёти". Тошкент, 2018. Б. 116. 1. 2.Новиков Л.А. Семантика русского языка. - М.: Высшая школа, 2018. - С. 248. 2. 3.Шукуров О. "Ўзбек тилида лексик-семантик муносабатлар". Тошкент, 2019. Б. 89. 3. 4.Турсунов О. Қишлоқ хўжалиги лексикасининг тарихий қатламлари. - Самарқанд: СамДУ, 2020. - Б. 48. 4. 5.Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. - Тошкент: Ўқитувчи, 2017. - Б. 162. 5. 6.Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2018. - Б. 127-128. 6. 7.Содиқов Қ. Туркий тил тарихи. - Тошкент: ТошДУ, 2019. - Б. 156. 7. 8.Муродов А. Ўзбек қишлоқ хўжалиги терминологияси. - Тошкент: Фан, 2015. - Б. 7273. 8. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 2016. - Б. 92. 9. 10.Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2018. - Б. 156. 10. Муродов А. Ўзбек қишлоқ хўжалиги терминологияси. - Тошкент: Фан, 2015. - Б. 89. 11. 12.Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 2016. - Б. 124. INTERNET SAYTLARI 1. http://www.academia.edu 2. http://www.archive.org 3. http://www.diss.rsl.ru