O'ZBEK TILI DEPENDENCY PARSERI UCHUN LINGVISTIK TA'MINOT YARATISH VA UNI TALABALARGA O'RGATISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tili uchun dependency parser yaratishda talab etiladigan lingvistik resurslar, ularni tayyorlash bosqichlari va talabalarga bu jarayonni o‘rgatish metodikasining algoritmik sxemasi taqdim etilgan. Yondashuv nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni integratsiyalashga yo‘naltirilgan. . Maqolada sintaktik tahlil va qaramlik tahlili o‘rtasidagi asosiy farqlar ta’kidlangan. Bundan tashqari, qaramlik tahlilining asosiy xususiyatlari va uning lingvistik jihatlari hamda bu sohada yaratilgan dasturiy ishlanmalar bayon etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 910 O‘ZBEK TILI DEPENDENCY PARSERI UCHUN LINGVISTIK TA’MINOT YARATISH VA UNI TALABALARGA O‘RGATISH METODIKASI Fotima O‘tkirova Baxtiyorovna Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.17837131 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tili uchun dependency parser yaratishda talab etiladigan lingvistik resurslar, ularni tayyorlash bosqichlari va talabalarga bu jarayonni o‘rgatish metodikasining algoritmik sxemasi taqdim etilgan. Yondashuv nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni integratsiyalashga yo‘naltirilgan. . Maqolada sintaktik tahlil va qaramlik tahlili o‘rtasidagi asosiy farqlar ta’kidlangan. Bundan tashqari, qaramlik tahlilining asosiy xususiyatlari va uning lingvistik jihatlari hamda bu sohada yaratilgan dasturiy ishlanmalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Dependency parser, tobe bog‘lanish, sintaktik tahlil, qaramlik tahlili, token, lemma, POSteg, head, deprel. Abstract. This article presents the linguistic resources required to create a dependency parser for the Uzbek language, the stages of their preparation, and an algorithmic diagram of the methodology for teaching this process to students. The approach is aimed at integrating theoretical and practical training. The article highlights the key differences between syntactic analysis and Dependency Parsing. In addition, the main features of dependency analysis and its linguistic aspects, as well as software developments created in this area, are described. Keywords: Dependency parser. dependent connection, syntactic analysis, dependency analysis, token, lemma, POSteg, head, deprel. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) vositalari — axborot davrida taʼlim va ilmiy tadqiqotlarning muhim elementi hisoblanadi. Dependency parserlar so‘zlar orasidagi sintaktik bog‘lanishlarni aniqlab, til strukturasi haqida kompyuterga tushunarli vakolat beradi. O‘zbek tili agglutinativ va nisbatan erkin so‘z tartibiga ega bo‘lib, bu parserlar yaratishda alohida eʼtibor talab qiladi. Kompyuter lingvistikasi sohasida sintaktik tahlil, ya’ni so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini tushunish, tilni qayta ishlashning eng muhim jihatlaridan biridir. Dependency parsing (tobelik, qaramlikni tahlil qilish) - bu so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘lanishlarni aniqlashni maqsad qilgan tahlil metodidir. Bu metod tilni qayta ishlashning bir qismida, xususan, ma’lumotni chiqarish (information extraction), mashina tarjimasi (machine translation) va sentiment tahlilida keng qo‘llaniladi. Turkiy tillarda sintaktik tahlil – bu tilshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lib, jumlalar va iboralar tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro aloqalarini va tuzilishini o‘rganadi. Sintaktik tahlilning asosiy maqsadi tilning grammatik tuzilishini, jumla ichidagi so‘zlarning vazifalarini va ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashdan iborat. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: sintaktik tahlil va dependency parsingning bir-biridan nima farqi bor? Aniq javob keltirishga harakat qilamiz (1-jadval). 1-jadval. Sintaktik tahlil va dependency parsing farqlari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 911 № Sintaktik tahlil Dependency parsing 1. Bu jumlaning grammatik tuzilishini aniqlash va jumladagi so‘zlarning o‘zaro aloqalarini tushunish jarayonidir Sintaktik tahlilning bir turi bo‘lib, bunda jumladagi so‘zlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va qaramlik aniqlanadi. 2. Sintaktik tahlilning asosiy maqsadi – jumlaning to‘liq grammatik strukturasini tuzish va har bir so‘zning sintaktik rolini belgilash. Qaramlik tahlilining maqsadi – tilni sintaktik strukturalashda yengillik yaratish va bu struktura orqali tilni to‘liqroq tushunish. 3. Sintaktik tahlilda jumla tarkibidagi so‘zlar va ularning grammatik vazifalari, shuningdek, ularning tuzilishidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanadi. Dependency parsingda har bir so‘z boshqasini boshqaradi yoki bog‘laydi, so‘ng bu tuzilma yo‘naltirilgan chizma (directed graph) orqali ifodalanadi. Barcha tillarda bir xil sintaktik struktura yaratishga intilishlar orasida Universal Dependencies (UD) tashkiliy tizimi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. UD tizimi, turli tillarda qaramlik parsingini umumiy sintaktik modelga asoslangan holda birlashtirishga yordam beradi. Bu, tildan qat’iy nazar, bir xil sintaktik bog‘lanishlarni aniqlashni maqsad qilgan. UD orqali tilshunoslar va dasturchilar ko‘p tilli parsing modellarini ishlab chiqish va ko‘plab tillarda qaramlikni tahlil qilishni yana-da osonlashtirdilar. Xususan, Universal Dependencies (UD, Nivre va b. 2016) bu ochiq va bepul korpus hisoblanib, bir necha tillarga mansub jumlalarni sintaktik va morfologik jihatdan tahlil qiluvchi dasturdir. Ushbu dasturda turk, qozoq, tatar, uyg‘ur tillariga doir tahlillarni ham amalga oshirish mumkin. Xususan, o‘zbek tili qismida ham 500 ta gap annotatsiyalangan bo‘lib, ular sodda gaplardan iborat. Shuningdek, hozirda o‘rganilgan qaramlik tahliliga nisbatan kamchiliklar mavjud bo‘lib, ushbu lingvistik ta’minotni yaratish o‘zbek tili qaramlik tahlili uchun dastlabki qadamlardan biri bo‘ladi. 1-rasm. O‘zbek tilida dependency parsing namunasi Talaba lingvistik ta’minotni yaratayotganda, albatta, ushbu farqni yaxshi tushunishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida tobelikni tahlil qilish ancha murakkab bosqichlarni o‘z ichiga olib, lingvistik ta’minotni to‘plash jarayonining o‘zi bir qancha murakkab bosqichlarga ega. Xususan, ushbu jarayonda tahlilchiga so‘zni tokenlarga ajratish, lemmalash, so‘z turkumlarini bilish, so‘z tarkibini aniqlash, tobe bog‘lanish hamda deprellarni yaxshi yodlab olgan bo‘lishi talab etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 912 Quyidagi sxema talabalarga dependency parser yaratish jarayonini bosqichma-bosqich o‘rgatish algoritmini ko‘rsatadi: 2-rasm. Talabalarga o‘rgatish metodikasining bosqichlararo algoritmi. Yuqoridagi sxemadan ham ma’lumki, gaplarni qo‘lda taglash jarayoni ancha murakkab bo‘lgan 9 bosqichni o‘z ichiga oladi. Tahlil yaxshi natija berishi uchun barcha tuzilishiga ko‘ra gap turlarini: sodda gap, qo‘shma gap, murakkab gap, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar; ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlarini: darak, so‘roq, undov gaplar; davriga ko‘ra: tarixiy gaplar, zamonaviy gaplarni yig‘ish hamda tahlil qilish talab etiladi. Bundan tashqari, talabalar turli janrdan matnlar (ilmiy, publitsistik, adabiy, rasmiy hujjatlar) to‘plash orqali korpus yaratishni o‘rganadi. Turli konstruksiyalarni qamrab olish uchun namunalar tanlanadi va metamaʼlumotlar (genre, manba) yozib boriladi. So‘z shakllarini segmentatsiya qilish, lemmalash va POS (so‘z turkumlari) belgilash talabalar tomonidan amaliy bajariladi. Bu bosqich analitik fikrlash va morfologik qoidalarni amaliy qo‘llashni rivojlantiradi. Annotatsiya qo‘llanmasi asosida talabalar har bir gap uchun root aniqlash, bog‘lanish turlarini belgilashni o‘rganadi. Har bir gap kamida ikki annotator tomonidan belgilanishi va ekspertlar yordamida kelishmovchiliklar hal qilinishi belgilanadi. Quyida excel dasturida dependency parsing uchun gap namunasi keltirilgan: 3-rasm. Dependency parser lingvistik ta’minoti namunasi GAP
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 913 O‘qitish modulli yondashuv (morfologiya → sintaksis → annotatsiya → modeling) asosida tashkil etiladi. Har bir modul nazariy maʼlumot va amaliy topshiriqni o‘z ichiga olishi kerak. Darslar nazariy va amaliy darslarga bo‘linadi. Nazariy darslarda talabalarga tilshunoslik nuqtayi nazaridan so‘z turkumlari, tobe bog‘lanish o‘rgatilsa, amaliy qismda annotatsiyalash, Taglash kabi vazifalarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Kurs yakunida talabalar: lingvistik korpus yaratish, annotatsiya qo‘llanmasi tayyorlash, dependency annotatsiyasini bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ular ilmiy hisobot va prezentatsiya tayyorlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Xulosa O‘zbek tili uchun dependency parserni yaratish va uni talabalarga o‘rgatish — integratsiyalangan tilshunoslik va kompyuter fanlari loyihasi. Yaxshi tuzilgan metodik algoritm va amaliy laboratoriyalar bu jarayonni samarali qiladi. Tozalangan matnlarni annotatsiyalashda tilshunos talabalarning jalb etilishi jarayon sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Jurafsky, D., & Martin, J. H. (2024/2025). Speech and Language Processing (3rd ed.). Online manuscript. https://web.stanford.edu/~jurafsky/slp3/ 2. Nivre, J. (2006). Dependency parsing papers and resources (selected works). https://aclanthology.org/people/joakim-nivre/ 3. Universal Dependencies. Uzbek-UT treebank. https://universaldependencies.org/treebanks/uz_ut/index.html 4. Akhundjanova, A., & Talamo, L. (2025). Universal Dependencies Treebank for Uzbek (RESOURCEFUL 2025). https://aclanthology.org/2025.resourceful-1.1.pdf 5. O‘zbek tili grammatikasi — milliy taʼlim resurslari (namuna PDF). https://uniwork.buxdu.uz/resurs/12618_2_4647767D0F1FEEBB77C750EBCE4478715FBB 8193.pdf