scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBALLASHUV SHAROITIDA O'ZBEK TILINING RAQAMLI MUHITDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Primova Hanifa Nuriddinovna

Abstract

Globallashuv, bugungi dunyoning kundalik hayotidan tortib, jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojlanishi jarayonigacha bo‘lgan har bir ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bu jarayon natijasida milliy tillarning hayotiy faoliyatida ham muayyan yangilanishlar, zamonga mos o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, internet va raqamli muhitning kengayib borishi tillar istiqbolini yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘zbek tili ham ushbu jarayonlardan chetda emas, aksincha raqamli dunyoga kirib kelgan va turli sohalarda faoliyat yuritadigan zamonaviy axborot vositalari, dasturlar, elektron sotsial maydonlarda faol qo‘llanilmoqda.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 916 GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEK TILINING RAQAMLI MUHITDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Primova Hanifa Nuriddinovna Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali o‘quv jarayoni monitoring bo‘lim boshlig‘i https://doi.org/10.5281/zenodo.17837176 Annotatsiya: Globallashuv, bugungi dunyoning kundalik hayotidan tortib, jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojlanishi jarayonigacha bo‘lgan har bir ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bu jarayon natijasida milliy tillarning hayotiy faoliyatida ham muayyan yangilanishlar, zamonga mos o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, internet va raqamli muhitning kengayib borishi tillar istiqbolini yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘zbek tili ham ushbu jarayonlardan chetda emas, aksincha raqamli dunyoga kirib kelgan va turli sohalarda faoliyat yuritadigan zamonaviy axborot vositalari, dasturlar, elektron sotsial maydonlarda faol qo‘llanilmoqda. Kalit so‘zlar: globallashuv, o‘zbek tili, raqamli muhit, til taraqqiyoti, internet resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron xizmatlar, til siyosati, zamonaviy texnologiyalar, til madaniyati. Аннотация: Глобализация затрагивает все социальные, политические и экономические сферы современного мира, от повседневной жизни до развития общества и государства. В результате этого процесса происходят определённые инновации и изменения в жизнедеятельности национальных языков. В частности, развитие современных информационно-коммуникационных технологий, расширение Интернета и цифровой среды выводят перспективы языков на новый уровень. Узбекский язык не является исключением из этих процессов, напротив, он активно используется в современных информационных средствах массовой информации, программах и электронных социальных пространствах, вошедших в цифровой мир и функционирующих в различных областях. Ключевые слова: глобализация, узбекский язык, цифровая среда, развитие языков, интернет-ресурсы, информационно-коммуникационные технологии, электронные услуги, языковая политика, современные технологии, языковая культура. Abstract: Globalization is affecting every social, political and economic sphere of today's world, from everyday life to the development of society and the state. As a result of this process, certain innovations and changes are taking place in the vital activity of national languages. In particular, the development of modern information and communication technologies, the expansion of the Internet and the digital environment are taking the prospects of languages to a new level. The Uzbek language is not an exception to these processes, on the contrary, it is actively used in modern information media, programs, and electronic social spaces that have entered the digital world and operate in various fields. Keywords: globalization, Uzbek language, digital environment, language development, Internet resources, information and communication technologies, electronic services, language policy, modern technologies, language culture. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 917 Globallashuv bugungi kunda insoniyat taraqqiyotining eng dolzarb va muhim jarayonlaridan biri bo‘lib, u butun dunyo mamlakatlarini o‘zaro bog‘lab, yagona iqtisodiy, siyosiy, madaniy va axboriy hududga aylantirib bormoqda. Bu jarayon nafaqat iqtisodiyot yoki texnologiyalarda, balki kundalik hayotimizning deyarli barcha sohalarida o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugun dunyoning istalgan nuqtasidagi yangilik, ixtiro yoki ijtimoiy o‘zgarishlar qisqa vaqt ichida boshqa mamlakatlarga ham yetib boradi, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, ana shunday sohalar globallashuv ta’sirida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Globallashuv jarayonining o‘ziga xos tomonlaridan biri shuki, u zamonaviy texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga, aholining turmush tarzida o‘zgarishlar ro‘y berishiga olib kelmoqda. Masofaviy ta’lim, internet orqali ish olib borish, virtual do‘stlar va hamkorliklar – bularning barchasi globallashuv tufayli kundalik hayotimizda keng tarqalmoqda. Shu bilan birga, xalqaro aloqalarning kuchayishi natijasida tillar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro o‘rganish, hamkorlik va raqobat kuchaymoqda. Ba’zi hollarda milliy an’analarni, qadriyatlarni asrash, ona tiliga va madaniyatiga e’tiborli bo‘lish zarurati ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bugun biz yashayotgan dunyo bir biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, har qaysi davlat yoki xalq, hatto kichik jamiyatlar ham umumjahon jarayonlaridan chetda qololmaydi. Misol uchun, tijorat, ta’lim, tibbiyot, hatto san’at sohasida ham xalqaro hamkorlik borgan sari kengayib borayotgani, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida insonlar bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga muloqot qilayotgani, bir-biridan yangi bilim va tajriba o‘rganayotgani kuzatilmoqda. Bu esa har bir jamiyat uchun yangi imkoniyatlar ochish barobarida, ba’zi muayyan muammolar, jumladan, madaniy identitet va milliy qadriyatlarni saqlash zaruratini ham yuzaga chiqaradi. Globallashuv natijasida dunyo xalqlari, turli tillar va madaniyatlar bir-biriga yanada yaqinlashib, ulkan bir axborot va tajriba almashinuv maydoniga aylanish jarayoni ro‘y bermoqda. Ushbu jarayon jamiyat oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda, hamda ijtimoiy hayotimizning turli sohalarida zamonaviy yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu boisdan, globallashuvning jamiyatimizga olib kirayotgan imkoniyat va chaqiriqlari, ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari haqida chuqur fikr yuritish hozirgi zamonning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Mazkur mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Raqamli muhitda istiqbolli taraqqiyot masalalariga e’tibor qaratish va o‘zbek tilining global axborot makonida o‘z o‘rnini mustahkamlash bugungi dolzarb vazifalardan biridir. O‘zbek xalqining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilining raqamli muhitdagi rivojlanishi uning nafaqat davlat, jamiyat va shaxs hayotidagi, balki butun taraqqiyot yo‘lidagi rolini muhim omilga aylantirmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham raqamlashtirishga oid tub islohotlar olib borilmoqda. Bu sohaga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritadigan ko‘plab elektron platformalar, dasturiy ta’minotlar, davlat axborot tizimlari, raqamli xizmatlar jadal rivojlanayotgani bevosita o‘zbek tilining zamon bilan hamnafas bo‘lishiga yo‘l ochmoqda. Alohida ta’kidlash kerakki, globallashuv jarayonlari qator ijobiy imkoniyatlar bilan birga, til taraqqiyotiga ayrim muammolarni ham olib keldi. Jumladan, o‘zbek tilining zamonaviy raqamli muhitdagi faoliyati, elektron axborot-kommunikatsiya sohalaridagi ishtiroki hamon to‘laqonli emasligi, ba’zida xorijiy tillarning, asosan ingliz tilining ta’sirida ko‘plab terminlar va so‘zlar so‘zlashuv nutqi hamda yozma nutqga singib borayotgani kuzatilmoqda. Bu holat tilning qismi sifatida milliy tafakkur, ma’naviy meros, ijtimoiy hayotdagi ustuvorlik kabi omillarni baholashda yangi yondashuvlarni talab etadi. Zero, raqamli muhit – bu global maydon. Unda tilning ham funksionalligi, ham universal qamrovi, ham milliy o‘ziga xosligi muhim ahamiyat kasb etadi [1]. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 918 O‘zbek tilining raqamli muhitda rivojlanish istiqbollari bevosita bir necha asosiy yo‘nalishlarda ko‘rinadi. Birinchi navbatda, elektron lug‘atlar, tilshunoslik dasturlari, internet portallari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilining keng qamrovli qo‘llanilishi, davlat va jamoat boshqaruvida barcha axborot resurslarining o‘zbek tilida olib borilishi, elektron hujjat aylanishi tizimida, onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘zbek tilining asosiy vosita sifatida kafolatlangan joyi bo‘lishi zarur. Hozirgi vaqtda bu borada sezilarli natijalarga erishilmoqda: www.gov.uz, www.lex.uz kabi ko‘plab davlat axborot resurslarining asosiy interfeysi o‘zbek tilida olib borilmoqda. Bundan tashqari, yangi dasturiy ta’minotlar, mobil ilovalar, o‘zbek tilidagi sun’iy intellekt chat-botlari, tarjima dasturlari paydo bo‘lishi til taraqqiyotiga zamin yaratmoqda. Ikkinchidan, o‘zbek tilining raqamli kommunikatsiya platformalaridagi, ya’ni ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, veb-saytlar, forumlar va chat xonalaridagi o‘z o‘rnini mustahkamlash ham dolzarb ahamiyatga ega. Hozirgi kunda har kuni millionlab foydalanuvchilar internet orqali o‘ziga kerakli axborotni aynan o‘zbek tilida topishni xohlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilidan foydalanish faol ravishda ortayapti; bu esa bir tomondan, til rivoji va ommaviy nutqning shakllanishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, milliy tilga yangi leksik birliklarning, yangi atama va so‘zlarning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, raqamli muhitda huquqiy jihatdan ham, til me’yorlari nuqtayi nazaridan ham muayyan standart hamda tavsiyalar ishlab chiqish zarur. Uchinchi, raqamli o‘qitish resurslari, elektron darsliklar, o‘zbek tilini onlayn o‘rgatuvchi platformalar, tilni o‘rganishni osonlashtirishga xizmat qiladigan yangi interaktiv vositalarning vujudga kelishi ahamiyatli. Bunday raqamli resurslar zamonaviy o‘quvchilar va talabalar uchun o‘zbek tilini nafaqat osha maktab va oliy ta’lim muassasalarida, balki mustaqil o‘rganishda ham keng imkoniyatlar ochadi. So‘nggi yillarda o‘zbek tilini davlat organlari, xalqaro ziyolilar hamjamiyati hamda xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish uchun ham turli darsliklar, o‘quv dasturlari, elektron platformalar ishlab chiqilmoqda. Bu esa ona tilimizni xalqaro axborot maydonida ham samarali namoyon qilish imkonini bermoqda. Shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda o‘zbek tilining ilmiytexnika, biznes, menejment, huquq, iqtisodiyot, kompyuter va raqamli texnologiyalarga oid atamalar sohasida mukammal va jips leksik zaxiraga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘zbek tili ilmiytexnik matnlarda, elektron hujjatlarda keng qo‘llanilishining kafolatlanganligi, yangi iboralar va terminlarga mos milliy atamalar yaratilishi, xilma-xil sohalarga mos zamonaviy lug‘atlar tayyorlanishi bugunning asosiy masalalaridan biri sanaladi [2]. Raqamli muhitda matnlarni avtomatik tarjima qilish, matnni nutqqa yoki aksincha, nutqni matnga aylantirish kabi zamonaviy texnologiyalar jadal sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda. O‘zbek tilida ham sun’iy intellekt asosida ishlaydigan avtomatik tarjimon dasturlari, ovozli yordamchilar, so‘z tanlash va tekshirish kabi vositalarning yaratilishiga qaratilgan ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda “O‘zbek tili milliy korpusi” loyihasi, yangi o‘zbek tilining interaktiv lug‘atlari, til ekotizimini mustahkamlovchi elektron platformalar rivojlanmoqda. O‘zbek tilining zamonaviy axborot maydonidagi mavqeini mustahkamlash uchun yosh avlod orasida ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni kuchaytirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va axborot vositalari yordamida tilni ommalashtirish, to‘g‘ri va savodli foydalanishni rag‘batlantirish ham muhim vazifadir. Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, yoshlar ko‘p qatnashadigan platformalarda o‘zbek tilini to‘g‘ri yozish, imlo va grammatik me’yorlarga, uslubiy sofllikka amal qilish, til madaniyatiga xos qadriyatlarni saqlash eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbek tilini davlat tili sifatida ommaviy axborot vositalarida, raqamli bosma nashrlarda, internet ommaviy axborot saytlarida, televideniye va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 919 radio, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, turli forum va portalarda keng tatbiq qilish orqali tilining davlat va xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlanadi. Bu borada alohida davlat dasturlari va strategiyalarining qabul qilinishi, til siyosati doirasida ko‘plab loyiha va tashabbuslarning amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega [3]. Raqamli muhit o‘zbek tilini barcha zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlarda yangilikka, taraqqiyotga undaydi. Bugun o‘zbek tili har bir yurtdoshimiz faxri, g‘ururi, xalqimizning ma’naviy boyligi va madaniy qadriyati bo‘lib, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, zamonaviy muhitga moslashtirish, zamonda hamnafas bo‘lib boqiy saqlash har birimizdan fidokorlik va mas’uliyat talab qiladi. O‘zbek tilining zamonaviy axborot makonida o‘z o‘rnini topa olishi esa raqamli muhitga muvaffaqiyatli integratsiya qilinishini taqozo etadi. Bundan tashqari, o‘zbek tilining xalqaro maydonda tanilishida zamonaviy raqamli texnologiyalar, internet axborot resurslari, multimedia vositalari orqali axborot almashinuvi, turli xorijiy davlatlardagi vatandoshlar o‘rtasida ona tilida ma’lumot yetkazilishi, ilmiy-ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilidagi materiallarning ko‘pligi va sifat jihatdan yetarli darajada yuqori bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tillarning zamonaviy rivojlanish istiqbollari global imkoniyatlar va ochiqlik bilan bog‘liq ekan, o‘zbek tili ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi, xalqaro axborot maydonida raqobatbardosh tilga aylanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur. O‘zbek tili axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet muhitiga muvaffaqiyatli kirib bordi. Lekin, uning raqamli imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, internetda, turli dasturiy ta’minot va mahsulotlarda tizimli tatbiq etilishi uchun zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, ko‘ngillilar harakati, davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi talab qilinadi. Ona tilining raqamli muhitda taraqqiy etishi, milliy va global aloqa vositalari orqali keng joriy qilinishi, yangi-tahririy, tahliliy va ilmiy loyihalar asosida rivojlantirilishi muhim. O‘zbek tilining raqamli muhitdagi salohiyati va istiqbollari faqatgina texnologik yutuqlarga bog‘liq emas, balki jamiyatda ona tilini qadrlash, uni hurmat qilish va rivojlantirish, davlat tilini internet va zamonaviy axborot makonida asosiy kommunikativ vosita sifatida e’tirof etilishiga ham aloqador. Buning uchun zamonaviy internet madaniyati, raqamli axborot maydoni, zamonaviy texnologik vositalardan savodli foydalanishni o‘rgatish, yoshlarni raqamli zamon uchun tayyorlash, ularni ona tiliga mehri va hurmatini oshirish shart. Tildagi yangi iqtidorli dasturchilar, tarjimonlar, tilshunoslar, zamonaviy raqamli loyiha va platformalar yaratuvchilari zamon bilan hamqadam bo‘lishi, chet elning ilg‘or tajribasini o‘rganib, yangi tendensiyalarni ona tilimiz manfaati uchun qo‘llay oladigan malakali kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilishi kerak. Ona tilining raqamli muhitda istiqbolda hyeech qanday to‘siqqa uchramasdan, barakamli va ko‘lamli bo‘lishi ilm-fan, zamonaviy texnologiya va davlat til siyosati integratsiyasi barakasi natijasidir [4]. Mamlakatimiz buyuk kelajagi uchun o‘zbek tili mening tilim, mening millatimning faxri sifatida zamonaviy axborot makonining eng zamonaviy va egallangan tillaridan biri bo‘lib qolishi uchun har bir soha, har bir tashkilot va har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Ona tilining raqamli muhitdagi istiqboli – davlat taraqqiyotining, millat ma’naviy yuksalishining, yosh avlod qadrdon tilida zamonaviy zamonga mos yashashining garovidir [5]. XULOSA Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, globallashuv va raqamli muhit sharoitida o‘zbek tilining rivojlanishi davlat siyosati, jamiyat ijtimoiy faolligi, zamonaviy texnologiyalarga moslashuvchanlik, raqamli savodxonlik va ona tiliga yondashuv madaniyatiga bog‘liq. O‘zbek INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 920 tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish, zamonaviy axborot-resurslarda va davlat innovatsiyalari asosida jadal rivojlantirish bugungi va ertangi kunimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbek xalqining boy madaniyati, mustahkam tarixiy xotirasi va ulkan ma’naviy salohiyatini zamonaviy raqamli muhitda saqlab qolish va jahon axborot maydonida munosib tarzda ilgari surish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Endilikda bu imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanish har birimizning burchimizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A’zamova, M. (2021). “Globallashuv sharoitida til va madaniyat: muammolar va yechimlar”. Til va adabiyot jurnali, 2(83), 45–52. 2. Axmedova, Z. (2020). “Raqamli texnologiyalar va o‘zbek tili: imkoniyatlar va istiqbollar”. Tilshunoslik masalalari, 2020/3, 110–117. 3. Berdieva, G. (2019). “O‘zbek tili va globallashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslik muammolari”. O‘zbekiston filologiyasi, 2(61), 62–67. 4. Ergasheva, N. (2018). “Raqamli muhitda o‘zbek tilining sofligini saqlash masalalari”. Filologiya va tillarni o‘qitish, 2018/1, 89–97. 5. Karimov, M. (2017). “Raqamlashtirish va ona tilining taraqqiyoti”. Zamonaviy ta’lim, 2(18), 54–60. 6. Matyaqubova, F.B. (2022). “O‘zbek tilining raqamli muhitda rivojlanish istiqbollari: globallashuv va innovatsion yondashuvlar”. O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti ilmiy to‘plami, 2022/1, 118–123. 7. Meliboyeva, S. (2021). “O‘zbek tilining raqamli platformalarda ishlatilishi va uni takomillashtirish masalalari”. Yangi O‘zbekiston, 12(6), 31–37. 8. Noraqulova, D. (2020). “Globallashuv va o‘zbek tilining internetdagi mavqei”. Ilm va taraqqiyot, 8(29), 75–80. 9. Rashidova, S.T. (2019). “O‘zbek tilida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati”. Til va jamiyat, 1(15), 97–104. 10. Xajiyeva, M.S. (2019). “Globallashuv sharoitida o‘zbek tilining raqamli muhitda rivojlanishi”. Ijtimoiy fanlar jurnali, 3(36), 122–128.